Maqsadli tushumlar (MT) – korxonaga turli maqsadlarda turli manbalardan kelib tushgan mablag‘lar majmuasi (grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqalar).
Grantlar (G) -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag‘lar majmuasi. Ushbu mablag‘lar faqatgina qat’iy maqsadlarga ishlatilishi lozim.
Subsidiyalar (S) – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan berilgan yordam va imtiyozlar summasi.
Xususiy kapitalning umumiy miqdori yuqoridagi uning elementlari summalarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi, ya’ni:
XK = UK + QK + RK + TF + R + MT
Aksionerlik jamiyatlarida chiqarilgan o‘z aksiyalari boshqalardan qayta sotib olingan bo‘lsa, u holda xususiy kapital summasini topishda sotib olingan xususiy aksiyalar qiymati (XAQ) xususiy kapital miqdoridan chegirib tashlanadi, ya’ni:
XK = UK + QK + RK + TF + R + MT - XAQ
Majburiyatlar – bu korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlari. Majburiyatlarning asosiy turlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Olingan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1 yilgacha muddatga boshqa yuridik shaxslardan vaqtinchalik moliyaviy yordam sifatida olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha qarzlar summasi.
Olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar - bu mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1 yilgacha muddatga banklardan kredit shartnomalari asosida olingan kredit resurslarini qaytarish bo‘yicha qarzlar summasi.
Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar – bu olingan tovar-moddiy boyliklar uchun ta’minochilarga o‘tqazilmay qolingan qarz summasi.
Haridorlardan olingan avanslar - bu haridorlardan tovar-moddiy boyliklarni sotib olish uchun oldindan kelib tushgan pullar bo‘yicha qarz summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |