Kadmiyni uning tuzlaridan siqib chiqarish
Download 38.65 Kb.
|
kadmiy simob
KADMIY. Kadmiyni uning tuzlaridan siqib chiqarish. Metallarning kuchlanish qatoridan foydalanib, kadmiyni qaysi metallar yordamida uning tuzlari tarkibidan siqib chiqarishini aniqlang. Tajribani laboratoriyada bor bo‘lgan birorta metall yordamida bajaring. Reaksiya tenglamasini yozing. Kadmiy gidroksidning olinishi. Kadmiy tuzlarining birorta eritmasidan olib, uning ustiga ishqor eritmasidan oz miqdorda quying. CHo‘kma Cd(OH)2 ni hosil bo‘lishini kuzating. Hosil bo‘lgan cho‘kmaning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan cho‘kma Cd(OH)2 ni ikkita probirkaga bo‘lib, birinchisiga suyultirilgan xlorid kislota, ikkinchisiga ortiqcha miqdoda ishqor eritmasidan quying. Kuzatilgan xodisalarni izohlang. Kadmiy gidroksid qanday xossalarni namoyon qilishini tushuntirib, reaksiya tenglamalarini yozing. Kadmiy tuzlarining gidrolizi. a) Kadmiy sulfat tuzi eritmasidan olib ko‘k va qizil lakmus qog‘ozlari yordamida uning muhitini aniqlang. Kuzatilgan xodisalarni tushuntiring. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. b) Kadmiy sulfat eritmasiga natriy karbonat eritmasidan quying. Oq rangli cho‘kma kadmiy karbonatning asos tuzi hosil bo‘lishiga e’tibor bering. Bu cho‘kma qizdirilganda karbonat angidrid ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Kadmiyning kompleks birikmalarini olish. Kadmiy sulfat eritmasiga dastlab hosil bo‘lgan oq cho‘kma Cd(OH)2 eriguncha ammiak eritmasidan qo‘shing. [Cd(NH3)4]SO4 hosil bo‘lishini nazarda tutib, reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli holda yozing. SIMOB Simob va uning birikmalari. Metallik simob va uning hamma birikmalari zaharli bo‘lganligi uchun tajriba o‘tkazilgan probirka va idishlar, metallik simob qoldiqlari, simob birikmalarining eritmalari laborantga topshiriladi va keyin qo‘llar yaxshilab sovun bilan yuviladi. Metallik simob bilan bog‘liq bo‘lgan hamma tajribalar mo‘rili shkaf ostida o‘tkaziladi. Simob birikmalarining qoldiqlarini rakovinaga to‘kish batamom taqiqlanadi. Noxosdan to‘kilgan metallik simobning tomchilarini ingichka mis simdan qilingan cho‘tka yoki tozalangan rux prastinkasi bilan yig‘ib olinadi. Simob va uning birikmalari bilan bog‘liq bo‘lgan hamma tajribalarni ikki yoki uch talaba bajaradi va tushuntiradi. Natriy amalgamasini olinishi va uning xossalari. Kerosin ostidan pinset bilan bir bo‘lak metallik natriy olib, filtr qog‘ozi ustiga qo‘ying, uning hamma tomonidan pichoq bilan kesing va filtr qog‘ozi bilan arting. CHinni kosachaga tomchilatgichdan ikki tomchi simob tomizing, unga tozalangan natriy bo‘lakchasini soling va shisha tayoqcha yordamida uni kosacha tubiga botiring, o‘t olishini kuzating. Olingan amalgamadan bir bo‘lakchasini probirkadagi ikki tomchi fenolftalein tomizilgan suvga tushiring. Eritma rangining o‘zgarish sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Simob tuzlaridan simobni mis bilan siqib chiqarish. Mis plastinkasini jilvir qog‘ozi bilan tozalab, unga bir tomchi simob nitrat tuzi eritmasidan tomizing va havoda ochiq holda 5 daqiqa qoldiring. Hosil bo‘lgan kulrang dog‘ni filtr qog‘ozi bilan yaltiroq holgacha arting. Misni simob tuzlaridan simobni siqib chiqarish reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. Simob (I) oksid va simob (II) oksidning olinishi. Ikkita soat oynasi olib, ularni oq qog‘oz ustiga qo‘ying. Ularning biriga simob (I) nitrat Hg2(NO3)2, ikkinchiga simob (II) nitrat Hg(NO3)2, eritmalaridan 1-2 tomchi tomizing. Har qaysi eritmaga 2 n NaOH eritmasidan 1-2 tomchi qo‘shing. Simob(I) oksid va simob (II) oksidlarining hosil bo‘lishini kuzating. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor bering. Hg2(NO3)2 va Hg(NO3)2 tuzlarining dissotsiyalanish reaksiyalari tenglamalarini yozib, simob (I) va simob (II) gidroksidlarining beqaror ekanligini izohlang. Simob (II) oksidining parchalanishi. Quruq probirkaning uchdan bir qismigacha simob (II) oksidi kristallardan soling. Probirkani shtativga tik o‘rnatib gaz gorelkasining past alangasida sekin-asta qizdiring. Qanday gaz ajralib chiqadi? Uning borligini isbotlang. Probirkaning sovuq devorida suv tomchilari paydo bo‘lishiga e’tibor bering. Simob (II) oksidining rangi qizdirilganda va keyinchalik sovutilganda qanday o‘zgaradi? Kuzatilgan xodisani izohlang. Simob (II) oksidining parchalanish reaksiya tenglamasini yozing. Bir va ikki valentli simobning kam eruvchan tuzlarini olinishi. a)Ikkita soat oynasi olib, ularni qora qog‘oz ustiga joylashtiring. Soat oynasining biriga simob (I) nitrat, ikkinchisiga esa simob (II) nitrat tuzlari eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Har qaysi eritma ustiga 0,5 n natriy xlorid eritmasidan 1-2 tomchi qo‘ying. Kuzatilgan xodisalar asosida hosil bo‘lgan tuzlar sulema HgCl2 va kalomel Hg2Cl2 ekanligini, eruvchanliklarini solishtirib xulosa chiqaring. Kalomel va sulemalarni hosil bo‘lishi reaksiyalarini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. b) Simob iodidlarining olinishi. Simob (I)-nitrat. Hg2(NO3)2 eritmasi solingan probirkaga kaliy iodid eritmasidan biroz qo‘ying. Ko‘k sarg‘ish cho‘kma Hg2I2 hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. CHo‘kma eriguncha kaliy yodid eritmasidan qo‘yilganda qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangli metallik simob ajralib chiqishiga va K2[HgI4] hosil bo‘lishiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Bunda Hg22+ ↔ Hg+ + Hg2+ muvozanati qaysi tomonga siljiydi. Download 38.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling