1.23 – r a s m – Zamonaviy idora jihozlari
Rahbarlar va mutaxassislarning zarur axborotni olish uchun kompyuter va boshqa asbob-uskunalarga to‘g‘ridan – to‘g‘ri kirish im-koniyati paydo bulmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda idora ishini avtomatlashtirish ancha samarali natijalar bermoqda.
«Elektron ofis» konsepsiyasini amaliy jihatdan ruyobga chiqarish sekin-asta boshqarish usul va metodlarini o‘zgartirishga, bir qator xodimlar vazifalarini qayta ko‘rib chiqishga, mehnat samaradorligini oshirishga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda qog‘oz – hujjatlar bilan ishlovchi xodimlarga ehtiyoj kamaymoqda, ish vaqtidan foydalanishni, bir-biridan uzoq, xonalarda joylashgan xodimlarni nazorat qilish imkoniyati oshmoqda.
Malakali xodimlarga bo‘lgan talablar ham o‘zgarib borayapti. Bir tomondan yuqori malakaga ega bo‘lmagan xodimlarning bir qismidan ham foydalanish imkoniyati tug‘ilmoqda. Boshqa bir tomondan, rahbarlik lavozimlarida tor sohadagi mutaxassislardan foydalanishdan keng dunyoqarashga ega va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallagan xodimlardan foydalanilayapti. Sof ishlab chiqarish va ishlab chiqarish harakteridagi axborot o‘rtasidagi chega-ralar yo‘qolib borib, axborotni qayta ishlash va saqlash uchun umumiy axborot massivlari va protseduralaridan foydalanilmoqda.
Tayanch so‘z va iboralar:
Boshqaruv; axborot texnologiyalari; elektron ofis; DAT tarkibi; ma’lumotlar bazasi; zamonaviy idora jihozlari; telekommunikatsiya tizimlari; lokal tarmoq.
Takrorlash uchun savollar.
Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari qanday o‘rinni tutadi?
Elektron ofisning faoliyat ko‘rsatish konsepsiyasini aytib bering.
Ofisni avtomatlashtirishning asosiy tarkibiy qismlarini keltiring.
Ma’lumotlar bazasi nima uchun xizmat qiladi?
Zamonaviy idora jihozlari qanday komponentlardan iborat?
Lokal tarmoqlar faoliyat ko‘rsatish mexanizmini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |