Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Download 5.75 Mb.
Pdf просмотр
bet10/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Sanobar KAMOLOVA,

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Tillar” 



kafedrasi fransuz tili o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi 

ATOQLI OTLAR OLDIDA DETERMINATIVLAR QO‘LLANISHINING 

O‘ZIGA XOS SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya.  Mazkur maqolada 

fransuz atoqli otlari oldida determina-

tivlarning ishlatilishi va ularning o‘ziga 

xos semantik xususiyatlari bayon etil-

gan. Atoqli ot mustaqil ma’noga ega 

bo‘lib, determinativsiz qo‘llana olsa 

ham, ko‘p hollarda u determinativlarn-

ing hamma toifalari bilan bog‘lana olishi 

mumkin.

Kalit so‘zlar: Atoqli otlar, semanti-

ka, nominativ, affektiv, diskursiv, refer-

ent, informativ, konseptual, determina-

tiv,­аntonomaziya.

Аннотация.  В­ этой­ статье­ об-

суждается­ использование­ детер-

минативов­ во­ ­ французском­ языке­

перед­именами­­собственными­и­их­

специфические­семантические­осо-

бенности.­ Хотя­ имя­ собственное­

имеет­ независимое­ значение­ и­ мо-

жет­ использоваться­ без­ детерми-

нантов,­в­большинстве­случаев­онo­

может­ ассоциироваться­ со­ всеми­

категориями­детерминативов.

Ключевые  слова:  имя­ соб-

ственное,­ семантика,­ номинатив-

ный,­ аффективный,­ дискурсивный,­

референтный,­

информативный,­

концептуальный,­

определяющий,­

антономазия.

Annotation. This article discusses 

the use of determinatives of French 

proper­nouns­and­their­specific­seman-

tic features. Although, the proper noun 

has an independent meaning and can 

be used without determinatives, in most 

cases it can be associated with all cate-

gories of determinants.

Key words:  proper noun, seman-

tics, nominative, affective, discursive, 

reference, informative, conceptual, de-

fining,­аntonomasia.

finance... (Balzac). J’ai lu chez un conteur de fables/ Qu’un 

second Rodilard, L’Alexandre des chats,/ L’Attila,­le­féau­des­

rats,/­Rendait­ces­derniers­misérables­(...)­Ce­chat­extermina-

teur,/ Vrai Cerbère, était craint une lieue à la ronde. (La 

Fontaine) La vie secrète d’un Chevreuse les intriguait plus 

que celle d’un­Potin, celle d’un académicien plus que celle 

d’un­jockey,­à­moins­que­Potin­et­jockey­ne­franchissent­cette­

barrière qui sépare la tragédie de la comédie, ils étaient les 

Rtwines de notre époque (Giraudoux, Bella). 

Atoqli otlarga xos semantik xususiyatlar barcha 

keltirilgan qo‘lyozmalarda uzviy bog‘langan. Atoqli ot bunday 

vaziyatlarda ot guruhining u yoki bu darajada kengaygan 

bosh so‘zini hosil qiladi. Bu shuni anglatadiki, atoqli ot bilan 

qo‘llanadigan determinativlar turdosh otdan oldin qo‘llangan 

paytdagidek aynan bir xil qiymatga va bir xil ma’noga ega 

bo‘ladilar.

 Boshqa qo‘lyozmalarda aniq artiklning birlik shakli 

referentning alohida obrazini tanlashga yoki yaratishga ham 

yordam  berishi  mumkin:  yo  uning  tipik  tavsifini  ko‘rsatadi 

(«tabiiy aniqlovchi»); yo shaxsni holatlaridan birida taqdim 

etadi;  yo  antonomaziya  (Antonomaziya  –  metamorfizmning 

o‘ziga xos xususiyati (yunoncha)) usulida shaxsga 

boshqaning ajoyib belgilarini (xislatlarini) o‘tkazib qo‘yadi. 

Atoqli ot mazmunini bu usulda rang-barang ma’nolar bilan 

boyitishda, tabiiyki, qo‘shimcha vositalar ham ishtirok etadi. 

Atoqli ot oldida sifatlovchi yoki undan keyin predlog yoki 

aniqlovchilarning kelishi: le sage Ulysse, / le vaillant Diomède, 

Ajax l’impétueux (La Fontaine). C’est ainsi que Roland épousa 

la­belle­Aude­(V.­Hugo).­le­vieux­Paris­n’est­plus­(Baudelaire).­

Le jeune Victor Hugo était royaliste légitimiste. Un d’eux [un 

cierge] voyant la terre au feu durcie / Vaincre l’effort des ans, 

il­ eut­ la­ même­ envie;­ Et,­ nouvel­ Empérfocle­ aux­ fammes­

condamné,­/­Par­sa­propre­et­pure­folie,­/­Il­se­lança­dedans­

[...]­L’Empédocle­de­cire­au­brasier­se­fondit­(La­Fontaine). 


veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

39

Tadqiqotlar

Ism oldida qo‘llanilgan aniq artikl ism mazmuniga arxaik 

yoki ma’lum bir regionga xoslik ma’nolarini kiritishi mumkin, ot 

nomlari oldida kelganda esa, u, aksariyat hollarda, qo‘shiqchi 

ayollarga nisbatan ishlatiladi: T’en fais pas, la Marie, t’es jolie 

(chanson)­–­La­Collas.

 Aniq artiklning ko‘plik shakli qo‘llangan matnlarda har 

xil semantik o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday matnlarda 

atoqli otlarning alohida referentlaridan har biriga bog‘langan 

yagonalik yoki aynan shu nomga ega bo‘lgan shaxslarning 

jamini ko‘rib chiqish maqsadida boshqalarga qo‘llaniladigan 

obrazni olish maqsadida ko‘paytiriladi. Bu holat metaforik 

qo‘llanishlarga yo‘l ochadi: Tous­les­Confient­sont­des­localités­



qui­se­trouvent­au­confuent­de­deux­cours­d’eau. (Hamma 

aholi punktlari shu nom bilan ataladi). Les Chateaubriands 



ont habité Combourg (Shatobrian oilasi). Les Chateaubriands 

ont chanté la beauté des ruines (Shatobrian bilan bir xil 

tavsifga ega bo‘lgan mualliflar, shu jumladan, Shatobrianning 

o‘zi ham). Les Chateaubriands d’aujourd’hui (Shatobrianga 

o‘xshash zamonaviy mualliflar).

Turlicha semantik nozikliklar noaniq artikl vositasida ham 

atoqli ot semantikasiga olib kirilishi mumkin: J’ai connu un 



Dupont autrefois (un porteur non autrement déterminé du 

nom propre). Un poétique des ruines devait être illustré par 

un Chateaubriand (u kabi aynan bir xil tavsifga ega bo‘lgan 

yozuvchi, ya’ni uning o‘zi). En­ haut­ les­ Keller,­ les­ du­ Tillet­



(...);­un­peu­plus­bas,­les­Palma,­les­Cigonnet,­les­Gobseck;­

encore­ plus­ bas,­ les­ Sabanon,­ les­ Chaboisseau­ (...);­ puis,­

enfin,­après­le­Mont-de-Piété­(...)­un Cérizet­!­(Balzac)­(Un­

Cérizet, bu – obrazini bergan tipning vakili sifatida qaralgan 

Cérizet o‘zi) // se trouvera toujours un Chateaubriand pour 

enchanter ses contemporains (umumiy tarzda, ammo boshqa 

davrdagi  aynan  bir  xil  tavsiflarga  ega  muallif).  Noaniq  artikl 

atoqli ot referentining alohida (masalan, vaqtga yoki sifatga 

oid) qattiq iltimosini bo‘lib qo‘yishi mumkin: Je suis entré dans 



un­Paris­désert.­-­Jai­rencontré­hier­un­Gaston­très­excité­par­

son succès.

Partitiv artikl atoqli ot semantikasiga metonimik ma’no olib 

kiradi:

1) Mahsulot yoki shu nomdagi shaxsning tipik o‘zini 



tutishi:  Hier,­ j’ai­ écoulé­ du­ Bach­ -­ J’aime­ beaucoup­ lire­ du­

Simenon.­ Ça,­ c’est­ bien­ du­ Colette­ –­ Cette­ façon­ de­ faire,­

c’est dit Gaston tout craché.

2)  Egalik  determinativi  ko‘pincha  muloqot  shaxsiga, 

asosan, birinchi shaxsga nisbatan affektiv, alohida pragmatik 

munosabat ma’nosini yoki ikkinchi shaxsga nisbatan ba’zan 

yengilroq peyorativ ma’noni qo‘shadi: Mon­Pierre­–­Mon­petit­

Pierre­–­Mon­cher­Pierre­–­Ta­Marie­–­Ta­chère­Marie.­Sa­

Béatrice­–­Sa­chère­Béatrice.­Tu­as­vu­Albert?­–­Ah!­oui,­je­l’ai­

vu­ton­Albert!­Ah!­Ton­Paris,­tu­n­‘as­que­ce­mot­à­la­bouche!

3) Atoqli ot oldida ko‘rsatish determinativining qo‘llanishi 

biror paradoksal va ortiqcha narsa ma’nosini beradi; shu tarzda 

gapni buzib ko‘rsatmasdan keraksiz narsani doimo tushirib 

qoldirish mumkin bo‘ladi. Uning ortiqchasi sifatida paydo 

bo‘ladi va bu holat hatto uning undov gaplarda qo‘llanishiga 

rag‘bat hosil qiladi: Quel génie que ce Chateaubriand 

Ah!­Ce­Raymond,­quel­farceur!­C’est­ainsi­que­j’ai­perdu­

toute­ une­ journée­ de­ ma­ vie­ à­ La­ Corogne,­ cet­ Escurial­ à­

rebours,­où­Picasso,­ce­Philippe­II­de­la­peinture­moderne­a­

reçu­le­sacre­de­son­père­qui­abdiquait­(Cendrars).

Xulosa qilib aytish kerakki, atoqli ot mustaqil ma’noga 

ega bo‘lib, determinativsiz qo‘llana olsa ham, ko‘p hollarda 

u determinativlarning hamma toifalari bilan bog‘lana olishi 

mumkin. Bu determinativlar atoqli otlarning mazmun ko‘lamini 

shakllantirishga xizmat qiladigan asosiy grammatik vositalar 

sifatida yuzaga chiqadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Языковая номинация (Общие вопросы). М., 1977.

 2. Van de Velde D. et Flaux, N. Les noms propres: nature et détermination. Lexique, . éds, (2000). P-79

 3. Дзякович Е. В. Пунктуация в свете проблем культуры общения // Хорошая речь. Саратов, 2001. C. 36-48.

4. Leon P. Phonetisme et prononciations du français. 1992. P-245

5. Le Petit Larousse. Paris, 1995.

6. Thimmonier R. Le système graphique du français. Paris, 1967. P- 367

Nilufar DILMURODOVA,

Toshkent moliya instituti

katta o‘qituvchisi

ADABIYOTDA PSIXOLOGIK VA ESTETIK TALQIN

Annotatsiya.  Maqolada zamon 

va makon mohiyati, kechagi kun bilan 

bugungi­ kunni­ bog‘lovchi­ ijtimoiy-

falsafiy­ muvozanatni­ aniqlash,­ bu­

muvozanat qimmatini ko‘ngil ilmiga 

intilish­barobarida­badiiy-estetik­nuqtayi­

nazaridan talqin etish va umumlashma 

xulosalar chiqarish adib estetik 

konsepsiyasi hamda pozitsiyasining 

bosh maqsadi ekanligi xususida so‘z 

yuritiladi. 

Kalit so‘zlar: o‘zbek milliy adabiyoti, 

arxitektonika,­dialektika,­­badiiy-estetik­

tafakkur, badiiy konsepsiya, psixologik 

dramatizm,  jamiyat va shaxs, ramziylik.

Annotation. The article states that 

aesthetic conception and main objective 

of­ writer’s­ position­ is­ the­ definition­ of­

essence of time and space, social 

and philosophical balance connecting 

yesterday with today, analysed and 

generalized conclusions of this balance 

value from artistic and aesthetic point 

of view together with pursuance of the 

science of soul. 

Key words:  Uzbek national 

literature, architectonics, dialectics, 

artistic and aesthetic thinking, artistic 

concept, psychological drama, society 

and personality, symbolism.

Аннотация.  В­ статье­ говорится­

о­ том,­ что­ эстетической­ концепцией­

и­ главной­ задачей­ позиции­ писателя­

являе­тся­ определение­ сути­ времени­

и­ пространства,­ социально-философ-

ского­ баланса,­ соединяющего­ вчераш-

ний­ день­ с­ сегодняшним,­ приводятся­

анализ­ и­ обобщенные­ выводы­ этого­

балансового­значения­с­художественно-

эстетичес­кой­ точки­ зрения­ наряду­ со­

стремлением­к­науке­о­душе.­

Ключевые  слова:  узбекская­ нацио-

нальная­ литература,­ архитектоника,­

диалектика,­ художественно-эстетиче-

ское­ мышление,­ художественная­ кон-

цепция,­ психологический­ драматизм,­

общество­и­личность,­символичность.


40

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Tadqiqotlar

Ma’lumki, dialektika qonunlariga ko‘ra jamiyat va shaxs 

tushunchalari aloqadorlikda amal qiladi, shunday ekan, 

jamiyat va shaxs faoliyatini tadqiq etuvchi so‘z san’ati 

ham ijtimoiylik zaminidan uzilib ketolmasligi zaruriyatdir. 

Chinakam  so‘z  san’ati,  avvalo,  jamiyat  va  hayot,  inson 

– ijodkor shaxsi, tafakkur va ko‘ngil ilmi, badiiy mahorat, 

malaka va iste’dod hamkorligi natijasida tug‘iladi; ijtimoiylik 

bilan individual unsurlar birdamligini yoqlab, keng 

ma’nodagi  badiiy-estetik  va  falsafiy-estetik  manfaatni 

mo‘ljallaydi.

Ijtimoiylik  mazmun-mohiyatining  ijodkor  shaxsi  va 

badiiy ijodga ta’siri haqida R.Uellek va O.Uorren o‘rtaga 

tashlagan mulohazalar bizni masala mohiyatiga yanada 

yaqinlashtiradi. Badiiy adabiyot, ular ta’biricha, tildan ifoda 

vositasida foydalanadigan ijtimoiy yo‘nalishdagi jamoaviy 

kuch tomonidan bunyod etiladigan ijod hosilasidir. U 

tabiatan majoziylik va shakl kabi adabiy omillarga ega 

bo‘lgani uchun ham ijtimoiylikka mansub hisoblanadi. 

Darhaqiqat, asarning badiiy qiyofasi va badiiy-estetik 

ahamiyatini ijtimoiylik qirralarini ochadigan badiiy-estetik 

mazmun va mohiyat salmog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 

Ayni paytda ijodkor shaxsi so‘z san’ati xususiyati bilan 

ijtimoiylik xususiyati o‘rtasida ko‘prik o‘rnatuvchi badiiy-

estetik masalalar mohiyatini ro‘yobga chiqaruvchi yetakchi 

vosita hisoblanadi. Muhimi, muayyan asarda yaratilgan 

badiiy borliq real borliq bilan munosabatda bo‘ladi, 

demak, badiiy reallik orqali ifoda etilayotgan g‘oyalar 

tizimi hayotimiz mazmuniga uyg‘un mafkura bilan aloqaga 

kirishadi. 

Shuni unutmaslik lozimki, mafkura zamirida 

jamlangan g‘oyalar tizimiga estetik mas’uliyatni unutgan 

holda ergashmoq ijodkor qalbidagi cho‘g‘ni so‘ndiradi, 

shunday hol ro‘y bermasligi uchun ijodkor so‘z san’ati 

qiyofasini belgilovchi estetik idealini muayyan asari poetik 

mag‘ziga ongli ravishda tatbiq etishi lozim. Bunday intilish 

bo‘lgan taqdirdagina nasriy asarda jamiyat va shaxs 

munosabatlari, jamiyat hayoti, shaxs ruhiyatida mavjud 

bo‘lgan turli ziddiyatli va uyg‘un holatlar san’atkorona 

yo‘sinda haqqoniy yoritiladi.

Muayyan  asarni  hayotiy  konflikt,  oqim,  maslak  va 

g‘oyalar tizimidan ajratmaydigan, aksincha, ular bilan 

biriktirib yuboradigan sog‘lom amaliy haqiqat, xayrixohlik 

va muhabbat hissiyoti hozirgi adabiy jarayonda faol 

ishtirok etayotgan yozuvchilar Xurshid Do‘stmuhammad, 

Abduqayum  Yo‘ldosh,  Salomat  Vafo,  Nazar    Eshonqul, 

Zulfiya Qurolboy qizi, Isajon Sulton, Bahodir Qobul ijodini 

nurlantirib turadigan estetik tamoyillar asosini tashkil etadi. 

Badiiy tafakkurni yangilash yo‘lida samarali 

izlanayotgan adib Xurshid Do‘stmuhammad ijodi jamiyat 

va shaxs psixologiyasini, bu har ikkala tushuncha 

mujassam etgan falsafiy-ma’rifiy ma’nolar salmog‘ini keng 

qamrab  olish  xususiyati  bilan  xarakterlanadi.  Yozuvchi, 

ayniqsa, tarixni harakatga keltirgan, bugungi ijtimoiy 

taraqqiyotga asos solgan kurashchan insonlar shaxsiyati, 

e’tiqodiga alohida urg‘u beradi, ularning murakkab ruhiy 

olami, qalbiga nazar tashlaydi.

Ijtimoiy  pafos,  ma’naviy-ma’rifiy  o‘zgarish,  e’tiqod  va 

ilm-u hikmat bobida yangilanish, takomillashish mohiyati 

adib  qalamiga  mansub  falsafiylikka  moyil  ko‘pgina 

hikoyalar, qissalar, xususan, “Bozor” va “Donishmand 

Sizif”  romanlari sujeti hamda mazmunidan ko‘rinib turadi. 

Sirasini  aytganda,  ularda  jamiyat  hayotining  tub  ma’rifiy 

va axloqiy masalalari, tartib-intizomni boshqaruvchi turli 

voqelik va ziddiyatlar umumlashtirilib, badiiy-estetik va 

falsafiy qarashlar bilan boyitilgan holda tasvirlanadi.

Hayotiy va badiiy haqiqat mezonlariga suyangan adib 

ezgulik va yovuzlik tushunchalari mohiyatini bevosita 

jamiyat va inson psixologiyasi mohiyati bilan uzviylikda 

chog‘ishtiradi, shu jarayonda turli dolzarb adabiy-estetik 

xulosalar chiqaradi. Jamiyat va inson psixologiyasi o‘zaro 

muvofiq  kelishini  tahlil  qilarkan,  bu  muvofiqlik  mavjud 

ijtimoiy jabhalar jadal taraqqiy etishini, ma’naviy-axloqiy va 

ma’rifiy fazilatlar keng yoyilishini ta’minlovchi alohida omil 

ekanini o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda tasvirlaydi.

Zamon va makon mohiyati, kechagi kun bilan bugungi 

kunni  bog‘lovchi  ijtimoiy-falsafiy  muvozanatni  aniqlash, 

bu muvozanat qimmatini badiiy-estetik nuqtayi nazardan 

talqin etish va umumlashma xulosalar chiqarish adib 

estetik konsepsiyasi hamda pozitsiyasining bosh maqsadi 

sirasiga kiradi. Adib konsepsiyasi va pozitsiyasining 

bosh maqsadi faqat adolat, ezgulik qudratini shunchaki 

ulug‘lash-u yovuzlik, jaholatni qoralash emas, avvalo, 

ushbu tushunchalar mag‘ziga yetish, ular botini va 

zuhuridagi ijtimoiy hamda badiiy-estetik falsafani poetik 

so‘z orqali qalb boyligiga aylantirishdan iboratdir.

Ana shu xayrli urinish samarasi o‘laroq adib “Bozor” 

romani uchun xos badiiy-estetik tafakkur maydonida 

behad muhim zuhuriy va botiniy konfliktlar tizimini yaratadi, 

aniqrog‘i, bir tomondan ezgulik bo‘g‘inlari bo‘lgan go‘zallik, 

halollik, rostgo‘ylik, pok vijdon, imon-e’tiqod, sabr-u 

bardosh,  matonat,  fidokorlik  va  sadoqat  kabi  fazilatlar, 

ikkinchi tomondan, yovuzlik bo‘g‘inlari hisoblangan  jaholat, 

xudbinlik, razolat, xiyonat, e’tiqodsizlik, badnafslik, yolg‘on 

va firib singari illatlarni o‘sha tizimni mustahkamlash uchun 

jalb etadi. Ana shunda ular, muhimi, jamiyat,  inson shaxsi 

va e’tiqodi mohiyatiga tegishli ramziy kuchlar sifatida 

ko‘rinadi  va  o‘zaro  murosasiz  jangga  otlanadi.  Ezgulik 

bo‘g‘inlari xaloskorlik, sadoqat va yaxshilik qudratini 

mujassam etgan xayrixoh kuchlar, yovuzlik bo‘g‘inlari 

tutqunlik, xiyonat va halokatga mahkum etuvchi mudhish 

kuchlar tarzida harakatlanadi.

Adib ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasida kechadigan 

ziddiyatlarning muttasil keskinlashuvi, makon va zamon 

taqozosiga ko‘ra, jamiyat va inson psixologiyasi muvozanati 

o‘zgarishi – axloqqa zid turli g‘ayritabiiy hodisalarni keltirib 

chiqaradigan ma’naviy illatlar ildiz otishi bilan uzviy  bog‘liq 

ekanligiga ishora qiladi.

Yozuvchi  talqinicha,  jamiyat  va  katta-kichik  jamoalar 

hayotida jaholat va qalloblik, xudbinlik va yulg‘ichlik, 

badnafslik  va  firibgarlik,  to‘rachilik  va  amalparastlikning 

avjga minishi turli toifadagi shaxslar psixologiyasini 

o‘zgartiradi, uzoq cho‘ziladigan va o‘ng‘ay tuyula 

boshlagan ma’naviy ta’sirni muntazam his etayotgan 

shaxs oxir-oqibat boshqacha – o‘zi uchun qulay turmush 

yo‘lini tanlash, tirikchiligini o‘z fe’l-u atvori, ruhiyati va 

ehtiyojiga moslab qurishni istab qoladi.

Ana shunday murakkab psixologizm uning “So‘roq”, 

“Zilzila”,  “Oromkursi”,  “Hayy,  Gulshod,  Gulish!..”,  “Kuza” 

kabi qissalari badiiy qurilishida ham yaqqol kuzatiladi.  

Xususan, “So‘roq” markazida turuvchi Bozor qiyofasida 

xudbinlik yakunida fojiaviy ijtimoiy xulosa bo‘rttirib 

 

ifodalangani bilan, ayniqsa, e’tiborlidir. Falsafiy mazmunga 



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

41

Tadqiqotlar

ega ushbu xulosa qissa zimmasiga yuklangan badiiy-

estetik vazifa salmog‘ini har jihatdan oshiradi va keskin 

psixologik to‘qnashuvlar jarayonida ezgulik va yovuzlik 

kuchlari o‘rtasidagi arosatda dovdirab qolgan Bozor 

ramziy obrazga aylanadi. Och qornim – tinch qulog‘im 

qabilida erkin o‘ynab-kulib yurgan yigit uylanishi va 

odam quriganday Aminvoy guppi yo‘rig‘iga uchishi ruhiy 

qiynoqlarining boshlanishi sifatida ko‘rsatiladi.

To‘satdan bo‘lgan o‘zgarish sababli Bozor o‘z taqdirini 

jamiyat – hayot timsoli bo‘lgan paxta zavodi bilan bog‘laydi, 

bu yerda chuqur ildiz otgan yulg‘ichlik kayfiyatini sezgach, 

yana ham ayricha holatga tushadi, zero ko‘ngliga oralagan 

g‘ashlik dahshati butun borlig‘ini chulg‘aydi. Samoviy 

kelgindilar bilan uchrashib, ular yog‘dirgan so‘roqlar 

mag‘zini chaqadi-yu, nafs o‘pqoniga yiqilganini anglaydi. 

Bozor bilan birga kitobxon ham nafs balosini his etadi, bu 

pinhon ko‘rgilik ezgulikning eng xavfli dushmani ekaniga 

imon keltiradi.

Nafsini qondirish g‘amida yo‘ldan toya boshlagan 

Bozor qaysidir jihatdan “Oromkursi” qissasidagi Ko‘klam 

obraziga o‘xshaydi, faqat Bozor anchayin mardligi, 

ochiqligi va mehnatkashligi, boshiga tushayotgan musibat 

negizini ertaroq ilg‘ashi – o‘zligi va e’tiqodi, oriyati va erki 

singari insoniy fazilatlarini qutqarib qola olgani bilan undan 

farq qiladi.

Muhimi shundaki, adib Ko‘klam psixologik evrilishlarini 

hayotiy omillar bilan puxta asoslab bergani kabi, Bozor 

ko‘ngli va ruhiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlar sababini ham 

tahlil etishni unutmaydi. Bozor botini va zuhuri hal qiluvchi 

damlarda, asosan, majoziy detallar yordamida ochiladi. 

Masalan, xayolini band qilgan va har jihatdan qudratli 

bo‘lib tuyulgan tut daraxti bilan bog‘liq tasvir, ayniqsa, 

teran badiiy-estetik ahamiyatga molikdir.

Inson qismati, yaxshilik va yomonlik, poklik va e’tiqod, 

aqliy va vijdoniy so‘qirlik bilan bog‘liq sonsiz savollar 

Bozorda ma’naviy poklanish ehtiyojini uyg‘otadi, shunga 

yarasha, jon-jahdi bilan ko‘ngil imkoniyatlarini qidiradi. 

Oxir-oqibat xokisorlik va qat’iyat timsoli bo‘lgan tutga 

intilarkan, uning panohida o‘zini erkin, ozod, baxtiyor 

ko‘rishni orzu qiladi. Ammo beqarorlik ko‘chasiga 

mo‘ralagani sababli istagini tut xushlamaydi, undan o‘zini 

olib qochib, yuksaklarga ko‘tariladi va shu jarayonda ildizi 

yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

Qissadagi kichik tut voqeasi tasviri Bozor taqdiriga 

yondosh kelgan nafs hodisasining, avvalombor, jamiyatda 

beqarorlikni vujudga keltiruvchi jaholat, ya’ni e’tiqod va 

imon, sadoqat va mehr-u vafo  ildizidan mosuvolik oqibati 

ekanligiga ishoradir.

Bozor kabi ma’naviy tanazzul girdobiga tushib qolgan 

Ko‘klam xarakteri va psixologiyasi  ifodasi “Oromkursi” 

qissasi badiiy-estetik qurilishi mehvariga evrilganligi 

kuzatiladi.  Qissa  sujeti,  badiiy-estetik  va  falsafiy 

mushohadalari doirasida jamiyat va shaxs faoliyati 

uyg‘unligi masalasi o‘rtaga qo‘yiladi.

 Ko‘klam aql-idroki va ko‘nglini chulg‘agan amalparastlik 

mayli hayotiy va badiiy haqiqat taqozo etuvchi estetik holat 

ekanligi jonli tarzda ishonarli tasvirlanadi. Ruhiy evrilish 

zamini mustahkam va hasratli bo‘lgani uchun Ko‘klam 

ma’naviy fojeasi afsus-nadomat uyg‘otadi, kitobxon nafs 

timsoliga aylangan oromkursiga nafrat nigohi bilan qaray 

boshlaydi.

Insonga xos mansabparastlik jamiyat psixologiyasining 

amaldagi ko‘rinishi ekanini kashf etgan Ko‘klam dilida asta-

sekin ezgulik maysasi nish uradi, shuningdek, o‘z shuurida 

ayricha evrilish kechadi va xayolini necha “...yillardan 

keyin odamzod qavmi orasida oromkursini sevish kasalligi 

tarqasa  nima  bo‘ladi?..  Kursi  deb  odamlar  odamlardan 

bezib ketsa, kursidan orom topish ilinjida bola otasining, 

ota xotinining bahridan o‘tsa, yoppasiga shunday bo‘lsa!” 

(174-bet.)  tarzidagi  halokatdan  ogoh    etuvchi  falsafiy 

mushohadalar chulg‘aydi. Ko‘klamni muqarrar o‘lim sari 

yetaklagan omil, avvalo, jamiyat psixologiyasi, qolaversa, 

dilini qamragan o‘tkir ruhiy tebranishlar bilan mushtarakdir.

Nazarda tutilayotgan optimizm mohiyati shundan 

iboratki, inson hayoti mazmuni va ma’naviy go‘zalligi 

asosini amal-martaba, moddiy boylik va tamagirlik 

emas, avvalo, haqiqiy komillik asosi hisoblangan vijdoniy 

uyg‘oqlik, imon-e’tiqod butunligi, adolatpeshalik, xokisorlik 

va  tozalik  kabi  ma’naviy-ma’rifiy  boylik  belgilaydi,  tiriklik, 

shubhasiz, shu boylik sharofati bilan zavqlidir.

Badiiy-g‘oyaviy jihatdan “So‘roq” va “Oromkursi” 

bilan  bellashadigan    “Hayy,  Gulshod,  Gulish!..”  qissasi 

mazmunida esa or-nomus, nafsoniyat va g‘urur bebaho 

mulk – noyob javohir bilan teng boylik ekanligi xususidagi 

falsafiy-estetik  qarashlar  ustivor:  oriyat  va  oriyatsizlik  – 

jamiyat va shaxs psixologiyasini teran ifodalovchi, jamiyat 

va inson o‘rtasida mavjud ijtimoiy munosabatlar miqyosini 

belgilovchi muhim omil tarzida talqin qilinadi.

Eng muhimi, qissada nafs keltirib chiqaradigan ko‘ngil 

fojiasi o‘quvchini befarq qoldirmaydigan keskin psixologik 

dramatizm asosida yoritiladi, 

Qissa arxitektonikasida shahvoniy nafs psixologiyasi 

yovuzlikning boshqa barcha tarmoqlari, jumladan, razillik 

va  firib,  yolg‘on  va  hiyla  bilan  bitim  tuzgan  xudbinlik 

va hasadgo‘ylik mohiyati  talqinlari bilan yaxlitlikda 

gavdalanadi. Natijada yetakchi obrazlar – shahvoniy nafs 

bois o‘zligini yo‘qotgan Ashur, nomusidan ayrilgan Gulshod 

ko‘ngli xurujlari teran ochiladi va bu ruhiy evrilishlar ijtimoiy 

muhit psixologiyasini yaqqol ifodalaydi.

Demak, yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad mazkur 

asarlari vositasida jamiyat va shaxs psixologiyasi 

qatlamlarini badiiy  asoslab, o‘rtaga qo‘yayotgan estetik 

ideali va konsepsiyasi zamiriga o‘ta muhim va nozik 

falsafiy  ma’nolarni  joylashga  erishgan;  ayni  paytda 

insonni 


ma’naviy-ma’rifiy 

kamolotga 

yetkazuvchi 

xislatlarni himoyalab, ijtimoiy muhitda beqaror psixologiya 

tug‘diruvchi yovuzlik balosiga qarshi isyon ko‘targan 

hamda adolat va haqiqat, e’tiqod va poklik tarafida muqim 

turish muqaddas burch ekanini uqtirganligi bilan kitobxon 

e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.



Каталог: wp-content -> themes -> twentytwelve -> images


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling