Kabi vazifalar belgilangan bo‘lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amal
Download 28.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqMikroiqtisodiyot
Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada bo‘lishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarida o'qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o‘rin tutadi. ga oshirish ko‘p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog‘liqdir. Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida «Mikroiqtisodiyot» fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xu- losalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o'rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. «Mikroiqtisodiyot» fanini o‘qitishning maqsadi bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bog‘liq siyosatini muvofiqlashtirgan holda qo‘llash va bu boradagi strategiyani to‘g‘ri asoslay olish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat. Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular, ularga oid masalalarni hal etish uchun ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Download 28.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling