K. A. Timiryazev- zamonaviy fotosintez ta'limotining asoschisi
Download 75.51 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Fotosintez jarayonining ahamiyati va uni tarixi-fayllar.org
ILDIZ ORQALI OZIQLANISH. O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan juda ko‘p elementlarni (N, P, K, Ca, C, Mg, Fe, Mn, Su, Zn, A1 va boshqalar) o‘zlashtiradi. Bu elementlar xloroplastlar, pigmentlar, fermentlar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va boshqalarning tarkibiga kiradi. SHuning uchun ham o‘simliklarning havodan va tuproqdan oziqlanishi uzviy ravishda bir-biri bilan bog‘liq. Xloroptlastlarning tuzilmaviy shakli (ichki membranalar, lamellalar, tranalar va pigmentlarning hosil bo‘lishi) faqt me’yordagi ildiz orqali oziqlanish sharoitida rivojlanadi. Azot va fosfor etishmagan sharoitda xloroplastlarning tuzilmaviy shakli emirila boshlaydi. Pigmentlarning sintez jarayoni sekinlashadi va xatto to‘xtab qoladi. Azot va magniy xlorofillning tarkibiga kiradi. demak, ular etmasa, xlorofill hosil bo‘lmaydi va fotosintezga ta’sir etadi.Temir ham sitoxromlar, ferrodoksin, xlorofillaza va boshqa fermentlarniыg tarkibiga kiradi. Mis plastotsianin fermentiniig tarkibiga kiradi. Bu fermentlarning faolligi fotosintez jadalligini tavsiflaydi. Oziqa tarkibida fosforniig yetishmasligi natijasida fotosintezning yorug‘likda va qorong‘ilikda bo‘ladigan reaksiyalari buzilishi mumkin. Umuman, fosfor miqdorining yetishmasligi hamda oshiqchasi fotosintez jadalligini pasaytiradi. O‘simliklarning mineral elementlar bilan ta’minlanish darajasi fotosintezniig mahsuldorligini belgilaydi. Ularni etarli darajada mineral elementlar bilan ta’minlash yorug‘lik energiyasini yutish va o‘zlashtirishni, CO2 miqdoridan samarali foydalanishni oshiradi. Bu esa qishlok xo‘jalik ekinlarida hosildorlikni keskin oshirishni ta’minlaydi.
KISLOROD. Barcha o‘simliklarda fotosintez jarayoni aerob sharoitida sodir bo‘ladi va evolyusiya jarayonida o‘simliklar shunga moslashgan. SHuning uchun ham anaerob sharoit va havo tarkibida kislorodning miqdori 21 foizdan ko‘p bo‘lishi fotosintezga salbiy ta’sir etadi. YOrug‘likda nafas olish jarayoni kuchli bo‘lgan o‘simliklarda (C4 o‘simliklar) kislorod miqdorining 21 foizdan 3 foizgacha kamayishi fotosintezni jadallashtirganligi, yorug‘likda nafas olish jarayoni kuchsiz bo‘lgan o‘simliklarda (C4 o‘simliklarda) fotosintez o‘zgarmagani aniqlangan. Atmosferada kislorod konsentratsiyasining 25-30 foizdan ortishi fotosintezni pasaytiradi va yorug‘likda nafas olish jarayonining tezlashishiga sabab bo‘ladi. Download 75.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling