K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»
Download 1.79 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
a) iqtisodiy-texnik omillar:
axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan foydalanish darajasi ulardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan mahsulot hajmining umumiy ishlab chikilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (% hisobida); axborot – kommunikaxshyalar biznesi tovarlarining solishtirma og‘irligi, ushbu tovarlar umumiy narxining boshqarish ob’ektidagi uskunalar umumiy narxiga nisbati bilan aniqlanadi (% hisobida); kelajakda takomillashib boradigan texnologik jarayonlarning solishtirma og‘irligi, ushbu texnologiyalar asosida ishlab chikilgan mahsulot hajmining umumiy ishlab chiqilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (% hisobida); fondlarning yangilanish koeffitsiyenti, ushbu davrda kiritilgan asosiy fondlar narxining umumiy narxga nisbati orqali ifodalanadi (% hisobida); b) iqtisodiy omillar: yuqori sifatli mahsulotlar hajmini ko‘paytirish maqsadida axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini sotib olish uchun ajratilgan moliyaviy harajatlar, so‘m hisobida; yuqori sifatli bo‘lganligi uchun daromadlarning oldingi davrga nisbatan ko‘payish miqdori (so‘m hisobida); axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini jalb etish natijasida olingan iqtisodiy samaradorlik darajasi(so‘m hisobida); v) ijtimoiy-iqtisodiy omillar: ishchilarning malakasi oshganligi darajasi. Ya’ni – axborot-kommunika-tsiyalar texnologiyalarini mukammal egallash yo‘lida o‘z malakasini oshirgan ishchilar sonining umumiy ishchilar soniga nisbati (%hisobida); ishchining o‘rtacha oylik haqi (so‘m hisobida); mahsulot sifatini oshirish natijasida olina-digan mukofotlar miqdori (sum hisobida). Taklif etilgan mazkur yondashishdan O‘zbekiston Respublikasi viloyat-lari miqyosida keng foydalanilsa quyidagi imkoniyatlarga erishish mumkin: viloyat boshqaruvi miqyosida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan kompleks foydalanishni ta’minlaydi. Bu esa undagi barcha boshqarish darajalarining mehnat unumdorligini yuksaltirishga katga imkon beradi; korporativ axborot tizimlarini yaratish, qo‘llash va rivojlantirish yo‘lida hamda avtomatlashtirilayotgan jarayonlarning axborot va funksional modellari dasturiy – texnik asosini tashkil toptirishda katta yordam beradi; viloyat boshqaruvi korporativ axborot tarmog‘ining jahon axborot resurslariga kirib borishiga imkon beradi; axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlari asosida viloyatning barcha boshqaruv darajalarida boshqaruv masalalarini to‘g‘ri va oqilona yo‘lga qo‘yishda keng shart – sharoit yaratadi. Shunday qilib, biz taklif kilayotgan axborot – kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan foydalanishning texnologik jarayoni tasnifi va tarkiblashtirish tizimidan nafaqat viloyat miqyosida, balki bosh-qaruv sub’ektlarining barcha pog‘onalarida ham ilmiy asoslangan holda foydalanish mumkin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling