Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


- jadval Ekologik omil xillari


Download 1.04 Mb.
bet11/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

1- jadval
Ekologik omil xillari



Abiotik omillar

Biotik omillar

Antropogen omillar

1. Iklim omillarya (yorug’lik, harorat,namlik, shamol, atmosferadagi gazlar bosimi, SO2).

1. Fitogen (o’simliklar olamining ta’siri).

Inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan har qan day ta’sirlar.

2.Edafik-tuproq omili'(tuproqning tabiiy, kimyoviy hamda boshqa xususiyatlari).

2. Zoogen (hayvonot olamining ta’siri).




3. Relef-orografik omil (dengiz sathidagi balandligi, ekspozitsiya) kabilar).

3. Mikogen (zamburug’lar olamining ta’sir).




4. Yong’in







1.Ekologik omillar organizmga haddan tashqari kuchli (maksimum) yoki kuchsiz (minimum), yoki o’rtacha (optimum) darajada ta’sir etishi mumkin. Omillarning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi va undan qanchalik uzoqlashgan sari ushbu omillarning noqulay ta’sir etishi ortib boradi. Shunday qilib, har bir omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo’ladi. Omilning minimum va maksimum ta’sir etishi kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuchdagi ta’sir organizmning nobud bo’lishiga olib keladi. Organizmning omilga nisbatan kritik nuqtalar orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi. Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan turlari «evri» old qo’shimchasini qo’shish yoki tor doirada moslashgan turlari «steno» qo’shimchasini qo’shish bilan nomlanadi. Masalan, evriterm, stenoterm (haroratga nisbatan), evrigal, stenogal (sho’rlanishga nisbatan), evribat, stennobat (bosimga nisbatan) va hokazo. Ayrim holda olingan ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektri deyiladi.


2.Har bir omil organizmning har xil funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo’lib hisoblanishi mumkin.
3.Ayrim individlarning chidamlilik chegarasi va optimum, minimum zonalari bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Biron-bir omilga nisbatan chidamlilik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini ifodalamaydi.
Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga to’g’ri kelmaydi.
5.Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu omillarning o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
6. Muhitdagi me’yordan ancha uzoqlashgan ekologik omil cheklovchi hisoblanadi, ya’ni organizmning ushbu sharoitda yashashi eng quyi darajadagi omil bilan belgilanadi. Masalan, cho’lda organizmlarning keng tarqalishiga suv va yuqori harorat cheklovchi omil bo’lib hisoblanadi. Bu ekologiyada cheklovchi omillar qoidasi deb yuritiladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling