Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.82 Mb.
bet4/36
Sana26.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1656237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish

3-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Davlat xizmatlari markazlari va DK filiallari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Arizaberuvchi

1. Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP

So‘rovnomani tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan
2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

DKfiliali

1. Obyektda joyiga chiqib o‘lchov ishlarini amalga oshiradi va to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
2. Obyekt manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi (talab etilganda).

Re�lamentda ko‘rsatilgan
(obyekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP

Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi.

1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda

5-bosqich

Arizaberuvchi

Xabarnomada (invoys) belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

1 oy mobaynida

6-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP

Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi.

1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

__________________
(sanasi)

__________________
(raqami)

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish to‘g‘risida

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling