K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va
Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish xususiyatlari
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi va audit
13.7.Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning mohiyati, tarkibi va tuzish tartibi 8-son BHMS “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” bilan tartibga solingan. Ushbu BHMS ga muvofiq konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot deganda bitta guruhga birlashgan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan guruhning hisobot sanasiga moliyaviy holatini va hisobot davri uchun moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi tushuniladi. Guruh – bu bosh korxona va uning barcha sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining birgalikda olingan tizimi . Bosh korxona – bu bitta yoki undan ko‘p sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan va ular faoliyatini nazorat qiladigan korxona. Sho‘’ba xo‘jalik jamiyati – bu bosh korxona tomonidan nazorat qilinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 228 Nazorat – bu manfaat ko‘rish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy va xo‘jalik siyosatini belgilab berish huquqi. Alohida moliyaviy hisobot– bu guruhni har bir a’zosining mustaqil moliyaviy hisoboti. Guruh a’zolarining hissasi – bu bosh korxonaga tegishli bo‘lmagan, guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida uning a’zolarini alohida hissasi sifatida ko‘rsatiladigan daromad (zarar) va aktivlarning summasi. O‘zbekiston Respublikasining harakatdagi qonunlariga muvofiq konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: • Bosh korxona va uning har bir sho‘’ba xo‘jalik jamiyati alohida yuridik shaxs sifatida faoliyat yurituvchi va soliq to‘lovchi hisoblanadi. • Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisoboti faqat guruh rahbariyati uchun strategik boshqaruv, erishilgan sof moliyaviy natijalarni birlashtirish va guruh a’zolari o‘rtasida ularning hissasiga qarab taqsimlash maqsadida tuziladi. • Guruhga tegishli bo‘lmagan mulk konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotda guruh a’zolarining hissasi sifatida aks ettiriladi. • Sho‘’ba korxonalarning ustav kapitaliga kiritilgan bosh korxonaning ta’sis badali guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida moliyaviy investitsiya sifatida qaralmaydi. • Bosh korxonaga va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan mol- mulk, debitorlik va kreditorlik qarzlar (ichki hisob-kitoblardan tashqari), kelgusi davr harajatlari, tashkil etilgan kapital (fondlar), chetdan olingan maqsadli tushumlar guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida satrma-satr arifmetik yo‘l bilan jamlangan holda ko‘rsatiladi. • O‘zaro xo‘jalik munosabatlar evaziga erishilgan daromad va harajatlar, foyda va zararlar, hisoblangan dividendlar bosh korxona va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining hisobotlarida to‘lig‘icha ko‘rsatiladi, lekinda guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida bu ko‘rsatkichlar chegirib tashlanadi. • Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotini tuzish uchun unda bosh kitob yuritilmaydi, shuningdek unga buxgalterlik yozuvlari qilinmaydi. • Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotini tuzish faqat jamlama hisobot shakllarini va analitik jadvallarni to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisoboti o‘z ichiga konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi, konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot va moliyaviy hisobotning boshqa konsolidatsiyalashtirilgan shakllarini oladi. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibini konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi va konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot bo‘yicha quyidagi misollar asosida ko‘rib chiqaylik. Misol: Bosh korxona hisoblangan “Samarqand” AJ o‘z qaromog‘ida “Tong” va “Sharq” sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega. Bosh korxonaning “Tong” sho‘’ba korxonasi ustav kapitalidagi hissasi -100%, “Sharq” sho‘’ba xo‘jalik jamiyati ustav kapitalidagi hissasi –80% . Guruhga kirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 200_ yil 1 yanvarga buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotlari quyidagicha: PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 229 Buxgalteriya balansi (ming so‘m hisobida) Ko‘rsatkichlar “Samarqand” “Tong” “Sharq” Asosiy vositalar 150000 25000 30000 Moliyaviy investitsiyalar 70000 Tovar-moddiy boyliklar 120000 20000 25000 Pul mablag‘lari 5000 2000 3000 Debitorlik qarzlar 2400 1200 800 Jami aktiv 347400 48200 58800 Ustav kapitali 250000 30000 40000 Taqsimlanmagan foyda 47400 10000 11000 Majburiyatlar 50000 8200 7800 Jami passiv 347400 48200 58800 Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Samarqand” AJ ning debitorlik qarzlari tarkibida “Tong” sho‘’ba korxonasining qarzi - 200 ming so‘m, “Sharq” sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining qarzi 300 ming so‘m. “Tong” sho‘’ba korxonasining kreditorlik qarzlari tarkibida “Sharq” sho‘’ba korxonasining hissasi -100 ming so‘m. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (ming so‘m hisobida) Ko‘rsatkichlar “Samarqand” “Tong” “Sharq” Sof tushum 125000 24000 27500 Sotish tannarxi 100000 17200 18500 Sotishdan olingan foyda 25000 6800 9000 Boshqa daromadlar 4000 1100 1400 Boshqa harajatlar 12500 5000 6250 Soliq to‘lovlari 12500 2400 2750 Sof foyda 4000 500 1400 Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Samarqand” AJ ning sof tushumidan 3500 ming so‘mi “Tong” sho‘’ba korxonasiga, Sharq” sho‘’ba jamiyatining 3700 ming so‘mlik sof tushumi “Samarqand” AJ ga to‘g‘ri keladi. Sho‘’ba korxonalarining boshqa harajatlari (mos ravishda 500 ming so‘m va 600 ming so‘m) ularni “Samarqand” AJ dan olgan vaqtinchalik moliyaviy yordamiga to‘langan foizlarni tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlar bo‘yicha guruhning konsolidatsiyalashtirilgan balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini quyidagi ishchi jadvallar ko‘rinishida tuzib chiqamiz. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 230 Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi (ming so‘m hisobida) Ko‘rsatkichlar “Samar- qand” AJ “Tong” “Sharq” Tuzatish yozuvi Debet Kredit Konsolida- siyalashti- rilgan Balans Asosiy vositalar 150000 25000 30000 205000 Moliyaviy investitsiyalar 70000 1)70000 Tovar-moddiy boyliklar 120000 20000 25000 165000 Pul mablag‘lari 5000 2000 3000 10000 Debitorlik qarzlar 2400 1200 800 3) 100 2)200 4300 Jami aktivlar 347400 48200 58800 384300 Ustav kapitali 250000 30000 40000 1)70000 250000 Taqsimlanmagan foyda 47400 10000 11000 4)2200 66200 Majburiyatlar 50000 8200 7800 2)200 3)100 65900 Guruh a’zolarining hissasi 4)2200 2200 Jami passivlar 347400 48200 58800 72500 72500 384300 Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan tuzilgan konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansiga izohlar: 1).Bosh korxona tomonidan sho‘’ba korxonalarga kiritilgan 70000 ming so‘mlik (40000 +30000) moliyaviy investitsiyalar guruhga kiruvchi bosh korxonada moliyaviy investitsiyalar tarkibidan, sho‘’ba korxonalarda esa ustav kapitali tarkibidan chegirib tashlandi. 2)Bosh korxonaning “Sharq” sho‘’ba korxonasi bo‘yicha 200 ming so‘mlik debitorlik qarzi guruhga kiruvchi bosh korxonada debitorlik qarzlar tarkibidan, sho‘’ba korxonalarda esa majburiyatlard tarkibidan chegirib tashlandi. 3)Sho‘’ba korxonalarning o‘zaro 100 ming so‘mlik debitorlik va kreditorlik qarzlari guruh ning debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibidan chegirib tashlandi. 4)”Sharq” sho‘’ba korxonasining 11000 ming so‘mlik taqsimlanmagan foydasining 8800 ming so‘mi (11000 x 80%) guruhga kiruvchi bosh korxonada taqsimlanmagan foyda tarkibiga kiritildi, qolgan 2200 ming so‘mi (11000 x20% ) guruhning unga kirmaydigan boshqa korxonalarning hissasi bo‘yicha kreditorlik qarzi sifatida ko‘rsatildi. Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (ming so‘m hisobida) Ko‘rsatkichlar “Samar- qand” AJ “Tong” “Sharq ” Tuzatish yozuvi Debet Kredit Konsolidatsiyal ashtirilgan Balans Sof tushum 125000 24000 27500 1)3500 2)3700 169300 Sotish tannarxi 100000 17200 18500 1)3500 2)3700 128500 Boshqa daromadlar 4000 1100 1400 3)1100 5400 Boshqa harajatlar 12500 5000 6250 3)1100 22650 Soliq to‘lovlari 12500 2400 2750 17650 Sof foyda 4000 500 1400 5900 PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 231 Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan tuzilgan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotga izohlar: 1).Bosh korxona tomonidan “Tong” sho‘’ba korxonasiga 3500 ming so‘mga sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib tashlandi. 2)“Sharq” sho‘’ba korxonasi tomonidan bosh korxonaga 3700 ming so‘mlik sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib tashlandi. 3)Sho‘’ba korxonalarning bosh korxonadan olgan vaqtinchalik moliyaviy yordam uchun to‘lagan 1100 ming so‘mlik (600 +500) foizlari guruhga kiruvchi bosh korxonaning daromadlaridan va uning sho‘’ba korxonalarining harajatlaridan chegirib tashlandi. Guruhni tashkil qiluvchi bosh korxona va uning sho‘’ba korxonalarida moliyaviy hisobotning boshqa shakllari ham konsolidatsiyalashtiriladi. Konsolidatsiyalashtirilgan pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi quyidagilar pul oqimlari chegirib tashlanadi: • Ichki tovar operatsiyalari bo‘yicha olingan va to‘langan pul mablag‘lari; • Olingan va berilgan qarz summalari; • Olingan va to‘langan foiz summalari; • Olingan va to‘langan ta’sis badallari • Boshqa turli operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘larining ichki almashuvlari Konsolidatsiyalashtirilgan asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi asosiy vositalarning ichki almashuvlarining summalari chegirib tashlanadi. Konsolidatsiyalashtirilgan xususiy kapitali to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining jami ustav kapitalidan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining ustav kapitali summasi chegirib tashlanadi, taqsimlanmagan foyda esa faqat guruhga kiruvchilarga taalluqli bo‘lgan miqdorida ko‘rsatiladi. 13.8.Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz bergan kutilmagan holatlar va hodisalar Ma’lumki, moliyaviy hisobotlarni tuzish hisobot yili tugashi bilan kelgusi yilning 1 sanasidan boshlab hisobotni tashqi foydalanuvchilarga, eng avvalom bor, soliq idorasiga, topshirish kunigacha (keyingi yilning 15 fevraligacha, qo‘shma korxonalar uchun –15 martgacha, Vazirliklar uchun –1 aprelgacha) amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotni soliq idorasi tomonidan qabul qilib olingan sana moliyaviy hisobotning barcha nusxalarida maxsus tamg‘a ichida ko‘rsatiladi va hisobotni qabul qilib olgan soliq idorasi xodimi tomonidan imzolanadi. Ushbu sanadan boshlab moliyaviy hisobot rasmiy e’lon qilingan deb hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan boshlab uni rasmiy e’lon qilish sanasigacha korxonalar xo‘jalik faoliyatida ko‘zda tutilmagan holatlar va hodisalar yuz berishi PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 232 mumkin. Bunday holatlar va hodisalarni tasniflash, baholash, ularni tuzilgan moliyaviy hisobotga kiritish yoki kiritmaslik tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 578-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan 16-son BHMS «Kutilmagan holatlar va buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan xodisalar» bilan reglamentlashtirilgan. Ushbu BHMS ga muvofiq kutilmagan holatlar deganda oxirgi natijalari (foyda yoki zarari) kelgusida noaniq xodisani (xodisalarni) haqiqatda yuz berishiga qarab tasdig‘ini oladigan vaziyatlar va holatlar tushuniladi. Buxgalteriya balansini tuzish davomida aniqlangan bunday holatlar, odatda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga foyda keltirishi yoki zarar olib kelishi mumkin. Misol uchun, hisobot tuzish vaqtida korxonaning u yoki bu debitori bo‘lgan tashkilotni bankrotga uchraganligi to‘g‘risida ma’lumotni olinishi yoki kreditor tashkilot bilan sudlashish jarayonining davom etayotganligi va undan kutilayotgan natijani taxminan ma’lum bo‘lishi, korxonada balans tuzish sanasidan uni e’lon qilish sanasigacha yuz bergan tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar, yong‘in, toshqin va shu kabi favqulotdagi hodisalarning oqibatlari, shu davrda korxonaning mulkiy holatiga ta’sir etadigan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi doir operatsiyalarni yuz berishi, qimmatli qog‘ozlarni qayta baholanishi hisobot yili uchun tuzilayotgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham kutilmagan holatlarning natijalari kelgusida aniq bo‘lsada, lekinda muhimliligiga qarab ular hali e’lon qilinmagan moliyaviy hisobotga kiritilishi yoki unga ilova qilinadigan tushuntirish xatida o‘z aksini topishi lozim. Kutilmagan holatlar va xodisalar 16-son BHMS ga muvofiq (p.5) ikkita guruhga bo‘linadi: • Kelgusida yuz beradigan va buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo‘lgan hodisalar -ushbu hodisalarning natijalari (foyda yoki zararlar) moliyaviy hisobotda hisoblash tamoyiliga muvofiq ularni yuz berish ehtimoli, summasini aniq topish imkonini borligiga qarab aks ettiriladi. Jumladan, zararlar hisoblash tamoyili va yuqorida keltirilgan yuz berish ehtimoli va zarar summasini real aniqlash imkoniyatlari mezonlariga ko‘ra hisobotda quyidagi tartibda aks ettiriladi: Kutilmagan holatni yuz berish ehtimoli Kutilmagan holat bo‘yicha summa aniq Kutilmagan holat bo‘yicha summa aniq emas Ehtimoli bor Zarar va majburiyatlar hisoblanadi va moliyaviy hisobotga kiritiladi Zarar va majburiyatlar hisoblanmaydi, moliyaviy hisobotga kiritilmaydi, lekinda tushuntirish xatida sabablari va kutilayotgan oqibatlari ochib beriladi Ehtimoli yo‘q Hisoblash ham, ochib berish ham talab qilinmaydi Moliyaviy hisobotni tuzish davrida mavjud bo‘lgan kutilmagan holatlar bo‘yicha foyda moliyaviy hisobotda quyidagi tartibda aks ettiriladi: Kutilmagan holatni yuz berish ehtimoli Kutilmagan holat bo‘yicha summa aniq Kutilmagan holat bo‘yicha summa aniq emas Ehtimoli bor Foyda hisoblanmaydi, Hisoblash ham, ochib PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 233 tushuntirish xatida vujudga kelish ehtimolini borligi ko‘rsatiladi berish ham talab qilinmaydi Ehtimoli yo‘q Hisoblash ham, ochib berish ham talab qilinmaydi • Kelgusida yuz beradigan va buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo‘lmagan hodisalar – ushbu hodisalar va ulardan kutilayotgan natijalar (foyda yoki zararlar) moliyaviy hisobotga va unga ilova qilinadigan tushuntirish xatiga umuman aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun ular hisobotda va unga ilova qilingan tushuntirish xatida umuman aks ettirilmaydi. Moliyaviy hisobotda uni rasmiy e’lon qilgan sanadan keyin aniqlangan va o‘tgan hisobot davriga taalluqli bo‘lgan, lekinda moliyaviy hisobotda aks ettirilmayin qolingan hodisalar kutilmagan holatlar va hodisalar hisoblanmaydi. Bunga misol qilib, qaysi bir schyot-faktura summasini daromadga olinmaganligi, harajatlarni noto‘g‘ri hisoblanganligi va bularning natijasida moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini aytish mumkin. Soliq Kodeksiga muvofiq soliq tekshiruviga qadar korxonaning o‘zi tomonidan o‘tgan hisobot yillar bo‘yicha topilgan xatolarni tuzatilishi va soliq idorasiga qayta hisob-kitoblarni topshirilishi moliyaviy jazolarga (penya hisoblashdan tashqari) tortilmaydi.O‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni korxonalar nafaqat o‘zlarining kuchlari bilan, balkim mustaqil auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish va auditorlik tekshiruvini o‘tqazish orqali ham amalga oshirishlari mumkin. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri a) Balans analitik hisob ma’lumotlari asosida tuziladi b) Balans bosh kitob ma’lumotlari asosida tuziladi v) Balans daromad va harajatlarni aniqlash uchun tuziladi g) Balans moliyaviy hisobotning boshqa shakllari asosida tuziladi 2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri a) Sof tushum balansda ko‘rsatiladi b) Sof tushum pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi v) Sof tushum moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisotda ko‘rsatiladi g) Sof tushum xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi 3.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot a) Balansdan tashqari schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi b) Tranzit schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi v) Doimiy schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi g) Barcha schyotlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 234 4.Quyidagilarni qaysi biri xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi? a) Debitorlarning voz kechilgan qarzlari b) Xodimlarning voz kechilgan qarzlari v) Bepul berishdan ko‘rilgan zararlar g) Aksiyalar soni 5. Valyuta kurslaridagi salbiy farqlar a) Balansda aks ettiriladi b) Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi v) Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi g) Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi 6. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni a) Sho‘’ba korxona tuzadi b) Bosh korxona o‘zi uchun tuzadi v) Guruh uchun bosh korxona tuzadi g) Vazirlik tuzadi 7. Debitorlik qarzni oshishi a) Pul kirimini ko‘paytiradi b) Pul kirimini kamaytiradi v) Pul chiqimini kamaytiradi g) Pul oqimiga ta’sir o‘tqazmaydi 8. Amortizatsiya harajatlari a) Pullik to‘lovlarni oshiradi b) Pullik to‘lovlarni kamaytiradi v) Pul oqimiga ta’sir etmaydi g) Pul kirimini oshiradi 9. Moliyaviy hisobotga kiritiladi a) Hisobot yilidan keyingi 10 yanvarda yuz bergan yong‘indan ko‘rilgan zarar b) 10 yanvarda oldingi yil dekabr oyi uchun olingan suv to‘lovi schyoti v) 10 yanvarda qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashda hisoblangan foyda g) 10 yanvarda sud ajrimi uchun hisoblangan to‘lov Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling