Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Download 5.75 Mb.
Pdf просмотр
bet6/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

3. Masofaviy ta’lim shakli. Bu ta’lim shakli o‘qitish-

ning zamonaviy infratuzilmasi bo‘lib, o‘z ichiga axborot

texnologik, tashkiliy hamda aloqa almashinuvi kabi 

komponentlarni jamlaydi. Ular masofaviy texnika vosi-

talaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Bunday 

ta’lim shakli, ayniqsa, inkluziv ta’limda muhim ahami-

yatga ega. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan o‘quvchi-

lar maxsus kompyuter dasturlari asosida to‘laqonli bilim 

olish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Hozirgi kunda maktab ta’limi va oliy o‘quv muassa-

salarida turli pedagogik innovatsiyalardan foydalanish 

tavsiya etiladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) 

o‘quv texnologiyalari; 2) tarbiyaviy texnologiyalar. 

Asosiy o‘quv texnologiyalariga quyidagilarni kiritish 

mumkin:

1. Fanlarni o‘qitishda axborot-aloqa texnologi-

yalari. Texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, turli 

fan yo‘nalishlarini informatika bilan integratsiyalash, ya’ni 

bir-birini to‘ldirgan holda malakaviy bilim berishni nazarda 

tutadi. Bunda o‘quvchida asta-sekinlik bilan bilimlarni 

axborot tarzida oson qabul qilish ko‘nikmasi rivojlanadi. 

Natijada olingan bilim xotirada tez saqlanib qoladi.



2. Elektron darsliklar.  Elektron  darsliklar  oddiy 

darsliklardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga to‘liq axborotni, 

animatsiyali, o‘yinli, qiziqarli mashg‘ulotlarni qamrab 

Surayyo SHERMUHAMEDOVA, 

Toshkent moliya instituti katta o‘qituvchisi



TA’LIM TIZIMINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA 

ISLOH QILISH 

oladi, o‘zlashtirishni osonlashtiradi va ko‘rgazmalilikni 

ta’minlaydi. Natijada qo‘shimcha axborot izlashga ortiq-

cha vaqt sarf bo‘lmaydi.



3.  Multimedia  vositalari o‘quv materialini yengil 

va samarali o‘zlashtirishga qaratilib, bunda musiqa va 

animatsiyadan foydalaniladi. Bu o‘quvchiga ruhiy-emo-

tsional ta’sir o‘tkazadi va uning mavzu mohiyatiga tez 

kirib borishiga, matn ma’no-mazmunini oson tushu-

nishiga yordam beradi. 



4. Maxsus jihozlangan xonalarda lingafon texni-

kasining mavjudligi chet tilidagi alohida so‘z va iboralar-

ni to‘g‘ri eshitish va talaffuz qilish imkonini beradi. Bu 

til ko‘nikmalarining shakllanishi, nutqning to‘g‘ri va tez 

ilg‘ab olinishiga ko‘maklashadi hamda ravon gapira 

o lish, gapning ma’no-mohiyatini anglash malakasining 

paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi. Bunday innovatsion 

texnologiyani qo‘llash ta’lim sifatini sezilarli oshirish va 

hayotiy ehtiyoj bo‘lgan nutqning to‘g‘ri shakllanishiga 

xizmat qiladi.

Ta’lim texnologiyalari asosida ilmiy-texnik salohiyat 

va aql-idrok tamoyillari muhim rol o‘ynasa, tarbiyaviy 

texnologiyalar zamirida madaniy, ma’naviy, axloqiy 

qad riyatlar ustunlik qiladi. Ma’naviy tarbiya aqliy faoliyat 

bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonidan ajratilma-

gan holda olib boriladi va ta’limni innovatsion rivojlan-

tirishda muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy texnologiyalar 

zamonaviy o‘qitishning ajralmas qismi sifatida o‘quv-

chida shaxsga xos xususiyatlarni tarbiyalashga xizmat 

qiladi, gumanistik dunyoqarashni shakllantiradi. Milliy 

an’analarga asoslangan ommaviy-madaniy tadbirlar-

da qatnashish, muzeylarga sayohat, teatr, kino, mu-

siqa, rasmlar ko‘rgazmasi, bolalar ijodiyoti markazlari, 

umuman, san’atning barcha turlari, milliy an’analar, 

urf-odatlar va qadriyatlardan saboq olish tarbiyaviy tex-

nologiyalarning asosini tashkil etadi. Ularni olinajak ilm 

bilan yonma-yon hayotga tatbiq etish har tomonlama 

yetuk kadrlarni tayyorlashga va demakki, jamiyatni, har 

bir sohani rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Innovatsiyalar  ham  o‘quv  jarayonini,  ham  uning 

uzviy bo‘lagi bo‘lgan tarbiyaviy jarayonni maqbul 

va qulay usulda o‘zlashtirish mexanizmini yaratadi. 

O‘quvchi belgilangan vaqt mobaynida qiziqish va 

ijodiy erkinlik ostida ishlashi, izlanishi mumkin bo‘ladi. 

Maqsad o‘quvchini individual shakllantirish, o‘z-o‘zini 

rivojlantirishga qaratiladi. 

Innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq 

etishda ba’zi to‘siqlarni bartaraf qilish lozim. Bunday 

to‘siqlar yangicha yondashuvlarni qabul qilmaydi va 

o‘quvchining imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Bular 

ko‘pincha quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

21

Metodik tavsiya

1. Ijod to‘sig‘i. Bunda eski dasturlar asosida ishlash-

ga ko‘nikkan o‘qituvchi nimanidir o‘zgartirish, bilimlarini 

to‘ldirish, o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini rivojlanti rishni 

xohlamaydi. U ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarishni 

ichki qarshilik bilan qabul qilib, unga yot unsur sifatida 

qaraydi.


2. Ichki qo‘rquv. O‘z qolipidan chiqib keta olmaslik, 

mavjud bilimlarini rivojlantirishni xohlamaslik, boshqalar 

oldida noqulay yoki kulgili vaziyatga tushib qolishdan 

qo‘rqish hissi o‘qituvchining noodatiy pedagogik qaror 

qabul qilish va turli metodlarni qo‘llashdan voz kechishi-

ga olib keladi. 



3. Shaxsiy qo‘rquv. O‘ziga ishonmaslik, o‘z qobili-

yati va kuchini baholay olmaslik, ya’ni o‘z-o‘zini past ba-

holash, fikrlarini ochiq ayta olmaslik natijasida ko‘pchilik 

o‘qituvchilar har qanday o‘zgarishga iloji boricha qattiq 

qarshilik ko‘rsatishadi.

4.  Biryoqlama  fikrlash.  Eski  qonun-qoidalarga 

tayanib ish ko‘ruvchi pedagoglar o‘z fikrini eng to‘g‘ri, 

shak-shubhasiz, qayta ko‘rib chiqilmaydigan, muhoka-

ma qilinmaydigan tarzda haqqoniy deb hisoblashadi. 

Ular yangi bilimlar, malakalarni o‘zlashtirishga intilish-

maydi va zamonaviy ta’lim muassasalaridagi o‘zgarish-

lar, yangiliklarga ijobiy qaramaydi. 

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, zamonga hamnafas 

tarzda kirib kelayotgan va ilm-fan hamda texnikaning 

ilg‘or tendensiyalarini o‘zida aks ettirayotgan, ularning 

yanada taraqqiy etishi, jamiyat hayotiga yanada ko‘proq 

hissa qo‘shishini ta’minlayotgan innovatsion g‘oyalar va 

texnologiyalarni har qanday sohaga joriy etishni, avva-

lo, kishilarning, jamoatchilikning, qolaversa, shu soha 

mutaxassisining nafaqat ilmiy bilish salohiyati, bal-

ki ruhiy-ma’naviy tarbiyasi bilan ham amalga oshirish 

juda  muhim.  Chunki  har  qanday  zamonda  ilm,  tafak-

kur ruhiy-ma’naviy qonuniyatlar bilan egiz tarzda rivoj-

lanib kelgan. Qachonki inson ongi yangiliklarni odatiy 

tarzda qabul qilishga tayyor bo‘lsa, u innovatsiyalarni 

hech qanday aks ta’sirlarsiz qarshi oladi. Buning uchun 

yosh avlodni zamonaviy ilg‘or tajribalar asosida o‘qitish, 

ularni barkamol shaxs sifatida kamol toptirish lozim. Bu 

esa ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan eng mas’uliyatli vazifa 

bo‘lib qolaveradi. 

Adabiyot 

o‘qitish meto-

dikasida ta’-

limning ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tamoyilla-

riga keng murojaat qilinadi. Zero, hozirgi kungacha 

yaratilgan badiiy adabiyot namunalari insonni olam 

jumboqlari-yu ko‘ngil kengliklarini teran anglash orqali 

ma’naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Qolaversa, 

badiiy asarlarni adabiyot predmeti doirasida o‘rganib, 

berilgan matnlarni adabiyot nazariyasi asosida tahlil 

etish, adabiy ta’lim jarayonida uyushtiriladigan mustaqil 

ishlarni bajarish o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi-

ni  o‘stirish,  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini  rivojlantirish, 

nutqini boyitishga yordam beradi. Ko‘rinadiki, adabiyot 

o‘qitish metodikasi didaktika bilan uzviy aloqador. 



 Husniddin SUYUNOV,

Navoiy davlat pedagogika instituti  

O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri,

pedagogika fanlari nomzodi,



Gulhayo JO‘RAYEVA,

Navoiy davlat pedagogika instituti  

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 

III bosqich talabasi



ADABIY TA’LIMDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

USTIDA ISHLASH TAMOYILLARI

Maktabda o‘qitiladigan barcha o‘quv predmetlari 

uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillar nazariy bilim-

lar bilan amaliyotning uzviy aloqada bo‘lishini, mavzu-

lar, boblar va hatto o‘quv predmetlari orasida o‘zaro 

bog‘liqlikni ta’minlaydi. Mazkur tamoyillarning bir qis-

mi o‘quvchi faoliyatiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qismi 

o‘qituv chilarga daxldor. Masalan, o‘quvchilar darsda 

faollik, izchillik tamoyillariga amal qilishsa, ilmiylik, dars-

ni tashkil etishdagi ko‘rgazmalilik, o‘tiladigan mavzu 

mazmuniga mos metod tanlash, innovatsion pedagogik 

va axborot texnologiyalaridan, dasturlashtirilgan ta’lim 

(kompyuterlar dasturi)dan, shuningdek, qo‘shimcha 

o‘quv adabiyotlari va mahalliy, tarixiy manbalardan foy-

dalanish kabi masalalar bevosita o‘qituvchining kasbiy 

pedagogik faoliyatida o‘z aksini topadi.



22

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Metodik tavsiya

Ilmiylik  tamoyilini  qo‘llash  orqali  o‘quvchilarga  ho-

zirgi adabiyotshunoslikda o‘z tasdig‘ini topgan, ilmiy ji-

hatdan isbotlangan ma’lumotlar beriladi. O‘qituvchi fan-

ning eng so‘nggi yutuqlari asosida darslikdagi barcha 

mavzularni o‘zaro bog‘liqlikda izohlaydi. Masalan, ada-

biyot darslarida ertaklar mavzusi o‘rganilganda o‘quv-

chilar ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi 

nazariy ma’lumotlar bilan ham tanishadilar. Shu mavzu 

havola etilgan bobdan so‘ng berilgan savol va top-

shiriqlar asosida o‘rganilgan materiallar umumlashtiril-

sa hamda to‘ldirilsa, yangi didaktik manbalar o‘quvchi-

lar o‘zlashtirgan bilimlarni boyitish va mustahkamlash-

ga xizmat qiladi.

5-sinf “Adabiyot” darsligidagi

1

  “Ertaklar  haqida”, 



“Ruboiy haqida”, “Hadis haqida”, “Maqol va topishmoqlar 

haqida”, “Masal haqida”, “She’r haqida”, “Sayohatnoma 

haqida” kabi nazariy materiallarni ilmiy lik tamoyili asosi-

da o‘rganish ulardan oldin o‘rganilgan badiiy asarlarning 

janriy xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan holatda olib 

boriladi. Shu tariqa o‘quvchilarga adabiyotshunoslikdan 

dastlabki nazariy ma’lumotlar beriladi. Bu esa shu yosh-

dagi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, adabiy-estetik 

tafakkuri,  mantiqiy  fikrlash  malakasini  shakllantirishga 

yordam beradi. Taniqli psixolog E.G‘oziyevning fikricha, 

ayni shu yoshdagi “...­o‘quvchilar­uchun­mustaqil­bilim­

olish,­ijodiy­fikr­yuri­tish,­o‘zini­o‘zi­boshqarish,­anglash,­

baholashga keng imkoniyat yaratiladi. O‘smirlik yoshi-

da kattalik holatiga yetish jarayoni sodir bo‘ladi. Bular, 

avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot-

lar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usul-

lari o‘smirlarni qoniqtirmay qo‘yadi. O‘smir endi zarur 

o‘rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda 

o‘zlashtirishga­harakat­qiladi”

2

.

Ma’lumki, nazariy ma’lumotlar o‘quvchilarning 

“Adabiyot nazariyasi” bo‘yicha egallashi kerak bo‘lgan 

bilimlar silsilasini tashkil etadi.

Oliy o‘quv yurtiga kiruvchi abituriyentlarning test 

topshiriqlariga bergan javoblari tahlili shuni ko‘rsatadiki, 

o‘quvchilarning adabiy-nazariy tushunchalarni dastur 

talablari doirasida o‘zlashtirish darajasi hamon past-

ligicha qolmoqda. Bu hol mazkur muammoga maktab 

ta’limida jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.

Mazkur muammoni ijobiy hal etishni faqat darsliklar-

da nazariy ma’lumotlarning berilishi bilangina izohlash 

to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Chunki  har  bir  badiiy  asar  tahlilini 

nazariy tushunchalarsiz uyushtirib bo‘lmaydi. Ayni shu 

holat asar tahliliga doir savol va topshiriqlarga hamisha 

izchil va ijodiy yondashish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Umumdidaktik tamoyillarning yadrosini tashkil etuv-

chi ilmiylik tamoyili o‘quvchilarga faqat adabiyot darsla-

ridagina adabiyotshunoslikka doir nazariy ma’lumotlar-

ni o‘rganish tarzida amalga oshirilmasdan, balki badiiy 

asarlar mazmunidagi ilmiy haqiqatlarni aniqlash, ularda 

aks etgan tarixiy sanalar va boshqa manbalarni qiyos-

lab o‘rganishda ham qo‘l keladi. Badiiy asarlarda xalq 

hayotining turli qirralari: udumlari, an’analari, turmush 

tarzi badiiy so‘z va obrazlar vositasida ifodalanar ekan, 

ularning ma’no xususiyatlari, obrazliligi har qanday 

asarga ilmiy jihatdan yondashishni taqozo qiladi.

9-sinfda “Alpomish”

3

 dostonini o‘rganishda o‘quv-



chi xalq dostonlarining ilmiy tasnifi, xalq og‘zaki ijodiga 

mansub asarlardagi an’anaviy ifoda unsurlari, doston-

da tilga olingan qo‘ng‘irot urug‘iga mansub aholining 

Surxondaryo viloyatida istiqomat qilishi, uning etnik 

tarkibi,  hududiy  va  demografik  xususiyatlari,  shuning-

dek, qo‘ng‘irot urug‘ining respublikamizdagi boshqa 

hududlar, masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan 

bog‘liq etnonimik xususiyatini ham o‘zlashtira boradi.

Mazkur dostonni o‘rganishga bag‘ishlangan dars ja-

rayonida o‘quvchi asar bilan tanishish va uni tahlil qi lish 

orqali  toponimiya,  etnografiya,  lingvistika  va  boshqa 

fanlarga aloqador dastlabki ilmiy tushunchalarni ham 

egallaydi.

“Alpomish” dostonida “ming qadamdan tanga pulni” 

o‘q-yoy yordamida urish musobaqasi tasviri vositasida 

o‘quvchilarga qadim zamonlardayoq tanga pullarning 

mavjudligi xususida ilmiy tushunchalar beriladi.

Demak, o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini darsliklar-

dagi  adabiyotshunoslikka oid nazariy ma’lumotlar bi-

lan  birga fanlararo bog‘lanish orqali ham shakllantirish 

mumkin.

O‘quvchilarga darslikdagi boblar va boblararo muta-



nosiblikni ta’minlovchi savol va topshiriqlar berilishi ba-

diiy asarlar tahlilida, albatta, markaziy o‘rinlardan birini 

egallashi zarur. Darslikka tahliliy badiiy materiallar bilan 

nazariy ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash ham-

da adabiy janrlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirishga 

qaratilgan savol va topshiriqlar kiritish ham maqsadga 

muvofiq.

O‘qituvchi darslik asosida badiiy asar tahliliga doir 

savol va topshiriqlar tuzishda quyidagilarga e’tibor qa-

ratishi zarur:

1. Adabiy  badiiy (nazariy) matnning murakkablik da-

rajasi.


2. O‘rganilayotgan matn hajmi.

3. O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim saviyasi

turmush tajribasi.

4. O‘rganiladigan mavzuga dastur bo‘yicha ajratil-

gan o‘quv soati.

Ta’lim tizimida u yoki bu o‘quv predmetini chuqur 

o‘rganish, o‘tilgan mavzularni atroflicha o‘zlashtirishda 

savol va topshiriqlar g‘oyat muhim didaktik vazifani ba-

jaradi. Badiiy adabiyotning so‘z san’ati sifatidagi o‘ziga 

xos xususiyatlarini o‘quvchilar teran idrok etishla riga eri-

shish savol va topshiriqlarning ilmiylik, mantiqiy izchil-

lik, uzviylik, tizimlilik tamoyillari asosida yaratilishiga, 

o‘qituvchi va o‘quvchilarning tayyorgarligi darajasiga, 

hamkorlik aloqalarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. 

1

S.Ahmedov, B.Qosimov, R.Qo‘chqorov, Sh.Rizayev. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik. T.: Sharq, 2015. 3–68-betlar.



2

E.G‘oziyev. Psixologiya. Т.: O‘qituvchi, 1994. 133-134-betlar.

3

Q. Yo‘ldoshev va boshq. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik. T.: Yangiyo‘l poligraf servis, 2014. 8-bet.



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

23

Metodik tavsiya

O‘quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini 

muntazam rivojlantirib borish dars mashg‘ulotlariga 

qo‘yiladigan talab va vazifalardan biridir. Mazkur 

jarayonda o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil 

etishi, til o‘rgatishga oid savol-topshiriqlar tizimini ishlab 

chiqishi, o‘quvchilarda til o‘rganishga bo‘lgan ko‘nikma 

va malakalarni shakllantirishi lozim bo‘ladi. Kuzatishlar 

shuni ko‘rsatadiki, ayrim o‘qituvchilar til o‘rgatish 

jarayonida darsliklarda berilgan matn bilan qanday 

ishlash kerakligini yetarlicha bilmaydilar. Ular o‘quv 

matnini faqatgina yod oldirish, deb biladilar, xolos. Aslida 

esa, o‘qishdan maqsad – o‘quv matnida keltirilgan 

ma’lumotlar bilan tanishish, matn mohiyatini tushunish, 

unga nisbatan ijodiy yondashuvdan iborat. Bu o‘rinda 

o‘qituvchining vazifasi – o‘quvchilarni to‘g‘ri qo‘yilgan 

topshiriq hamda savollar orqali matnni tushunish hamda 

mustaqil,  ijodiy  fikrlashga  undash.  Masalan,  yangi 

ma’lumotlar bilan tanishishga mo‘ljallangan o‘quv matni 

bilan ishlashda quyidagi topshiriqlardan foydalanish 

mumkin:

1. Berilgan matn mazmuni bilan tanishib chiqing va 



unda ko‘rsatilgan asosiy g‘oyaga e’tibor qarating. Matn 

muallifi qanday g‘oyani asos qilib olgan?

2. Matnda keltirilgan ma’lumotlar siz uchun qanday 

ahamiyatga ega?

3. Matn yuzasidan qanday savollaringiz bor?

Agar o‘qituvchi o‘quvchiga yuqoridagi kabi 

yo‘naltiruvchi topshiriqlarni berib borsa, o‘quvchi 

til o‘rganishning maqsadini to‘liq tushungan holda 

o‘zlashtiradi. 

Matn tarjimasi bilan ishlashga qaratilgan dars 

mashg‘ulotida esa, o‘quvchilarga matn yoki abzasning 

asosiy go‘yasini aniqlash, matn mavzusi asosida 

klaster tuzish, mavzu mohiyatini grafik usulda yoritish, 

matn ichidagi tayanch so‘z va iboralarni taqdimot 

usulida ko‘rsatish, so‘zlar xilma-xilligi yuzasidan 

jadvallar tuzish kabi ijodiy faoliyatni shakllantiruvchi 

mashqlarni bajartirish tavsiya etiladi. Bunday usullar 

orqali o‘quvchilar tilni tizimli o‘zlashtirish hamda 

keltirilgan ma’lumotlarning asosiylarini ikkinchi darajali 

ma’lumotlardan farqlay olishga erishadilar. 

Til o‘rganishning yana bir zamonaviy usullaridan 

biri  o‘quvchilarda  mustaqil  fikr  yuritishga  undovchi 

tafakkurni shakllantirish. Bunda o‘qituvchi tomonidan 

bir nechta o‘yin-topshiriqlardan iborat mashg‘ulotlar 



Hilola SUYUNOVA, 

Navoiy davlat pedagogika instituti 

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 

ingliz tili fani o‘qituvchisi



O‘QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISH

tayyorlanadi va dars jarayoniga tatbiq etiladi. Masalan: 



“Continue with your idea” (Fikring bilan davom et) 

o‘yinida dars mazmuniga bog‘liq, masalan, “Spring” 

mavzusini tanlab, quyidagi o‘yinni tashkil etish mumkin:

1-o‘quvchi: Spring is coming with joy.

2-o‘quvchi:  The ground is green and trees are in 

blossom.

3-o‘quvchi: Farmers begin to plant…  

tarzida yuqoridagi fikrlarni davom ettirishadi. Shu tariqa 

o‘quvchilardan mavzu doirasida bir-birini takrorlamagan 

holda  mantiqiy  izchillikda  fikr  bildirish  talab  etiladi. 

Bu usul o‘quvchilarni til o‘rganishga bo‘lgan tezkor 

mushohadaga undaydi va so‘z boyligining ortishiga 

ijobiy ta’sir etadi.



Who is adroit?”  o‘yinida  o‘quvchilar  juftlikda 

ishlaydilar va berilgan sxemalar asosida gaplar 

tuzadilar.  Har  bir  o‘quvchi  o‘zi  tanlagan  kartochkasi 

asosida gap tuzishi shart. Oldin o‘quvchilar bir-birlarini 

baholaydilar, so‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini 

baholaydi. Namuna: 

S

V

preposition



the

park.


Do  S

V

Prep



University

-----Day?



Simultaneous jigsaw reading. Matn ikkiga bo‘linib, 

ikkitadan o‘quvchiga juftlikda ishlash uchun beriladi. 

O‘quvchilar o‘z matnini ovoz chiqarib o‘qiydilar va 

bir vaqtning o‘zida boshqa o‘quvchining o‘qiganini 

eshitadilar. Ularga har bir gapdan keyin biroz tanaffus 

qilib o‘qish buyuriladi. Mashq yakunida ulardan 

matnning ikkinchi qismi, ya’ni eshitgan qismini bayon 

qilish  so‘raladi.  Bu  mashq  o‘quvchilarning  fikrlash, 

eslab qolish qobiliyatini o‘stiradi.

Dealing with distraction. O‘quvchilar juftlikda 

ishlaydilar, 1-o‘quvchiga qisqa matnni ovoz chiqarmay 

o‘qish buyuriladi va bunga vaqt beriladi. Bu paytda 

2-o‘quvchi 1-o‘quvchiga o‘qiyotgan matniga oid 

bo‘lmagan chalg‘ituvchi umumiy savollar beradi. 

1-o‘quvchi savollarga “



mmm, yeah” deb yoki boshini 

qimirlatib javob qaytaradi. Shunda 2-o‘quvchi darhol 

matnga oid savollar beradi va bu bilan 1-o‘quvchining 

matnni qanchalik tushunib, eslab qolgani tekshiriladi. 

Bunday usullar o‘quvchilarni tez fikrlashga, topqirlikka 

o‘rgatish  barobarida ularning intellektual salohiyatlarini 

shakllantiradi. 


24

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Metodik tavsiya

World processes of globalization, 

which have covered all aspects of 

modern society, require rethinking 

long-term objectives of vocational 

education. Future specialists’ 

communicative culture in the 

process of interaction with foreign 

colleagues in the framework 

of international cooperation is 

particularly important in developing 

a peaceful world. Modern 

skilled person must be ready to 

cooperate and communicate with 

representatives of other countries 

to exchange professionally relevant 

information and experience, to be 

an active participant of intercultural 

communication. Obviously, the 

essential tool to establish and 

maintain such contacts is a foreign 

language. 

However,  learning  a  foreign 

language is a rather complicated 

process that requires the 

concentration of considerable time 

and effort. This is primarily due to the 

fact that language knowledge is not transmitted directly 

from teacher/ lecturer to student, as previously thought, 

but is obtained through the process of personality-

relevant  activities.  Certainly,  only  knowledge,  without 

certain skills and competence of their usage, does not 

solve the problem of future specialists’ training for the 

real situations of intercultural communication. 

The importance of highly qualified teacher training 

and foreign language teaching was highlighted 

by  President  of  Uzbekistan  Islam  Karimov  in  his 

speech  during  the  Opening  Ceremony  of  the 

International  Conference  “The  training  of  educated 

and intellectually developed generation as one of the 

most important conditions for the stable development 

and modernization of the country” in February, 2012. 

In this regard, a lot of different measures have been 

taken in order to raise the professional level of 

foreign  language  teachers  in  the  Republic.  In  spite 

of  this,  some  of  the  problems  are  more  difficult  to 

solve than others. One of them is the sociolinguistic 

competence of foreign language teachers, which 

they should possess as the main channels of foreign 

language and culture acquisition.



Каталог: wp-content -> themes -> twentytwelve -> images


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling