Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Download 5.75 Mb.
Pdf просмотр
bet4/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

“Bilimdon”  guruhi shoirlarni aytishi kerak 

bo‘ladi.


“Kitobxon” guruhi:               “Bilimdon” guruhi:

1. H.Nazir                        

2. E.Malik                       

3. Z.Hasanova                

4. X.Imomberdiyev          

5. N.Toshpo‘lat                 

6. O‘.Usmonov                 

7. O‘.Hoshimov               

8. X.To‘xtaboyev            

O‘qituvchi shoirlik va yozuvchilikning bir-biridan 

farqini izohlab beradi. Buyuk allomalar hayotidan 

misollar keltiradi. So‘ng “Kitob” mavzusida kichik diktant 

yozdiradi.

O‘quvchilar yozgan diktantlarini o‘zaro tekshiradilar, 

yozuvlarini solishtiradilar.

Keyin guruhlar doskada quyidagi harflarni husnixat-

da yozib ko‘rsatishadi:

e, k, n, r, o‘, a, d, s, b, q. 

So‘ng 

“Mo‘jizalar maydoni” o‘yini o‘tkaziladi. 

Bunda o‘quvchilar kitob haqidagi o‘zbek maqollarini 

ruschaga tarjima qilishi kerak bo‘ladi. Masalan: Kitob – 

bilim manbayi – Книга – источник знаний.

Kitob – misoli oftob – Книга – свет дающая.

Mashg‘ulot so‘nggida g‘olib guruh aniqlanadi, faol 

o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. 

Uyga vazifa: “Tasavvuringizdagi shoir yoki yozuvchi”, 

“Tasavvuringizdagi she’r yoki asar” mavzularidan birini 

tanlab, fikr-mulohaza yozib kelish. 

KITOB

Kitob­ –­ beminnat­ ustoz.­ Kitob­ –­ insonning­ erkin­

fikrlashi,­ dunyoqarashining­ kengayishi,­ aqlan­ yetuk­

bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rin-

ni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, 

ma’naviyati boyiydi. 

Kitob­–­ajdodlarning­avlodlarga­buyuk­merosi­ham-

dir. 

Kitob­–­tafakkur­qanotidir.

Shohida NISHONOVA,

   Namangan shahridagi

43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi



TOVUSHLAR JILVASI

Ona tili fanini o‘qitishda darslikdagi ma’lumotlar bilangina cheklanish ma’lum ma’noda o‘quvchini zeriktirib 

qo‘yadi. Shuning uchun bugungi kun pedagogi turli usullar orqali o‘quvchini mavzuga jalb etishi va Davlat ta’lim 

standartida ko‘zlangan maqsadga erishishi lozim. Quyida 5-sinf ona tili fanini o‘qitishda foydalanish mumkin 

bo‘lgan bir nechta fonetik o‘yinlarni hukmingizga havola qilamiz. 

“Yosh tadqiqotchi”

Ushbu o‘yindan o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda 

foydalanish mumkin. Bunda sinf ikki guruhga ajratilib, 

birinchi guruh, masalan, “Unli tovush”, ikkinchi guruh 

“Undosh  tovush”  deb  nomlanadi.  Har  bir  dars  uchun 

guruhlar nomi va sardorining o‘zgarishi o‘quvchilarda 

liderlikka  intilishni  oshiradi.  Har  ikki  guruhga  alohida 

topshiriq beriladi. Masalan, undosh tovushlarning ovoz 

va shovqin ishtirokiga ko‘ra turlari yuzasidan birinchi 

guruh  “Jarangli  undoshlar  va  ularning  o‘ziga  xos 

jihatlari”, ikkinchi guruh “Jarangsiz undoshlarning o‘ziga 

xos jihatlari” mavzusida ma’ruza tayyorlaydi. Bunga 

5–10 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruh a’zolari ichidan bitta 

asosiy, bitta qo‘shimcha ma’ruzachi tayinlanadi.

Bu ma’ruzachilar guruhga berilgan topshiriq bo‘yicha 

mavzuni bayon qiladi. Asosiy ma’ruzachi yo‘l qo‘ygan 

kamchilikni qo‘shimcha ma’ruzachi to‘ldiradi. Raqib 

guruh savollar bilan murojaat etishi mumkin. Keyin 

ikkinchi guruh ma’ruza qiladi, birinchi guruh savollar 

beradi. O‘yin shu tarzda davom etadi. 

O‘yindan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchilar ma’lumot-

larni topish, tahlil qilishda kitobdan foydalanish layoqa-

tiga ega bo‘ladilar.

1. Alisher Navoiy 

2. Q.Muhammadiy

3. Sh.Sa’dulla 

4. Z.Diyor

5. U.Abduazimova 

6. K.Turdiyeva 

7. Qambar ota

8. T.Adashboyev

Ilg‘or 


pedagogik 

texnologiyalar



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

13

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

“Kim tezkor?” 

Mazkur o‘yin unli va undosh tovushlarga bag‘ishlan-

gan mashg‘ulotda qo‘llaniladi. 

Jihozlar: 

1. Qizil va yashil rangli yulduzcha yoki moychechak 

shaklidagi kartochkalar.

2. 5 ta fonetik topshiriq yozilgan plakat. 

3. 1–5 raqamlari yozilgan qog‘oz bo‘laklari.

O‘yin avvalida har bir o‘quvchi stol ustidagi qizil va 

yashil rangli “moychechak”lardan birini tanlaydi. Qizil 

kartochka tanlaganlar bir guruh, yashil kartochka tan-

laganlar ham bir guruh bo‘lib,  sinf ikki guruhga ajraladi. 

O‘qituvchi 1–5 raqamlari yozilgan qog‘oz bo‘laklarini 

qutichaga solib, stol ustiga qo‘yadi. 

Quyidagi 5 ta topshiriq yozilgan plakat doskaga 

osib qo‘yiladi. O‘quvchilar qutidagi raqamlardan birini 

tanlashi va shu raqam ostidagi fonetik topshiriqni 

bajarishi kerak:

1-fonetik topshiriq. Tarkibida faqat jarangli undosh 

ishtirok etgan 10 ta so‘z yozing.



2-fonetik topshiriq. “X” undoshi ishtirok etgan 10 

ta so‘z yozing.



3­fonetik  topshiriq. “O” unlisi “A” tarzida talaffuz 

qilinishiga 10 ta so‘zni misol qilib keltiring.



4-fonetik topshiriq. Bo‘g‘iz undoshi ishtirok etgan 

10 ta so‘z yozing.



5-fonetik topshiriq. Tutuq belgisi qo‘yilganda unli 

cho‘ziq talaffuz qilinishiga 10 ta so‘z yozing.

 

“Izquvar o‘quvchi”

Ushbu o‘yinda ham o‘quvchilar guruhlarda faoliyat 

olib boradi. Sinf doskasiga o‘qituvchi bir nechta 

unli tovushlari tushirib qoldirilgan so‘zlar yozilgan 

kartochkalarni ilib qo‘yadi. Masalan, z...ra, q...tiq, 

...smon,  q...yiq.  Stolda  esa  bir  nechta  unli  harflar 

yozilgan  kichik  kartochkalar  turadi.  Har  bir  guruhdan 

tayinlangan izquvar o‘quvchi so‘zda yetishmayotgan 

harfni topib, so‘z hosil qilgach, qolgan guruh a’zolari 

mazkur harf haqidagi ma’lumotlarni aytadilar va guruh 

uchun bir ballga ega bo‘ladilar. Boshqa guruhlarda 

variantlar bo‘lsa, ko‘rib chiqiladi va izohlanadi.



“Ikkita to‘g‘ri, bitta xato”

Bu o‘yinda sinf ikki guruhga bo‘linadi.

Mazkur o‘yin unli va undosh tovushlar haqida olin-

gan bilimni mustahkamlash uchun ishlatilishi mumkin. 

O‘qituvchi birinchi guruhga 2 ta unli, 1 ta undosh to-

vush bilan boshlanuvchi, ikkinchi guruhga esa 2 ta un-

dosh,1 ta unli bilan boshlanuvchi uchta so‘z berib, ular-

dan qay biri xato ekanligini topishni so‘raydi. Masalan:



Ona, aka, gul – ushbu uchtalikdan “gul” undosh 

bilan boshlanganini o‘quvchi bilishi kerak.



Maktab, muallim, ana – mazkur uchtalikdan “ana” 

so‘zi unli bilan boshlanganini, “maktab” va “muallim” 

ro‘yxatdagi ikkita to‘g‘ri so‘z ekanini o‘quvchi tushuna 

olishi lozim.



“Juftini tanla”

Ushbu o‘yinda o‘qituvchi ikkita daraxt shaklidan 

ko‘rgazma sifatida foydalanadi. Daraxtga ilingan 

jarangli undoshlar o‘quvchilarga ko‘rinib turadi. Ikkinchi 

daraxtdagi jarangsiz undoshlar esa yashiringan bo‘ladi. 

O‘quvchilar jarangsiz undoshlardan istalgan birini olib, 

uni jarangli jufti yoniga ilib, izohlaydi. Masalan, “p” 

jarangsiz undosh, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab-lab, 

portlovchi tovush sanaladi. “B” esa uning jarangli juftidir. 

Javob to‘liq bo‘lgandagina, o‘quvchi rag‘batlantiriladi. 

Agar javob topilmasa, o‘quvchiga jarima beriladi.

Mazkur o‘yin o‘quvchilarni topqirlikka va olgan 

bilimlarini og‘zaki bayon qila olishga o‘rgatib, ularda 

axborotlar bilan ishlay olish layoqatining shakllanishiga 

yordam beradi.

“Davom ettir”

Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga ochiq yoki yopiq 

bo‘g‘inli so‘zlardan bir bo‘g‘inni beradi. O‘quvchilar 

ushbu bo‘g‘inga mos bo‘g‘in qo‘shib, so‘z hosil qilishlari 

kerak bo‘ladi, masalan:

a) bo-, bo‘-, ji-, no-, sa-, gi-, za-, bi-...

Bunda o‘quvchilar “bo”ni quyidagicha davom 

ettirishlari mumkin: bobo, bola, Bosit, Boqi, Botir, 



boxabar, bokira. 

tan-, bek-, tir-, mak-, hukm-....

Bunda “tan”ni tanbeh, tandir, tansiq, tantana, tanga, 

tanbal deb davom ettirishlari mumkin.

O‘qituvchi birinchi guruh tomonidan hosil qilingan 

so‘z boshqa guruh tomonidan takrorlanmasligiga e’tibor 

berishi va o‘quvchilarni ham shunga yo‘naltirishi lozim. 

Eng  asosiysi,  o‘quvchilar  bo‘g‘inni  davom  ettirishda 

xotirasida mavjud lug‘at boyligiga murojaat qiladi va 

nutqini ana shu so‘zlar bilan boyitishga erishadi.

“Tovushlar jilvasi”

Mazkur o‘yinda o‘quvchilar kichik guruhlarga 

ajratilib, musobaqa sharti belgilanadi. O‘yin shartiga 

ko‘ra o‘quvchilar jarangli (yoki jarangsiz) tovushlardan 

boshlanuvchi va shu tovush bilan tugagan so‘zga misol 

topishlari kerak bo‘ladi.

Birinchi guruh bitta tovush aytadi, ikkinchi guruh 

vakili zudlik bilan shu tovushga mos so‘z topadi. Bu 

topshiriq doira bo‘ylab turgan guruh vakillari tomonidan 

ketma-ket davom ettiriladi. Masalan, 



“b” tovushi 

aytilishi bilan ikkinchi guruh vakili “bob” so‘zini aytadi. 

Keyingi o‘rinda guruhlar almashadi.

O‘yin shartini quyidagicha o‘zgartirish ham mumkin. 

Berilgan tovushga har ikki tomondan o‘qilsa ham bir xil 

so‘z chiqadigan so‘z aytish kerak. Masalan, kiyik, non, 



dod, shosh, tut va h.k.

Ushbu o‘yinda qaysi guruh ko‘p so‘z topsa, g‘olib 

bo‘ladi.

Mazkur o‘yin o‘quvchilarda og‘zaki savodxonlik bilan 

bir qatorda so‘z tanlash va ularni mavzuga mos tarzda 

tushuntirib berish qobiliyatini shakllantiradi.



14

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Oliy o‘quv yurtlarida gumanitar yo‘nalishda ta’lim 

olayotgan talabalar uchun adabiyot va adabiyotshunos-

likka oid fanlar maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Ushbu 

fanlarni keng va to‘laqonli o‘rganishning asosiy omilla-

ridan biri ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni 

joriy qilish bo‘lib, bundan kutilgan maqsad talabalarni 

ta’lim jarayoniga faol va ongli jalb etishdir.

Asosiy innovatsion usullardan biri “Aqliy hujum” 

hisoblanadi. “Aqliy hujum” usuli va termini amerikalik 

olim  A.F.Osborn  tomonidan  tavsiya  qilingan.  Hozirgi 

kunda uning bir necha qo‘llanish usuli ishlab chiqilgan 

bo‘lib, undan maqsad g‘oyalarni yig‘ish, muammoli 

masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almashishdir. 

Mazkur usulning asosiy tamoyili va qoidasi – 

ishtirokchilar taklif qilgan g‘oyani umuman tanqid 

qilmaslik, turli hazil, e’tirozlarni rag‘batlantirish, ularni 

fikrlashga undash. Ushbu usulni muvaffaqiyatli amalga 

oshirish bahs-munozarani olib borayotgan o‘qituvchiga 

bog‘liq bo‘lib, u munozarani to‘g‘ri tomonga yo‘naltirib 

borishi lozim. 

“Aqliy hujum”ning davomiyligi 15 daqiqadan bir 

soatgacha davom etishi mumkin. So‘ng g‘oyalar yig‘ib 

olinadi va ular ichidan eng ma’qullari tanlanadi.

“Adabiyot  nazariyasi”  filologiya  yo‘nalishida  ta’lim 

olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida 

o‘qitiladi. Ushbu fan bo‘yicha “Badiiy asarda sujet va 

kompozitsiya” mavzusini o‘rganishda “Aqliy hujum” 

usulidan foydalanib, uni quyidagi bosqichlarda bajarish 

mumkin:


1-bosqich – kichik guruhlarni shakllantirish;

2-bosqich – muammoli masalaning dastlabki ko‘ri-

nishini shakllantirish;

3-bosqich – “Aqliy hujum” qoidalariga ko‘ra g‘oyalar-

ni yig‘ish;

4-bosqich – g‘oyalarni tizimlashtirish va tasniflash;

5-bosqich – g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatla-

rini ko‘rib chiqish;

6-bosqich – tanqidiy fikrlarni baholash. 

“Aqliy hujum” usulining nomidan ma’lumki, aql vo-

sitasida bitta muammo yechimiga “hujum” uyushtirila-

di. Hamma birgalikda bir hodisaga yoki bir muammo-

ga  fikrini  qaratsa,  shu  muammoning  yechimini  topish 

yengillashadi. Agar muammoni yechish og‘irroq bo‘lsa, 

hujumni ketma-ket uyushtirish mumkin. Talabalar o‘za-

ro bir-biriga aqliy hujum qilmay, birgalikda bitta muam-

moga hujum qiladilar. Shunga ko‘r, biz qo‘llayotgan 

dars jarayonida sujet turlarini aniqlash qiyinroq bo‘lgan-



Zulfiya PARDAУEVA,

filologiya fanlari doktori,

A.Qodiriy nomidagi JDPI rus tili va adabiyotini 

o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri



“AQLIY HUJUM” – FIKRLASH OMILI

ligi sababli talabalar mashg‘ulotga “Adabiyotshunoslik 

asoslari” (D.Quronov, 2004) darsligi, “Adabiyot nazari-

yasi”  (I.Sultonov,  1982),  “O‘zbek  romani  poetikasi” 

(Z.Pardayeva, 2003) o‘quv qo‘llanmalari yordamida 

tayyorlanishi mumkin.        

Mavzuni yoritishda turli xil sujet tuzilishiga ega bo‘lgan 

badiiy asarlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: 

A.Qodiriyning  “O‘tkan  kunlar”,  G.G.Markesning  “Yol-

g‘izlikning yuz yili”, T.Murodning “Otamdan qolgan da-

lalar” romanlarini tahlilga jalb etish mumkin.

Talabalar o‘rgangan sujet turlaridan kelib chiqib, 

kichik guruhlarni “Xronikal sujet”, “Konsentrik sujet”, 

“Retrospektiv sujet” va “Assotsiativ sujet” deb nomlasa 

bo‘ladi.

So‘ng guruhlar oldiga quyidagicha muammo 

qo‘yiladi: “Mazkur asarlarda qo‘llangan sujet turlarini 

aniqlang”. 

Muammo yechimi haqida barcha ishtirokchilar o‘z 

fikrini  bildiradilar.  Bu  bosqichda  hech  kim  o‘zganing 

g‘oyalariga hujum qilmaydi yoki munosabat bildirmaydi. 

Bunday usul vositasida o‘nlab yangi g‘oyalarni yuzaga 

chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda har bir talaba 

quyidagi talablarni bajarishi lozim:

– turli fikrlar bildirishda faol bo‘lish;

– ilgari surilgan g‘oyalarni tanqid ostiga olmaslik; 

– muammo yechimidan uzoqroq g‘oyalarni ham 

qo‘llab-quvvatlash;

– barcha g‘oyalar (farazlar)ni yozma qayd etish.

Navbatdagi bosqichda muammoning yechimiga 

yaqin bo‘lgan 5–6  asosiy g‘oya tanlab olinib, baholanadi. 

“Aqliy hujum” usuli qo‘llanilishiga ko‘ra universal 

bo‘lib, o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirish, faol 

va  keng  doirada  fikr  yuritishga  imkon  yaratadi.  “Aqliy 

hujum” uchun adabiyotshunoslikka oid har qanday 

muammoni olish mumkin, masalan: roman mavzusidan 

kelib chiqib, roman janrining yuzaga kelishi, usullarning 

shakllanish mohiyati, realistik tamoyillarning shakllanishi 

va hokazolar.

Keyingi bosqichda talabalarga “kompozitsiya” 

bo‘yicha muammo qo‘yilib, ular 2–5 daqiqa ichida uning 

yechimi  haqida  o‘z  fikrlarini  bildirishi  kerak  bo‘ladi. 

Bu bosqichda ham hech kim o‘zgalarning g‘oyalariga 

hujum  qilmaydi  yoki  munosabat  bildirmaydi.  Hamma 

o‘z  fikrini  aytib  bo‘lganidan  keyingina  bahs-munozara 

olib borish mumkin. Bir kishi aytilgan fikrlarni doskaga 

yozib turadi.


veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

15

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Masalan: 

1. “Otamdan qolgan dalalar” romani sujeti va kom-

pozitsiyasi tarkibida bir necha turkumlar mavjud. 

2. Roman tuzilishini ikki mantiqiy bog‘langan 

“Jamoliddin va Aqrab tarixi” va “Dehqonqul tarixi” deb 

o‘rganish mumkin. 

3. Roman g‘oyasi istilo mohiyatini ochib berishi 

lozim, shu sababli voqealar yozuvchi tomonidan tanlab 

olingan. Bu sujet turi konsentrik deb yuritiladi. 

4. Romanda juda go‘zal peyzaj san’ati berilgan: da-

lalarning uyquga ketishi, bahorda ularning uyg‘onishi, 

qishdagi, kuzdagi dalalarning holati.

Bu bosqich tugagandan keyin yozuvlar tahrir qilinib, 

muhokama etiladi. Talabalardan taklif va sharhlar kelib 

tushmasa, o‘qituvchi ularning faol ishtirokini ta’minlashi 

lozim. 

Ko‘rib o‘tganimizdek, talabalar “Aqliy hujum” usu-



li yordamida qisqa vaqt ichida “Badiiy asarda sujet va 

kompozitsiya” mavzusi bo‘yicha keng bilim olishadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, aqliy hujum 

nafaqat inson ongini, balki uning hissiy-irodaviy sifat-

larini ham harakatga keltirib, materialni o‘zlashtirish va 

fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Eslatma:

“Aqliy hujum”ni o‘tkazish qoidalari:

1. “G‘oyalarni ilgari surish”da hech qanday baho 

beruvchi  fikrlarga  yo‘l  qo‘yilmaydi  (agar  biz  g‘oyalar-

ga baho bersak, talabalar yangi g‘oyalarni ilgari surish 

o‘rniga e’tiborini g‘oyalarni himoya qilishga qaratadi).

2. Barchani ko‘proq g‘oyalarni “yig‘ish”ga rag‘batlan-

tirish lozim. Eng g‘aroyib g‘oyalar ilgari suriladi.

3. G‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. 

4. Barcha ishtirokchilar bir-birining g‘oyalarini rivoj-

lantirishlari va o‘zgartirishlari lozim. 

Auditoriyada quyidagi mazmundagi plakatni osib 

qo‘yish mumkin:

Qoidalar


1. Miyangizga kelgan fikrni aytishingiz mumkin.

2. Boshqa odamlarning fikrini tanqid va muhokama 

qilmang.

3. Boshqalar aytgan g‘oyani takrorlashga uyalmang.

4. Birovning g‘oyasini kengaytirish rag‘batlantiriladi.

Mantiqiy  va  erkin  fikrlovchi,  dunyoqarashi  keng, 

ijodiy va badiiy tafakkurga ega shaxsni kamol toptirish 

ona tili va adabiyot fanining bosh maqsadidir. Mana 

shu maqsadni amalga oshirish uchun ona tili darslarida 

o‘quvchilarni  mustaqil  va  ijodiy  fikrlash,  lug‘atlardan 

to‘g‘ri  foydalanish,  o‘z  fikrini  nutq  sharoitiga  mos 

ravishda turli shaklda ifodalay olishga o‘rgatishda turfa 

topshiriqlardan foydalanish ham ko‘zlangan natijani 

beradi. Quyida ona tili darslarida qo‘llash mumkin 

bo‘lgan ayrim topshiriqlar tavsiya qilinadi.

1-topshiriq

1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlardan bir harfni 

o‘zgartirib so‘zlar yasang.

Bir­–­bor,­bur,­ber...

Ikki­–­ukki...

Uch­–­o‘ch,­ich,­och...

To‘rt­–­tort,­turt,­tort­(fe’l),­mo‘rt...

Besh­–­bosh,­bo‘sh,­bel,­bet,­bek...

Olti­–­oldi...

Yetti­–­yetdi...

O‘n­–­un,­on,­in,­o‘t...

2-topshiriq

Chapdan o‘ngga ham, o‘ngdan chapga ham bir xil 

o‘qiladigan so‘zlar toping.

Aka, non, arra, kek, alla, ana, katak...

3­topshiriq

Chapdan  o‘qilganda  boshqa  ma’no,  o‘ngdan 

o‘qilganda boshqa ma’no beruvchi so‘zlarni toping.

Mohigul FOZILOVA,

Toshkent shahar  Chilonzor tumanidagi

179-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili 

va adabiyot fani o‘qituvchisi



QIZIQARLI TOPSHIRIQLAR

Ahad­–­daha,­mis­–­sim,­omma­–­ammo,­nok­–­kon...

4-topshiriq

Nuqtalar o‘rniga faqat bitta harf yozish sharti bilan 

yangi so‘z hosil qiling.

...il, ...il, ...ol, ...ol, ...ul, ...ul (bil, dil, lol, qol, gul, kul).

5-topshiriq

O‘quvchilarga rangli rasmlar ko‘rsatiladi. Ular 

rasmlarga sarlavha qo‘yib, ularni sharhlab berishadi.

6-topshiriq

Har  bir  guruhga  3  tadan  so‘z  beriladi,  o‘quvchilar 

mana shu uchala so‘zni bir gapda qo‘llashlari kerak 

bo‘ladi. Masalan: quyosh, tosh, qalam.



Haqiqiy shoirning qalamidan to‘kilgan so‘zlar quyosh 

misol tosh qalblarni ham eritadi.

Demak, o‘qituvchi har bir darsni o‘ziga xos ijod 

mahsuli sifatida o‘quvchiga taqdim etmog‘i, ularni 

mana shu jarayonning faol, zukko ishtirokchilariga 

aylantirmog‘i lozim. Zero, ona tiliga bo‘lgan muhabbat 

mana shu xalqqa, Vatanga bo‘lgan muhabbatdir.



16

e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Hozirgi kunda til o‘qitishda kompetentlik, kompeten-

siyaviy terminlari faol qo‘llanmoqda. Kadrlar, jumladan, 

har qanday yosh kadr kasbiy kompetentlikka ega bo‘li-

shi lozim. Bu – zamon talabi. Bo‘lajak pedagog, ayniq-

sa,  filolog-o‘qituvchi  uchun  kasbiy  layoqatlilikning  bir 

qirrasi lingvistik kompetentlikdir. Shu ma’noda har bir 

mutaxassis, bo‘lajak filolog-pedagog kasbiy kompetent-

lik doirasida lingvistik kompetentlikka ega bo‘lishi lozim. 

Asli  lingvistik  kompetentlik  nima?  Buni  yanada 

soddaroq qilib, mutaxassis til  bilimining mukammalligi 

va yetukligi desa ham bo‘ladi.

Bizningcha, lingvistik kompetentlik, umuman, 

quyidagilardan tarkib topadi:

1)  o‘z  fikrini  ona  tilida  ravon,  tushunarli,  aniq  va 

lo‘nda ifodalay olish; 2) adabiy tilda so‘zlash; 3) imloviy, 

ishoraviy va uslubiy xatolarsiz yoza olish; 4) davlat 

tilida ish hujjatlarini yurita olish; 5) xorijiy tillarni bilish 

va hokazo.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimiz 

ma’naviy hayotidagi boshqa ko‘plab muammolar 

qatori til masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifaga 

aylandi. Ayniqsa, ona tilimizning xalqaro maydondagi 

obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizning 

jahon kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashuvini 

ta’minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot 

texnologiyalarini har tomonlama puxta egallash 

borasida qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan 

muhim vazifalar kun tartibiga qo‘yildi va bu jarayonlar 

bugun ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 

O‘tkir Hoshimov yozganidek, “Qancha ko‘p tilni bil-

sangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur 

qiladi, ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... O‘limi 

oldidan onasini ona tilida yo‘qlaydi...”

1

. Anglashiladiki, 



ona tili – insonning mavjudligi asosi, tamal toshi. Inson 

ona tilisi bilan tirik. Shu bois maktab, akademik litsey 

va kollej o‘quvchisida, oliy o‘quv yurti talabasida lingvis-

tik kompetentlikni shakllantirish, avvalo, ona tilining 

muqaddas-u mo‘tabarligini, aziz-u mukarramligini uqti-

rishdan boshlanmog‘i va uni ta’lim oluvchining yosh xu-

susiyatiga ko‘ra rivojlantirib borilmog‘i kerak. Ta’kidlash 

joizki, universitet va pedagogika institutlarining nafaqat 

filologiya,  balki  barcha  yo‘nalishlarida  kasbiy  kompe-

tentlikning uzviy qismi sifatida lingvistik kompetentlikka 

xos malaka va ko‘nikmalarni tarbiyalashga alohida e’ti-

bor qaratish lozim.

Lingvistik  kompetentlikni  shakllantirishda  qator 

pedagogik texnologiyalar, innovatsion vositalar bilan 

bir qatorda darslik va o‘quv qo‘llanmalari ham muhim 

ahamiyatga ega. Ayniqsa, talabalarni lug‘at bilan 

ishlashga o‘rgatish til ta’limining muhim bosqichlaridan 

biridir. Bu jarayonda o‘quv lug‘atlari bilan ishlash 



Каталог: wp-content -> themes -> twentytwelve -> images


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling