Maqsadi va asosiy vazifalari
Hozirda «Oriat-Dono» radiokanali dasturlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonida belgilab berilgan ustivor vazifalarni izchil bajarish, mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotida ro`y berayotgan muhim voqealarni yoritish va tahlil qilishga, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolishga, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan.
Radiokanal eshittirishlari informatsion-tahliliy, ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy-badiiy, ko`ngilochar-musiqiy-dam olish yo`nalishlaridan tarkib topgan.
Ijodiy jamoa izchil ravishda ushbu yo`nalishdagi eshittirishlarning professional va badiiy saviyasini izchil oshirib bormoqda.
Radiokanalning hozirgi suxandonlari:
Bahodir Magdiyev, Oqilbek Haitov - Kechki efir boshlovchisi
Akmal Mirzo, Maftuna Ashurova - Tonggi efir boshlovchisi
Bobur Akmalov - Kreativ bo'limi
Laylo Shorasulova - Efir boshlovchisi
Saidolimxon, Sanjar Rizayev, Najot Nur, Sayfullo Qodirov – Efir jamosi
Jamoaning Shiori “Muvoffaqiyatimiz kaliti- Jamoamizning bir tanu bir jon, axil, astoydil bir oiladek bo'lib faoliyat yuritishida.”
Futbol plus – 21:05 – 23:00
Bu jarayon – 20:00 har shanba
Xalfana – 19:00 da har juma (Jonli efir)
Jarayon – har bir soat ichida ijtimoviy-siyosiy xabarlar
Choy ustida – 10:00 da har kuni
Brain daqiqa – har kunlik yutuqli viktorinalar
Donolar so’ylaydi – har reklamadan keyin efirga beriladigan hikmatli so’zlar
Radiodasturlar internet tarmog`i orqali onlayn tizimida dunyoga tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |