K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»


Download 1.79 Mb.
bet41/77
Sana20.11.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1788915
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.

  • Ekspert tizimlari – ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va ob’ektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, ob’ektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan ob’ektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.

    Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassis-lar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.


    Tayanch so‘z va iboralar:


    Avtomatlashtirilgai boshqarish tizimlari, avtomatik boshqarish tizimlari; avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari; texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari; tashkiliy boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimlari; axborot-qidiruv tizimi; axborot-ma’lumotnoma tizimi; matnlarni qayta ishlash tizimi; maslaxat beruvchi axborot tizimi; ekspert tizimlari.
    Takrorlash uchun savollar.



    1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qanday tasniflanadi?

    2. Qanday turdagi boshqaruv tizimlarini bilasiz?

    3. Axborot-qidiruv tizimlari qanday vazifalarni bajaradi?

    4. Axborot-ma’lumotnoma tizimining ta’rifini keltiring.

    5. Matnlarni qayta ishlash tizimlari qanday vazifalarni baja-radi?

    6. Ekspert tizimlari qanday masalalarni hal qiladi?


    Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling