K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Ta’lim ishlarining o ‘ziga xosligi va afzaUiklari
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Ushbu mavzu 1992-yil « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etilgan T. Sot- likovning «Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlari (qishloq
Ta’lim ishlarining o ‘ziga xosligi va afzaUiklari. Intemat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘qituv ishlari umumiy ta’lim maktablaridagi kabi tashkil qilinsa-da, ularning o‘ziga xos xusu- siyatlari bor. Awal aytganimizdek, barcha fanlardan o‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun berilgan vazifalarning asosiy qismi tarbiyachi-pedagog rahbarligida maktabda bajariladi. Shuningdek, tarbiya soatlarida uyushtirilishi lozim bo‘lgan xarakterli o‘yin, to‘garak mashg‘uloti, kino va diafilm ko‘rish, sayohat va sinfdan tashqari o‘qish kabilar dars materiallarini mustahkamlash maqsa- dida tashkil etiladi. Kuni uzaytirilgan guruhlar va sinflarda o‘quv ishlari samara dorligini oshirish asosan dastur va darsliklaming sifati, maktabning moddiy bazasi, muallimlaming pedagogik mahorati va 0 ‘quvchi- laming kamolot xususiyatlariga bog‘liq. Mustaqil dars tayyorlash samaradorligini oshirish uchun birinchi navbatda maktabning moddiy bazasidan, ya’ni o‘quv kabinetlari, maktab kutubxonasi va mavjud ko‘rgazma qurollari, texnikaviy vositalardan to‘liq foydalanish zarur. Bu esa o‘qish jarayoni yo'nalishini amaliy asosda tubdan yaxshilash imkoniyatini beradi. Mustaqil dars tayyorlashning tashkil etilishi, o‘tkazilishi xarak- teri va davom etish vaqti o‘quvchilaming yoshiga, ulami nazariy materiallami, ommaviy bajarish metodlarini va o‘z-o‘zini, sinf- doshlarini nazorat qilish usullarini qanchalik o‘zlashtirganligiga, ko‘rgazmali o‘quv qurollar bilan qanday ta ’minlanganligiga, shuningdek, o‘quv materiali tuzilishidagi nazariy va amaliy bilimlar nisbatiga bog‘Uq bo‘lib, bulaming hammasi o‘quvchilar mustaqil bajaradigan ta’limiy ishlaming sifati va saviyasini bel gilaydi. Intemat tipidagi va kuni uzaytirilgan sinf hamda guruhlarda mustaqil o‘qish mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmun va tuzilishi jihatdan shu maktabning spetsifik xususiyatini hisobga olishni taqozo etadi. Intemat va kuni uzaytirilgan sinf, guruh sharoitida o‘quvchilaming mustaqil dars tayyorlashi tarbiyalanuvchilar uchun 123 ham, pedagoglar va rahbarlar uchun ham eng murakkab va muhim holatlardan biridir. 0 ‘quvchilarning mustaqil ishlariga tajribali tarbiyachi va o‘qituvchilar rahbarlik qilishlari kerak. Chunki bolalaming erkin dam olish jarayonidagi o‘quv-tarbiya ishlari o‘quvchilaming ijodiy ishlarini, to‘garak ishlarini, ulaming darsdan tashqari vaqtda maktab quchog‘ida o‘tkazadigan jo‘shqin faoliyatlarini qamrab olishi lozim. Intemat tipidagi va kuni uzay tirilgan sinf, guruhlarda o‘quvchilaming bu faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarib borish mustaqil o‘quv ishlarining samaradorligini oshirishda muhim omildir. Bolalaming samarali o‘qishi uchun normal sharoit yaratish, tegishli tartib joriy etish, mustahkam mehnat intizomi o‘rnatish, o‘quvchilami barcha o‘quv asboblari bilan ta’minlash, ulgurmov- chi o‘quvchilarga yordam berish, bolalaming darsda va sinfdan tashqari ishlarda hosil qilgan bihmlarini kengaytirish va boshqa ko‘pgina ishlar ham o‘qituvchining, ham tarbiyachining zim- masidagi vazifadir. Bu vazifalami bir-biridan ajratish, faqat o‘qituvchi yoki tarbiyachi bajarishi lozim deb qarash noto‘g‘ri. Ular inoq bo‘lib, bamaslahat ishlamoqlari darkor. Hamma tarbiyalanuvchilarning bir vaqtda dars tayyorlashi ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi: ba’zi bolalar diqqatni bir joyga to‘plab shug‘ullana olmaydilar, ba’zilari o‘yinga chalg‘iydilar, she’mi yodlay yoki berilgan materialni ovoz chiqarib takrorlay olmaydilar. Mustaqil dars tayyorlash jarayonida bu kabi holatlami hisobga olish kerak. Ha, bilim, ko‘nikma va malakalami bolalarga singdirish oson ish emas, bu — qunt bilan bajariladigan, katta matonat talab qiladigan mehnat. 0 ‘qituvchi va tarbiyachi darslarda, bolalaming mustaqil dars tayyorlashida, sinfdan tashqari ishlarida bolalar oldiga mutlaqo bir xilda talablar qo‘yishlari, birining qo‘ygan talabi ikkinchisiga zid kelmasligi kerak. Rag‘batlantirish va chora ko‘rishlar ham barcha uchun teng bo‘lishi lozim. Hamma ish bitta, umumiy maqsadga o‘quvchilaming darsda o‘tilgan materiallami o‘zlash- tirishlarini yuqori darajaga ko‘tarish ularda mehnat va madaniy xulqning mustahkam malakalarini hosil qilishga bo‘ysundirihshi kerak. Kuni uzaytirilgan gumhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar o‘zining ba’zi xususiyatlariga qaramasdan, odatdagi darslarga 124 o‘xshab ketadi. Har bir mashg‘ulot xuddi dars singari ma’lum shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladi: 1. Mashg‘ulotga pedagog boshchilik qiladi. 2. Ko‘pincha jamoat bo‘lib ishlash qo‘llaniladi. 3. Ma’lum me’yorda bilim beriladi, ko‘nikma va uquvlar mashq qilinadi. 4. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablar kuni uzaytirilgan guruhlarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarga ham joriy etiladi. Biroq, «dars» va «mashg‘ulot» tushunchalarining ma’nosi anglab yetilmas ekan, ulami bunday qiyos qilish yuzaki bo‘ladi. «Mashg‘ulot» o‘quvchilar faoliyatini uyushtirishni o‘z ichiga qamrab oluvchi juda keng jarayon bo‘lib, ular ichiga dars ham kiradi. «Dars» tushunchasi ancha tor. Guruhda mashg'ulotlar dars shaklida olib borilib, tashkiliy mohiyatiga ko‘ra o‘quv jarayonining taqlidi bo‘lib qolmasligi kerak. Chunki hadeb bir xil shaklni qo‘llayverish bolalarni zeriktiradi. Shuning uchun ham dars tuzilishi sharoitga qarab samarali tashkil etish haqida turli fikr- lar va urinishlar mavjud. Ba’zi olim va metodistlar 45 daqiqa darsga 15 daqiqa mustaqil dars tayyorlashni qo‘shib, uni 60 daqiqa davom ettirish lozim, deyishmoqda. Ayrim olimlar esa kunning birinchi yarmida o‘quvchilar 3 soat dars o‘qigach, 4-soatda, ya’ni oxirgi soatda mustaqil dars tayyorlashlari, unga o‘qituvchi boshchilik qilishi, badantarbiya, mehnat, ashula va rasm darslari kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi tomonidan olib borilishi kerak, degan fikmi ilgari surishmoqda. Ayrim ilg‘or maktab tajribalari kuni uzaytirilgan maktab, sinflarda yagona o ‘quv jarayonini tashkil qilish lozimligini ko'rsatmoqda. Masalan: maktab pedagoglari ayrim fanlar bo‘yicha 45 daqiqalik darsni saqlagan holda, ulaming setkadagi haftalik soatlarini mustaqil dars tayyorlashga ketgan vaqt hisobiga ko‘paytirib tashkil qilishni tavsiya qilsa, Yevropa maktab-intemat pedagoglari ko‘pchilik o‘quv fanlaridan mustaqil dars tayyorlashni, 45 daqiqalik darsni saqlagan holda kunning birinchi yarmiga, mehnat va badantarbiya darslarini esa kunning ikkinchi yarmiga ko‘chirishni tavsiya qiladi. Barcha kuni uzaytirilgan maktab, sinf o‘qituvchi, tarbiyachilari esa asosiy fanlar bo'yicha dars va mustaqil dars tayyorlashni birlashtirish va o‘quv jarayonini 35 daqiqalik juft dars shaklida (70 daqiqa), orada 5 daqiqalik tanaffus 125 bilan tashkil qilishni, chizmachilik, ashula, rasm, mehnat va badantarbiya darslarida 45 daqiqalik darsni saqlagan holda kunning birinchi yarmi oxirida, 4-soatlarda o‘tishni tavsiya qiladi. Asosiy o‘quv fanlari bo‘yicha dars va mustaqil dars tayyor- lashni birlashtirish kun tartibi — rejimini to‘g‘ri tashkil qilish va vaqtni unumli o‘tkazishga imkoniyat tug‘diradi hamda sinfdan tashqari o ‘quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha o'tkaziladigan mashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt ajratish imkoniyatini yaratadi. Bu xildagi darslar o‘quvchilarga amaliy ish bilan ko‘proq shug‘ul- lanishga va o‘rganilgan dars bilan bevosita aloqa bog‘lashiga, maktab jamoasi faoliyatini butun kun va hafta davomida unumli tashkil etishga yordam beradi. Darsni 60 daqiqaga qadar cho‘zish ta’lim nuqtayi nazaridan har qancha samarali bo‘lmasin, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini uzoq vaqt partada o‘tirishga majbur qilish, mutaxassislarning fikricha, ularning salomatligiga katta zarar yetkazadi. Shu bois 60 daqiqalik dars o‘tkazish fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Umumiy maktablar tarixiy taraqqiyoti jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarini o‘qitish bo‘yicha katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa- da, boshlang‘ich sinflar faoliyatida hali hal qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. A. N. Konev «Maktab I—III sinf o‘quvchilarining jismoniy, psixologik, yosh va individual xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmaydi. Masalan, I—X sinflarda dars 45 daqiqa davom etadi. Nega? Yetti va o‘n yetti yoshli o‘quvchilaming jismoniy quwati baravarmi? So‘zsiz, yo‘q»', deb juda to‘g‘ri fikmi ilgari suradi. U shu fikri asosida o ‘qituvchi-tarbiyachilar bilan hamkorlikda bir necha boshlang‘ich kuni uzaytirilgan sinflarda 45 daqiqalik dars o‘miga 35 daqiqalik dars tashkil qilib (dars soatlarini ko‘paytirish hisobiga, ya’ni 4 soat o‘miga 6 soat) tajriba o‘tkazdi. Tajriba butun kun mobaynida o‘quvchilar charchamas- ligini, sog‘lom bo‘lishini, shuningdek, o‘zlashtirishda yuqori da- rajaga erishishlarini ko‘rsatdi. Albatta, maktabni bunday turli muddatda davom etadigan rejimga o‘tkazish ancha murakkab bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar olib borishni, eng to‘g‘ri tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. 1 Конев A. H . «Организация учебного процесса I—III классах в усло виях полного дня». 1980. 126 Hozirgi kunda o‘quvchilaming, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil dars tayyorlashlari asosan tarbiyachi lar rahbarligida o‘tkazilishini hisobga olib, ulaming bu faoliyatlari haqida ayrim mulohazalarimizni bayon etamiz: 1. Dars tayyorlashni unumU va to‘g‘ri tashkil etish uchun tar biyachi (yoki dars tayyorlashni o'tkazuvchi kishi) o‘z guruhida- gi o‘quvchilaming bilimini, psixologik xususiyatlarini shu sinf o‘qituvchilari kabi to‘liq bilishi va o‘qituvchi bilan bir xilda pedagogik talab qo‘yishi kerak. Buning uchun tarbiyachi o‘qishning birinchi kunlaridayoq o‘qituvchilaming darslariga, mashg‘ulotlariga qatnashishi, ulaming ish metodlari, rag‘batlantirish usullari, dars davomida olib boradigan tarbiyaviy ishlari, sinf va uy vazifalarining hajmini diqqat bilan o‘rganishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchilar ham tarbiyachi olib boradigan mashg‘ulotlarga qatnashib, tegishli maslahat va yordam berib turishlari kerak. Bu xildagi aloqa va hamkorlik natijasida 0 ‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasida o‘quv- chilarga nisbatan bir xil talab vujudga keladi. 2. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dars va darsdan keyingi ta’lim jarayonining samarador bo'lishining eng muhim omilla- ridan yana biri, bu o‘qituvchi bilan tarbiyachining o‘zi ishlaydigan sinf dasturini yaxshi bilishidir. Eng yaxshi o‘qituvchi va tarbiyachi ham dastur mazmunini, uni o‘qitishdan kutilgan maqsadni bilmas ekan, u ta’lim ishini to‘g‘ri tashkil eta olmaydi. Keyingi yillarda boshlang‘ich sinflarda o‘qish yangi reja va dastur asosida olib borilmoqda. Yangi reja va dasturga binoan hamma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qayta tayyorlov kurslarida o‘qitilmoqda. Shunga ko‘ra boshlang‘ich kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ishlaydigan tarbiyachi-pedagoglar ham bu kurslarda o‘qitilishi lozim. Aks holda o‘qituvchi bilan tarbiyachi ishida pedagogik talab bir xil bo‘lmaydi. Shuningdek, dastur talab va maqsadlarini bilmagan tarbiyachi mustaqil dars tayyorlash jarayonini ham muvaffaqiyatli o‘tkaza olmaydi. 3. 0 ‘qituvchi bilan tarbiyachining mustahkam aloqasi ta’lim- tarbiya sifatini hozirgi talablar darajasiga ko‘tarishda, bir sinfda ikkinchi yil qolishning oldini olishda juda katta ahamiyatga ega. Lekin hamma vaqt ham o‘qituvchi bilan tarbiyachi har kuni uchrashish va bir-biriga maslahat hamda yordam berish imko- 127 niyatiga ega bo‘lavermaydi, albatta. Bunday paytlarda har bir o‘qituvchi yoki tarbiyachi o‘z fikrini yozma tarzda bayon qilishi ham mumkin. Bunga Toshkent shahridagi kuni uzaytirilgan maktabning sinf o ‘qituvchilari bilan tarbiyachilari o‘rtasidagi tavsiyamizga ko‘ra tutilgan «Kundalik aloqa» daftari yaxshi misol bo‘la oladi. 0 ‘qituvchi sinfda olib boradigan va o‘quvchilar bilan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarini shu daftarga yozib qoldiradi. Tarbiyachilar ham shu yozuv asosida ishlaydi. Va u ham, o‘z navbatida, qilingan ishlar natijasini hamda o‘z fikrlarini o‘sha daftarga yozadi. 0 ‘qituvchi ertalab maktabga kelganda «Kundalik aloqa» daftari orqali tarbiyachining o‘quvchilar bilan qanday mashg‘ulot o‘tkazganligini, o‘quvchilar intizomi kabilar bilan tanishadi. «Kundalik aloqa» daftari quyidagi bo‘limlardan iborat boiadi: Fan Sana 0 ‘qituvchining topshirig‘i va axboroti Vazifani ishlash muddati Tarbiyachining axboroti Masalan, 2004-yil 2-martda IV sinf o‘qituvchisi tarbiyachiga bunday ma’lumotni yozib qoldirgan: «O'quvchi S. ona tilidan «Sifat» matnini yaxshi tushunmadi va bugungi darsga kecha uyga topshirilgan 166-mashqni to‘la bajarmay keldi. Shu o‘quvchining uy vazifalarini to‘g‘ri va doim puxta tayyorlashiga, ayniqsa, ona tilidan topshirilgan vazifalami bajarishiga alohida e’tibor berishi- ngizni iltimos qilaman». Shuningdek, 1-sinf tarbiyachisi tubandagilarni yozgan: «Ba’ zi bir o‘quvchilar alifboni yaxshi o‘zlashtirmaganliklari sababli bosh harflarni ajrata olmaydilar. Ular bilan harflarni tartibli takrorlash ishida birgalikda shug‘ullansak». Demak, «Kundalik aloqa» daftari orqali ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarini qamrab olish va hamkorlik qilish mumkin. 4. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda vimpellar taqdim etishni joriy qilish ham ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yuqori ko‘tarish vositalaridan biridir. 128 «Sinflararo tozalik uchun», « 0 ‘qishda, intizomda ilg‘or sinflar uchun», «Maktabga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlari uchun» kabi vimpellar o‘quvchilar o'rtasida tozalik, madaniylik, intizom, bilim olishga qiziqish va maktab mulkini ko‘z qorachig'iday saqlash, ehtiyot qilish va jihozlash kabi foydali ishlami yo‘lga qo‘yishda, ulami faol jamoatchi qilib tarbiyalashda katta yordam bermoqda. « 0 ‘qishda, intizomda ilg‘or sinflar uchun» vimpelini topshi- rish bilan har haftada barcha sinflarning o‘qish va intizomdagi muvaffaqiyatlari va kamchiliklari qayd qilinadi. Qaysi sinf o‘quv- chilari shu hafta ichida yomon baho olmagan, maktab tartib- qoidasini buzmagan bo‘lsa, umummaktab o‘quvchilari yig‘ilisida maktab ma’muriyati tomonidan ana shu sinfga tantanali ravishda topshiriladi. Vimpelni shu hafta mobaynida eng ko‘p a’lo baho olgan va intizomda o‘mak o‘quvchi qabul qilib oladi. Kuni uzaytirilgan maktablarda olib boriladigan bunday tadbirlar natijasida o‘quvchilar o‘rtasida bilimni chuqur egallash, mustaqil dars tayyorlash, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarga yordam va yaxshi intizom uchun kurash faqat pedagog-tarbiyachininggina emas, balki о‘quvchilar jamoasining asosiy ishiga aylanadi. 5. Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda o‘quvchilaming kun bo‘yi maktabda bo‘lishi maktab ma’muriyatining ular bilan mustahkam aloqada bo‘lishini talab qiladi. 0 ‘quvchilar o‘rtasida ta’lim-tarbiya ishlarining rolini yanada oshirish maqsadida har kuni sinf yoki guruh navbatchisining maktab direktori yoki ilmiy bo‘lim mudiriga o ‘z sinfi haqida quyidagi chizma asosida ma’lumot berib turishi yaxshi natija beradi. Bosh navbatchining familiyasi, sana Darsga kelmadi, sababi Kechikdi Qaysi darsda kim o‘zini tuta bilmadi «2» baho oldi Bunday axborot maktab ma’muriyatini bolalar hayoti bilan yaqindan tanishtirishga, barcha guruhlardagi har kungi ahvolni bilishga va shu asosda lozim bo‘lgan tadbirlar o'tkazishga, ota- onalar bilan aniq dalillar asosida suhbatlar o‘tkazishga imkon beradi. 0 ‘quvchilaming ongli va mustaqil, har qanday ishning 5 - 1931 129 mazmuniga to‘la tushunib ishlashini uyushtirish tarbiyachidan metodik mahoratni, pedagogik san’atni talab qiladi. Tarbiyachining ham predmet o‘qituvchisi kabi darsga tayyorlanish, shu kuni uyga berilgan topshiriqlami puxta bilishi, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirishi o‘qish sifatini ko‘tarishga imkon beradi, o‘quvchilami esa tizimli, halol va mustaqil ishlashga o'rgatadi. Shuningdek, dars tayyorlash paytida o‘quvchilar vazifani bajarishga qiziqtirilsa, ular diqqati tola jalb qilinsa, intizomning asosi yaratilgan bo‘ladi. 0 ‘quvchilaming dars tayyorlashi, ish unumini oshirish uchun sinf xonasi yetarlicha yoritilgan, havosi toza, partalar o‘quvchilar yoshiga, bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Awal ta’kidlaganimizdek, maktabdagi mashg‘ulotlar va kuni uzaytirilgan guruhlarda uyga berilgan vazifalami bajarish bir butun ta’lim jarayonini tashkil etadi. Uyga berilgan vazifalami to ‘g‘ri va mustaqil ishlashda tarbiyachining o‘quvchilarga yo‘l ko‘rsatishi, ularni tushuntirish katta ahamiyatga ega. Ba’zi tarbiyachilar metodikani yaxshi bilmasligi, o‘quvchilaming dars tayyorlash jarayonini to‘g‘ri tashkil qila olmasligi tufayh bolalami qiynab qo‘yishadi. Yoki, ular dars tayyorlash davomida qiynalgan o‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq- lar ko‘rsatish, ulami mustaqil o‘ylashga o‘rgatish o‘miga topshi riqni o‘zlari ishlab beradilar. 0 ‘quvchilarga bu tarzda «yordam» berish pedagogikaga yot metoddir. Internat tipidagi va kuni uzaytirilgan sinf, gumhlarda ta’- lim-tarbiyani yaxshi yo‘lga qo'ygan va o‘quvchilarga pedago gika talablari asosida yaqindan yordam berib, yaxshi natija- larga erishayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar respublikamiz- da ko‘p. Masalan, Namangan viloyati, Namangan tumanidagi 23-mak- tabda 13 ta kuni uzaytirilgan sinf tashkil qilingan bo‘lib, ular ga 402 o‘quvchi jalb etilgan. Kuni uzaytirilgan I—IV sinflar- dagi o‘quvchilaming 85 % i faqat «4» va «5» baholarga o‘qiydi- lar. Shu faktning o‘ziyoq kuni uzaytirilgan guruhning afzalligi- dan dalolat beradi. 130 KUNI UZAYTIRILGAN SINF VA GURUHLAR ISHIGA PEDAGOGIK RAHBARLIK QILISH Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quvchilar bilan ta’lim- tarbiya ishlarini tashkil etish, ulaming qiziqishlari, qobiliyatlari- ni aniqlash va rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish (turli xil to‘garaklar, qiziqishlari bo‘yicha klublar, sport seksiyalari va boshqalami tashkil etish) ishiga mohirona pedagogik rahbarlik qilingan taqdirdagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Hozirgi maktab ishiga rahbarlik qilish sinf va guruhlar ishini tubdan ijodiy ravishda yangilashni talab etadi. Gap kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardagi hozirgi afzallik- lardan ko‘ra yanada istiqbolli shakllarini o‘ylab topish va ular ishini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirish to‘g‘- risida boradi. Mamlakatimizda har bir maktab yoshidagi bolaning to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishida kuni uzaytirilgan sinf va guruh- larning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bevosita maktab rahbarining mahoratiga, tashkilotchiligiga, kasb-korlik tayyorgarligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bunda pedagoglar jamoasining birligi katta rol o ‘ynaydi. A. S. Makarenko yozganidek, mohir rahbar boshchilik qilayotgan inoq, ahil jamoadagi eng yosh, eng tajribasiz pedagog pedagoglar jamoasi bilan chiqisha olmaydigan har qanday iste’dodli va tajribali pedagogdan ko‘ra ko‘proq ishni bajaradi1. 0 ‘qituvchi va tarbiyachi mehnatining samaradorligini oshirish maktabda unga qulay sharoitlar yaratilib berilishiga: o‘quv xonalari yaxshi jihozlangan va texnika vositalari bilan ta’min- langan boMishiga, o‘qituvchiga metodik adabiyotlar bilan yordam ko‘rsatilishiga, maktab metodika xonasida o‘quv-tarbiya ishiga doir didaktik material va ko‘rgazmali qurollar to‘plangan bo‘lishi- ga, qulay psixologik iqlim, o‘zaro yordam vaziyatining vujudga keltirilishiga ham bog‘liqdir. Uzaytirilgan kun tartibiga o‘tkazilgan sinf va guruhlar uchun moddiy baza oddiy umumta’lim maktabi moddiy bazasidan ancha farq qilishini ham hisobga olish lozim. 1 Ushbu mavzu 1992-yil « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etilgan T. Sot- likovning «Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlari (qishloq maktablari misolida) qo‘llanmasi» va ilg‘or tajribalar asosida tayyorlandi. 131 Shuningdek, faqat maktab pedagoglar jamoasi faoUyati bilan cheklanibgina qolmay, maktab rahbariyati sharoitga qarab baza korxonalari, otaliq tashkilotlari, mahalla madaniyat muassasalari, maktabdan tashqari muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish lozim. 0 ‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar faqat o‘qituvchi va tarbiyachilar, maktab jamoasi kuchi bilangina emas, keng jamoat- chilik imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quv-tarbiya va sog‘lom- lashtirish ishlariga rahbarlik qilish murakkab jarayon bo‘lib, rahbarlardan ijodiy ishlashni talab qiladi. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish jarayonlariga rahbarlik qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak. Birinchi darajali boshqarish: maktab direktori, pedagoglar kengashi, maktab kasaba uyushmasi, yoshlarning «Kamalak» tashkiloti va «Kamolot» YIH, ota-onalar jamoasi, otaUq tashkilot va maktabdan tashqari muassasalar bilan hamkorlik. Ikkinchi darajali boshqarish: ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosarlari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, boshlang‘ich harbiy ta’lim tayyor- garligi rahbari, bosh yetakchi, maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari. Uchinchi darajaU boshqarish: o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rah bari. To‘rtinchi darajali boshqarish: o‘quvchilar, o‘quvchilaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari, maktab umumiy yig‘ilishlari, «Kamolot» YIH yig‘inlari va boshqalar. Maktab rahbari ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilishda va maktab ichki nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda boshqarishning yuqoridagi barcha bo‘g‘inlari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘matib, ular bilan hamkorlikda ishlagandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bugungi kun talabi asosida maktab direktori boshqa- rayotgan va bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, u ta’Um-tarbiyada birinchi shaxs ekanligiga ishonchimiz komil. U o‘quvchilar jamoasining murabbiysidir, pedagoglar jamoasining ustozi, teng huquqli a ’zosi, mohir tashkilotchisidir. Ma’lum pedagogik talablarga va maktabning o‘ziga xos xususiyatlariga javob beradigan, puxta o‘ylangan va Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling