K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar.
Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Bunday harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan harajatlar” va 3220 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha kechiktirilgan harajatlar” schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 “Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” va 6830 “Qisqa muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” schyotlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schyotdan 3220- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular bo‘yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan hisobot yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya’ni 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar” schyotiga , o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi qoldig‘i kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan harajatlarning summasini ifodalaydi.
Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlarga yuqoridagi gupuhlarga kirmay qolgan muddati kechiktirilgan harajatlar, masalan mavsumiy ishlaydigan korxonalarda mavsum oldidan bajarilgan ishlarga sarflangan tayyorgarlikga sarflangan harajatlar, kiradi. Ushbu turdagi harajatlarning bir yildan ortiq muddatga tegishli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli uzaytirilgan harajatlar” va bir yilgacha muddatga tegishli qismi 3290 “ Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar” schyotlarida hisobga olinadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan harajatlarning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0990- schyotdan 3290- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Isobdan chiqarish davri kelgach 3290- schyotda aks ettirilgan muddati uzaytirilgan harajatlar joriy yilning harajatlarini aks ettiruvchi schyotlarga (2010,2310,2510,9410,9420 va boshqalar) olib boriladi. 0990 va 3290- schyotlarning debet qoldig‘i kelgusida korxonaning joriy harajatlariga olib boriladigan muddati uzaytirilgan harajatlarining summasini ko‘rsatadi. Muddati uzaytirilgan harajatlarning analitik hisobi ularning turlari, hisobot davrlari va hisobdan chiqarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblariDownload 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling