K arim a q osim ova
Download 48 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
Darsning borishi
1. Uy vazifasi tekshiriladi. 2. „Gap" mavzusi esga tushiriladi. O'quvchilar diqqatiga quyidagi gapiar havola qilinadi: 1. O'qituvchi bolalarni o'qitadi. 2. Kuzda har xil mevalar pishadi. 3. Tikuvchi kiyimlami tikadi. 4. O'quvchilar kitoblami sevib o'qiydilar. — Gap nimalardan tashkil topadi? — Og'zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz? — Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi? O 'qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so'ng, o'quvchilar javo bini umumlashtiradi: — Demak, gap tugallangan m azm un bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so 'ro q va undov belgisi qo'yila di. Gap so'zlardan tuzilib, uning birinchi so'zi bosh harf bilan yoziladi. 3. 0 ‘qituvchi o'quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har bir gap quyidagicha tahlil qilinadi: — Birinchi gapda kim haqida aytilgan? — 0 ‘qituvchi so‘ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq chizamiz ( 0 ‘qituvchi jadvalga chizadi). — 0 ‘qituvchi haqida nima deyilgan? — 0 ‘qitadi so'ziga savol bering (nima qiladi?). Uning tagiga ikki chiziq chizamiz ( 0 ‘qituvchi jadvalga chizadi). — Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so‘z bildiryapti? (Mevalar) Bu so'zga savol bering (nimalar?). Tagiga chizamiz. — Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi. Shu tariqa keyingi gapiar ham tahlil qilinadi. Shundan so'ng o'qituvchi tagiga chizilgan so'zlar gapning asosiy mazmunini bildi rishini, yana shunday so'zlar ishtirokisiz gap hosil bo'lmasligini, agar gapning asosini bildiruvchi so'zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq bo'lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko'rsatiladi. Masalan, O'quvchilar maktabga boradilar gapida gapning asoslaridan biri — o'quvchilar so'zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo'lib qoladi, o'quvchilar haqida nima deyilgan so'z (boradilar) tushib qolsa, gap mazmun ifodalamaydi. So‘ng darslikdagi qoida o'qitiladi. 4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma bajariladi. O'quvchi lar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini o'qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262- mashq yuqoridagi mashq asosida o'quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi (Bunda o'quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o'qituvchiga topshiradilar). 5. Jadval asosida og'zaki mashq. Kim ? bemorlarni davolaydi. Nima ? sichqonlarni tutadi. Nima ? yukni tashiydi. O'qituvchi gapdagi so'roqlar o'rniga qo'yish uchun kerakli bo'lgan so'zlaming rasmlarini ko'rsatadi (sh if о kor, miishuk, tuya). O'quvchilar tayanch so'zlar yordamida gaplarni o'qiydilar va gapiar og'zaki tahlil qilinadi. 6. Taxminiy tayyorgarlik ko'rib, bog'lanishli gap tuzish va uni yozish. Texnik vosita orqali ,,Bog‘bonlarga yordam“ lavhalari ko'rsatiladi va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so‘zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so'zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, qizlar, o'quvchilar, о ‘rtoqlar). Bu so'zlar xattaxtaga yozib qo'yiladi. 7. Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O'qituvchi uyga vazifani qanday bajarishni tushuntiradi. Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling