Ishbilarmonlik axboroti sektori (birja, moliyaviy, tijorat, iqtisodiy va statistik) quyidagilarni qamrab oladi:
birjalar, birja va moliya axboroti maxsus xizmatlari, broker kompaniyalari beradigan qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta kurslari, hisob stavkalari va kotirovkalari, tovarlar va kapitallar bozorlari, investitsiyalar, narx-navolar haqidagi birja va moliyaviy axborot va hokazolar;
iqtisodiy va statistik axborotni – davlat xizmatlarini, shuning-dek shu sohadagi tadqiqotlar, ishlanmalar va konsalting bilan band kompaniyalar taqdim etadigan dinamik, bashorat modellari va baholar ko‘rinishidagi raqamli iqtisodiy, demografik va ijtimoiy axborotlar;
maxsus axborot xizmatlari beradigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi yangiliklar;
kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va ishlab chiqargan mahsulotlari, narxlari, moliyaviy ahvoli, aloqalari, oldi-sotdi bitimlari va rahbarlari haqidagi tijorat axboroti.
Fan-texnika va maxsus axborot sektori. Fundamental va amaliy fanlarning barcha tarmoqlari, ta’lim, madaniyat va inson faoliyatining boshqa sohalaridagi bibliografik, referativ va ma’lumotnoma axborotini, kutubxona va ixtisoslashgan xizmat orqali boshlang‘ich manbalarga bo‘lishni, matnli ma’lumotlar, to‘la jamli nushalar, mikrofilmlar, kasb bo‘yicha axborot va xo‘jalik mutaxassislari uchun maxsus ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashni qamrab oladi.
Iste’molchilik axboroti sektori yangiliklar xizmati va matbuot axboroti, ma’lumotnoma adabiyotlar, qomuslar, ommaviy va qiziqarli axborotni qamrab oladiki, ulardan bo‘sh vaqtda, uy sharoitida foydalaniladi. Bu sektor shuningdek, mahalliy yangiliklar, ob-havo, transport qatnovi jadvali va hokazolarni ham o‘z ichiga oladi.
Tayanch so’z va iboralar
Axborot; axborotning jihatlari; axborot resurslari; axborot sanoati; axborot manbalari; jahon axborot bozorlari; ishbilarmonlik axboroti sektori; fan-texnika va maxsus axborot sektori; iste’molchilik axboroti sektori.
Do'stlaringiz bilan baham: |