Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi:
insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun yetarli bo‘lmasa;
boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo‘lsa;
boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan uta yuqori malakani talab etsa;
boshqarish kerak bo‘lgan jarayon uta tang yoki avariya holatida bo‘lsa.
Tayanch so’z va iboralar:
Texnologiya; moddiy ishlab chiqarish; axborot texnologiyasi; moddiy resurslar; mahsulot; axborot mahsuloti; texnologiya komponentlari; avtomatlashtirish.
Takrorlash uchun savollar.
Texnologiya deganda nimani tushunasiz?
Moddiy resurslar tarkibiga nimalar kiradi?
Axborot mahsulotlari tarkibiga nimalar kiradi?
Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |