- Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — xorazmlik matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Zahiriddin va Firdavs qoʻlida tahsil olgani bilan birga ishlagan.
- Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim (833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |