K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va
Buxgalteriya hisobining tashkiliy shakllari
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi va audit
3.2. Buxgalteriya hisobining tashkiliy shakllari Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga muvofiq (7-modda) korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ma’suliyati bevosita uning rahbariga yuklatiladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 48 Korxona rahbari, jumladan, qo‘yidagilarni ta’minlashi lozim: • Hisob va hisobotning ichki tizimini ishlab chiqish; • Xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini belgilash; • Buxgalteriya hisobini to‘liq va aniq bo‘lishligi; • Hisob hujjatlarini butligi; • Moliyaviy hisobotni tashqi foydalanuvchilar uchun tayerlash; • Hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshishi va taqdim etilishi; • Imzo chekish huquqiga ega shaxslarni belgilash; • Korxona aktivlarini inventarizatsiya qilish muddatlarini va komissiyalarini belgilash, ularni o‘z vaqtida amalga oshishini nazorat qilish. Qonunning 7-moddasiga muvofiq korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilish qo‘yidagi to‘rtta shakllardan birida amalga oshishi mumkin. 1. Bosh buxgalter rahbarligidagi maxsus buxgalteriyani tashkil etish. 2. Shartnoma asosida jalb etilgan buxgalterni xizmatidan foydalanish. 3. Shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritish vakolatini maxsus buxgalterlik (auditorlik) firmasiga yoki o‘z birlashmasining markaziy buxgalteriyasiga berish. 4. Buxgalteriya hisobini rahbarning o‘zi tomonidan mustaqil olib borish. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shakli xodimlar soni ko‘p bo‘lgan, ish hajmi katta bo‘lgan korxonalarda (zavod, fabrika, kompaniya, shirkat xo‘jaligi, jamoa xo‘jaligi va boshqalar) qo‘llaniladi. Bu shaklda buxgalteriya hisobini korxonaning maxsus bo‘linmasi, ya’ni buxgalteriya olib boradi. Buxgalteriya – bu korxonaning hisob-kitoblarni yurituvchi bo‘limi. Buxgalteriya o‘z ishini, odatda, rahbariyat tomonidan tasdiqlangan “Korxona buxgalteriyasi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq yuritadi. Ushbu nizomda buxgalteriyaning maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, har bir tuzilmaning va uning lavozimli xodimlarining huquq va funksional majburiyatlari, javobgarliklari ko‘rsatiladi. Buxgalteriya ishiga rahbarlikni bosh buxgalter olib boradi. Bosh buxgalter – korxona rahbari tomonidan hisob xizmatiga rahbarlikga tayinlangan shaxs. Bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi Nizomda alohida aks ettiriladi. Bosh buxgalter korxona rahbaridan keyin hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs hisoblanadi. U rahbar bilan birga davlat qonunlari oldida javob beradi, xato va kamchiliklar uchun ma’muriy, moliyaviy va jinoiy javobgarlikga tortiladi. Buxgalteriyaning tarkibiy tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining iyerarxik bo‘ysinishi 7-chizmada keltirilgan tartibda amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ikkinchi shakli kichik biznes korxonalariga (firmalar, xususiy korxonalar va boshqalar) taalluqli. Bu turdagi korxonalarda xodimlar soni kam, ish hajmi katta bo‘lmaganligi uchun maxsus buxgalteriya tashkil etilmaydi, lekinda buxgalteriya hisobini yuritish uchun aloxida shaxs (buxgalter) bilan mehnat shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomaga muvofiq buxgalter ishga asosiy xodim sifatida yoki o‘rindosh sifatida buyruk asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobini yuritish yuklatilgan buxgalter bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklariga ega bo‘ladi. Buxgalteriya hisobini tashkil kilishning uchinchi shakli kichik va o‘rta biznes korxonalariga taalluqli bo‘lib, ular o‘zlarida hisob xizmati bo‘limini tuzmaydilar, buxgalteriya hisobini yuritish vakolati shartnoma asosida maxsus ixtisoslashgan buxgalterlik (auditorlik) firmalariga yoki korxonaning birlashmasi qoshidagi markaziy buxgalteriyasiga berilgan bo‘ladi. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaring PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 49 realligiga shartnoma asosida har ikkala tomon belgilab qo‘yilgan tartiblarga asosan javob beradilar. Bosh buxgalter Bosh buxgalter muovini Bo‘limlar Ta’mi-not jarayoni hisobi bo‘limi Ishlab chiqa- rish jarayoni hisobi bo‘limi Sotish jarayoni hisobi bo‘limi Hisob moliya bo‘limi Ish xaqi va unga doir hisob- kitoblar bo‘limi Yig‘ma hisob bo‘limi 7-chizma. Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning to‘rtinchi shakli xususiy tadbirkorlarga taalluqli bo‘lib, ular qonun bo‘yicha hisob-kitoblarini o‘zlari mustaqil olib boradilar. Bu turdagi xhjalik yurituvchilarda rahbar va bosh buxgalter sifatida hujjatlarga xususiy tadbirkorning o‘zi imzo chekadi. Hisob va hisobotning realligi uchun Qonun oldida yakka tadbirkorning o‘zi javob beradi. 3.3. Korxonada hisob ma’lumotlarini yig‘ish, qayd etish va jamlash Korxonada hisob ma’lumotlarini yig‘ish, qayd etish va jamlash hisob siyosatida aks ettirilgan shakl va registrlar yordamida amalga oshiriladi. Hisob shakli – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida uning jurnal –order, memorial-order, kitob-jurnal , bosh jurnal, kompyuterlashtirilgan , ixchamlashtirilgan shakllari mavjud va ular halq xo‘jaligining turli tarmoq va sohalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‘llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1.Kitoblar –bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma’lumotlarni bir necha hisobot davri uchun o‘zida mujassamlashtiradi, bu ma’lumotlarni yo‘qolib ketmasligiga, yaxshi PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 50 saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo‘lda yuritishga mo‘ljallangan, zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko‘rinishida uchun foydalanib bo‘lmaydi. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob o‘ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko‘rsatiladi. Bosh kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit schetlar bo‘yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko‘rsatiladi. 2.Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning kreditida jamlangan holda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan debet schetlar bo‘yicha aks ettiradi, ya’ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to‘ldiruvchisi, davomi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo‘yicha turli jurnal –orderlarni yuritish ko‘zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo‘yicha №1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo‘yicha № 2, 60 «Ta’minotchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo‘yicha boshqa jurnal- orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini tashkil etadi. 3.Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo‘yicha har xil shakl va mazmunda yuritiladi. 4.Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi. 8-chizma. Jurnal-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi Boshlang‘ich hujjatlar Kassa kitobi Analitik hisob registrlari Jurnal-orderlar Moliyaviy hisobot shakllari Bosh kitob PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 51 9-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi 10-chizma. Ixchamlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi Boshlang‘ich hujjatlar Kassa kitobi Analitik hisob registrlari Memorila orderlar Bosh kitob Moliyaviy hisobot shakllari Boshlang‘ich hujjatlar Kassa kitobi Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jurnali Qaydnoma- lar Bosh kitob Moliyaviy hisobot shakllari PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 52 11- chizma. Kompyuterlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi 5.Kartochkalar - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini, xodimning shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va boshqalarni keltirish mumkin. 6.Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shaklini asosini tashkil etadi. Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega (8,9,10,11- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga oshiriladi : 1.Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo‘jalik operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar, qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko‘p martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o‘tqaziladi, ularning jamlangan ma’lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial- orderlarga, analitik hisob mashinogrammalariga ) o‘tqaziladi. Boshlang‘ich axborotlar Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish Ma’lumotlar bazasi Natijaviy ma’lumotlarni chiqarishga mo‘ljallangan rejimlar bo‘yicha ishlash va ularni shakllantirish Analitik hisob mashino- grammalari Sintetik hisob mashino- grammalari Moliyaviy hisobot shakllari PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 53 2.Jurnal-orderlar, memorial-orderlar, analitik hisob mashinogrammalari, qaydnomalarning yig‘ma ma’lumotlari Bosh kitobga o‘tqaziladi. 3.Bosh kitob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari tuziladi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan shaklni qo‘llash ruxsat etilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu hisob shaklining registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi korxonalar buxgalteriya hisobini o‘zlarining hisob siyosatlarida ko‘rsatilgan shaklda olib boradilar. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1. Hisob siyosati-bu a) Davlatning ko‘rsatmalari. b) Korxona raxbari tomonidan hisobni yuritish bo‘yicha tanlagan tartib- qoidalar majmuasi. v) Bosh buxgalter tomonidan hisobni yuritish bo‘yicha tanlagan tartib- qoidalar majmuasi. g) Yuqori tashkilot tomonidan hisobni yuritish bo‘yicha tanlagan tartib- qoidalar majmuasi. 2. Hisob siyosatini ishlab chiqishga asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar a) Korxona rahbari buyruqlari. b) Qonunlar, standartlar, yo‘riqnomalar. v) Kuzatish kengashi qarori. g) Yuqori tashkilot ko‘rsatmasi. 3. Qo‘yidagilarning qaysi biriga hisob siyosati majburiy tarzda beriladi? a) Prokuraturaga. b) Auditorlik firmasiga. v) Soliq idorasiga. g) Aksionerlarga. 4. Hisob siyosatiga o‘zgartirish kiritiladi, agarda a) Hisobni yuritish usullari o‘zgargan bo‘lsa. b) Kassir almashgan bo‘lsa. v) O‘g‘irlik sodir etilgan bo‘lsa. g) Soliq hisob-kitobida yashirish aniqlanganda. 5. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish shaklini kim belgilaydi ? a) Moliya Vazirligi b) Solik idorasi v) Yukori tashkilot g) Korxona raxbari 6. Xususiy tadbirkor buxgalteriya hisobini tashkil etadi a) Buxgalter olish yo‘li bilan b) Auditorlik firmasi bilan shartnoma asosida v) Mustaqil o‘zi g) Maxsus buxgalteriya bo‘limini tuzish yo‘li bilan PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 54 7. Auditorlik firmasi korxonaning buxgalteriya hisobini yuritish vakolotini shartnoma asosida olgan. Bunda hisob ma’lumotlarining norealligiga javob beradi: a) auditor b) auditorlik firmasi direktori v) korxona raxbari g) ta’sischilar 8. Bosh buxgalter buysinadi a) Korxona raxbariga b) Ta’sischilarga v) Aksionerlarga g) Yukori tashkilotga 9. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun a) Buxgalteriya tashkil etiladi b) Hisob bo‘limi ochiladi v) Buxgalter shartnomaga asosan ishga olinadi g) Hech ham buxgalter shart bo‘lmaydi 10. Buxgalteriya hisobida hisob shakli registrlarni belgilaydimi yoki registrlar hisob shaklini belgilaydimi? a) Registrlar hisob shaklini belgilaydi b) Hisob shakli registrlarni belgilaydi v) Bir –birini belgilamaydi g) To‘g‘ri javob yo‘q. Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy hujjatlar va davriy adabiyotlar 1.O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonuni. 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan. 2.Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Konseptual asos. O‘z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, № 475. 3.BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. O‘z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, № 474. 4.BHMS № 20 «Kichik tadbirkorlik sub’ektlarida hisobni ixchamlashtirilgan tarzda yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida». O‘z.R. Adliya Vazirligidan 2000 yil 24 yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan, № 879. 5.Abdullayev A. Qayumov I. Buxgalteriya hisobi. T, «Minhoj» nashriyoti, 2002. 6. Umarova M., Eshboyev O‘., Axmadjonov Q. Buxgalteriya hisobi, T., Mehnat, 1999 7.G‘ulomova F.G‘. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma.T., Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2000. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 55 IY-bob. UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI 4.1. Asosiy vositalarning hisobi 4.1.1. Asosiy vositalarning mohiyati, tasnifi, baholanishi va ular hisobining vazifalari Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni kqrsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar (BHMS № 5, 3a-band). BHMS № 5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqoridagi ta’rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo‘yidagi shartlarga ham javob berishi lozim: • Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi. • Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi. Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat muddatini belgilash muhim rol o‘ynaydi. Foydali xizmat muddati - deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib, uning foydaliligi ishlab chiqilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) hajmi bilan o‘lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o‘zlarining qiymatini to‘liq qoplashlari va korxonaga qo‘shimcha daromad keltirishlari lozim. Foydali xizmat muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday hujjatlar mavjud bo‘lmaganda asosiy vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish komissiyasi tomonidan yoki korxona rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida aniq belgilanishi kerak. Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnika bazasini tashkil etuvchi mehnat qurollari va vositalarini o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 1.Binolar – sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar. Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi. 2.Inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar. 3.Uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling