Juroev muxmudjon


Download 5.14 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi5.14 Kb.
#1504785
Bog'liq
Журоев Махмуджон

JUROEV MUXMUDJON

Mavzu: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya.

  • Reja: 1. Jismoniy tarbiya o’qituvchilarining me’yoriy hujjatlari. 2. Kasbiy jismoniy tayyorgarlik. 3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

Ta'lim tizimida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari asosiy bo’gin sifatida muhim o’rin tutadi. Bu o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport-sog’lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta'lim olayotgan o’quvchi-yoshlaming sport turlariga qiziqishini oshirish, bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda. Ushbu masalalaming to’laqonli bajarilishini ko’zlab, jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hamda o’quv yuklamasiga qo’yiladigan asosiy talablami belgilab beradi.

Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 4-12-bandiga asosan barcha ta'lim muassasalari o’quvchilarining salomatligini saqlash, jismoniy ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda, ulami jismoniy rivojlantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat standarti standart ta'lim majmuasi me'yorlari va talablariga oid hujjat hisoblanadi.

Bu hujjat vaqtincha loyiha maqomida bo’lib, ta'lim tizimining islohotiga ko ra takomillashib boradi. Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti uning funksiyalari va tizimlari orqali ifodalanadi. Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standartining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat. jismoniy tarbiya ta'limi barchaning imkoniyatiga mos va ommaviy bo’lishini ta'minlash; o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta'lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo’li bilan tartibga solish;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining barcha bosqichlari va yo’nalishlarida jismoniy tarbiya jarayonini nazorat qilish va boshqarish; -jismoniy tarbiya bo’yicha ta'lim sifatini oshirish O’MKH ta'limi tizimidagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta'lim tarkibiga quyidagilar kiradi: jismoniy tarbiya darslari jismoniy tarbiya va ta'limning asosiy shakli bo’lib, uning hajmi o’quv rejasida haftasiga 4 soat hisobidan belgilanadi;

o’quv kun tartibidagi jismoniy tarbiya shakllariga quyidagilar kiradi: mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika, umumta'lim darslarida o’tkaziladigan quvnoq daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli pauzalar, o’yinlar, ko’ngilochar o’yinlar va boshqalar; darsdan tashqan paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, sport to’garaklari, fakultativlar; ommaviy sport va sog’lomlashtirish tadbirlari, bayramlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi o’quvchilaming sog’lig’ini mustahkamlash, ulami foydali mehnatga, Vatanni himoya qilishga va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari quyidagilardan iborat: jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni his qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, jamoat ishlarida faol qatnashadigan g’oyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash;

O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturi quyidagi qismlardan iborat: Tushuntirish xati. Jismoniy tarbiya darsi. O’quv kun tartibidagi ommaviy-sog’lomlashtirish tardbirlari. Darsdan tashqari vaqtda jismoniy tarbiya, sayyohlik va har xil sport turlari bilan shug’ullanish.


Download 5.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling