K2=(L2/Mt2)*100% (2)


Download 1.17 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1487099
Bog'liq
Likvidlik AS


«Likvidlik» atamasi lotin tilidagi «likuidus» so‘zidan olingan bo‘lib, suyuq, oqib yuruvchi ma’nosini anglatadi. So‘zning ma’nosi jihatidan yondashadigan bo‘lsak, bu moddiy qimmatliklarning pul mablag‘lariga oson realizatsiya bo‘lishini va tez konvertatsiya qilinishini anglatadi.
1. Joriy likvidlik (K1) Bank joriy aktivlarining joriy majburiyatlariga nisbati K1 koeffitsiyentining miqdori 30 %dan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy tartibda nazorat qilish pozitsiyasidan qaralganda K1 ko‘rsatkichining minimal qiymatini ushlab turish bu omonatchilar manfaatini bevosita davlat tomonidan himoyalash shakli hisoblanadi.
2. Lahzali likvidlik (K2) koeffitsiyenti bankning yuqori likvidli aktivlar yig‘indisining, bankning talab qilib olinguncha hisob raqamlari bo‘yicha majburiyatlar yig‘indisiga nisbati orqali aniqlanadi:
K2=(L2/Mt2)*100% (2).
Bu yerda, L – yuqori likvidli aktivlar (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali aniqlanadi);
Mt2 – talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar.
K2 koeffitsiyentining miqdori 20 %dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.Uzoq muddatli likvidlik (K3) koeffitsiyenti bank tomonidan bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar yig‘indisining bank kaptaliga, shuningdek, bankning bir yildan ortiq muddatga olgan kreditlari va shu muddatli boshqa qarz majburiyatlariga nisbati orqali aniqlanadi:
K3=(Kyo/(K+Myo))*100 % (3);
, Kyo – milliy va xorij valutasida bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar, shuningdek, bir yildan ortiq muddatga bank tomonidan berilgan kafillik va kafolatlarning 50 %; M0 – bankning bir yildan ortiq muddatga olgan kreditlari va shu muddatli boshqa qarz majburiyatlari; K – bank kapitali.
K3 ko‘rsatkichining maksimal qimati 120 % miqdorida belgilangan.
4. Likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati (K4) koeffitsiyenti quydagicha hisoblanadi:
K4=(LA/A)*100% (4);
bu yerda, A – bank balansining barcha aktivlari yig‘indisi, Markaziy bank metodikasi asosida aniqlanadi. K4 ko‘rsatkichining minimal qiymati 20 % miqdorida belgilanadi.
Iqtisodiy mohiyati jihatidan mazkur ko‘rsatkich bankning aktiv operatsiyalari bo‘yicha daromadlilik yuqori va likvidlik kerakli darajada bo‘lishi uchun aktivlar tarkibini iqtisodiy muvofiq bo‘lgan qanday proporsiyalarda ushlab turish lozimligini bildiradi. K4 ko‘rsatkichi 20 foizdan kam bo‘lishi, likvidlik boshqarilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi va o‘z faoliyatini samarali amalga oshirmayotganligidan darak beruvchi bankning aktiv operatsiyalaridan daromad olishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilishini bildiradi.
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling