K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2.Sotish tannarxining hisobi
- 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
- 9130 “Bajarilgan ishlar va xizmatlarning tannarxi”
- 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish”
- 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”
- 9420 “Ma’muriy-boshqaruv harajatlari”
- 9430 “Boshqa operatsion harajatlar”
- 9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”
- 9610 “Foiz ko‘rinishidagi harajatlari”
- 9620 “Valyuta kurs farqlaridan ko‘rilgan zararlar”
- 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha harajatlar”
- 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”
- 3120 “Oldindan to‘langan xizmatlar haqi”
- 3190 “Boshqa oldindan to‘langan harajatlar”
- 11.7.Muddati uzaytirilgan harajatlarning hisobi
- Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar.
Favqulotdagi harajatlar deganda yuz berishi doimiy harakterga ega bo‘lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan ko‘rilgan zararlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi. Korxona harajatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: • harajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; • korxona harajatlarini to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish; • korxona harajatlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish ; • korxona harajatlari bo‘yicha hisobotlar ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash; • kelgusi davr va muddati uzaytirilgan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida sotish tannarxi , davr harajatlari va moliviy faoliyatga doir harajatlarga kiritish; • tugallanmagan ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan harajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olish , ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (inventarizatsiya qilish) va sotish tannarxiga to‘g‘ri kiritilishini ta’minlash; • sotish tannarxini, davr harajatlarini oshib ketishiga sabab bo‘luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday chiqimlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’sul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish; • mavjud zaxiralar va vositalaridan unumli foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish; • harajatlarni soliq solish bazasi ob’ekti sifatida to‘g‘ri shakllantirish; • harajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schyotlarda aks ettirish; • harajatlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar 11.2.Sotish tannarxining hisobi 21-son BHMS ga muvofiq sotish tannarxining hisobi sotish turlariga qarab quyidagi schyotlarda olib boriladi: 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2800 “Tayyor mahsulotlar hisobi schyotlari” kreditlanadi. Yil oxirida 9110- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning uzliksiz hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan ulgurji savdo korxonalarida, keng qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida sotilgan tovarlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2900 “Tovarlar hisobi schyotlari” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida 9120- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 9130 “Bajarilgan ishlar va xizmatlarning tannarxi” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan qurilish tashkilotlarida, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda, shuningdek turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida buyurmachilarga topshirilgan bajarilgan ish va xizmatlarning PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 189 tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 2710 “ Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar” schyotlari kreditlanadi. Yil oxirida 9130- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida ta’minotchilardan olingan tovarlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 6010 “Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida 9140- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi. Davriy hisob usulida ishlayotgan korxonalarda sotilgan tovarlar tannarxini topish uchun davr oxirida inventarizatsiya o‘tqaziladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan TMB larning haqiqiy holati ularning davr boshidagi holati bilan taqqoslanadi, natijada TMB lar holatidagi o‘zgarish summasi (kamayish yoki ko‘payish) aniqlanadi. Aniqlangan farq summasi schyot bo‘yicha tuzatish summasini bildiradi. Agar tuzatish kamayish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, o‘rtadagi farq 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetiga, agar tuzatish ko‘payish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq ushbu schyotning kreditiga yoziladi. Bunda TMB lar schyotlari (1000,1100,2000,2800,2900) mos ravishda kreditlanadi (kamayganda) va debetlanadi (ko‘payganda). Yil oxirida 9150- schyotda to‘plangan summa mos ravishda 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga (ko‘payganda) yoki kreditiga (kamayganda) yopiladi. 11.3.Davr harajatlarining hisobi 21-son BHMS ga muvofiq davr harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: • 9410 “Sotish harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotishga doir harajatlar (reklama harajatlari, sotish bilan bog‘liq xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, transortirovka va boshqa shu kabi sotish bilan bog‘liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Sotish harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9410- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9420 “Ma’muriy-boshqaruv harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida boshqaruvga doir harajatlar ( ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, safar harajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 190 ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Ma’muriy –boshqaruv harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (0200,0500,1000,5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9420- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9430 “Boshqa operatsion harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotish va boshqaruvdan tashqari umum faoliyatga doir davr harajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk, ekolgiya, yer, suv va boshqa davr harajatlariga olib boriladigan soliqlar, pesiya fondiga va yo‘l fondiga majburiy ajratmalar , mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Boshqa operatsion harajatlar» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010, 6400,6710,6520,6990,9210,9220 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9430- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonani kelgusi faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» nomli 2- ilovasida to‘lig‘icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010,6010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9440- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 “ Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari” schyotida belgilangan muddat ichida aks ettirilib boriladi. 11.4.Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarning hisobi 21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning moliyaviy faoliyatga doir harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: • 9610 “Foiz ko‘rinishidagi harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 191 harajatlar, shuningdek uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9610- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9620 “Valyuta kurs farqlaridan ko‘rilgan zararlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida balansning valyuta moddalarini ifodalovchi schyotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqlardan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (4010,4310,5020,5210,5220,6010,6310 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9620- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,5110,5010, 6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9630- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonaning moliyaviy faoliyatga doir boshqa harajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa harajatlar aks ettiriladi Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (0600,5800,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9690- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 11.5.Favqulotdagi zararlarning hisobi 21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida hisobga olinadi. Bunda favqulotdagi xodisalardan ko‘rilgan zararlarni ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 9720- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 11.6.Kelgusi davr harajatlarining hisobi 21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning kelgusi davr harajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: • 3110 “Oldindan to‘langan ijara haqlari”- ushbu aktiv, doimiy schyotning debetida hisobot davrida kelgusi davrlar uchun oldindan to‘lab qo‘yilgan ijara haqlari aks ettiriladi. Bunda to‘lov shakliga ko‘ra 5010,5020,5110,5210,5220 schyotlar kreditlanadi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 192 3110- schyotning debetida aks ettirilgan va to‘plangan ijara haqi summasi hisobot davri oylarida bir maromda ushbu schyotning kreditiga va korxonaning harajatlari schyotlarining (0800,2010,2310,2510,9410,9420) debetiga yoziladi. Ushbu schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan ijara to‘lovi summasini bildiradi. • 3120 “Oldindan to‘langan xizmatlar haqi”- ushbu aktiv, doimiy schyotning debetida yil maboynida oldindan to‘lovi o‘tqazib qo‘yilgan xizmatlar haqi, masalan, obuna haqlari, sug‘urta haqi va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda to‘lov shakliga ko‘ra 5010,5020,5110,5210,5220 schyotlar kreditlanadi. 3120- schyotning debetida aks ettirilgan va to‘plangan xizmat haqi summasi hisobot davri oylarida bir maromda ushbu schyotning kreditiga va korxonaning harajatlari schyotlarining (0800,2010,2310,2510,9410,9420) debetiga yoziladi. Ushbu schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan xizmat haqi to‘lovlari summasini bildiradi. • 3190 “Boshqa oldindan to‘langan harajatlar” - ushbu aktiv, doimiy schyotning debetida hisobot davrida kelgusida bajariladigan va yakunlanadigan ishlar va xizmatlar uchun sarflangan harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,2800,5010, 5110,5120,5210,5220,6010, 6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Kelgusida bajarilishi ko‘zda tutilgan ish, xizmatlar uchun qilingan oldindan to‘lovlar hisobot davriga kelib harajat yoki aktiv sifatida tan olinishi mumkin. Aktiv sifatida tan olingan oldindan to‘lovlar 0400 “Nomoddiy aktivlar hisobi schyotlari”, 2800 “tayyor mahsulotlar hisobi schyotlari” va boshqa aktivlarni aks ettiruvchi schyotlarning debetiga va 3190 –schyotning kreditiga yoziladi. Aktiv sifatida tan olinmagan oldindan to‘lovlar hisobot davri harajatlariga (0800,2010,2310,2510,9410,9420) olib boriladi. Ushbu schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan to‘lovlar summasini bildiradi. Kelgusi davr harajatlarining analitik hisobi har bir schyotda harajat moddalari va harajat ob’ektlari (yo‘nalishlari) bo‘yicha olib boriladi. 11.7.Muddati uzaytirilgan harajatlarning hisobi 21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning muddati uzaytirilgan harajatlari asosan uchta turga ajratiladi: • Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlar vaqtinchalik farqlar evaziga hisobot davrida qo‘shimcha hisoblanadigan daromad(foyda) solig‘ini oldindan hisoblash natijasida yuzaga keladi. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i bir necha yillar uchun yoki kelgusi yil uchun oldindan hisoblanishi mumkin. Bunday soliq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i deb ataladi. Oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i hisobot davrida korxonaning byudjet oldidagi qarzini oshishiga olib keladi. Bir yildan ko‘p muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga va 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining kreditiga yoziladi. Bir yilgacha muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga va 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining kreditiga yoziladi. Har yilning PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 193 oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘ining kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0950- schyotdan 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga o‘tqaziladi. Muddati uzaytirilgan daromad (foyda ) solig‘i summasi to‘lov muddati yetib kelgan davrda byudjet oldidagi qarzlarni kamaytirishga olib boriladi. Bunday kamaytirish 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining debetiga va 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining kreditiga yoziladi. 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debet qoldiq summasi kelgusi yil boshiga byudjet oldidagi qarzni kechiktirilgan daromad (foyda ) solig‘i bo‘yicha kamaytirilishi kerak bo‘lgan summasini ko‘rsatadi. • Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Bunday harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan harajatlar” va 3220 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha kechiktirilgan harajatlar” schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 “Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” va 6830 “Qisqa muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” schyotlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schyotdan 3220- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular bo‘yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan hisobot yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya’ni 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar” schyotiga , o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi qoldig‘i kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan harajatlarning summasini ifodalaydi. • Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlarga yuqoridagi gupuhlarga kirmay qolgan muddati kechiktirilgan harajatlar, masalan mavsumiy ishlaydigan korxonalarda mavsum oldidan bajarilgan ishlarga sarflangan tayyorgarlikga sarflangan harajatlar, kiradi. Ushbu turdagi harajatlarning bir yildan ortiq muddatga tegishli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli uzaytirilgan harajatlar” va bir yilgacha muddatga tegishli qismi 3290 “ Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar” schyotlarida hisobga olinadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan harajatlarning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0990- schyotdan 3290- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Isobdan chiqarish davri kelgach 3290- schyotda aks ettirilgan muddati uzaytirilgan harajatlar joriy yilning harajatlarini aks ettiruvchi schyotlarga (2010,2310,2510,9410,9420 va boshqalar) olib boriladi. 0990 va 3290- schyotlarning debet qoldig‘i kelgusida korxonaning joriy harajatlariga olib boriladigan muddati uzaytirilgan harajatlarining summasini ko‘rsatadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling