Kadrlar malaksini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 67.04 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2023
Hajmi67.04 Kb.
#1654769
  1   2
Bog'liq
Hisobot(INOM)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI
“KADRLAR MALAKSINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTI”
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

“IQTISODIYOT” FAKULTETI

“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTI BO’YICHA



HISOBOT

BAJARDI 110-GURUH TALABASI: ISMOILOV.I


ILMIY RAHBAR: ________________
AMALIYOT RAHBAR: JUMANIYOZOV.SH

TOSHKENT-2023


MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………………………….
1. Statistikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va o’rni……...……………………………
2. Milliy hisoblar tizimiva uning ahamiyati………………………………………………..
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tarixi……………...........................................................................................................................
4. Statistika agentligi huzurudagi “Kadrlar malakasini oshirish va Statistik tadqiqotlar instituti” faoliyati….…………………………………………………………....
5. O’zbekistonda aholini ro’yhatga olish konsepsiyasi…………………………………...
6. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi………………………………...………….
7. Aholi statistikasi va aholi turmush tarsi statistikasi……………...……………………
8. Mehnat bozori statistikasi…………………………………………………………….........
9. Moliya bozori statistikasi…………………………………………………………...……...
10. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi……………………………………………..……..
Xulosa va takliflar………………………………………………...……………………………
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………………….
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi "Oʼzbekiston Respublikаsi Oliy tа’lim tizimini 2030-yilgаchа rivojlаntirish kontseptsiyasini tаsdiqlаsh toʼgʼrisidа"gi PF-5847-sonli farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-3151-son qarori, “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori (2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42-son)da belgilangan ijrosini taʼminlash maqsadida, talabalar salohiyatni yangi bosqichga koʼtarish hamda ishlanmalarni Mutahassislikka kirish amaliyotda qoʼllashga qodir boʼlgan mutaxassislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat hayoti turmush haqidagi ma’lumotlarga bo’lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi. Ma’lumotlarda ifodalangan tartib qoidalarni anglash ishtiyoqi tushuntirish yo’llarini topish zarruriyati statistikani fan sohasiga aylantirdi. Statistika davlat ahvoli haqidagi fan hisoblanadi. Dastlab davlatshunoslik fani statistika deb ataldi. Hozirgi zamon statistikasi davlatshunoslikdan axborotlarning to’laligi,turli tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi. Statistika - bu fan tarmog’i ,amaliy faolyat sohasi, bilim yo’nalishi, bilish qurolidir.
Statistik tadqiqot ikkita bosqich va bir necha fazalardan tashkil topadi va ularda o’ziga xos usullar qo’llaniladi. Ommaviy hodisalarni o’rganishda matematika usullari ham ishlatiladi .
Stoxastik yoki statistik qonunlar – bu bir turli hodisalarni ommaviy takrorlanishda namoyon bo’ladigan qonunlar hisoblanadi. Iqtisodiy statistika predmeti - bu iqtisodiy qonunlarning miqdoriy ifodalanishi, ommaviy iqtisodiy jarayonlarning miqdor-sifat aniqligini o’rganish, iqtisodiy statistika umumiy statistika usullariga asoslangan, lekin iqtisodiyot sharoitga muvofiqlashtirilgan uslubiyatga egadir.
Biz bitiruv malakaviy ishi amaliyotini “Kadrlar malakasini oshirish va Statistik tadqiqotlar instituti”da o’tadik. Biz bu amaliyot davri mobaynida Statistika haqida ma’lumotlar, Statistika agentligining maqsad va vazifalari, “Kadrlar malakasini oshirish va Statistik tadqiqotlar instituti”ning faoliyati bilan tanishdik.

STATISTIKANING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI VA O’RNI


Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ifodalashda statistika juda ko‘p ishlatiladi.
Iqtisodchi-mutaxassislar esa korxonalar, tashkilotlar faoliyatida statistik
ko‘rsatkichlardan muntazam foydalanishadi. Aslida “Statistika” atamasi lotincha
“Status” so‘zidan olingan bo‘lib, hodisaning holati, ahvoli ma’nosini anglatadi.
Bu so‘z asosida bir qancha shunga o‘xshash so‘zlar paydo bo‘lgan. Jumladan,
italyancha “Stato” so‘zi ham undan kelib chiqqan bo‘lib, “davlat” ma’nosini
bildiradi. Statistika so‘zi ham davlat to‘g‘risidagi bilimlar, ma’lumotlarni
anglatadi. Keyinchalik statistika deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarning turli
tomonlarini ifodalaydigan ma’lumotlar tushuniladi. Lekin statistika so‘zini
dastlab fanga nemis olimi Gotfrid Axenval kiritgan. U 1746 yilda Germaniya
universitetlaridagi o‘qitiladigan “Davlatni yuritish” fanini “Statistika” deb
atashni taklif etgan.
Statistika fanining predmeti ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy xodisa
va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat ko‘rsatkichlari bilan uzviy
bog‘liqlikda ma’lum makon va zamonda o‘rganishdir. Statistika ayrim
hodisalarni emas, balki ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning
sifat tomonlari bilan chambarchas bog‘liq holda ma’lum makon va zamon
chegarasida o‘rganadi.
Ijtimoiy hodisalar deganda aholining soni, harakati, sog‘ligi (sog‘liqni
saqlash tizimi), aholining ish bilan bandligi bilan bog‘liq hodisalar tushuniladi.
Ijtimoiy hodisalar madaniy, ta’lim - tarbiya sohasidagi hodisalarni ham o‘z ichiga
oladi.
Iqtisodiy hodisalar deganda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol bilan bog‘liq voqea, hodisalar tushuniladi. Sanoat,
qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa tarmoq korxonalari va firmalaridagi faoliyat
hodisalardir. Madaniy muassasalar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, maktablar,
kutubxonalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning miqdoriy tomoni va ulardagi
o‘zgarishni ham statistika o‘rganadi.
Statistik to‘plam - ma’lum bog‘lanishdagi bir xil sifatga ega bo‘lgan, lekin shu bilan bir vaqtda har biri o‘ziga xos individual belgilari mavjud bo‘lgan hodisalardir.
Masalan, sanoat ishlab chiqarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, biror davrdagi juda
ko‘p sanoat korxonalarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab
chiqarish hajmi, xodimlar soni, asosiy vositalar qiymati va shu kabilarni
o‘rganamiz.
Statistik kuzatish - tadqiqot qilinayotgan xodisa va jarayonlar to‘g‘risida
ilmiy tuzilgan dastur asosida ommaviy ma’lumotlarni to‘plash usulidir. Kuzatish
statistikaning boshlanishidir. O‘rganilayotgan xodisa va jarayonlar kuzatiladi va
kerakli ma’lumotlar to‘planadi.

MILLIY HISOBLAR TIZIMI VA UNING AHAMIYATI


Milliy hisoblar tizimi — mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarishdan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamoyili tashkil etadi. Bu tizim yer va kapitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi:
- YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan tovarlar va xizmatlar hisobi;
- ishlab chiqarish hisobi;
- daromadlarning hosil boʻlish hisobi;
- daromadlarning taqsimlanishi hisobi;
- daromadlardan foydalanish hisobi;
- kapital harajatlar hisobi;
- moliyaviy hisob.
Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tufayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimi ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayomlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGINING TARIXI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF- 269- son Farmoniga muvofiq Statistika agentligi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga o'tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” PF- 3183- son Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan.
Rasmiy statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, rasmiy statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
- xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
- ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
- davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
- korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish;
- statistika tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash;
- statistika agentligi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish;
- boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
- kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611- sonli Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4796- sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 6- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 690- son qarori.

STATISTIKA AGENTLIGI HUZURIDAGI “KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA STATISTIK TADQIQOTLAR INSTITUTI” FAOLIYATI VA ISTIQBOLLI REJALARI


Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti sobiq Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Institut oʻz faoliyatini Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 10-sentabrdagi 94-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ustavga har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi hamda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
Institut faoliyatining asosiy maqsadi - davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoqlar va mintaqaviy muommolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borishdan iborat.
Tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha institutda 2 ta kafedra, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, hamda tarmoqlar va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borish boʻyicha 3 ta boʻlim tashkil etilgan.
Institutning asosiy vazifalari quyidagilar:
- davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda takomillashtirishni, shuningdek, kasb mahorati yuksak darajada boʻlishini taʼminlaydigan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
- statistika borasidagi koʻnikmalarni rivojlantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va ularni amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan, asosan ixtisoslik fanlaridan iborat boʻlgan zamonaviy taʼlim standartlari va sifat jihatidan yangi oʻqitish tizimini joriy etish;
- statistika sohasidagi ilgʻor tajriba va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ayirboshlash, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashi boʻyicha mahalliy va xorijiy ilmiy hamda taʼlim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- tinglovchilar tomonidan hodisa va jarayonlarni statistik hamda iqtisodiy tahlil qilish uslublari va yondoshishlarning oʻzlashtirilishini taʼminlash, jumladan mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish yoʻli bilan;
- taʼlim berish ishlarini takomillashtirish, statistika nazariyasi va amaliyotiga yangicha yondashishlar toʻgʻrisidagi tematik oʻquv qoʻllanmalarni, oʻquv va metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va tarqatish, kurslarni oʻzlashtirish boʻyicha nazariy va amaliy nazorat tadbirlarini ishlab chiqish hamda oʻtkazish;
­- boshqa soha mutaxassislarining statistikaga oid bilimlarini oshirish boʻyicha shartnoma asosida oʻqishlar tashkil etish;
- mavjud oʻquv-uslubiy, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga davlat statistikasi sohasida mutaxassislarni sifat jihatdan yangi darajada tayyorlashni taʼminlovchi, oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
- milliy darajada qoʻllanilayotgan metodologik vositalar, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlarni xalqaro darajada uygʻunlashtirish, moslashtirish va qiyoslash nuqtai nazaridan ularni malakali ekspertizadan oʻtkazish;
- keyinchalik amaliyotda qoʻllash uchun ilgʻor statistika metodlari va texnologiyalari, shuningdek, ochiq maʼlumotlar sohasida ilmiy tadqiqotlarni hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek statistika masalalari boʻyicha mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
Institutda “Oʻzbekiston statistika axborotnomasi” choraklik elektron ilmiy jurnali nashr etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019-yil 30-sentabrdagi 269/2-son qaroriga asosan, “Ekonometrika va statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli) faoliyat yuritadi. Mos ravishda, har yili ajratiladigan qabul kvotalariga asosan, ilmiy izlanuvchilar uchun mazkur ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.

O’ZBEKISTONDA AHOLINI RO’YHATGA OLISH KONSEPSIYASI


2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish umummilliy tadbiri o‘tkaziladi. Avvaliga Prezidentning tegishli farmoni (PF-5308-son) bilan tasdiqlangan davlat Dasturi ijrosi doirasida Davlat statistika qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2019 yil 5 fevral esa mamlakatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi (PF-5655-son) Farmoni qabul qilindi. Joriy yilning mart oyida «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonunini imzoladi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, aholini ilk ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Bundan asosiy maqsad odamlardan soliq yig‘ish, boj olish hamda harbiy safarbarlik uchun ularning sonini aniqlash bo‘lgan. Shu boisdan ro‘yxatga olishda asosan erkaklar e’tibor qaratilgan.
Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, AQShda ilk aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.
XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda, 1965-1974-yillarda 179 ta davlatda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.
Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda Turkiston general-gubernatorligi tomonidan o‘tkazilgan. Bu boradagi ma’lumotlar XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar (va aholi) soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.
Ko‘pgina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish qonun bilan tartibga solingan. Masalan, Buyuk Britaniyada 1920 yilda «Qo‘shma qirollikda aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida«gi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini ro‘yxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xo‘jaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari ro‘yxatga olinishi, aholini ro‘yxatga olishni kim o‘tkazishi, so‘rov varaqalari qanday bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga oladigan hisobchilarni yollash, ularning xizmat vazifalari hamda aholini ro‘yxatga olish qoidalari ko‘rsatilgan. Buyuk Britaniyada har galgi aholini ro‘yxatga olishdan (Qo‘shma Qirollikda har o‘n yilda bir marta aholi ro‘yxatga olinadi) taxminan bir yil avval bunga doir alohida qonun hujjati qabul qilinadi, bunda, albatta, 1920 yilgi qonun hujjatiga havola qilinadi).
AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari muhim umumdavlat ahamiyatiga ega tadbir sifatida qaraladi. Unda barcha aholining ishtirok etishi Amerika demokratiyasi amal etishining zarur sharti, deb baholanadi.
Polshada aholini ro‘yxatga olish uzoq tarixga ega. Bu yerda mazkur tadbir Yevropada ilk bor 1764 yilda o‘tkazilgan. Mamlakatda har 10 yilda aholi qayta ro‘yxatdan o‘tadi. «Aholi ro‘yxati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, Polshaning har bir fuqarosi ruyxatga olish jarayonida taqdim etiladigan so‘rovnoma savollariga to‘la va haqqoniy javob berishi shart. Ma’lumot berishdan bosh tortish huquqiy ta’sir ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.
Endilikda O‘zbektstonda ham 10 yilda kamida bir marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Qonunga ko‘ra ro‘yxatga olish butun O‘zbekiston yoki muayyan hududlar bo‘yicha o‘tkazilib, demografik sana va aholining ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikasini aniqlashga haratilgan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash tartiblarini belgilaydi. Ushbu muhim hujjatga ko‘ra, ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
Qonunda, shuningdek, aholini ro‘yxatga olish sohasida davlat organlari vakolatlari, respondent va ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari ham tartibga solingan. Aholini ro‘yxatga olish dasturi yoshi, millati, tillarni bilishi, ma’lumoti, yashash sharoitlari, yashash uchun mablag‘lar manbalari va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. So‘rov davlat tilida olib boriladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar o‘z ona tillarida yoki boshqa erkin tanlangan muloqot tilida so‘rovda ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiq bo‘ladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
Respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar;
- Qo‘mita markaziy apparati hamda Qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;
- hududiy darajada — hududiy komissiyalar a’zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;
- tumanlar (shaharlar)da — tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlari hamda ro‘yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR TIZIMI


Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub'ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: • yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste'mol (S), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi va o‘sish sur'atlari; • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; • mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‘sish suratlari; • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi); • davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste'mol baholari indeksi, inflyasiyaning o‘sish sur'atlari; • ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; • aholining moddiy ne'matlar va xizmatlar iste'moli hajmi, ularning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. Davlat byudjeti taqchilligi va inflyasiya surati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, S, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub'ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Download 67.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling