K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘qituvchi mehnatini baholashning taxminiy mezoni
- Tarbiyachi ishini baholash mezoni
- Maktab shifokori mehnatiga baho berishning taxminiy mezoni
- Boshqa xodimlar mehnatiga baho berish mezoni
- Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachilarining faoliyati
132 jamoa fikri asosida tuzilgan rejani ishlab chiqi’sh va uning mu vaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash maktab direktorining eng muhim vazifalaridandir. Maktabning umumiy ishlar rejasi imkoni boricha aniq va qisqa bo‘lmog‘i darkor. Ish rejasida o‘quv-tarbiya ishlarini yaxshilash, maktab ichki nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish asosiy o‘rinni egallamog‘i kerak. Fan asoslarini o ‘qitish jarayonida har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashga, har bir fanni o‘qitish sifatini yaxshilashga, o‘quvchilaming mustaqil bilim olish- lariga, o‘quv rejalari talablariga muvofiq, o‘quvchilami chuqur va mustahkam (bazaviy) bilim bilan qurollantirishga, bolalaming qobiliyatlari, iste’dodlarini hisobga olgan holda chuqur bilim olishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Kuni uzaytirilgan sinflarda har bir darsni takomillashtirish va uning samaradorligini oshi rish uchun o‘qituvchini dars sifati uchun kurashga tayyorlash va tarbiyalash maktab rahbarining bosh vazifasidir. Darsdan keyin o‘quvchilar bilan ohb boriladigan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarga «Kamalak» tashkiloti va «Kamolot» YIH faoliyatiga, o‘quvchilaming o‘z-o‘zini boshqarish organlari ishi ga rahbarlik, o‘quvchilaming bo‘sh vaqtini to‘g‘ri uyushtirish ishlari, bolalar salomatligini mustahkamlash ishlariga alohida e’tibor berilishi lozim. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-foydali mehnati, ularga madaniy axloq malakalarini singdirish ishlari, madaniy-ommaviy to‘garaklar va klub ishlari, texnik va badiiy ijodkorlik ishlarini rivojlantirish, o‘quvchi- larning mustaqil dars tayyorlashlari uchun sharoit yaratish, maktab moddiy bazasidan o ‘quvchilarning istagan vaqtda foydalanish imkoniyatini tug‘dirish kabi masalalar asosiy o‘rin tutishi lozim. 0 ‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan ishlash, ularning fao- liyatini muvofiqlashtirib borish, eng muhimi — o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbarining o'quvini tashkil qilish, ularga malakali metodik yordam berish rahbaming diqqat markazida bo‘lmog‘i kerak. Har bir o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari ishiga baho ber- ganda har bir dars, mashg‘ulotning, sinfdan va maktabdan tashqari ishlaming hamda tarbiyaviy tadbirlaming rolini oshirish masalasi, sinf va guruhlar tarbiyalanuvchilarini o‘qish va mehnatga 133 o‘rgatishda qanday natijalarga erishilayotgani e’tiborda bo‘lishi lozim. 0 ‘quvchilarga bo‘lgan pedagogik talablaming puxta ishlab chiqilganligi va izchillik bilan unga rioya qilinishi, o‘quvchilar, tarbiyachilar, maktab va ota-onalar jamoasi hamkorligida xilma- xil tadbirlami amalga oshirish orqaligina ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Tashkiliy va pedagogik tadbirlar: 1. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar dars o‘tkazadigan va mustaqil dars tayyorlaydigan xonalami jihozlash. 2. Sinf va guruhlarda mustaqil dars tayyorlash uchun zarur ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalami hozirlab qo‘yish. 3. Har bir sinf va guruhda to‘plangan didaktik materiallami hisobga olib borish va tartibga solish, ulardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan nazorat o‘matish. 4. Har bir sinf va guruhda o‘qituvchi va tarbiyachi hamkor ligida mustaqil dars tayyorlash uchun har bir fandan matnlar, variantlar, mashqlar, misol va masalalar, didaktik o‘yinlar tay yorlash. 5. 0 ‘quv yili davomida kamida ikki tarbiyachining mustaqil dars tayyorlash sohasidagi ish tajribasini o‘rganish va omma- lashtirish. 6. Mustaqil dars tayyorlash bo‘yicha ochiq darslar o‘tkazish. 7. Har bir o‘qituvchi va tarbiyachining yil davomida o‘tila- digan mavzularga doir ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi. 8. Tarbiyachi va o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun sharoit yaratish, ular malaka oshirish kurslaridan qaytgach, axborotlarini eshitib borish. 9. 0 ‘qituvchi va tarbiyachilaming o‘z ustida mustaqil ishlash rejalarining bajarib borilishini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish. 10. Metodbirlashma yig‘ilishlarida o‘qituvchi va tarbiyachi laming ilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirish va axborot larini eshitib borish. 11. Har bir sinf va guruh uchun kutubxona tashkil qilib, vaqti- vaqti bilan o‘quvchilar o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ko‘rgaz- masini tashkil qilish. Maktabda pedagogik jarayonni takomillashtirishga, ijodiy ishlashga maktabning barcha o‘qituvchilari va tarbiyachilarining faol jalb qilinishi maktab ichidagi nazoratning to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va pedagogik jamoaning ishiga to‘g‘ri baho berilishiga 134 ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Keyingi yillarda ilg‘or maktablarda o‘qituvchi, tarbiyachi va boshqa faollar ishini baholashning mezonlari ishlab chiqilib, bunga amal qilayotganligi yaxshi natijalar bermoqda. Bog‘ot tumanidagi I. Do‘sov nomli o‘rta maktabda ham maktab kengashi, ota-onalar jamoasi, pedagoglar kengashi hamkorlikda o‘qituvchi, tarbiyachi va boshqa xodimlar- ning ishiga baho berish mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida har bir xodim mehnati baholanib borilmoqda. 0 ‘qituvchi mehnatini baholashning taxminiy mezoni 1. Dars sifati va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha oUb borilayotgan sinfdan tashqari ish natijalari. 2. 0 ‘qituvchi va o‘quvchi hamkorhgining samarasi. 3. 0 ‘qituvchining ijodiy izlanishi va uning samarasi. 4. Mehnat intizomi, ishga vijdonan munosabat. 5. Pedagogik munozaralarda ishtirok etish. 6. 0 ‘quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashda ota-onalar va jamo- atchilik hamkorligining natijalari. 7. 0 ‘quvchilaming o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlariga peda gogik rahbarlik. 8. Xonalami zamonaviy jihozlash va ularning saranjomligi. 9. Jamoat ishlarida qatnashish. 10. Yil davomida uzluksiz ishlash. 11. 0 ‘quvchilar ota-onalarining o'qituvchi haqidagi fikrlari. 12. 0 ‘z-o‘ziga baho berish. Tarbiyachi ishini baholash mezoni 1. 0 ‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlaming natijasi. 2. Tarbiyachi va o‘quvchi hamkorligining samarasi. 3. Mehnat intizomi va ishga vijdonan munosabat. 4. Tarbiyachining ijodiy izlanishi va uning samarasi. 5. Pedagogik munozaralarda ishtirok etish. 6. Tarbiyaviy ishni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilik- ning hamkorligi. 135 7. Tarbiyalanuvchilar qarovsizligining oldini olish bo‘yicha ishlari. 8. 0 ‘quvchilarning o ‘z-o ‘zini boshqarish tashkilotlariga pedagogik rahbarlik. 9. Jamoat ishlarida ishtirok etish. 10. Guruhdagi tejamkorlik. 11. Ko‘rik-tanlovlar yakuni. 12. O'quvchilar kontingentining saqlanishi. 13. Yil davomida uzluksiz ishlash. 14. 0 ‘quvchilar ota-onalarining tarbiyachi ishi haqidagi fikr- lari. 15. 0 ‘z-o‘ziga baho berish. Maktab shifokori mehnatiga baho berishning taxminiy mezoni 1. Birkitilgan uchastkadagi ish sifati. 2. Mehnat intizomiga rioya qilinishi. 3. Jamoat ishlarida ishtirok etishi. 4. 0 ‘quvchilaming sanitariya-gigiyena ishlarida qatnashishi. 5. Davolash sohasidagi ijodiy faolligi. 6. Olz ustida mustaqil ishlashi. Boshqa xodimlar mehnatiga baho berish mezoni 1. Birkitilgan uchastkadagi ish sifati. 2. Ishdagi tashabbuskorlik. 3. Mehnat intizomiga rioya qilinishi. 4. Mehnat qilish madaniyati. Maktabda xodimlar ishiga oshkora ravishda baho berib borish mehnat intizomini mustahkamlashga, jamoadagi o‘quv-tarbiyaviy ishlari uchun mas’uliyatni oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachilarining faoliyati Tarbiyachining vazifasi shu qadar xilma-xilki, hatto ular umumta’lim maktablari qoidasida ham to‘la bayon qilinmagan. 136 Tarbiyachi pedagogika-psixologiyani chuqur egallagan, sanitariya va gigiyenani, shuningdek, «Kamalak» va «Kamolot» YIH bilan ishlash forma va metodlarini hamda tarbiyaning ijtimoiy vazifa larini bilishi shart. Bu maxsus bilimlar tarbiyachiga tarbiya jarayonini ilmiy asosda boshqarish uchun zarurdir. Nazariy tay- yorgarlikdan tashqari tarbiyachi quyidagilami bilishi lozim: a) bola va bolalar jamoasini pedagogik-psixologik jihatdan o‘rganishni; b) jamoani shakllantirish (jamoa modelini loyihalash) va uni vujudga keltirishni; d) bolalar jamoasiga rahbarlik qilish va jamoa faoliyatini to‘g‘ri shakllantira borish; jamoadagi har bir shaxs va butun jamoaning ijtimoiy va jismoniy o‘sish jarayonini tashkil etishni; e) tarbiyalanuvchilar, ulaming ota-onalari hamkasblar bilan munosabat jarayonida pedagogik etika va pedagogik takt normalariga qat’iy rioya qilishni; f) o‘z mehnati natijalarini analiz va sintez qilishni; g) o‘z bilimini, siyosiy-pedagogik va madaniy qarashlarining o‘sishini uzluksiz davom ettirishni. Bu muassasalarda ta’lim-tarbiya masalalarini ijodiy hal etish uchun tarbiyachilaming atroflicha bilimdon, bolalarga chinakam rahnamolik qila oladigan kishilar bo‘lishi talab etiladi. 0 ‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning mu- vafFaqiyati, eng awalo, o‘qituvchi-murabbiyga, uning g‘oyaviy- siyosiy yetukligiga, bilimdonligiga, kasb mahoratiga, metodik san’atiga, bolalami chin dildan sevishiga, ulaming taqdiri uchun davlat va xalq oldidagi ulkan mas’uliyat hissini to ‘la anglab yetishiga bog‘liq. 0 ‘qituvchi, tarbiyachi, sharafli hurmati o‘miga qo‘yiladigan kasblardan hisoblanadi. Zero, inson o‘z mehnati bilan ona tabi- atga sayqal bersa, o‘qituvchi-murabbiy insonning qalbini go‘zal- lashtiradi, tilini burro, fikrini ravon qiladi. «Tarbiyachini, — degan edi atoqli pedagog-mutafakkir V. G. Belinskiy, — bog‘bon bilan taqqoslash qanchalik eski ta’rif bo‘lsa ham, lekin bu juda to‘g‘ridir. Ha, go‘dak bamisoli o‘z uru- g‘idan endigina unib kelayotgan murg‘akkina och yashil niholdir, tarbiyachi esa unib chiqayotgan ana shu nozik niholni parvarish qiladigan bog‘bondir». Tarbiyachi o‘zining kamtarona mehnatini, butun ma’naviy kuchini, mehr-muhabbatini bolalarni tarbiya- 137 lashga sarflaydi. U insonning shakllanishi va mukammal bo‘lib yetishishida dastlabki poydevomi qo‘yadi. Yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish jamiyat taraqqi yoti bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda butun insoniyatning oliy maqsadi — rivojlangan jamiyat qurish uchun umumxalq kurashining tarkibiy qismi bo‘lgan maktabning kundalik ishini о‘sib borayotgan talablar darajasiga ko'tarish, uni tobora takomillashtirishdan iboratdir. Bu masalada o'qituvchi va tarbiyachilaming roli juda kattadir. Maktablarda ta’lim-tarbiya berish metodlari takomillasha borgan sari o‘qituvchi va tarbiyachining roli orta boradi. Yangi tip muassasa tarbiyachilarining faoliyati o‘quvchilarda mustaqil ishlash, topshiriqlarga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish, yoshligidan boshlab o ‘z -o ‘ziga talabchanlikni oshirish kabi ko‘nikmalami hosil qilib borishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Tarbiyachi kelajak quruvchisining m a’naviy qiyofasini shakllantirib boradi. Shuning uchun ham ta’lim tizimini takomil- lashtirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlarimizning hal qiluvchi faktori — yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan tarbiya chilar va maktabning mohir rahbarlaridir. Tarbiyachi ta’lim- tarbiya ishida hamma vaqt asosiy figura bo‘lib keldi va shunday boiib qoladi. Shunday ekan, tarbiyachi ta’lim-tarbiya ishlarini aniq belgilashi, jamiyat oldidagi fuqarolik burchini doimo his qilishi lozim. K. D. Ushinskiy: «Yangi bino qurayotgan arxitektor qanday bino qurmoqchi ekanini sizga ayta olmagan arxitektorga nima deyish kerak bo‘lgan bo‘lsa... o‘zining tarbiyachilik faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsadni aniq va to‘g‘ri tushuna olmagan tarbiyachi haqida ham shunday fikmi aytishingiz mumkin»1, degan edi. Tarbiyachi faqatgina bolalar bilan olib boriladigan ish soati jarayonidagina tarbiyachi bo‘lib qolmay, u doimo, hamma joyda, hamma vaqt pedagog bo‘lib qoladi. Tarbiyachining bolalar tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish uchun ba’zan o‘zining bo‘sh vaqtlarini, ya’ni dam olish daqi- qalarini ham ularning tarbiyasiga sarflashiga to ‘g‘ri keladi. Sustkashlik, loqaydlik, «ish vaqtini shunchaki o‘tkazish bilan 1 Ushinskiy K. D. Asarlar to'plami. 2-t, М., 1948, 63-bet. 138 cheklanish» — iste’dodli tarbiyachi uchun yot narsa. Tarbiyachi- lik mehnati shundayki, u har kuni, har soatda uning oldiga yangi- yangi muammolar qo‘yadi. Bu murakkab vazifalarni muvaffa qiyatli amalga oshirish uchun tarbiyachi tinimsiz, muntazam ravishda ijodiy mehnat bilan shug‘ullanishi lozim. Bolalar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularni o ‘z farzandidek sevish, ardoqlash va ayni chog‘da talabchanlik, sabr- bardosh, matonat tarbiyachiga xos xususiyatdir. Tarbiyachi talabchan bo‘lish bilan birga adolatli bolishi ham lozim. Ba’zida tarbiyalanuvchilar tarbiyachining nohaqligidan norozi bo‘lishib, uning adolatsizligini betiga aytadilar. Afsuski, shunday noshud tarbiyachilar ham uchrab turadiki, ular tarbiyalanuvchilar, qolaversa, butun jamoa oldida o ‘z obro£larini yo‘qotadilar. Tarbiyalanuvchilarning noroziligi — tarbiyachi sha’niga bo‘lgan o‘ziga xos tanqidlar. Tarbiyachi o‘z faoliyatida xatoga yo‘l qo‘ysa, uni vazminlik bilan pedagogik nuqtayi nazardan hal qilmog‘i va o‘z xatosini tuzatmog‘i kerak. Shuningdek, hamkasblari, maktab rahbarlarining tanqidiy mulohazalarini ham vazminlik bilan do‘stona qabul qilishi lozim. Tarbiyachi faoliyatida hamma narsa har doim silliq bo‘laver- maydi, kehshmovchiliklar, ba’zida ziddiyatlar vujudga keladi. Agar tarbiyachining o‘zi shu ish yuzasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, boshqalarning aralashuvisiz, masalani to‘g‘ri hal qilsa, albatta, durust bo‘ladi. Ma’lumki, inson dunyoga tayyor flkr, g‘oya va tushunchalar bilan kelmaydi. Bunday falsafiy va psixologik jarayonlar ijtimoiy hayot mahsuli va natijasi bo‘ladi. Shaxs jamiyatning tarkibiy qismidir. Ijtimoiy sharoitda shaxsni jamiyatdan ajratish mumkin bo‘lmagani singari, shaxsni jamiyatga qarshi ham qo‘yib bo‘l- maydi. Shuning uchun inson kamolotida ta’lim-tarbiya qudratli kuchdir. 0 ‘quvchilarning ma’naviy qobiliyatini ta’minlovchi murabbiyning eng asosiy vazifasi o‘zining ibratli xulqi va xatti- harakati bilan o‘z shogirdlariga yetakchi, rahnamo bo‘lishga erishishdan iboratdir. Aksincha, bolaga behuda do‘q qilish, koyish uning o‘jar bo‘lib o‘sishiga, bilimlami o‘zlashtirmasligiga sabab bo‘ladi. Bolaning tabiati ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab etadi. 139 Buning uchun har bir tarbiyachi jamoa bilan ishlashni va bolalar bilan muomala qilishni yaxshi bilishi kerak. Unda jamoatchilik, faollik, intiluvchanlik kabi xislatlar mujassam bo‘lsa, u ishda yangi yutuqlami qo‘lga kiritib boradi. N. G. Chemishevskiy ta’biri bilan aytganda, tarbiyachi tar- biyalanuvchida qanday sifatlar bo'lishini istasa, o‘sha sifatlarga o‘zi ham ega bo‘lishi kerak. Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtira borish tarbiyachilar zimmasiga tushadi. Bunda tarbiyachilarning bolalarda to ‘g‘ri mantiqni, dunyoqarash asoslarini shakllantirib borishga e’tibor berishlari, yoshlami turmushga, mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash nazarda tutiladi. Kuni uzaytirigan guruh, maktab-internatlarda o ‘quvchilar faoliyatining mazmuni m a’lum bir pedagogik maqsadga qaratilgan bo‘lib, ulaming har tomonlama kamolotga yetishishini ta’minlab boradi. Yangi tipdagi tarbiya muassasalariga rahbarlik qilish — bu son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagan o‘quvchilar jamoasiga shunchaki rahbarlik qilish emas, balki bolalarni jismoniy mehnat va madaniy-ommaviy ishlarga jalb etish, jam oatchilik ishlariga, turli to ‘garak va tanlovlarga qatnashtirish demakdir. Shuningdek, bunday guruhlar o‘quvchi- laming dam olishlari va hordiq chiqarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar: o‘z-o‘ziga xizmat qilish, bolalarni rejim bilan ovqat- lantirish, ulaming har tomonlama bilim olishlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlami to‘la qondirish, kundalik rejimni to‘g‘ri tashkil etish kabi murakkab sohalami ham qamrab oladi. Kuni uzaytirilgan guruhlarga rahbarlik o‘quvchilar jamoasi ishini chegaralab qo‘ymasdan, ularning ko‘proq mustaqil faoliyatiga va intilishiga imkon berishi lozim. Shu jihatdan qaraganda, kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-intematlar- da ishlayotgan tarbiyachilarning faoliyati nihoyatda mas’uliyatlidir. Chunki bolalaming har bir daqiqasini mazmunli va qiziqarli o ‘tkazish uchun tarbiyachining o ‘zi maxsus tayyorlangan b o ‘lmog‘i kerak. Biroq, musiqa, rasm, ashula va mehnat sohasidagi bilimlardan yetarli xabardor bo‘lmagan tarbiyachi o‘quvchilar turmushini mazmunli uyushtira olmaydi. Shuningdek, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar uchun namuna bo‘la oladigan sofdil, bilimdon va insonparvar bo‘lishi kerak. 140 Ayrim tarbiyachilar bolalar bilan qo‘pol muomalada bo‘ladilar. «Agar to ‘polon qilsang, shovqin solsang, sinfdan chiqarib yuboraman» deb do‘q-po‘pisa qiladilar, jerkib beradilar. Bunday muomala ongli intizom o‘matishga ko‘p jihatdan putur yetkazadi. Aksincha, tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilishi, turli vositalar bilan ularning faolligini, qiziqishini oshirishi, bekorchilikka, zerikishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tarbiyachi o‘qituvchi singari bolalarning ijobiy fazilatlarini har doim e’tiborga olishi, o‘ta sinchkov bo‘lishi, sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir etadigan tomonlarini yo‘qota borishi zarur. Chunki internat va kuni uzaytirilgan guruhlar sharoitida o‘quvchilarda bilim asoslarini yanada chuqurroq, atroflicha egallab olish imkoniyati bo‘lgani singari, ularda turmushga ishonch, e’tiqod hosil qila borish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ham tarbiyalab borish mumkin. Tarbiyachi bolaning о‘sib kamol topishiga katta e’tibor berar ekan, dastlab uning ijobiy xususiyatlarini ko‘ra bilishi kerak. Bolani seva oladigan, uni hurmat qila oladigan tarbiyachigina uning yaxshi xislatlarini sezadi. Bu bilan u, shubhasiz o‘quvchilar- ning hurmatiga sazovor bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyachi tomonidan olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlaming samarali kechishiga olib keladi. Tajribali murabbiylar pedagogik maqsadni o‘quvchilar bilan o'tkaziladigan mashg‘ulotning mazmun va xarakteriga qarab belgilaydilar. Bu ular tomonidan olib borila- digan sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minlaydi. Kuni uzaytirilgan guruh va sinflarda mustaqil o‘quv mash- g‘ulotlari hamda tarbiyaviy ishlaming mazmunli bo‘lishini ta’minlaydigan vositalardan yana biri tarbiyachining o‘quvchilar oldidagi obro‘sidir. Obro‘li tarbiyachi o'quvchiga do‘q-po‘pisa qilmaydi, baqirmaydi. Ular o‘z obro‘si bilan o ‘quvchilarning tashabbus ko‘rsatib ishlashiga, topshiriqlarni his qilishlariga erishadi. Demak, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya ishining samarasi tarbiyachining ijobiy fazilati bilan bevosita bog‘liq. Ha, tarbiyachi qancha obro‘li bo‘lsa, o‘quvchilar uning topshiriqlarini shuncha yaxshi bajaradilar. Bolalar tarbiyachi bilan o‘qituvchining xoh darsda bo‘lsin, xoh turmushda bo'lsin, ularning o‘zlarini qanday tutishini, qanday kiyinganini, o‘z atrofidagi kishilar bilan qanday muomalada 141 bo‘lishini doimo kuzatib yuradilar. Ayniqsa, ishi bilan so‘zi bir- biriga to‘g‘ri kelmaydigan pedagoglami bolalar yoqtirmaydilar. Bolalar samimiy, g‘amxo‘r, dilkash tarbiyachini hurmat qiladilar va unga ishonadilar. Demak, tarbiyachining pedagogik mahorati va shaxsiy namu- naviy sifatlari bola tarbiyasida asosiy va muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi va o‘qituvchining obro‘si har qanday intizomsiz bolaga ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachining tashqi qiyofasi: uning kiyinishi, so‘zlashish madaniyati, o‘zini tutishi, salobati, bola tarbiyasining shaklla- nishida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, uning jismoniy jihatdan sog‘lomligi, ko‘rish-eshitish qobihyatlari, nutqi tarbiyala- nuvchi uchun o‘mak bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun guruh tarbiyachilarini shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, sog‘lig‘ini tekshirib turish lozim. Yurak-qon, markaziy nerv tizimida, psixikasida kasal va nuqsoni bor, sil kasalining xavfli shakllari va yuqumli teri kasalliklari bilan og‘rib yurgan, ko‘rish va eshitish a’zolari ishdan chiqa boshlagan kishilar tarbiyachilik kasbiga jalb etilmaydi. Afsuski, tarbiyachilar orasida boshlang‘ich sinflar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis kishilar ozchilikni tashkil etadi. Ba’zi qishloq maktablarida yuqori sinflarning predmet o‘qituvchilari yoki pedagogik ma’lumoti bolmagan kishilar, yosh o‘qituvchi- lar, ayrim hollarda nafaqaga chiqish arafasida turgan o‘qituvchilar tarbiya san’atini bilish, bilmasligidan qat’i nazar tarbiyachi qilib tayinlanadilar. Bunday holatlar yangi tip muassasalar ishini yaxshilashga, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlaming samarali bo‘lishiga salbiy ta ’sir etadi. Tarbiyachilar orasida qisman bo‘lsa-da, qo‘nimsizlik, ulami tez-tez almashtirish kabi hollar uchrab turadi. Tarbiyachilik kasbiga nisbatan bunday m unosabat kuni uzaytirilgan gumh, maktab va maktab-internatlardagi ta’lim- tarbiya ishlarining mazmuniga salbiy ta’sir etishi shubhasizdir. Ba’zan maktablarda guruhlarga tarbiyachilar bir stavka ta’min- lanmay qolgan o‘qituvchilaming stavkasini to‘ldirish maqsadida tayinlanadilar. Tarbiyachilarning tez-tez almashib turishlariga quyidagilar: a) xalq maorifi xodimlarining, jamoatchilikning kuni uzayti rilgan maktab, sinf va guruhlaming ta’lim-tarbiya ishini yanada yaxshilashga, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash- Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling