Jurnalistika
Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
RAJAPBOYEVA LOBAR
Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
11 mijozlar va ularni xarid hatti - haraqatlarini o’ziga hos xususiyatlari; raqobatchilar (haqiqiy, potensial); mahsulot yetkazib beruvchilar; Marketing axborotlarining manbalari bo’lib: so’rov natijalarida olingan ma’lumotlar, statistika, boshlang’ich ma’lumotlardan tashkil topgan manbalar; ikkalamchi ma’lumotlar – ishonchlilikning turli darajalariga ega bo’lgan, ikkinchi manbadan olingan turli ma’lumotlar.” Tabiiyki, marketing bo’yicha mutaxassislar o’z ishini bajarish uchun yanada to’liq va batafsil axborotlar zarur. Barcha marketing axborotlari marketing axborot tizimiga kiritilishi hamda unda ishlash uchun ochiq bo’lishi kerak. Biroq, korxona rahbariyatiga maydalashtirishni chuqur, ortiqcha darajasi kerak emas. Shuning uchun korxona rahbariyati uchun marketing axborotlarni taqdim etish, marketing bo’limi xodimlarning o’zlari foydalaniladigan ishchi axborotlarni taqdim etishdan farq qilish zarur. Korxonaning ichki muhiti to’g’risida axborotlar korxonaning barcha faoliyatini qamrab oladi. Korxona faoliyati to’g’risidagi to’liq hisobot rejalarning uch turi bo’yicha hisobotlar asosida shakllantiriladi: byudjet (va mos pravishda moliyaviy va buxgalteriya hisobolari); ishlab chiqarish rejasi – ishlab chiqariladtgan mahsulot hajmi va assortimenti bo’yicha reja; tadbirlar rejasi – jami korxona va har bir bo’linmani kvartal (choralik) yoki oylik harakat rejasi. Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish. 2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ 21 qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot. 3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot. 4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda). MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat. Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari asosida olinadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan: - ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli; - marketing hisobotlari tizimi; - turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar; - marketingni prognozlash tizimi va hokazo. Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi 22 firmalardan ham olish mumkin. Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak: mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi; to’g’ri va egri xarajatlar; chegaralangan foyda; foydalilik nuqtasi; narx chegirmalari. Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi: tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarnio’rganish); muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish); muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash). Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling