Kadr tayyorlash uchun ikki tomonlama shartnoma
III. To‘lov miqdorlari va muddatlari
Download 28.88 Kb. Pdf ko'rish
|
shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12 000 000 (on ikki million)
III. To‘lov miqdorlari va muddatlari
3.1 o‘quv yilining Universitet bakalavriat 2-kurs bosqichi uchun shartnomaning 1.1 bandida ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakliga Talaba tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan shartnoma to‘lovi miqdori: 12 000 000 (o'n ikki million) 3.2. Talaba tomonidan mazkur shartnoma 3.1-bandida ko‘rsatilgan shartnoma to‘lovining 100% shartnoma olingan kundan boshlab 16-sentabrgacha to‘langan taqdirda, jami shartnoma to‘lovining 10 foizi 1 200 000 so'm miqdorida chegirma taqdim etiladi va chegirma hisobga olingan holda shartnoma to‘lovi miqdori o'n million, sakkiz yuz ming 10 800 000 so'mni tashkil etadi Hamda shartnomada ko'rsatilgan to'lovning 50% 2023-yilning 1-noyabriga qadar, qolgan qismi 2024-yilning 1-apreliga qadar to'lanishi shart. 3.3. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovini to‘lashda shartnomaning tartib raqami va sanasi, familiyasi, ismi va sharifi hamda o‘quv kursi to‘lov topshiriqnomasida to‘liq ko‘rsatiladi. 3.4. Talaba tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi semestr uchun shartnoma to‘lovi Talaba tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga oshiriladi. 3.5. Universitet ichki-tartib qoidalariga rioya qilmaganligi (bir semestr davomida 36 akademik soat dars qoldirganligi yoki ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasini Universitetga o‘z vaqtida taqdim etmaganligi) sababli talabalar safidan chiqarilgan Talaba tomonidan to‘langan shartnoma to‘lovi qaytarib berilmaydi. Boshqa oliy ta’lim tashkilotidan, jumladan xorijiy oliy ta’lim tashkilotidan o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilgan hamda Universitetga o‘qishga qabul qilingan Talabaning soxta hujjatlardan foydalanganligi, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq hujjatlarida yolg‘on va haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa yoki hujjatlar belgilangan muddatda Universitetga taqdim etilmasa, Talaba Universitet talabalari safidan chiqariladi, bunda Talaba tomonidan amalga oshirilgan shartnoma to‘lovi qaytarib berilmaydi. 3.6. Talaba tomonidan to'lov amalga oshirilgandan so'ng o'qimasligini yoki o'qishni davom ettirmasligini bildirib murojat qilgan taqdirda, Universitetning Talabaga ta'lim berish bilan bog'liq barcha xarajatlari kontrakt summasidan ushlab qolinadi, biroq ushlab qolingan summa jami kontrakt summasining 10 foizidan kam bo'lmasligi kerak. Download 28.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling