Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Download 5.75 Mb.
Pdf просмотр
bet12/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Jamila ASQAROVA

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori 

instituti doktoranti

 ERTAKLARNI NOMLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI  

Annotatsiya.  Ushbu maqolada 

folklor asarlari, xususan, ertaklarni 

nomlashdagi ba’zi bir chalkashliklar 

“Uch­ og‘a-ini­ botirlar”­ ertagi­ misolida­

o‘rganilgan.­ Ertaklarni­ tadqiq­ qilishda­

ularning nomiga alohida e’tibor berish 

va bitta nomdagi turli ertaklarni bir xil 

asar deb tushunmaslik  zarurligi ta’kid-

langan.

Kalit so‘zlar:  ertak,­ “Uch­ og‘a-ini­

botirlar”,­nom,­variant,­ertakchi.

Аннотация: B­этой­статье­рас-

сматриваются­фольклорные­произ-

ведения,­особенно­сказки,­на­приме-

ре­“Уч­оға-ини­ботирлар”.­В­исследо-

вании­говорится,­что­следует­уде-

лять­особое­внимание­их­названию,­

а­также­тому,­что­под­одним­и­тем­

же­названием­могут­быть­­расска-

заны­разные­сказки.

Ключевые  слова:  сказка,­ “Уч­

оға-ини­ ботирлар”,­ название,­ ва-

риант,­сказoчник.

Annotation:  This article examines 

the folklore works, especially the fairy 

tales,­in­the­example­of­­“Uch­og‘a-ini­

botirlar”.­In­the­study­of­the­tales,­it­is­

pointеd­ out­ that­ particular­ attention­

should be paid to their name and not 

think that one tale with same names 

must be understood  as the  different 

work.

Key words: tale,­Uch­og‘a-ini­botir-

lar, title, variant, narrator.

tashlanadi.  Xususan, ertak janrida bir nom ostida ikki-uch xil 

ertaklar uchraydiki, beixtiyor hammasini bitta asar yoki uning 

turli variantlari deb tushunish mumkin. O‘zbek xalq ertaklari-

ni tadqiq qilish jarayonida atalishi o‘xshash, ammo sujeti va 

mazmuni har xil bo‘lgan namunalarga duch keldik. Ushbu ho-

latni “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi misolida kuzatishimiz mum-

kin.


XX asrda xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan va mumtoz 

ertak maqomini olgan “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi ham o‘z 



46

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Tadqiqotlar

ismi belgilab qo‘ygan “taqdir” yo‘lidan mustasno emas. Ushbu 

maqolada To‘ra Mirzayevning “Hodi Zarif suhbatlari” nomli ki-

tobida Hodi Zarifovning “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi haqidagi 

quyidagi fikrlari keltirilgan: “Uch­og‘a-ini­botirlar”­keyingi­30­yil­

davomida bir necha bor nashr etilishi bilan xalq orasida keng 

tarqaldi va mumtoz ertaklarimizdan biriga aylandi. Xalqimiz 

uni shu holida to‘la qabul qildi. Mening nazarimda, juda kat-

ta­ hofiza­ quvvatiga­ ega­ bo‘lgan­ Hamro­ bibidan­ eshitganla-

rini­Po‘latjon­domla­to‘la­saqlay­olgan­va­ertakning­qadimiy­

asoslari­bizgacha­yetib­kelgan.­Buning­ustiga­N.P.Ostroumov­

rus­ tilida­ e’lon­ qilgan­ “Uch­ og‘a-ini­ shahzodalar”­ ertagining­

originali yo‘q, boshqa tuzukroq variantlar ham yozib olinma-

gan.­Shunday­ekan,­ertakning­Po‘latjon­domla­yozib­bergan­

Hamro­bibi­variantining­ahamiyati­hech­mahal­kamaymaydi”

1

Bu fikrlarga asoslanib, mumtoz asar “Uch og‘a-ini botirlar” er-

tagi  hamda  N.P.Ostroumovning rus tilida e’lon qilgan “Uch 

og‘a-ini shahzodalar” ertagini o‘zaro qiyoslab, bu masalaga 

oydinlik kiritishni maqsad qilib oldik.

Hodi Zarif domla yuqoridagi mulohazani qo‘qonlik Po‘latjon 

Qayumovning 1939-yilda o‘sha paytdagi Til va ada biyot insti-

tutining  direktori  Sotti  Husaynga  yo‘llagan  xatiga  asoslanib 

aytgan  edi.  Folklorshunos To‘ra  Mirzayev  1967-yilda  Buyuk 

Karimov haqida materiallar to‘plash jarayonida O‘zbekiston 

Fanlar akademiyasining folklor arxivida ikkita xatga duch 

kelganligini,    ulardan  biri  G‘ozi  Olim  Yunusov  tomonidan 

1927-yili  qo‘qonlik  muallim  Po‘latjon  Qayumovga,  ikkinchi-

si Po‘latjon Qayumov tomonidan Sotti Husaynga yo‘llangan 

maktub ekanligini yozadi. G‘ozi Olim Yunusov o‘z xatida “Uch 

og‘a-ini botirlar” ertagini yuborgani uchun Po‘latjon domlaga 

minnatdorlik bildirib, bundan keyin folklor asarlarini yozib ol-

ganda sheva xususiyatlarini saqlashga alohida e’tibor berish-

ni maslahat bergan. Po‘latjon domla esa o‘z xatida ertakning 

maktab darsligiga kiritilganida uning nomi ko‘rsatilmagani 

adolatsizlik  bo‘lganini,  ertakni  1905-yili  Hamro  bibidan  esh-

itgani asosida keyinchalik yozib chiqqanini, aslida ertakning 

nomi “Uch og‘a-ini shahzodalar” bo‘lganini aytadi

2

.  Ayni shu 



o‘rinda “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi Po‘latjon domla aytga-

nidek, aslida “Uch og‘a-ini shahzodalar” bo‘lganligining qayd 

etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Maktubdagi mulohazalar 

tufayli  H.Zarif domla N.P.Ostroumov chop etgan ertakni yod-

ga olishiga sabab bo‘lgan, deb taxmin etishimizga asos bo‘la-

di. Po‘latjon domlaning mualliflik talabi masalasi folklorshunos 

Sh.Turdimov tomonidan alohida o‘rganilganligi sababli bu 

masalaga ortiqcha to‘xtalmadik.

3

Shu 


o‘rinda 

N.P.Ostroumovning 

“Сарты. 

Этнографические  материалы”    kitobining  “Сказка 

сартов” bo‘limidagi “Uch-og‘a-ini shahzodalar”  (“Три брата 

царевичи”)

4

    ertagi  haqida  fikr  bildirsak.  Ostroumov  ushbu 



ertakni etnografik materiallar to‘plab yurgan vaqtida Toshkent 

gimnaziyasining 6-sinf o‘quvchisi samarqandlik Abdurahmon 

Farhatiydan yozib olgan. Shundan kelib chiqib aytish mum-

kinki, Ostroumov ertakni harf tanigan, savodli odamdan eshi-

tib yozgan. Bu o‘z navbatida, asarga ma’lum o‘zgartirishlar 

kiritilgan  degan  xulosani  beradi.  Shu  o‘rinda  H.Zarif  domla-

ning: “Ertaklarni nashrga tayyorlash jarayonida uning matni-

ga o‘rinsiz qo‘l urishlar kuzatilmoqda. Buni oqlash maqsadida 

keyingi paytlarda “tahrir qilib nashrga tayyorlovchi” iborasi 

qo‘llanilmoqda. Xalq ijodining tahriri qanday, uning prinsiplari 

nimalardan  iborat?  Bular  haqida  hech  narsa  deyilmaydi... 

Bundan keyin folklorga har qanday “qalam urishlar”, g‘ayriil-

miy “tahrir”, o‘rinsiz “o‘zgartishlar” kiritishga chek qo‘yish, uni 

soxtalashtirishga yo‘l bermaslik zarur”

5

, – deb kuyinchaklik 



bilan  aytgan  fikrlari  masalaning  qanchalik  muhim  ekanligini 

aniq namoyon etadi. 

Ostroumov yozib qoldirgan “Uch og‘a-ini shahzodalar” er-

tagi  P.Qayumov qayta yozib bergan Hamro bibi varianti bi-

lan solishtirilganda, mazmun va sujet jihatdan hech qanday 

o‘xshashlik topilmadi. Po‘latjon domla aytganidek, ertakning 

avvalgi nomi “Uch og‘a-ini shahzodalar” bo‘lgan taqdirda ham 

uni Ostroumov “shahzodalar”i bilan bir xil deb bo‘lmaydi, faqat 

nomlarigina o‘xshash, xolos. Ostroumovning “Uch og‘a-ini 

shahzodalar”ini  bugun xalq orasida  mashhur “Uch og‘a-ini 

botirlar” ertagining varianti deb aytish xato bo‘ladi. Faqat er-

tak ichidagi kiritma naql “To‘ti” hikoyasigina bu namunalarni 

o‘zaro bog‘lab turadi.

Asli to‘qimdo‘zlik bilan shug‘ullanganligiga qaramay, yuz-

lab ertaklarni yodida saqlay olgan  professional xalq ertakchisi 

Hamro bibi ertagi Po‘latjon domlaning adabiy sayqal berishi-

ga qaramay, o‘zida qadimiy asoslarni saqlab qolganligi uchun 

ham ertak an’analariga xos uyg‘un ko‘rinishga ega. Shu sa-

babli ham ayni variant xalq orasida keng ommalashgan. 

Buyuk  Karimov  tomonidan  1937-yilda  nashrga  tayyor-

langan ilk o‘zbek ertaklari to‘plamida keltirilgan “Uch og‘a-ini 

botirlar”

6

  ertagi  Po‘latjon  Qayumov  yozib  olgan  Hamro  bibi 



varianti bo‘lib chiqmoqda. Ammo to‘plamda ertak qachon va 

kim tomonidan yozib olingani haqida ma’lumot berilmagan. 

Shundan keyin bu ertak turli ertak nashrlari va o‘quv dars-

liklaridan o‘rin olib o‘zbek xalqining mumtoz ertagi sifatida 

shuhrat topdi.

O‘zbek xalq ertaklari orasida Nurali Nurmat o‘g‘li reper-

tuaridagi “Uch taxminchi”

7

 ertagi har jihatdan Ostroumovning 



“Uch og‘ayni shahzodalar” ertagi bilan juda yaqin keladi va 

ularni variant sifatida baholash o‘rinli. Bu ertaklarni o‘zaro so-

lishtirib tadqiq etish alohida mavzudir.

Yuqoridagi  fikrlardan  shunday  xulosa  qilish  mumkinki, 

xalq ertaklarini o‘rganishda ularning nomlariga e’tiborli bo‘lish, 

ustozlarning fikrlarini yanada kengroq tadqiq etish va ularni 

isbotlash bugungi kundagi dolzarb muammolardan biridir. 

Endigi  ertakchilik  rivojida  o‘quvchilarga  ertakni  yetkazib  be-

rishda asosiy bo‘g‘in hisoblangan nashriyotlar bu masalaga 

jiddiy  yondashishlari  talab  etiladi.  Chunki  mustabid  tuzum 

paytida kommunistik g‘oya barcha asarlarga ta’sir etgani 

singari ertaklarimizni ham chetlab o‘tmagan. “Dostonchi yoki 

ertakchi asar kuylayotgan davr, sharoit va auditoriyaga qa-

rab, ijro etib yurgan doston yoki ertagiga o‘zgarishlar kiritadi. 

Shu tariqa, o‘sha ertak o‘zgara boradi”

8

.  Iqtibosdan  ko‘rinib 



turibdiki, davr va sharoitga bo‘ysunish ertaklarning yashab 

qolish shakllaridan biri bo‘lgan. Endigi maqsad esa ularning 

asl holatini aniqlash, tiklash va xalq orasiga yoyishdir. Bu kabi 

masalalar tadqiqotchilar oldiga dolzarb va muhim vazifalarni 

qo‘yadi. 

1

Т.Mirzayev. Hodi Zarif  suhbatlari.  Т.: ShAMS-ASA, 2013. 40-bet.



2

O‘sha manba, o‘sha bet.

3

Sh.Turdimov. Hikmat xazinasi.  Т.: O‘zbekiston, 2016. 258-bet.



4

Остроумов Н.П. Сарты. Этнографические материалы. 1896. 2-е издание. C 36.

5

Т.Mirzayev. Hodi Zarif  suhbatlari.  Т.: ShAMS-ASA, 2013. 38-bet.



6

O‘zbek xalq ertaklari. Т., 1937. 15-bet.

7

Luqmoni hakim. Т., 1990.  61-bet.



8

K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Т.: O‘qituvchi, 1990. 192-bet.



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

47

Tadqiqotlar

Mamlakatimiz hayotida sodir bo‘layotgan ulkan 

o‘zgarishlar tilimizda ham o‘z lisoniy ifodasini topmoq-

da. Xususan, yurtimizda amalga oshirilgan sud islo-

hotlari natijasi o‘laroq o‘zbek tilida sud nutqi leksikasi 

shakl landi. Bugungi kunda ushbu leksikani har tomon-

lama tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 

Hozirda  o‘zbek  adabiy  tilining  lug‘aviy  va  termi-

nologik me’yorlari ancha tartibga solindi. Ular imlo va 

izohli lug‘atlarda o‘z aksini topgan bo‘lsa-da, yuridik 

terminlarning adabiy me’yorga solingan mukammal 

lug‘atlari hali yaratilmagan. Ma’lumki, yuridik termin-

lar (o‘zbek yuridik tilining ichki xususiyatlarini hisobga 

olmasdan) rus tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilingan. Bu 

esa yuridik tilga qo‘yiladigan aniqlik, mantiqiylik, qisqa-

lik, soddalik, rasmiylik kabi talablarga to‘liq javob ber-

maydi. Ayniqsa, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqiga oid 

terminlar tizimida hamon bir tushuncha uchun ikki yoki 

undan ortiq leksik birliklar qo‘llanilmoqda.

Lug‘atlarda 



ba’zan rus tilidagi bir termin o‘zbek tilida bir nechta 

leksik birlik bilan berilmoqda. Masalan, sud nutqi leksi-

kasidagi  ruscha  показание  tushunchasini ifodalash 

uchun ishlatiladigan ko‘rsatuv, ko‘rsatma,  ko‘rgazma 

singari so‘zlarda xuddi shunday anglashil movchilikni 

kuzatish mumkin. Masalan: В­ качестве­ свидетеля­



для­ дачи­ показаний­ может­ быть­ вызвано­ любое­

лицо,­которому­могут­быть­известны­какие-либо­

обстоятельства,­ подлежащие­ установлению­

по­ уголовному­ делу  (УПК  РУ.  Глава  6.  Статья  65). 

–  Jinoyat  ishi  bo‘yicha  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  biror 

holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh 

sifatida 



ko‘rsatuv  berish uchun chaqirilishi mumkin. 

(O‘zR  JPK.  6-bob.  65-modda);  ...давать­ показания­



на­родном­языке­(УПК РУ. Глава 6. Статья 66) … – 

o‘z ona tilida 

ko‘rsatuvlar berish... (O‘zR JPK. 6-bob. 

66-modda); оглашение­показаний­свидетелей (ГПК 

РУ. Глава 22. Статья 232); guvohlarning 

ko‘rsatuvla-

rini o‘qib eshittirish (O‘zR FPK. 22-bob. 232-modda). 

Qodirjon MO‘YDINOV, 

Nizomiy nomidagi TDPU 

Tillar va nutq madaniyati 

kafedrasi katta o‘qituvchisi



SUD NUTQIDA AYRIM TERMINLARNING QO‘LLANISHI

Annotatsiya.  Maqolada yuridik til 

va terminlarini o‘zbek adabiy tili me’yor-

lariga­ muvofiqlashtirish­ haqida­ so‘z­

yuritilgan­ bo‘lib,­ misollar­ asosida­ yori-

tilgan.

Kalit so‘zlar: yuridik til, fundamen-

tal fanlar, axborot va kommunikatsiya 

texnologiyalari, ko‘rsatma, ko‘rsatuv, 

ko‘rgazma, sud islohotlari, terminologik 

me’yor, advokat, prokuror.

 

Аннотация.  В­ статье­ обсуж-

дается­ тема­ координации­ норм­

юридического­ языка­ и­ терминоло-

гии­ с­ нормами­ узбекского­ литера-

турного­языка,­а­также­рассматри-

ваются­ вопросы­ приведения­ их­ в­

порядок,­проблемы­и­вопросы­в­дан-

ном­направлении­разьясняются­при­

помощи­примеров.

Ключевые  слова:  юридический­

язык,­ фундаментальные­ науки,­ ин-

формационно-коммуникационые­

тех­­но­логии,­ показание,­ судебные­

реформы,­ терминологические­ нор-

мы,­адвокат,­прокурор.

Annotation. In this article the theme 

of corresponding and giving on order 

to the juridical language and terminol-

ogy according to the characteristics of 

Uzbek literary language is revealed as 

well as the problems and issues on this 

way are given and suitable solutions 

are exampled. 

Key words:  juridical language, 

fundamental sciences, communication 

and information technologies, indica-

tion, broadcast, exhibition, court re-

forms, terminological norm, advocate 

(lawyer), public prosecutor.

Yuqoridagi  misollardan  ko‘rinib  turibdiki,  ruscha



 

показание so‘zi O‘zR JPК va O‘zR FPKda 



ko‘rsatuv 

so‘zi bilan ifodalanyapti.



Показание  so‘zi Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda 

ko‘rsatish,­aytish;­2.­guvohlik­berish,­so‘roq­berish­tarzi-

da tarjima qilingan



2



Ko‘rsatuv, ko‘rsatma,  ko‘rgazma  so‘zlari  O‘zbek 

tilining izohli lug‘atida quyidagicha berilgan:

Ko‘rsatma 1. Qanday harakat qilish, ishlash lozim-

ligini ko‘rsatuvchi yo‘l-yo‘riq; qo‘llanma. U qog‘ozdagi 



ko‘rsatmadan chekinishni intizomni qo‘pol ravishda 

buzish, deb hisoblaydi. S.Karomatov. So‘nggi barxan.

3

Ko‘rsatma 2 huq. Tergov-sud jarayonlarida biror 

ahamiyatli holat haqida shaxs (guvoh va b.)ning bergan 

ma’lumoti; dalil. Guvohlarning ko‘rsatmasidan ma’lum-



ki, bahslashayotgan ovozlar marhumlarga tegishli 

emas. “Fan va turmush”

4



Ko‘rsatuv 1.  Kinofilm,  televideniye  kabilar  orqali 

namoyish qilish, berish. Yangi yil ko‘rsatuvlarini tomo-



sha qildik.

5

 



Ko‘rsatuv 2 ayn. ko‘rsatma 2

6

. Masalan: Bu esa 



uning dastlabki tergovda va sud tergovida bergan 

ko‘rsatuvlarining naqadar to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

7

Ma’lum bo‘ldiki, ko‘rsatuv 2 ga berilgan izoh aynan 



ko‘rsatma 2 ga berilgan izohning o‘zi. Ayni vaqt-

da,  ko‘rsatma 2 dagi  dalil  ma’nosi (semasi) ko‘rsatuv 

so‘zidagi dalil ifodasiga nisbatan kuchli, aniq va to‘liq. 

Ko‘rgazma 1. Ko‘rish, tomosha qilish uchun qo‘yil-

gan narsalar va shu narsalar qo‘yilgan joy. Xalq xo‘jaligi 



yutuqlari ko‘rgazmasi. Ko‘rgazma eksponatlari.

8

 

Ko‘rgazma 2 ayn. ko‘rsatma. O‘zbekiston Fanlar 



akademiyasining­prezidiumi­akademiyada­nashr­etila-

digan­ “Axborotlar”,­ “O‘zbek­ tili­ va­ adabiyoti”,­ “Fan­ va­

turmush”­ jurnallari­ tahrir­ hay’atlariga­ shu­ jurnallarning­

yubileyga bag‘ishlab maxsus sonini chiqarish to‘g‘risida 

ko‘rgazma berdi. “O‘TA”

9



Bu o‘rinda ko‘rinadiki, ko‘rsatma so‘zidagi dalil-isbot­

48

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Tadqiqotlar

ma’nosi  mutlaqo  ifodalanmagan.  Lekin  shunga  qara-

may ba’zi o‘rinlarda ayni shu so‘z показание tushun-

chasini ifodalash uchun ishlatilgan. Masalan: “Shundan­



ham ko‘rinadiki, sudlanuvchi o‘z xohishi bilan emas, 

balki tashqaridan berilayotgan ta’sir natijasida ko‘rgaz-

ma­bergan”­(gazetadan). 

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, sud-huquq 

tizimida ko‘rsatma so‘zi ko‘pincha qanday harakat qilish 

yoki harakat qilmaslik, ishlash lozimligini ko‘rsatuvchi 



yo‘l-yo‘riq ma’nosida qo‘llanishi bois показание­tushun-

chasini ifodalash uchun ko‘rsatuv



  so‘zi faol ishlatiladi. 

Demak, umumiste’moldagi 



ko‘rsatuv  so‘zining birinchi 

ma’nosi televideniye orqali namoyish etiladigan ko‘rsa-

tuv

  sifatida  tushunilsa, sud-huquq sohasida, asosan, 

uning  показание  tushunchasini ifodalovchi semasi 

yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham M.Mirhamidov 

va  S.Hasanovlar 



ko‘rsatuv  termini “so‘roq”, ya’ni “gu-

vohning bergan guvohligi, aybdor yoki gumon qilinayot-

gan shaxs ning bergan so‘rog‘i”, deb ishlatishni ma’qul-

lagan.


10

Sud nutqida



  faol ishlatiladigan advokat termi-

ni o‘rnida ba’zan himoyachi va oqlovchi so‘zlari ham 

qo‘llanmoqda. Demak, ushbu so‘zlar 

advokat termini 

bilan semantik munosabatga kirishib, sinonimik qatorni 

hosil qilmoqda. Shunday ekan, sinonimik munosabat-

da bo‘lgan ushbu lisoniy birliklar orasidagi umumiylik 

va har biriga xos xususiylik nimada, degan savolning 

qo‘yilishi o‘rinli. 



Himoya  so‘ziga  -chi so‘z yasovchi qo‘shimchasini 

qo‘shish bilan hosil bo‘lgan himoyachi so‘zi quyidagi 

ma’nolarni ifodalaydi: 1. Qo‘llab-quvvatlovchi, yordam 

beruvchi; homiy, biror xavf-xatardan saqlovchi, mudo-

faa qiluvchi. Masalan: Olamda uning yagona himoya-

chisi­–­eri,­birdan­bir­orzusi­–­anor­edi,­birdaniga­har­

ikkisi ham yo‘qqa chiqdi  (A.Qahhor).  2.  Yuridik:  sud-

da ayblanuvchining manfaatini yoqlovchi, uni himoya 

qiluv chi.  Demak,  himoyachi  leksemasining semantik 

komponentlari quyidagilar: 

1. Shaxs. 

2. Homiy. 

3. Sport o‘yinlarida jamoasini himoya qiluvchi. 

4. Ayblanuvchini himoya qiluvchi advokat.

 Oqlovchi (oq+lo+v+chi) yasama so‘zi esa quyidagi 

izohlarga ega: 

1.  Oqlamoq­ –­ fe’l. Shaxs oti: uy oqlovchi, sholi 

oqlovchi. 

2. Sudda biror kishi yoki tarafni himoya qiluvchi 

yurist, advokat. Oqlovchi leksemasi quyidagi semantik 

komponentlardan tashkil topadi: 

1. Shaxs. 

2. Bo‘yoqchi. 

3. Ayblanuvchini oqlovchi – advokat. 

Hozirda oqlovchi so‘zi 



advokat termini o‘rnida ish-

latilmoqda. Masalan, yuridik fanlar doktori Gulchehra 

Matkarimovaning “Oqlovchilik – ko‘hna ilm”

 nomli ma-

qolasida “oqlovchi, himoyachi so‘zlari 



advokat tushun-

chasini ifodalaydi”, deyiladi.

11

 Biroq yuqoridagi izohlar-



dan ko‘rinib turibdiki, oqlovchi, himoyachi so‘zlari 

ad-

vokat termini o‘rnini to‘la ifodalay olmaydi. Ushbu 

so‘zlar ma’lum nutqiy vaziyatlardagina faollashadi. 

Shunga ko‘ra sud nutqi jarayonida 

advokat terminini 

qo‘llash maqsadga muvofiq. 

Xuddi  shunday  fikrlarni 

prokuror termini haqida 

ham aytish mumkin. Mazkur terminga sinonim sifatida 

qo‘llanilayotgan  qoralovchi, ayblovchi so‘zlari ham ta-

labga javob bermaydi. Shuningdek, ularning ma’nosi 

tahlil qilinganida sud jarayonida aynan 

prokuror ter-

minidan foydalanish mumkinligi ma’lum bo‘ladi, chunki 

xuddi  oqlovchi  so‘zidagi kabi qoralovchi so‘zida ham 

masalaning mohiyati to‘liq ifodalanmaydi.

12

Sud nutqida malakalamoq fe’lidan ham faol foyda-



laniladi. Bu fe’l “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd 

etilmagan. Uni yuristlar ruscha 



квалифицировать 

fe’liga moslashtirishgan. Bizningcha, malakalamoq fe’li-

ning o‘rniga kvalifikatsiya­qilish birikmasini qo‘llash joiz. 

Amaldagi bo‘lgan jinoyat­ kvalifikatsiyasi­ termini ning 

ma’nosi sinchiklab o‘rganilsa, bunga ishonch hosil qi-

lish mumkin: “Jinoyat kvalifikatsiyasi. Amalga oshirilgan 

jinoiy xatti-harakat uchun jinoyat qonunida ko‘zda tutil-

gan moddani (jazo chorasini) to‘g‘ri qo‘llash maqsadida 

shu jinoiy harakatning u yoki bu jinoyat tarkibi belgilari-

ga muvofiqligini aniqlash” (O‘TIL, 2-t., 34-b.). 



Malaka  so‘zining izohli lug‘atda keltirilgan ma’no-

sida esa bunday sema mavjud emas. Qiyoslang: 



T.Sobirovning­ harakatlarini­ O‘zR­ JKning­ 109-mod-

da­ 2-qism­ yoki­ 106-modda­ bilan­ malakalashingizni­

so‘rayman­↔­T.Sobirovning­harakatlarini­O‘zR­JKning­

109-modda­2-qism­yoki­106-modda­bilan­kvalifikatsiya­

qilishingizni

 so‘rayman.

Bundan ko‘rinadiki, sud-huquq tizimida bunday 

bahs talab so‘zlar juda ko‘p va ular o‘z yechimini kut-

moqda.


 Sud nutqi o‘ta jiddiy xarakterga ega bo‘lganligi, 

unda badiiy tasvir vositalaridan deyarli foydalanilmasli-

gi tufayli sud nutqi leksikasining badiiy-uslubiy xususi-

yatlarini maxsus tekshirib bo‘lmaydi, chunki bu borada 

material juda kam.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, sud nutqida 



oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, ayblovchi, malaka-
Каталог: wp-content -> themes -> twentytwelve -> images


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling