Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart


Download 5.75 Mb.
Pdf просмотр
bet8/12
Sana15.12.2019
Hajmi5.75 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Akram HAMDAMOV

Qarshi davlat universiteti katta

o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi;

Obidjon KARIMOV, 

Namangan davlat universiteti dotsenti, 

filologiya fanlari nomzodi

ABDULLA ORIPOVNING “MUNOJOTNI TINGLAB” SHE’RIDAGI 

O‘ZIGA XOS MO‘JIZA HAQIDA

deyarli barcha mavzularini qamrab oladi. Shoir qaysi 

mavzuda­ asar­ yaratmasin,­ u­ yo­ “g‘am”­ yoki­ “shodlik”­

tushunchalari bilan aloqador bo‘lib chiqadi. Yo shodlik 

tuyg‘ularini­uyg‘otadi­yoki­g‘amgin­kayfiyat­yaratadi.

“G‘am”­she’rining­qamrov­ko‘lami­ana­shu­darajada­

ulkan. Agar ijtimoiy hayotda shodlikka nisbatan g‘am 

tug‘diruvchi omillarning ko‘proq uchrashini ham nazarga 

oladigan bo‘lsak, she’rning qamrov ko‘lamini anglab 

yetishga tasavvurimiz ojizlik qilib qoladi

4

. Shundan 



keyin tadqiqotchi “g‘am” tushunchasining evolutsiyasini 

chizib beradi. Tadqiqotchi dastlab “g‘am”ning qiyofasi 

musiqiy shaklda hosil bo‘lganligi haqida ma’lumot 

beradi. 


Insoniyat tarixan azob-uqubatlarga to‘la og‘ir hayot 

kechirib kelgan. Bu mashaqqatlardan tug‘ilgan g‘am-

alamning obrazi dastavval musiqiy shaklda o‘z ifodasini 

topa boshlagan. G‘amgin kuylar yaratilgan, g‘amgin 

qo‘shiqlar to‘qilgan. Xalq orasidan mohir ijrochilar 

ham yetishib chiqa boshlagan. San’atkorlar g‘amgin 

kuy va qo‘shiqlarni avloddan avlodga yetkazib, eski 

kuylarga yangicha sayqal bergan. Shunday qilib, asta-

sekin g‘amning musiqiy qiyofasi shakllana boshlagan. 

G‘amgin kuy va qo‘shiqlar asrlar sinovidan o‘tib, musiqiy 

haqiqat darajasiga ko‘tarila boshlagan. Shundan so‘ng 

olim  “G‘am”  she’rining  yuzaga  kelishi  haqida  fikr 

yuritadi. Bu fikrlarda she’r mazmuni teran ochilgan.

Musiqiy haqiqatga aylangan ana shunday kuylardan 

birini tinglab o‘tirgan damda yosh shoir Abdulla Oripovni 

chuqur ijodiy xayol o‘z og‘ushiga oladi. Ajdodlarning 

mashaqqatga to‘la o‘tmishi uning ko‘z oldidan bir-bir 

o‘ta boshlaydi. Bu tarixiy silsilani unga g‘amgin kuy o‘z 

tilida so‘zlab bera boshlaydi. Shoir ongida g‘amning 

badiiy qiyofasi shakllana boshlaydi. Tuyg‘ulari asta-

sekin ichki bir nidoga aylanib, shoir qalbidan sirqirab 

oqib chiqadi:

Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,

Asrlar g‘amini so‘ylar munojot.

Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga

Qanday chiday olgan ekan odamzod! 

Adabiyot tarixi hali bunday mo‘jizani uchratmagan, 

shoir ham o‘z asarining badiiy qimmatini hali to‘la 

anglab yetmagan edi. 

Abdulla­o‘zining­“G‘am”­she’rida­ham­badiiy­haqiqat­



yaratgan, ham geniallik darajasigacha ko‘tarila olgan. 

Yana­ buning­ ustiga,­ birdaniga­ bir-biriga­ o‘xshamagan­

uchta mustaqil sohaga xos bo‘lgan mukammallikka 

ham erishgan:

­1)­badiiy­mukammallik;­

 2) ilmiy mukammallik;

Tahlil


veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

31

Tahlil

 3) mantiqiy mukammallik.

Bu mukammalliklar badiiy asar uchun zaruriy 

shart sanaladigan kompozitsion mukammallik degan 

umumiy o‘lchamni ham keltirib chiqaradi. Kompozitsion 

mukammallik harbiy istehkom qurilmasiga o‘xshaydi. 

Undagi unsurlarni o‘zgartirish ham, almashtirish ham, 

ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin emas. 

“G‘am”ning­ kompozitsion­ tuzilishi­ ham­ ana­ shunday­

harbiy qal’aning aynan o‘zginasi

5



Mustahkamlik qurilishda ishlatiladigan ashyolarning 

sifatiga ham bog‘liq. “G‘am” she’ri kuyning harakatdagi 

tasviri bilan boshlanadi: 

eshilib, to‘lg‘anib so‘zlari 

chidab bo‘lmas darajada azob chekayotgan inson 

holatining tipik belgisi, yorqin ifodasi sifatida namoyon 

bo‘ladi. Azobning kuchini bundan oshirib ifodalay 

oladigan ma’nodor so‘zlarni topish mushkul. Ana 

shunday eng yuqori o‘lchamli belgilarga ega harakatni 

ifodalayotgan 

ingranadi so‘zi ham eng og‘ir azob 

chekayotgan odam ovozining ifodasi. Ana shunday 

eng kuchli so‘zlar tizmasidan tarkib topgan insoniy 

azobning belgilari g‘am so‘zining badiiy qiyofasiga 

ham aynan mos bo‘lib tushgan. Shuningdek, badiiy 

ta’sir samarasini oshiradigan eng ma’qul tasviriy 

usul ham tanlangan: “Kuyi­ shunday­ bo‘lsa,­ g‘amning­

o‘ziga­ qanday­ chiday­ olgan­ ekan­ odamzod”. Demak, 

yuzlab kuy va qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan musiqiy 

haqiqat bittagina to‘rt satrlik she’r bilan badiiy haqiqatga 

aylantirilgan. 

Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasiga 

ushbu she’rni epigraf qilib olgani bejiz emas. Aslida 

mazmunida insoniy azob-uqubatlar aks etgan har 

qanday yirik badiiy asarga mazkur satrlarni epigraf qilsa 

bo‘ladi. 

Ma’lumki, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylan-

tirish istagi va intilishi badiiy asarlarni yuzaga keltiradi. 

“G‘am” she’ri esa musiqiy haqiqatni badiiy haqiqatga 

aylantirish yo‘li bilan yaratilgan. Musiqiy san’atdan so‘z 

san’atiga aylantirilgan. Badiiy asarlarda g‘amni tug‘di-

ruvchi voqea-hodisalar yoki g‘amgin holatlar tasvirla-

nadi, g‘amning o‘zi emas. G‘am voqelik emas, voqe-

likning hosilasi. G‘am azob-uqubatlar yig‘indisi emas, 

azob-uqubatlar mohiyatining yig‘indisi. G‘amning o‘zini 

tasvirlash mumkin bo‘lmagani uchun ham uning badiiy 

portreti yaratilgan. Bu – yagona to‘g‘ri yo‘l edi.

“G‘am” she’ridagi milliy ruh unda ishlatilgan jonli xalq 

tiliga xos bo‘lgan 



eshilib, to‘lg‘anib, ingranadi kabi 

inson holatiga xos belgilarni ifodalovchi so‘zlarning kuy 

so‘ziga ham aynan mos kelishida namoyon bo‘ladi. Shu 

bois adabiyotshunos olim Suvon Meli “o‘zaro­aloqalar­



natijasida so‘zlarning, binobarin, butun kontekstning 

ma’no quvvati oshib, jozibadorlik kashf etadi. Badiiylik 

ko‘p jihatdan so‘zlarning shunday harakatchanligiga 

bog‘liq. Badiiyat sehriga cho‘lg‘angan so‘zlar ko‘zga sirli 

ko‘rinib, mazmuni g‘amgin yoxud quvnoq bo‘lishidan 

qat’i nazar, kishiga allaqanday quvonch bag‘ishlaydi. 

Bunday asar bilan uchrashuv xuddi sevimli kishi bilan 

muloqotdek­tansiq,­huzurbaxsh­bo‘ladi”

6

, deb bu holatni 

alohida ta’kidlaydi. 

“G‘am” she’rining badiiy qimmatini oshiruvchi 

shunday badiiy vosita qo‘llanganki (“Kuyi­ shunday­



bo‘lsa, g‘amning o‘ziga qanday chiday olgan ekan 

odamzod”),  undagi  falsafiy  savol  xalq  aforistikasi 

(maqol, matal, hikmatli so‘zlar)dagi “hazili­ shu­ bo‘lsa,­



chini­ qanday­ bo‘lar­ ekan” kabi badiiy vositalarga 

juda o‘xshab ketadi. Bu esa, o‘z navbatida, she’r 

xalqchilligini yanada oshiradi. Shu o‘rinda akademik 

Naim Karimovning so‘zning she’rdagi o‘rni haqidagi 

quyidagi fikrini keltirish joiz: “She’r o‘ziga xos organizm 

bo‘lsa, so‘z uning hujayrasidir. Organizm tirik bo‘lishi 

uchun uning har bir hujayrasi sog‘lom bo‘lishi va nafas 

olib turishi lozim bo‘lganidek, har bir so‘z ham she’rga, 

uning qalbi bo‘lgan obrazga o‘z qonini berib turishi va 

uni harakatga keltirib turishi kerak

7



Badiiy  til  masalalari  bilan  bog‘liq  bu  fikrlar Abdulla 

Oripovning milliy ruhda yozilgan she’rlari uchun ham 

to‘liq mos keladi. Shoir she’rlarining xalq orasida keng 

tarqalish sabablaridan biri ham ana shu til boyliklaridan 

mohirona foydalana olganligidadir. Umuman olganda, 

“G‘am” she’ridagi badiiy tafakkur tarzi xalqona hikmatga 

yo‘g‘rilgani bilan nufuzli. 

Abdulla Oripov she’riyatini xalq ruhining milliy til 

bilan munosabati nuqtayi nazaridan tahlil qilish shuni 

ko‘rsatadiki, bu masala shoir she’riyatida ikki yo‘sinda 

namoyon bo‘ladi. 

Birinchidan, shoir she’rlarida til, milliy til va milliy 

ruh munosabati, inson qalbi va nutqi yaxlit uyg‘unlikda 

badiiy shakllarda bayon qilinadi. Shoir she’rlarining 

zamondoshlari qalbidan o‘rin olishi va kelajakda yashab 

qolish sabablaridan biri ham, albatta, shu omil bilan 

izohlanadi. 



Ikkinchidan, shoir o‘z she’rlarida bu ijodiy tamoyilga 

amal qilib, o‘zbekona ruhni milliy til vositasida go‘zal 

ifoda etadi. Shoir she’riyatida til, ruh yaxlit idrok etilishi 

bilan birga ona tili ulug‘lanadi. O‘zga tillarga ham hurmat 

yuksak darajada bo‘lib, buning ibtidosi, albatta, ona 

tiliga hurmat ekanligi e’tirof etiladi. Shoir she’riy asarlari 

orqali bu ehtiromni ko‘rsatdi. Shu bilan birga Abdulla 

Oripov tillar orasida ijtimoiy tengsizlik hukm surgan 

mustabid tuzum davrida ona tili xususida maxsus she’r 

yozib, milliy tilning ijtimoiy mavqeyi himoyachilaridan 

biri sifatida maydonga chiqdi. 

 Xullas, Abdulla Oripov she’riyati tilini o‘rganish bir 

necha aspektlarda olib borilishi mumkin va ularning har 

birida ijodkorning betakror poetik idroki, so‘z qo‘llash 

mahorati  namoyon  bo‘ladi.  Shoirning  chuqur  falsafiy 

ruh, salmoqdor xalqona badiiy idrok uyg‘un bo‘lgan 

she’riyatida so‘z qo‘llashining yuksak nutqiy mahorati 

yaqqol ko‘rinadi. 

1

А. Oripov. Ehtiyoj farzandi. Т., 1988. 142-bet.



2

H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. Т.: Sharq, 2002. 148-bet.

3

M. Xoliyorov. Badiiy portret // ”O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1991-yil. 3-son, 12-bet.



4

O‘sha manba, o‘sha bet.

5

O‘sha manba. 13-bet.



6

S.Meliyev. Kontekstda so‘z dinamikasi // “O‘zbek tili va adabiyoti” журнали. 1983. 4-son, 50-bet.

7

N.Karimov. Hamid Olimjon poetik mahoratining ba’zi masalalari. Filol.fanlari nomzodi diss. Т., 1962. 20-bet.



32

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Tahlil

O‘zbek adabiy tili va adabiyoti taraqqiyotida 

muhim o‘rin tutgan, o‘z asarlari bilan tilimizning boy 

imkoniyatlarini amalda isbotlagan buyuk mutafakkir 

Alisher Navoiyning badiiy timsoliga shoir va yozuvchilar 

qayta-qayta murojaat qilib kelishgan.  

XX asr o‘zbek she’riyatida Navoiyning lirik siymosi 

tasvirlangan qator she’rlar yuzaga keldi. Ularda Navoiy 

xalq uchun ezgu ishlarni amalga oshirgan buyuk siymo 

sifatida aks ettirildi.

Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati 

bilan buyuk shoirning qator asarlari o‘zbek, rus va 

boshqa tillarda nashr qilingan edi. Gazeta va jurnallarda 

uning muayyan asari tahliliga doir ko‘plab ilmiy 

maqolalar, uning dahosiga bag‘ishlangan badiiy asarlar 

chop  etilgan  edi.  Jumladan,  akademik  shoir  G‘afur 

G‘ulom bu tantanani nishonlashga tayyorgarlik qizg‘in 

ketayotgan bir paytda “Farhod va Shirin” dostonini 

hozirgi tilga tabdil qildi va mutafakkir shoir asarlarini 

xalqqa yanada yaqinlashtirishga katta hissa qo‘shdi. 

1941-yilda    Ikkinchi  jahon  urushi  boshlanishi  sababli 

Navoiy yubileyini nishonlash  keyinroqqa – 1948-yilga 

surildi. 

G‘afur G‘ulom 1948-yilda yozgan “Alisher” nomli 

she’rida Navoiy dahosini buyuk tarixiy shaxs sifatida 

butun ulug‘vorligi bilan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladi. 

Bunda shoir badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan 

foydalanadi:

To‘fon, quyunlarda yakka-yu yolg‘iz, 

Monolit, granit haykalday mag‘rur,

Temurbek davlatin so‘nggi chog‘ida 

Sarkash-u barhayot, bo‘ysunmas shuur –

Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan, 

Bo‘ynida zanjir-u, qalbi ozod sher,



Elmurod NASRULLAYEV, 

Jizzax davlat pedagogika 

instituti katta o‘qituvchisi

G‘AFUR G‘ULOM TALQINIDA NAVOIYNING LIRIK TIMSOLI

Insoniy muhabbat mehri-la vafo,

Erk-u baxt timsoli ulug‘ Alisher.

Bu ikki bandni badiiy-estetik maz-

mun-mohiyat nuqtayi nazaridan tahlil 

qilib chiqamiz. Birinchi banddagi­ “To‘fon,­



quyunlarda­ yakka-yu­ yolg‘iz,­ Monolit,­

granit­ haykalday­ mag‘rur” misralarida 

shoir 


tashbeh ‒ o‘xshatish san’atidan foy-

dalanib, hayot zarbalariga metinday bar-

dosh bergan inson (Navoiy)ning betakror 

timsolini yaratgan bo‘lsa, “Daraxshon­



yulduz 

lar sari o‘kirgan, Bo‘ynida zan-

jir-u,­ qal­bi­ ozod­ sher” misralarida porloq 

yulduz lar  ‒  xalq  farovonligi  va  tinchligi 

yo‘lida buyuk ishlarni ko‘zlab, shu maq-

sad yo‘lida ulkan orzularga ega inson-

ning lirik siymosini 

sifatlash (daraxshon 

yulduzlar) va tazod (bo‘ynida zanjir-u, 

qalbi ozod) san’atlari vositasida yorqin tasvirlay olgan. 

Bunda Navoiy mo‘yqalamiga mansub deb hisoblanadi-

gan “Zanjirband sher” rasmi nomini istiora  orqali kel-

tiradi, shuningdek, bu istiorada yashirin talmeh san’ati 

mohirona qo‘llangan.  

G‘.G‘ulom Navoiydek buyuk mutafakkirning lirik 

siymosini yaratar ekan, uning timsolini shoir  yashagan 

davr bilan qarama-qarshi qo‘yadi. Navoiy yashagan 

davr uning ezgu maqsadlarini butunligicha amalga 

oshirishga imkon bermaydi:

Tirik odamlarga nasiba bo‘lgan 

Hayotiy farog‘at, jahoniy alam;

Birisi ozgina erkalab o‘tib,

Birisi bir umr ta’qib qilsa ham.

Bu bandning ikkinchi satridagi “hayotiy­ farog‘at”

“jahoniy­ alam” so‘z birikmalari ma’no jihatidan o‘zaro 

qarama-qarshi bo‘lib, tazod san’atining betakror na-

munasi sifatida she’rning badiiy qimmatini oshirishga 

xizmat qiladi. Bandning keyingi satrlaridagi “ozgina”­– 



“bir­umr”,“erkalab” ‒ “ta’qib­qilsa”­so‘zlari shoirning ba-

diiy maqsadiga muvofiq ravishda o‘zaro zidlikni yuzaga 

keltirib, Navoiy dahosining bir butun timsolini aks etti-

rishga xizmat qiladi.

Bunday qarama-qarshilikka asoslangan tasvir usuli 

she’rning keyingi bandida ham qo‘llangan:

Hirot tongotarin tasavvur qilib,

Yigitlik umringning kamolin ko‘rdim. 

Qarigan chog‘laring qaro shomida 

Xuroson o‘lkasin zavolin ko‘rdim.

Darhaqiqat, og‘zaki adabiyotda ham, yozma 

adabiyotda ham, inson umrining yigitlik davri 

tongotarga, qariligi shomga qiyoslanadi. Shoir mana 

shu tashbehdan unumli foydalangan holda, “kamol”­–­



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

33

Tahlil

“zavol” so‘zlari orqali qarama-qarshilikni yanada oshirib, 

Navoiy hayotini nazarda tutar ekan, uning siymosini 

to‘laligicha tasvirlashga harakat qilgan. 

Navoiyning o‘lmas ijodiy merosi nafaqat o‘zbek, 

balki  jahon  adabiyotining  bebaho  durdonalari  safidan 

joy olgan. Shoir buni sifatlash usuli orqali shunday 

tasvirlaydi:  

Zavolni bilmagan porloq ijoding 

Ma’rifat mulkida bitmas xazina!

Insoniy kamolot katta yo‘lida 

Bir poya yuksakroq oltindan zina.

Banddagi  porloq ijod, bitmas xazina, insoniy 



kamolot, katta yo‘l, bir poya yuksak, yuksak xazina, 

oltindan zina kabi so‘z birikmalaridagi sifatlovchilar 

she’rning badiiyligini oshirish bilan birga shoir Navoiy 

lirik timsolini o‘quvchi ko‘z o‘ngida yanada ulug‘vor 

gavdalantirishga erishgan. 

Xalq o‘z ichidan chiqqan yetuk kishilarni besh yuz 

emas, hatto ming yillar o‘tsa ham chin dildan beg‘araz 

farzand deb ataydi. Zero, “o‘tmishdan­ besh­ yuz­ yil­

tarixchi­uchun­sinchiklab­qaralsa­–­kuni­kechadek”dir. 

Shoir keyingi bandlarda Navoiyni o‘zbek ulusining 

“otaxon shoiri”, “qadrli ustod” deb ataydi. Har bir oshiq 

ko‘ngil Navoiydan minnatdor, chunki ular Navoiy 

g‘azalini kuyga solish bilan “ma’shuqalar dil xonasini 

obod” etadilar.

Xalqning Navoiyga ehtiromini shoir shunday 

ta’riflaydi:

Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan 

Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo‘q,

Oltin baldoqdagi nefrit ko‘z kabi 

Asaring biz uchun bo‘ldi qorachug‘.

Bu bandda shoir butun bir xalqni soddagina qilib, 

xalqona usulda “kattadir, kichikdir” so‘zlari orqali 

tasvirlagan, bu so‘zlar o‘z navbatida 

tazod san’atini 

yuzaga keltirgan. Banddagi “oltin­baldoq”,­“nefrit­ko‘z”­

kabi sifatlash unsurlari she’rning mukammalligiga 

xizmat qilgan.

Shoir she’rda 

talmeh  san’atidan ham unumli 

foydalangan. Fanda “tarix otasi” deb nom olgan 

Herodotning  nomini  she’rda  keltirish  orqali  Navoiydek 

buyuk zotni voyaga yetkazgan ulug‘vor xalqning 

azaldan  tarixda  mashhurligini,  bunga  Herodot  ham 

guvoh ekanligini ta’kidlaydi:

Ulug‘vor xalqimiz tarixda mashhur,

Guvohlik berolur bunga Herodot.

She’rning quyidagi bandida shoir Navoiy dahosini 

o‘quvchi ko‘z o‘ngida bor ulug‘vorligi, viqori bilan 

tasvirlay olgan:

Alisher Mushtariy yulduzi kabi

O‘zbek osmonida balqigan chog‘i,

Yana bir muhtaram o‘g‘il ko‘rganday,

Kattaroq ochildi olam quchog‘i.

Bandda shoir “yana­bir­muhtaram­o‘g‘il­ko‘rganday,­



kattaroq­ ochildi­ olam­ quchog‘i” misralari orqali 

jonlantirishning 



tashxis  (olam quchog‘i) san’atidan 

mohirona foydalangan.  

G‘afur G‘ulom ushbu she’rida yana bir badiiy tasvir 

usulidan foydalanadiki, unga alohida to‘xtalmaslikning 

iloji yo‘q. She’r quyidagi band bilan boshlanadi:

Yuksak tog‘ oralab o‘kirgan sherning 

Na’rasiga tengdir aksi sadosi

Besh yuz yil yangradi tog‘day Vatanda 

Ulug‘ Alisherning asriy nidosi.

Mumtoz she’riyatimizda g‘azal matla’si (birinchi 

bayti)ning maqta’ (oxirgi bayt)da aynan takrorlanishi 

natijasida  rad­ ul-matla’­ ‒­ matla’ni­ qaytarish­ san’ati 

yuzaga keladi. G‘afur G‘ulom o‘zining “Alisher” 

she’rini yuqoridagi birinchi bandni aynan keltirish bilan 

yakunlaydi. Bu bilan shoirni barmoq vazni yetakchilik 

qilgan zamonaviy she’riyatda yangilik yaratgan novator 

shoir deb ayta olamiz. Shuningdek, bu takror Navoiy 

siymosining naqadar buyukligini o‘quvchiga chuqurroq 

yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. N.Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.: O‘qituvchi, 1976. 374-bet.

2. B.To‘xliyev va boshqalar. Adabiyot. Majmua. III kitob (Akademik litseylarning uchinchi bosqich o‘quvchilari uchun). T., 

2015. 193–195-betlar.

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. T.: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2000. 668-bet.

4. N.Karimov. XX asr adabiyoti manzaralari. 1-kitob. T.: O‘zbekiston , 2008. 6-bet.



34

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



Tahlil

Murojaat birliklari gapni shaklan va mazmunan murak-

kablashtiruvchi vosita bo‘lib,  appelyativ vazifadan tashqari  

poetik, estetik hamda pragmatik vazifalarni bajarishi mum-

kin. Negaki, murojaat birliklari, asosan, obyektga nisbatan 

subyektiv baholashni ifo dalaydi. Ular subyekt va obyekt 

o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro muvofiq yoki nomuvofiq 

ekanligini ham ko‘rsatib turadi. 

Nutq ishtirokchisi bo‘lgan tinglovchining tanish yoki 

notanishligiga ko‘ra murojaat birliklari tanish adresat yo-

xud notanish adresat presuppozitsiyasini namoyon eta-

di. Tanish adresatga nisbatan qarindoshlikni bildiruv chi 

so‘zlar, atoqli otlar, yaqin munosabatni ifodalovchi turdosh 

otlar, amal-mansab otlari, hurmat ifodasi bor so‘zlar qo‘lla-

nadi, notanish adresatga nisbatan esa qarindoshlikni bildi-

ruvchi muayyan so‘zlar ishlatiladi. 

Pragmatikaning asosiy  tushunchalaridan biri bo‘lgan 

nutqiy akt mazmunining tarkib topishi va voqe 

lanishi 

so‘zlovchining muloqot maqsadi hamda istagi bilan bog‘liq. 

Aynan muloqot maqsadi asosida so‘zlovchi nutq uchun 

zarur til birliklarini tanlaydi.  Bu o‘rinda muro jaat birliklari 

ham turli nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rta-

sidagi munosabatlarni oydinlashtirib, bir qator pragma-

tik  vazifalarni  bajaradi.  Jumladan,  “iltimos”  mazmunidagi 

nutqiy parchada murojaat obyektini ifodalovchi so‘z oldidan 



jon so‘zi qo‘llanadi, muloqot  maqsadini ochiq ifoda etadi:  

− Jon o‘rtoq, xo‘jayiningga aytib, meni bir amallab 

qo‘ychivonlikka olsang-chi...

1

 

Ma’lumki, undov so‘zlar ham so‘zlovchining kommu-

nikativ maqsadidan kelib chiqib, turli subyektiv munosa-

batlarni namoyon etadi. Undov so‘zlarning bunday vazi-

fa bajarishi murojaat birliklari tarkibida kelganda yanada 

yorqinroq voqelanadi. Xususan,  “buyruq”  mazmunida-

gi nutqiy parchada  laqabini aytish, hoy, hey undovlarini 

qo‘llash ko‘p kuzatiladi:



– Kal! − deyishi bilan: − Labbay, mullaka, choymi, 

chilimmi? − deyardi...

“Minnatdorlik”, “erkalash” mazmunidagi  nutqiy akt-

larda 

balli, barakalla, yasha, qoyil undov so‘zlari keng 

qo‘llanadi:  

− Ishqilib, hech kim ko‘rmadimi, balli, o‘g‘lim, balli, 

bo‘tam. 

Ha, 


balli, azamat, necha kundan buyon ko‘zim uchib, 

yo‘lpashsha aylanib yurgan edi.

“G‘azab”, “nafrat”, “achchiqlanish”, “norozilik” sin gari 

mazmuniy munosabatlarni voqelantirish  uchun esa salbiy 

pragmatik semali leksemalardan foydalaniladi:

−  Voy  ablah­ey, pochchangning qumrisini nima qil-

ding?


Ma’lumki, o‘zbek tili sohiblari o‘ziga notanish bo‘lgan 

tinglovchilarga ham uning yoshidan kelib chiqib,  xola, 



opa, singil, uka, aka, amaki, tog‘a kabi qon-qarindoshlik 

Nozima QOZOQOVA,

Namangan davlat universiteti

tadqiqotchisi

MUROJAAT BIRLIKLARINING FUNKSIONAL-PRAGMATIK 

XUSUSIYATLARI

atamalaridan foydalanaveradi.  Qarindoshlikni bildiruvchi 

bu kabi so‘zlar  so‘zlovchidan kichik yoshdagi tinglovchiga 

nisbatan qo‘llanganda “o‘zaro yaqin olish, “g‘amxo‘rlik qi-

lish” pragmatik semalarini anglatadi:  

 Omon, uka, o‘rtog‘ing bilan ikkoving kechi bilan 

qo‘ylarni haydashib, ertalab Ko‘kterakning bozoriga 

yetkazib bora qolinglar. 

− Voqea bunday bo‘lgan edi, uka, − deb Sulton kis-

savur gapirib ketdi. Mazkur jumlalarning har ikkisida ham, 

asli da, begona bo‘lgan kishilarga nisbatan uka so‘zini 

qo‘llash orqali “o‘ziga yaqin olish pragmatik semasi ifoda-

langan.

Bola leksemasi “hali voyaga yetmagan”, “yosh”, “yangi 



tug‘ilgan”, “bolalarcha ish tutadigan” kabi semalarga ega 

bo‘lib, kattalarning   yoshlarga murojaatida egalik qo‘shim-

chasi bilan qo‘llanganda ham yuqoridagidek munosa-

batlarni aks ettiradi: 

–  Himm. Otang aylansin, 

bolam, mana shu nonni 

ko‘tarib eltib bermaysanmi? 

Egalik  qo‘shimchasisiz  qo‘llanganda  “ogohlantirish”, 

“norozilik” yoki “mensimaslik” ma’nolari ifodalanishi mum-

kin: 

− Hay-hay, 



bola, og‘zingga qarab gapir, to‘riq qashqa 

o‘ldi, dedingmi? 

So‘zlovchi tinglovchiga  ta’sir etish, o‘ziga nisbatan 

ijobiy munosabatni paydo qilish  uchun “alqash”, “sharaf-

lash”, “xushomad qilish” ma’no ifodasi aylanay, o‘rgilay, 

baraka topkur, onang o‘rgilsin kabi bo‘lgan birliklardan 

ham foydalanadi.



–­Hoy,­aylanay­uka,­−­dedi,­−­menga­qaragin,­kimsan­

axir o‘zing... 

Mazkur jumlada aylanay undovi orqali tinglovchiga ijo-

biy munosabatda ekanlik ifodalangan.

Salbiy munosabatni ifodalash uchun esa “kamsitish”, 

“haqoratlash” ma’no ifodalari bo‘lgan birliklardan foydala-

niladi  yoki bu jumladagi murojaat shakli orqali qahramon-

ning madaniylik saviyasi ochib beriladi:

 

– Hoy, sen, haromilar, bu yerda nima qilib yurib-



sanlar? 

Ayrim nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchining tinglovchiga 

munosabati talabidan kelib chiqib, ijobiy  baholi so‘z salbiy, 

salbiy baholi so‘z ijobiy  baholarda ham namoyon bo‘ladi. 

Masalan, mulla so‘zi “o‘qimishli”, “ma’lumotli” kishi ma’no-

larini anglatadi. Nutqiy vaziyat taqozosi bilan “pi ching, ke-

satiq” ma’nolarini ham ifodalaydi va salbiy bahoda  namo-

yon bo‘ladi: 



–­ Mulla­ Omonboy,­ shahardagi­ qo‘shchi-qo‘lonchi,­

sayis,­ miroxo‘r,­ boy-u­ boyonlar,­ oshna-og‘aynilaringizga­

xat-patingiz­yo‘qmi...­

Xullas, o‘zbek tilidagi ko‘plab murojaat birliklari 

muayyan nutqiy vaziyat talabi bilan subyektiv modallik va 

bahoni ifodalab, pragmatik ahamiyatga ega bo‘ladi.   

1

N.Ahmedova. O‘zbeк tili murojaat birliklari. T., 2009, 39-bet.



veb-sayt:  www.tilvaadabiyot.uz

35

Yosh  avlodning  sog‘lom,  har  tomonlama  kamol  topib 

shakllanishida maktabgacha ta’limning roli muhim. Bu 

sohada mamlakatimizda bir qator islohotlar olib borilmoqda. 

Mamlakatimiz  rahbarining  2017-yil  30-sentyabrda  “Maktab-

gacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ilg‘or xorijiy tajribalarni 

hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni 

har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy 

rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy madaniy-

tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga 

qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar bilan 

ta’minlash asosiy vazifalar qilib belgilandi.

Shu ma’noda O‘zbekistonda jahonning ko‘pgina taraqqiy  

etgan davlatlari tajribasi asosida ta’lim oluvchilarning yoshi, 

dunyoqarashi, milliy qadriyatlari, yashash joyi va boshqa 

jihatlarini hisobga olgan holda turli mavzuviy o‘quv lug‘atlarini 

yaratish, ularni talab darajasida nashr etilishini ta’minlash 

asosiy vazifalardan hisoblanadi. 

MTM tarbiyalanuvchilarining tafakkurini o‘stirish, nutq 

boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun 

lingvodidaktik vositalar va ular ustida ishlash samaradorligini 

ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universiteti o‘zbek 

tilshunosligi kafedrasida “Mening birinchi lug‘atim” nomi 

ostida lingvodidaktik lug‘atlar tayyorlanmoqda.

Jumladan,  1000  ta  so‘z  va  so‘z  birikmasi  izohiga 

bag‘ishlangan 


Каталог: wp-content -> themes -> twentytwelve -> images


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling