K. D. Ushinskiy maktab o`quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Ona tili boshqa fanlarni o`qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham
Download 16.95 Kb.
|
mustaqil ish 5 metodika (1)
Mavzu: UMUMIY O'RTA TA’LIM MAKTABLARINING 10- SINF “ONA TILI”DARSLIKLARINING TUZILISHI VA MAZMUNI Ona tili o`quv predmeti sifatida shu bilan xarakterlanadiki, uning o`rganadigan sohasi tilning o`zidir. Ona tili, ayniqsa , uning yozma shakli butun madaniyatimizning boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazib beruvchi yagona xazinadir. Bu bilan u tarixni, avlodlarni bir-biriga bog`laydi. O`quvchilar boshqa fanlarni puxta o`zlashtirish uchun, avvalo, ona tilini yaxshi bilishlari, yuqori nutq malakasini egallashi zarur. K.D.Ushinskiy maktab o`quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Ona tili boshqa fanlarni o`qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o`rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida o`rin tutadi. 10-sinf ona tili darsligida nutqiy mavzular, lingvistik mavzularga bo'linib "Tilim boyligim", "Ruhiy tarbiya" va boshqa matnlar orqali tushuntirilgan.Bunda o'quvchini ham fikrlashga, ham nutqiy savodxonligini oshirishga katta e'tibor berilgan.Bundan tashqari matnlar orqali fan va texnologiyalar,ta'lim sohalaridagi yangi bilimlarni o'rganishiga alohida e'tibor qaratilgan. Darslikda matn turlari,nutq uslublari,so'zlarning ma'noviy turlari,eskirgan so'zlar,bosh harflar imlosi,olmoshlarning qo'llanishi, undosh tovushlar talaffuzi va imlosi,nutq sofligini buzuvchi birliklar ,mavzu va epigraflar to'g'risida keng ma'lumotlar berilgan. Ona tili fanining yana bir xususiyatlaridan biri tarbiyalashdir.Buni darslikdan ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham ona tili fani ma’naviy-ma’rifiy tizimda eng yetakchi omillardan biridir. O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda grammatik ta’rif va qoidalar uchun tanlanadigan misollar, topshiriqlarning ahamiyati kattadir. O`quvchilarni ona tili darslarida mustaqil ijodiy fikrlashga o`rgatish, ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil qilish, milliy g`urur va baynalminal Ona tili fanining yana bir xususiyatlaridan biri tarbiyalashdir. Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechib, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg`ulotlarni o`quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olingan. Har bir ona tili darsi u yoki bu jihatdan o`quvchini tarbiyalaydi (tartibintizomga o`rgatadi, diqqatini oshiradi, bilimlarini boyitadi, madaniyatli muloqotni o`rgatadi va hokazo). Shunday qilib, ona tili fani o`quvchilarning aqliy, axloqiy va estetik taraqqiyotida juda katta rol o`ynashi bilan maktab ta’limida yetakchi o`rin tutadi. Barkamol inson bosiqligi, vazminligi, bag'rikengligi, kamtarligi,odamoxunligi, umuminsoniylik ruhining kuchliligi, serfarzandligi, keksa va yoshlarga mehr-shavqatliligi kabilar bilan xarakterlanadi. Bular sirasiga kishining boshqa e'tiqoddagi yoki dindagi insonlarga nisbatan hurmati, tabiatni sevish, butun jonli tabiatga muhabbat bilan qarash kabi fazilatlarni ham kiritish mumkin. Ana shu jihatlarning barchasi ta’lim jarayonida tarkib topadi. Download 16.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling