K kim. Au 21-guruh Nazarmamitova Zumradxonning analitik kimyo fanidan


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1537831
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ZUMRATXON NAZARMAMITOVA

va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza
(fransuzcha: "Reflexions sur la puissance motrice du feu et sur les 
machines propres - d'velopper cette puissance") asari, hayotligida 
ulgurgan yagona ilmiy ishi bo‘ldi. 
Karno shunday yozadi: 
"
Issiqlik - harakatlantiruvchi kuch, aniqrog‘i, o‘z ko‘rinishini o‘zgartirgan 
harakatdan boshqa narsa emas; harakatlantiruvchi kuchni so‘ndirish 
yuz berayotgan har qanday joyda, yo‘qotilayotgan harakatlantiruvchi 
kuchga aniq proportsional miqdordagi issiqlik paydo bo‘ladi. Shu tarzda, 
shunday umumiy qoidani keltirib chiqarish mumkin: harakatlantiruvchi 
kuch tabiatda o‘zgarmas miqdorda doimo mavjud; u hech qachon 
paydo bo‘lmaydi, hech qachon yo‘qolib qolmaydi; amalda u faqat 
shaklini o‘zgartiradi, ya'ni ba'zan unday, ba'zan bunday turdagi 
harakatni yuzaga keltiradi, lekin o‘zi hech qachon yo‘qqa aylanmaydi. 


 

Menda 
issiqlik 
nazariyasi 
yuzasidan 
paydo 
bo‘lgan 
ba'zi 
tushunchalarimga ko‘ra, bir birlik kuch hosil qilish uchun, 2.7 birlik 
issiqlik sarflash zarur."
Karnoning bu satrlariga qoyil qolgan mashhur farang olimi Anri 
Puankare 1892-yilda shunday xitob qilgan edi: "Energiyaning saqlanish 
qonunini bundan ham mukammalroq tushuntirish mumkinmi?" 
Harbiy muhandislik ishlarida ajoyib mutaxassis bo‘lgan Karno 
gidrodvigatellarning muhandislik hisob-kitoblari va qurilish ishlari bilan 
shug‘ullangan. Lekin, bu vaqtga kelib, butun Yevropada bo‘lgani kabi, 
Fransiyada ham ishlab chiqarish va boshqa sohalarda asosan bug‘ 
mashinalarini qo‘llash boshlanganligi sababli, yosh muhandis issiqlik 
mashinalarining nazariyasini yaratish ustida qizg‘in ishlay boshladi.
Aytib o‘tganimizdek, u vaqtlarda fanda hali issiqlikning ham havo, 
tuproq, va ho kazolar kabi modda ekanligi haqidagi tushuncha hukm 
surardi. Lekin Karno vaziyatga boshqa jihatdan yondoshdi va fizikaning 
eng mushkul muammolaridan biriga yechim izlashga kirishdi: qanday 
qilib issiqlikni ishga aylantirish (ish bajarishga majburlash) mumkin va 
buning uchun qanday majburiy shartlarni bajarish kerak? Suv 
dvigatellari uchun muhandislik hisob-kitoblaridan yaxshi xabardor 
bo‘lgan Karno, issiqlikni suv o‘rnida tasavvur qilib ko‘rdi. 
U juda yaxshi bilgan qoida - suv tegirmonini yoki charxpalagini 
aylantirish uchun, suv oqimi, balandlikdan pastlikka oqib tushishi kerak. 
Shundagina suv oqimining harakat kuchidan foydalanib, suv tegirmoni 
ish bajaradi. Karno savol yechimiga kalit topdi: issiqlik ham qandaydir 
ish bajarishi uchun, yuqori darajadan pastki darajaga o‘tishi kerak va 
suvning balandlikdan pastlikka oqib tushishidagi balandlik farqi, issiqlik 
uchun ham, harorat darajalari farqiga hamohang bo‘lishi kerak. 
1824 yilda Sadi Nikollo Karno, o‘z nomini ilm-fan tarixi 
zarvaraqlariga abadiy muhrlanishiga sabab bo‘lgan, dohiyona fikrni 
o‘rtaga tashladi: issiqlik mashinasining ish bajarishi uchun, haroratlar 
farqi zarur bo‘ladi, issiqlikning ham har xil haroratli ikkita manbasi talab 
qilinadi. Bu tasdiq Karno nazariyasida hal qiluvchi fikr hisoblanadi va u 
Karno tamoyili deb yuritiladi. Ushbu tamoyil asosida Karno issiqlik 
mashinasi uchun, o‘ziga xos ideal sikl o‘ylab topdi va bu holatga hech 


 

qanday real mashina yetisha olmasligini ta'kidladi. Bu sikl ilm-fanda 
Karno sikli deb yuritiladi va issiqlik texnikasi, mashinasozlik va 
texnikaning barcha sohalari uchun nihoyatda muhim fundamental 
nazariy tamoyildir. 
Karnoga ko‘ra, ideal mashina porshen va ideal gaz bilan 
to‘ldirilgan silindrdan iborat bo‘lishi kerak. Karnoning ideal mashinasi 
mutlaqo nazariy-xayoliy qurilma bo‘lgani uchun, undagi porshen va 
slindr orasidagi ishqalanish kuchini nolga teng deb olish mumkin. 
Porshen biri issiq va biri o‘ta sovuq bo‘lgan ikkita harorat rezervuarlari 
orasida erkin harakatlanishi mumkin. 
Silindrning pastki devori ideal issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. U 
qizigan yuzaga masalan, erigan va qotgan qo‘rg‘oshin aralashmasidan 
iborat massa bilan to‘ldirilgan issiqlik rezervuari ichiga va suv va muz 
aralashmasi bilan to‘ldirilgan muzlatgich rezervuar ichiga ham erkin 
kirishi mumkin. (Ushbu harorat manbalarining miqdori cheksiz ko‘p deb 
tasavvur qilamiz.) bunday issiqlik mashinasida quyidagi to‘rt fazali tsiklik 
jarayon yuz beradi. 
Silindr avvaliga qizigan rezervuar bilan kontakt hosil qiladi va uning 
ichidagi ideal gaz rezervuardagi o‘zgarmas harorat tufayli kengayadi. Bu 
fazada gaz, qizigan rezervuaridan qandaydir miqdorda issiqlik oladi. 
Keyin silindr ideal issiqlik izolyatsiyasi bilan o‘raladi va shu tufayli, 
uning ichidagi ideal gaz harorati saqlanadi va gaz harorati ideal sovuq 
rezervuardagi harorat darajasiga tushmagunicha (tenglashmagunicha) 
kengayaveradi. 
Uchinchi fazada silindrning issiqlik izolyatsiyasi yechib qo‘yiladi va 
uning ichidagi gaz, siqila boshlaydi. Bu jarayonda u o‘z issiqligining 
ma'lum miqdorini sovuq rezervuarga uzatadi. 
Gazning siqilishi ma'lum nuqtaga yetib borishi bilan, silindrga yana 
issiqlik izolyatsiyasi o‘raladi va gaz endi porshen yordamida, uning 
(gazning) harorati issiqlik rezervuaridagi haroratga tenglashgunicha 
yanada siqib boriladi. Shundan so‘ng, issiqlik izolyatsiyasi yana olib 
qo‘yiladi va sikl birinchi fazadan boshlab qayta takrorlanaveradi. 


 
10 
Biz yodlab, o‘rganib olgan Termodinamikaning ikkinchi qonuni shuni 
ta'kidlaydiki, ikkinchi tur abadiy dvigatelning amalda bo‘lishi mumkin 
emas. Bu tasdiq aslida Karno tamoyilining boshqacha shaklda qayta 
hikoya qilinishi xolos. Demak, Karno sikliga ko‘ra ishlayotgan 
mashinaning foydali ish koeffitsiyenti sikl uchun foydalanilayotgan 
moddaga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Karno ideal issiqlik 
mashinasining ish siklini batafsil tahlil qilib va uning maksimal foydali ish 
koeffitsiyentini qanday hisoblab topish mumkin ekanligini ko‘rsatib 
berdi. Buning uchun, mazkur mashinada foydalaniladigan suv bug‘i 
(yoki, Karno alohida ta'kidlaganidek, har qanday issiqlik manbaining) 
eng yuqori va eng pastki haroratini bilish kifoya. Ushbu harorat 
farqining (ayirmasining), eng yuqori harorat ko‘rsatkichiga bo‘linmasi - 
mashinaning FIK qiymatini ifodalaydi. Bunda haroratni mutloq harorat 
shkalasi - Kelvin gradusida ifodalash zarur. Bu tenglama, 
termodinamikaning ikkinchi tug‘ilishi deyiladi va barcha texnika 
uskunalari unga bo‘ysunadi. 
Karno formulasi bo‘yicha hisoblashlar shuni ko‘rsatdiki, tarixdagi 
dastlabki issiqlik mashinalarining FIK ko‘rsatkichi 7-8% dan yuqori 
bo‘lmagan. Agar, bartaraf qilib bo‘lmaydigan vaziyat - issiqlikning 
atmosferaga chiqib ketishi hodisasini ham inobatga olsak, FIK atiga 2-
3% atrofida bo‘lgan bo‘ladi. 
Karno, texnikada tez orada bug‘ o‘rniga gazlardan foydalanishga 
o‘tilishi haqida ham ilmiy taxmin bildirgan edi. Uning bu taxminlari ham 
o‘zini uzoq kuttirmadi va turbinalarda bug‘ o‘rnida gazdan foydalanish 
texnologiyasi asta sekin rivojlana boshladi. Bug‘dan farqli ravishda, 
gazni ancha yuqori haroratlargacha osonroq qizdirish mumkin. 
Agar turbinadagi gaz haroratini 800 K (527 °C) gacha qizdirilsa, va 
sovutgichni 300 K gacha sovuq haroratda ishlatilsa, mashina to‘liq 
Karno siklida ishlagan taqdirda ham, uning FIK 62% dan ortmaydi. 
Muqarrar issiqlik yo‘qotilishini inobatga olsak, bu ko‘rsatkich yanada 
pasayishi aniq. Zamonaviy elektrostansiyalarda o‘rnatilgan eng 
namunaviy turbinalarda ham FIK 35-40% ni tashkil qiladi xolos. 
Karno issiqlikning o‘ziga xos maxsus jihatini tushuntirib berdi. 
Issiqlik faqat haroratlar farqi mavjud bo‘lganidagina mexanik ishni 


 
11 
yuzaga keltiradi (ya'ni ish bajaradi). Ushbu harorat farqlariga ko‘ra 
issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsiyenti aniqlanadi. 
1834-yilda Karnoning fikrini davom ettirib, Pol Klayperon 
termodinamik tadqiqotlar uchun g‘oyat muhim bo‘lgan grafik usulni 
ishlab chiqdi. 
1850-yilda Rudolf Klauzis (1822-1888) muallifligidagi "Issiqlikni 
harakatlantiruvchi kuch haqida" nomli asar nashrdan chiqdi. unda ham 
Karno va Klayperon singari, issiqlikni ishga aylantirish masalasi ko‘rib 
chiqilgan edi. Unda Klauzis, energiya saqlanish qonuni faqat miqdoriy 
tenglikni talab qilib, energiyaning sifatli holda o‘zgartirish uchun hech 
qanday sharoit bermasligini yozadi. Bu ilmiy ishida Klauzis, Karno 
nazariyasini yangicha yondoshuv - issiqlikning mexanik nazariyasi nuqtai 
nazaridan tahlil qilib chiqadi. Undan avvalroq esa, Karnoning ilmiy 
ishlarini boshqa bir mashhur olim - Uilyam Tomson (Lord Kelvin 1824 - 
1907) chuqur o‘rganib va tahlil qilib chiqib, ularning ilmiy dolzarbligini 
qayta jonlantirgan edi. U "Karnoning mashinalarda issiqlik faqat 
taqsimlanadi, lekin iste'mol qilinmaydi degan qarashi noto‘g‘ri ekanini, 
lekin, Karnoning issiqlikni ishga aylanishi uchun zaruriy shartlar haqidagi 
tasdiqlaridan voz kechilsa, issiqlik texnikasi bo‘yicha shu choqqacha 
erishilgan ilmiy faktlarni tushunishda yengib bo‘lmas qiyinchiliklarga 
duchor bo‘lamiz" - deb yozgan edi. Tomson issiqlik nazariyasi bo‘yicha 
jiddiy qayta ko‘rib chiqish va qo‘shimcha amaliy tadqiqotlar o‘tkazish 
vaqti kelganligini ta'kidlaydi. o‘z navbatida Klauzis ham, "issiqlik ish 
bajarayotgan har qanday holatlarda, bajarilayotgan ishga proportsional 
miqdorda issiqlik iste'mol qilinadi" ko‘rinishidagi birinchi tamoyil bilan 
bir qatorda, Karnoning - "Issiqlik nisbatan baland haroratdan pastroq 
haroratga o‘tayotganidagina ish bajariladi" ko‘rinishidagi tasdig‘ini 
ikkinchi tamoyil sifatida e'tirof etish kerak degan fikrni ilgari surdi. 
Klauzisning fikricha bunday qoida, issiqlikning tabiati, ya'ni, har doim 
kuzatiladigan holat - issiqlikning nisbatan yuqori haroratdan pastroq 
haroratga "o‘z-o‘zidan" o‘tishi va hech qachon aksincha bo‘lmasligi 
bilan muvofiq keladi. 
Ikkinchi qoida uchun Klauzis quyidagicha postulatni o‘rtaga 
tashlaydi: issiqlik "o‘z-o‘zidan" nisbatan sovuq haroratdan nisbatan issiq 
haroratga o‘tishi mumkin emas. "o‘z-o‘zidan" so‘zi haroratni sovuq 


 
12 
holatdan issiqlik holatga umuman o‘tkazib bo‘lmaydi degan ma'noda 
tushunilmasligi kerak (u holda sovitish mashinalari nazariy jihatda 
butunlay imkonsiz bo‘lib qolardi). Bu so‘z shuni anglatadiki, boshqa 
kompensatsion o‘zgarishlarsiz, shunchaki harorat o‘zgarishlariga erishib 
bo‘lmaydi. (Ya'ni energiya sarflamasdan, issiqlik hosil qilib bo‘lmaydi 
demoqchi). 
Klauzis bilan deyarli bir vaqtda, 1851-yilda fan olamida Lord 
Kelvinning uchta hisoboti paydo bo‘ldi. Energiyaning turli shakllarini 
miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqib, Kelvin, bir xil miqdoriy qiymatda, 
energiyaning hamma turlari ham bir xil darajada o‘zgarishlarga erisha 
olmasligini ta'kidlaydi. Masalan, shunday sharoitlar mavjud bo‘lishi 
mumkinki, ularda issiqlikni ishga aylantirish (issiqlik yordamida ish 
bajarish) imkonsiz bo‘ladi. Tomson postulati shunday yangraydi: "Biror 
bir harakatsiz jism yordamida, biror bir moddaning haroratini, uni o‘rab 
turgan muhitdagi eng sovuq jismning haroratidan pastroq haroratgacha 
sovitish imkonsiz". Bu fikrni rivojlantirib, Lord Kelvin, 1857-yilda, 
tabiatdagi 
energiyaning 
issiqlikka 
aylanishi 
va 
haroratlarni 
tenglashtirishi (mutanosiblashi), oxir oqibatda esa, har qanday jismning 
ish qobiliyatini pasaytirib borib, oxiri nolga tushirishi, ya'ni, "harorat 
o‘limi"ga olib kelishi tendensiyasi haqidagi mashhur xulosaga keladi. 
Mutloq nol harorat - Kelvin shkalasining eng quyi darajasini anglash 
tomon qo‘yilgan muhim qadam edi. Keyinchalik Lord Kelvin ushbu 
mulohaza ustidan o‘zini mashhur qilib yuborgan isbot - tabiatdagi 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng past harorat - jismlarni tashkil etgan 
molekulalarning harakatdan mutlaqo to‘xtaydigan harorati ekanligini 
aniqladi. Biz yaxshi bilamizki, bu selsiy shkalasida - 273.16 °C bo‘ladigan 
mutloq nol darajadir. 
1854-yilda Klauzis "Mexanik issiqlik nazariyasining ikkinchi 
qoidasining o‘zgargan ko‘rinishi haqida" deb nomlangan maqolasini 
e'lon qiladi va ushbu maqolada Karno teoremasini, o‘zining postulatiga 
asoslanib isbotlab beradi. Shuningdek, u Karno teoremasi va o‘z 
postulatini umumlashtirib, ular uchun, tengsizlik ko‘rinishidagi 
matematik ifodani keltirib chiqaradi. Keyingi ilmiy ishlarida esa Klauzis 
fanga "entropiya" holati funksiyasini kiritadi va Tomson ilgari surgan, 
tendensiya uchun matematik ta'rif keltiradi: "Butun olam entropiyasi 


 
13 
maksimumga intiladi". Shu tarzda, fizikada "olam malikasi" (energiya) 
bilan bir qatorda, uning "soyasi" (entropiya) paydo bo‘ldi. Klauzisning 
o‘zi, 1865-yilda chop etilgan ilmiy ishining so‘nggi qismida shunday 
yozadi: "Men ta'rif bergan ikkinchi qoida shuni ifodalaydiki, Tabiatdagi 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling