Жуманиязов Махкамбек и-51-2-гурух 3-Topshiriq


Download 42.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi42.01 Kb.
#1513110
  1   2
Bog'liq
Жуманиязов Махкамбек И-51-2-гурух



Жуманиязов Махкамбек И-51-2-гурух 
 
3-Topshiriq 
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning rivojlanishi 
O’zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo’yicha 
o’z mustaqil tizimiga ega bo’lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning 
tarixi to’g’risida to’xtalmoqchimiz. Ba’zi manbalarda keltirilishiga qaraganda O’rta 
Osiyoda 
birinchi 
pullar 
Iskandar 
Zulqarnay 
davrida 
miloddan 
avval
250 - 261 yillarda chiqarila boshlangan. Yoozirgi Markaziy Osiyoning ko’pgina 
maydoni oldingi Buxoro davlatiga mansub bo’lgan va shu kungi MDYo davlatlari 
ichida O’zbekiston Respublikasi zaminida ya’ni, Buxoro davlatida birinchi metall 
pullar zarb qilgan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida
savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug’doy va qog’oz material ishlatilgan. Birinchi 
metall pullar Buxoro davlatida 700-yillarda zarb qilingan. Bu pullar kumush tangalar 
bo’lib, Buxoro davlati shohi Kana-Buxoro-Xudot tomonidan chiqarilgan. Tanga 
yuqori sifatga ega bo’lgan toza kumushdan zarb qilingan. Tanga o’rtasida shohning 
tasviri va uning atrofiga qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu kumush pullar «dirham» 
deb atalgan. Buxar-Xuddat 40 yil davlatni boshqargandan keyin, taxtga xalifa
Abu-Bakr-Siddiq o’tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Xorun-ar-Rashid davrida 
Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo’lib, savdo ko’proq dirhamlarda olib 
borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o’zining kumush tangalarini muomalaga 
kiritgan. Lekin aholi ko’proq dirhamlar bilan savdo olib borishni afzal ko’rgan. 
Dirhamlarga bo’lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining ko’pgina boshqa 
mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirhamlarning juda yuqori proba va 
sifatga ega bo’lishi asta sekinlik bilan ularning muomaladan yo’qolishiga olib 
kelgan. 801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini 
barqarorlashtirish 
maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall 
qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida 
«gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past 
va kumushga temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo’lgan. Bu pullar aholi 
orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga 
nisbatan yangi kumush gidrafining majburiy kursini belgilab qo’ygan, ya’ni 6 gidrifi 
1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to’lovlarni faqat gidrifida 
olishning joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga englashtirishga erishilgan. Davlat 
tomonidan har xil soliq va to’lovlarni faqat gidrifida to’lashni joriy qilish natijasida 
822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi tillo 7,5 gidrifi 
kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Maxak Qasrida zarb qilingan. Shuni 
ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo’lgan metall pullar 
dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo’laklarga bo’linib 
muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko’rsatganki, rus davlatida IX-X asrda 
savdoda qo’llanilgan dirhamlar 40 bo’lakka bo’linib, har bir kumush bo’lakchasi pul 


birligi sifatida ishlatilagan. Keyinchalik rus davlatiga, Evropa davlatlari metall 
pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiev knyazi Vladimir tomonidan 
birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan. X asrning o’rtalari (943-954 yillar)
da Ismoil Somoniy davrida Buxoro davlati maydoni kengayib hozirgi O’rta Osiyo 
davlatlarini qariyb barcha maydonini o’z ichiga olgan va u 3 va undan ortiq Evropa 
mamlakati maydoniga teng kelgan. Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori 
darajada rivojlangan. Muomalaga yana sifatli kumush tangalar-dirhamlar, oltin 
pullar kiritilgan. 
Bu pullar muomalada 
donalab va og’irligi o’lchab, qabul qilingan. 
Buxoro davlati Evropa davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida 
yuqori sifatli kumush tangalar Evropa va rus davlatiga oqib o’tgan va biz yuqorida 
ta’qidlaganimizdek, rus davlati bu dirhamlarni bo’laklarga bo’lib, pul birligi sifatida 
muomalada ishlatgan. XI asrda Somoniylar davlatidan turklarning o’rin olishi pul 
muomalasini ham o’zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy 
elementi sifatida saqlanib qoldi. XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshoh 
davrida, keyinchalik Temuriylar davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis 
tangalar ko’plab zarb qilingan. Shayboniyxon davrida 1507 yilda pul islohoti 
o’tkazilib, cheklagan miqdorda muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush 
qorishmasidan tanga pullar chiqarilgan. Oltin tangalar «tillo», kumush tanga 
«tanga», mis tanga «dinor» deb nomlangan va eng mayda tanga dinorning
1/6 qismiga teng bo’lib «pul» deb nomlangan. Temuriylar davrida «amiri» 
dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo’lgan
va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini kamaytirilgani uchun tangalar vazni 
ham kamayib borgan. O’zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu
1708-1709 yillarda Buxoroda o’tkazilgan pul islohotidir. Bu islohat shoh 
Ubaydulloxon tomonidan o’tkazilgan bo’lib, muomalaga past sifatli tangalar 
chiqarilgan. Bu tangalarda kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo’lgan 
va ular davlatning urush bilan bog’liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb 
qilingan. Oldingi 1 kumush tanganing og’irligi 1 misqolga teng bo’lgan.
Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 4ga bo’linib, endi to’rt kumush tanga zarb 
qilingan va ularning har birining vazni 1 misqolga teng bo’lgan. Natijada kumush 
tanganing sifati tushgan. Muomaladagi pullar «yaxshi» va «yomon» pullarga 
bo’lingan. 1 misqol 24 nuxudga tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud=1 misqol,
1 misqol=4,8 gr. kumushga teng bo’lgan. Ubaydullaxon o’tkazgan pul islohotining 
xususiyati shundaki, u tangadagi kumush miqdorinieng minimal darajagacha 
kamaytirgan, 
bunday hol ungacha va
undan keyin amaliyotda qo’llanilagan emas.
Bu to’g’rida qo’yidagi jadval ma’lumotlariga murojat qilishimiz mumkin. Jadvaldan 
ko’rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan Ubaydulla Bahodirxon 
davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati tushib borgan. 

Download 42.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling