Debet 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan avanslar “
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar oy oxirida xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va jami hisoblangan ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar»
Kredit 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar “
Xodimlarga ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi
4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga xizmat safarlari bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga xizmat safarlari bo‘yichabo‘naklar korxona rahbarining xizmat safari to‘g‘risidagi buyrug‘i, xizmat safari uchun ketadigan sarf-harajatlarning dastlabki hisob-kitoblari asosida hisoblanadi va kassadan to‘lov qaydnomalari yoki chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak summalariga kassa hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni:
Debet 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» yoki 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar
Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»
Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar»
Xodimlarga xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi.
Chet elga xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarga avanslar chet el valyutasida beriladi. Bunday avanslar summasini bankdan olinishi va berilishi maxsus Tartibga asosan amalga oshiriladi va hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |