Kadrlar manejmenti


Download 379.5 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi379.5 Kb.
#111256
Bog'liq
Iqrisodiyot nazariyasi


Mirzo Ulug`bek nomidagi

O`zbekiston Milliy Universiteti

Iqtisodiyot fakulteti

“Kadrlar manejmenti” yo`nalishi

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan



KURS ISHI

Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatning asosiy shakllari

Topshiruvchi: Bo`riboyev Sh.E

Qabul qiluvchi: ___________

Toshkent-2020

Mundarija:

Kirish…………………………………………………………………………3

1.Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni………………………………..………..4

2.Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari………………………………….14

3.Tadbirkorlik rivoji uchun yangi imkoniyatlar………………………………35

Xulosa……………………………………………………………………….42

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………….43

Kirish

Tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab


tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.”
Amir Temur

Hozirgi kunda mamlakatimizda har daqiqa islohatlat amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida hukumat qo`ldan kelgan barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Ayniqsa hozirda bizning vatanimiz bozor iqtisodiyoti tomon qadam bosar ekan. Iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan raqobatlasha olishi kerak. Shu jumladan hozida kichik tadbirkorlikga katta imkoniyatlar yaratildi. Istagan inson o`z g`oyalarini amalga oshirishi mumkin. Oldingi davrlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bir muncha qiyinchiliklar tug`dirar va natijada aksariyat inson qora tadbirkorlikga qo`l urar edi. Bundan tashqari ayrim tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan insonlar esa unchalik bozor muhitiga moslasha olmay kasotga uchrar edilar. Shu sabab hozirda sizlarga tadbirkorlikning asil mohiyati jumladan tarixi haqida o`z bilganlarni ulashmoqchi. Mavzu davomida tadbirkorlining turlari va shakllari ,ularning qulayligi va kamchiliklari ochiq oydin ochib beriladi. Tadbirkorlik o`ziga yarasha qiyinchiliklari va foydalari haqida ham to`xtalib, hozirgi kunda qanday yangiliklar, qulay shart-sharoitlar yaratilayotganligi haqida to`xtalib o`taman.

1. Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni

Tadbirkorlik- bu so`zni eshitingiz bilan tabiiyki ko`zingizga o`z korxonasiga ega, yuqori daromad egasi, egnida esa klassik yoki zamonaviy etiket qoidalari asosidaga kiyimlar , kamida eng yaxshi avtomobil egasi va 2 qavatli uy sohibi ko`rinishidagi shaxs gavdalanadi. Bunday shaxs ayol ham erkak ham bo`lishi mumkin. Payti kelganda yosh 18 yoshli yigit ham tadirkor bo`lishi mumkin. Aslida ham bunday ta`riflar o`rinlimi. Ha albatta yuqoridagi belgilar tadbirkorlikning asosiy belgilari emas-u lekin qisman to`g`ri belgilar. Keling tadbirkorlik tushunchasi haqida batafsil o`rganamiz , shuningdek tadbirkorlik bilan biznes o`rtasidagi farqlarni ham o`rganamiz. Tadbirkorlik tushunchasi tadbirkorlik ensiklopedik lug`atida- (ing interprise) shaxsiy , daromad,foyda olishga qaratilgan fuqorolarning mustaqil faoliyati . Bu faoliyat o`z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin. “ Tadbirkor bo`lish – bu boshqalar qilayotgan ishni qilmaslik va qilganda ham ana shu ishni boshqalarnikidek tarzda qilmaslikdir.” “Tadbirkorlik – bu qiymatga ega bo`lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayonidir. Tadbirkor esa shu narsani yaratish uchun o`zining bor vaqti va kuchini sarflaydigan, o`z gardaniga moliyaviy, ruhiy, ijtimoiy mas`uliyatni oluvchi, o`z ishining natijasi sifatida katta mukofot oluvchi insondir”1 . Bundan tashqari, ilmiy va o`quv adabiyotlarda tadbirkorlik va tadbirkorga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, boshqaruv nuqtayi nazaridan yondoshgan holda ta`rif beriladi.



Agar tadbirkor bo‘lishni istasangiz, siz o‘zingizda tadbirkorlikning asosiy jihatlarini shakllantirishingiz zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. Tashabbuskorlik. Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi.
2. Tavakkalchilik. Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta rejalashtirishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi kafolatlanmagan. Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi juda ko‘p xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin. Tadbirkor – bu turli xavf xatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi.
3. Mas’uliyat. Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
4. Yangilikka intilish. Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish, ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish muhim o‘rin tutadi.

Tadbirkorlik faoliyati nazariyasi

Tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishidagi uch to`lqin - tadbirkorlik amaliyotini ilmiy anglash jarayonini rivojlanishini shartli ravishda tavsiflashi mumkin. Keling har bir to`lqin haqida birma bir to`xtalib o`tamiz.

Birinchi to`lqin” - XVIII asrda paydo bo`lgan bo`lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan - tavakkalchilik jarayonlari, ya`ni xususiyatlari bilan bog`langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F. Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangan. Fransuz iqtisodisotchisi R.Kantilon “birinchi to`lqin”ning nomoyondalaridan biri bo`lib, u tadbirkorlikning asosiy belgisi sifati tavakkalchilikni ko`rsatadi. Uning fikriga ko`ra “tadbirkor-voqea va hodisalarni oldindan ko`ra bilish xususiyatiga ega bo`lgan, o`z zimmasiga barcha ma`suliyatni olib tavakkal qiluvchi, o`z xatti harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo`qotishlarga tayyor bo`lgan ixtiyoriy bir shaxsdir”2



Shuningdek XIX asrda nemis klassik namoyondalari G.Mangoldt , AQSh iqtisodchisi F.Naytlar ham “Birinchi to`lqin” davomchilari hisoblanadi. Yuqorida ta`kidlangan R.Kantilondan so`ng neoklassik maktab asoschilari asarlarida o`ziga hos tavakallchilik asosida raqobatlashib , savdo faoliyati bilan shu`gullanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblaydilar.

Tadbirkorning yana bir asosiy jihati bo`lmish innovatsion harakati “ikkinchi to`lqin”da o`z aksini topdi. Bu oqim asoschilaridan biri Y.Shumpetter hisoblanadi. Uning fikriga ko`ra tadbirkor iqtisodiyotni o`sishida asosiy rol o`ynaydi. U tadbirkor faoliyatini 3 maqsadli qismlarga bo`ldi:



  • xo`jayinlikka, hokimiyatga bo`lgan intilish;

  • muvaffaqiyatga nisbatan irodali bo`lish, raqiblari bilan va o`z-o`zi bilan
    bo`lgan kurashda g`alabaga intilish;

  • mustaqil ish yuritish tufayli olinadigan ijod quvonchi, lazzati

Yuqorida ta`kidlanganidek Y.Shumpetter va uning shogirtlari L.Mizes, F.Xayeklar “uchinchi to`lqin” asoschilar hisoblanadi. Ularning fikricha ― “...tadbirkorning ishi nafaqat yangi texnologik usullarni tajriba qilish, balki mavjud usullar ichidan kishilar uchun aynan zarur bo`lgan narsasini eng qulay, eng arzon bahoda ta`minlay oladiganini tanlashdir” Tadbirkorning muhum shaxsiy fazilatlari tadbirkorlikning asosiy omili , ularning asosiy g`oyasi hisoblanadi. AQSh iqtisodchisi I.Kirtsner bu g`oyani yanada rivojlantirdi va o`z asarlarida “tadbirkor bozorni muozanatga keltiruvchi kuch “ sifatida talqin qildi.

Hozirgi kunda tadbirkorlikning rivojlanishini “to`rtinchi to`lqin”ga tenglashtirsak ham bo`ladi. Asosiy hususiyati sifati shundaki oldin shaxsiy pul bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin. Bu esa bo`lajak tadbirkorlar (aniqrog`i kuchli g`oy ava rejaga ega ammo mablag`i yo`q insonlar)ga anchagina muammo tug`dirgan . Hozirgi kunda bunday muammolarni uchratish qiyin. Chunki oldingi davrdan farqli ravishda hozirda birovlarning puli evaziga tadbirkorlik qilish shakllanib ulgurdi. Albatta kuchli g`oya , pishiq rejalar, kelajagini qisman ko`ra oladigan odamlarga pul bilan ta`minlaydigan investorlar talaygina. Umumiy qilib aytadigan bo`lsak intellectual capital bilan moliyaviy capital qo`shilishi natijasida tadbirkorlik amalga oshiriladi.

Iqtisodiyotni yaxshi o`rgangan inson borki o`z vaqtida “Zamonaviy iqtisodiyot otasi” nomini olgan iqtisodchi Adam Smitni juda yaxshi biladi. Adam Smit tadbirkorga shunday ta`rif bergan edi: “Tadbirkor xo`jalik yuritish tahlikasini o`z zimmasiga oluvchi capital egasidir”3 Shuningdek Rossiya fanlar akademiyasi akademigi L.I.Abalkning so`zlariga ko`ra yetarlicha rivojlangan bozor xo`jaligi tadbirkorlikni rivojlanishining negizi hisoblanadi4 . Ya`ni tadbirkorlikning rivojlanishi bozor xo`jaligi rivojining poydevori hisoblanadi.

Hozirgi kunda kimlar tadbirkor bo`lishi mumkin ?

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. “O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.” 5

Shu bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud. Bularga:
– davlat organlari;
– davlat organlarining mansabdor shaxslari;
– tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslarni kiritish mumkin.

Tadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Tadbikorlik madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rishimiz mumkin:

  • Tadbirkorlik madaniyati – bu madaniyat omillarini hamma yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy tashkil etish. Shuningdek madaniyat har bir insonni darajasini oshirishda muhim omil hisoblanadi.. Hoh u tadbirkor hoh u oddiy inson bo`lsin madaniyatsiz bo`lsa , uning hayotida ,kundalik turmushida tartib va osoyishtalik bo`lmas.

  • Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo`yicha g`oya , maqsad, vazifalarning bir-biriga moos kelishi. Zero kuchli va aniq g`oya va maqsad uzoq va o`xiri ravshan yo`ldir.

  • Tadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yurutishi

  • Tadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy , zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi. Tabiiyki ilm-fan va tarjibasi yo`q tadbirkor tadbirkor emas va u muaffaqqiyatga erisha omaydi.

  • Tadbirkor o`z faoliyatida xodimlari va hamkorarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi lozim.

Maqsadga yetishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatining ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorning koporativ madaniyatni boshqarish pog`onalari quyidagicha:

  • Madaniyatning rivojlanish an`analari va holatini tahlil qilish

  • O`rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash

  • Paydo bo`lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini aniqlash

  • Mavjud muammoning yechimini topadigan yo`llarini ko`rsatish

  • Chuqur o`rganilayotgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish

Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi. Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Ma`lumot sifatida tadbirkorlik natijasida yuksak muaffaqqiyatga erishgan bir tashkilat haqida to`xtalib o`taman. 1997-yili kollejda birga tahsil olgan do‘stlar Internetdan har qanday ma’lumotni topib bera oladigan algoritmni yaratish g‘oyasi bilan qiziqqan vaqtlarida buning nima bilan yakun topishini, hatto tasavvur ham qilmaganlar. Bu vaqtda ular yaxshi ta’lim olishga intiluvchi yosh talabalar edilar. Algoritm yaratish ustida ishni davom ettirish uchun vaqt yetmagani uchun ular o‘z ishlanmalarini «Yahoo» kompaniyasiga 1 mln. dollarga sotishga qaror qildilar. «Yahoo» bilan savdolashish narxi 500 ming dollargacha bordi, biroq oxir-oqibat algoritmni sotishdan voz kechdilar. Yigitlar algoritm ustida ishlashni davom ettirdilar. Natijada hozirda qiymati 280 mlrd. dollarga baholanayotgan «Google» kompaniyasi tashkil topdi.”6



Tadbirkorlik va biznes

Bozor iqtisodiyot subyektlar xo`jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalarini bir-biri bilan bog`liq va amaliy jihatdan bir-birining o`rniga qo`llash mumkin . Lekin “tadbirkorlik va “biznes” iqtisodiy ta`sir doirasi bo`yicha qaraydigan bo`lsak ular orasidagi farqlar namoyon bo`ladi. Biznes tushunchasi tadbirkorlikka nisbatan kengroq tushunchadir. Tadbirkorlikka biznesning bir shakli sifatida qaraladi va tadbirkorlik keng ma`noda shaxsiy yoki jamoaviy manfaatga asoslangan va shaxsiy omillarga asoslanib amalga oshiriladigan , uy xo`jaligini yuritishdan to tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq aqliy faoliyatdir.

“Biznes” so`zi inglizcha bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha qilib aytganda , kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatdir.

“Biznesmen” atamasi birinchi bo`lib Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u “mulk egasi” degan ma`noni anglatadi. Adam Smit biznesmenni mulk egasi sifatidai ta`riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilikka boradigan kishidir deb ta`kidlaydi. Tadbirkorning o`zi , o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi va mahsulotni sotadi.

Tadbirkorlik va biznes o`rtasidaga farq yuzasida mening ustozlarimdan biri quyidagi gaplarni aytgan: “Tadbirkor qiymatni yuzaga keltiradi, biznesmen esa qiymat qo`shadi” Misol tariqasida tushuntiradigan bo`lsam tadbirkor butun fasl davomida atirgul ko`chatini ekib, barvarish qilib, so`ngra sotadi. Biznesmen esa tayyor atirgulni o`rab biroz atir sepib sotadi. Xulosa sifatida tadbirkorning faoliyati o`z ichiga uzoq jarayoni oladi. Biznesmen esa foyda maqsadida eng maqbul yo`llarni qidiradi mening fikrimcha !

Tadbirkorlik faoliayati haqida to`xtaladigan bo`lsak faqat iqtisodiy sohaning turli-tuman darajalaridagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini ifoda qiladi. Tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat`iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy subyekti sifati tadbirkor, sherik, davlat, yollanma ishchi maydonga chiqadi. (1-chizma)



Frame1

O`zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)- tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan , tavakkal qilib o`z mulkiy javobgarlig ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat”.

Tadbirkorlik faoliyatining faoliyatining obyekti – tovar, mahsulot, xizmatlar hisoblanadi. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi katta foyda , daromad keltiruvchi , yuqori talabga ega bo`lgan tovar va xizmatni bozorga taklif qilishdir. Bu esa muayyan xarajatlar qilishni taqozo etadi.

Xarajat – bu muayyan tovar va xizmatni ishlab chiqarish bilan bo`gliq pul ko`rinishidagi tadbirkor qilgan sarflar tushuniladi.

Daromad- bu tadbirkorning ma`lum bir tovar yoki xizmatni sotishi natijasida uning hisobiga tushuvchi mablag`dir.

Misol uchun men A shaxsga 100 ta non yetkazib berdim va undan mening hisobimga 400 ming so`m tushdi . Nonni ishlab chiqarish va yetkazib berish menga 280 mingga tushdi. Shunda 500 ming so`m bu mening daromadim, 120 ming so`m esa mening foydam hisoblanadi.

E`tiborga molik bir jihat borki foyda olish uchun tadbirkor bo`lish shart emas, ya`ni foyda olish faqat tadbirkornigina xaraktirlamaydi. Shuning uchun ham , tadbirkor foydasi yoki daromadi oddiy kishi foydasidan farqli ravishda , 2 unsurdan tashkil topadi:


Yuqoridagi ikkisi tadbirkorning foydasi hisoblanadi. Agar sizning korxonangiz barqaror ravishda oyiga 2 mln so`m foyda olsa-yu, sizning ishlab chiqarishdagi isloxatlaringiz natijasida foyda oyiga 3 mln so`mga chiqsa, bu holatda 1 mln so`m sizning tadbirkorlik foydangiz hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkor ishbilarmon kishi bo`lishi talab qilinadi, lekin ishbilarmon inson tadbirkor guruhiga kirmasligi mumkin.

Tadbirkorlikni rivojlantirishda tadbirkorik muhiti muhil omil hisoblanadi. Tadbirkorlik muhiti – zarur resurslarni ishlatish, tadbirkorlik kapitalini shakllantirishga imkon beruvchi, iqtisodiy aloqalarning bozor turi hukmron bo`lishini ta`minlovchi tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlar majmuini va iqtisodiy erkinlik darajasini o`z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy holat hisoblanadi.

Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning maxsus shakli sifatida aholi bandligini , yangi ish o`rinlarining manbai sifatida sanoati rivojlangan barcha mamlatkatlar tomonidan qo`llab quvvatlanadi.

Hukumat tomonidan esa tadbirkorlikning qo`llab quvvatlash 3 ta yo`nalishlar bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga qaratiladi:

-yangi tashkil etilgan firmalarni va ochilishi kutilayotgan firmalarni o`z faoliyatining dastlabki jarayonida har xil maslahatlar berish ( firma tashkil etilgandan boshlab 1-3 yil davomida konsalting xizmati)

-tashkil etilgan tuzilmalarga muayyan moliyaviy yordamlar ko`rsatish va ularga har xil imtiyozlar berish ( ayniqsa soliqqa tortish sohasida )

-moliyaviy jihatdan zaifroq bo`lgan tadbirkorlik tuzulmaliriga texnikaviy , ilmiy-texni yoki texnologik yordam ko`rsatish.

Davlat tomonidan yordam ko`rsatish kichik korxona to o`rta yoki yirik korxona mezoniga o`tgunga qadar amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik g`oyasi uyning boydevori kabi tadbirkorlik sohasida katta o`rin tutadi. Poydevor qurushda sustkashlikga yo`l qo`yilsa uyning jidamliligiga, chiroyiga va umriga ta`sir qilgani kabi tadbirkorlik g`oyasini amalga oshirishga ta`sir etuvchi omillarning o`zgaruvchanligi, noaniqligi yanada murakkabchiliklarni keltirib chiqaradi. Har bir tadbirkor o`z faoliyatini boshlashdan oldin, go`ya bo`yicha qaror qilishda taxminan quyidagicha masalalarni ko`rib chiqadi:


  • Talab qilingan xomashyoni olish, toppish mumkinmi va qaysi sharoitlarda olish mumkin; agar zarur bahoda ololmasa, u holda g`oya amalga oshirilmasligi mumkin;

  • Talab qilingan yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi sotib olish imkoniyati bormi va qanday bahoda;

  • Zarur texnika , texnologiya va asbob-uskunalarni bozordan olish imkoniyati bormi;

  • Tadbirkor xatti-harakatlariga davlatning me`yoriy-huquqiy hujjatlar orqali ta`sir etish usullari (soliqqa tortish, cheklash, moliyaviy va boshqa xil qo`llab-quvvatlashlar va hokazolar)

Shuningdek, tadbirkor o`z fikridan tashqari , iste`molchi fe`l-atvorini , daromad darajasi va shaklini, iste`molchi iqtisodiy qiziqishlari tizimini, tovarlarning xarid qila olishini , davlatning iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini hisobga olishi lozim.

G`oyaning amalga oshishidagi asosiy omillarning ta`sir darajasini sinchikovlik bilan o`rganib chiqish har bir tadbirkorning vazifasi hisoblanadi. Ko`z oldingizga tadbirkorlikning muayyan bir sohasini ikki pallali tarozi deb tasavvur qiling. Shunda tarozining bir pallasini bosib tursangiz ikkinchi pallasi ko`tariladi. Hech qachon bir palla yuqoriga ko`tarilsa, ikkinchi ham ko`tarilmaydi shu kabi tadbirkorning tajribasi, biznesdagi zafarlari va mag`lubiyatlari boshqa bir tadbirkorlarning kasod bo`lishi yoki gullab-yashnashiga sabab bo`ladi. Bularning sabablarini , jahon amaliyoti va iqtisodiy jarayonlar bilan umumlashtirib o‘rganish hozirgi kunda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchilikni oldindan aniqlash va oldini olish yoki uni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradigan, ishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan butun bir chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishga olib keladi. Bunday samarali vositalardan biri taxminiy narxlami aniqlash, texnik iqtisodiy izlanishlar olib borish va biznes rejalar ishlab chiqishdir. Loyihaning hayotga tatbiq qilish mumkinligini aniqlash, uning tadbirkor uchun foydalilik darajasini hamda loyihaning bozordagi va moliyaviy samaradorligini baholash biznes rejaning asosi hisoblanadi.



2. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari

Tadbirkorlik faoliyatining shakllari haqida gap ochishdan oldin avvalo turlari haqida to`xtalib o`tishga qaror qildim. Buning sababi shundaki aksariyat tadbirkorlikning turlari bilan shakllarini farqiga bormaydi. Shu sababli tadbirkorlik turlari haqida ham bir oz to`xtalib o`tmoqchiman.

Ko`plab ilmiy adabiyotlarni ko`zdan kechirganimizda unda tadbirkorlik turlari va shakllari turli nomlarda va miqdorda yoziladi. Men esa o`z xulosalarimga tayangan holda yanada yaxlit holatga keltirishga harakat qildim.

Biz turli mahsulotlar (pomidor, mashina, uy va boshqalar)ni ishlab chiqarish bilan xizmat ko`rsatish ( maishiy xizmat, ta`lim xizmati, sog`liqni saqlash , maslahat berish va boshqalar)ni o`zaro farqlaymiz. Botanika fanida o`simliklarning bargi, guli , mevasi va shu kabi o`ziga hos belgilari bilan sinflarga bo`lingani kabi tadbirkorlik faoliyati ham turlanadi. Shunga ko`ra, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati turlari o`zidagi jarayonlar shakli va mazmuni ko‘ra farqlanadi. Tadbirkorlik faoliyati xizmat ko‘rsatish, vositachilik faoliyati, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, moliyaviy operatsiyalar kabi sohalarda nisbatan samarali amalga oshadi. Tadbirkorlik faoliyatining yo‘naltirilganligi, kapitalni kiritish obyekti va aniq natijalariga ko‘ra tadbirkorlik turlari farqlanadi.

Tadbirkorlik turi – tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishi, kapital kiritish sohasi va faoliyat natijasiga ko‘ra farqlanuvchi belgilar tizimi.”7Shunga ko`ra tadbirkorlik faoliyatining hozirgi kunda quyidagi 4 turi majvud:


  • Ishlab chiqarish tadbirkorligi

  • Tijorat tadbirkorligi

  • Moliyaviy tadbirkorlik

  • Tadbirkorlikning 4-turi haqida aniq bir to`xtamga kela olmadim. Chunki ayrim adabiyotlarda uning 4-turi sifatida Sug`urta faoliyati haqida fikr bildirilgan bo`lsa ayrim adabiyotlarda Konsalting (maslahat) turi, 4-turi hisoblanadi. Mening nazarimda umumiylashtirishga harakat qiladigan bo`lsak konsalting turi ishlab chiqarish tadbirkorligi turiga kirib ketadi. Ayrim adabiyotlarda Sug`urta faoliyatini Moliyaviy tadbirkorlikning tarkibi qismi sifati qaralashi yozilgan.

Ishlab chiqarish tadbirkorligi

Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval uning o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz kichik qandolatchilik firmasi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur asbob-uskuna va jihozlar hamda yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Sizning qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatingiz ishlab chiqarish tadbirkorligi deyiladi. Ishlab chiqarish tadbirkorligi – iste’molchilarga sotish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat. Ishlab chiqarish tadbirkorligi o‘z ichiga xizmat ko‘rsatishni ham oladi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, kiyimlarni kimyoviy tozalash, turli masalalarda maslahat berish, ta’lim xizmati va boshqalar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyat sohasini tanlash tadbirkorning moliyaviy resurslari va shaxsiy moyilligi orqali belgilanadi. Dastlab marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi, bozor o‘rganiladi, taklif etiladigan tovarning qay darajada iste’molchiga zarurligi, talabning darajasi va o‘zgarishi, talab darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, taxminiy xarajatlar va sotish hajmlari aniqlanadi.



Tijorat tadbirkorligi

Aytaylik, sizda ishlab chiqarish tadbirkorligi uchun yetarli resurs bo‘lmasligi mumkin. U holda siz ishlab chiqarish resurslari kabi katta ehtiyoj talab etmaydigan, ko‘proq aylanma mablag‘lar yetakchi o‘rin tutadigan tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Tijorat tadbirkorligi – tovar-pul munosabatlari va savdo-ayirboshlash operatsiyalariga, ya’ni tovar va xizmatlarni qayta sotishga asoslangan faoliyat. Chakana va ulgurji savdo, turli mol-mulklar, shu jumladan ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qilish tijorat tadbirkorligiga misol bo‘la oladi. Tijorat tadbirkorligida tovarni sotish narxi uning xarid narxidan yuqori bo‘lishi asosiy qoida hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tijorat tadbirkorligini amalga oshirishdan avval bozor holati puxta tahlil qilinadi.



Moliyaviy tadbirkorlik

Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab qiluvchi moliyaviy tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati. Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valuta birjalari va boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.



Sug`urta faoliyati

Hayot turli tasodiflarga, kutilmagan hodisalarga to‘la. Har qanday kishi kutilmaganda sog‘lig‘ini, tabiiy ofat yoki baxtsiz hodisa tufayli mol-mulkini yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida hech kimning faoliyat natijasi to‘liq kafolatlanmagan bo‘lib, korxonalar moliyaviy inqirozga yuz tutishi mumkin. Shunday holatlarda sug‘urta faoliyatiga ehtiyoj seziladi. Sug‘urta – turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati. Sug‘urta faoliyati ham tadbirkorlikning maxsus turi hisoblanadi. Unga mulk sug‘urtasi, hayot va sog‘liqning shaxsiy sug‘urtasi, risk sug‘urtasi, javobgarlik sug‘urtasi kabilar kiradi. Umumiy holda sug‘urta tadbirkorligini sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi sifatida tavsiflash mumkin.



Dastlab biror tajribasiz kishi tadbirkorlik bilan shug`ullanmoqchi bo`lsa, bir muncha boshi qotadi. U shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik turidan muvofiqini tanlash
uchun har bir tadbirkorlik turining xususiyatli belgisi bo‘yicha ma’lumotlarni umumiy jadval yordamida tahlil qilishi zarur. Misol tariqasida siz ham tahlil qilishingiz mumkin, masalan muayyan belgining murakkablik darajasini baholash uchun «past» – 1 ball, «ahamiyatli» – 2 ball, «yuqori» – 3 ball bilan ifodalab olamiz. Tadbirkorlik turlarini umumiy tahlil qiladigan bo`lsak quyudiga jadvalda hammasi oydinlashadi:

Xususiyatli belgilari

Tadbirkorlik turlari

Ishlab chiqarish tadbirkorligi

Tijorat tadbirkorligi

Moliyaviy tadbirkorlik

Sug`urta faoliyati

Moddiy resurslarga talab darajasi

Yuqori (3)


Past (1)


Past (1)


Past (1)


Moliyaviy resursga bo`lgan talab darajasi

Ahamiyatli (2)


Yuqori (3)


Yuqori (3)


Yuqori (3)


Risk darajasi

Past (1)


Ahamiyatli (2)


Ahamiyatli (2)


Yuqori (3)


Maxsus bilim va ruhsotnomaga talab darajasi

Ahamiyatli (2)


Yuqori (3)


Yuqori (3)


Yuqori (3)


Umumiy natija

8

7

9

10

2-chizma

Jadvaldan quyidagicha xuloasa chiqarishimiz mumkin: ishlab chiqarish tadbirkorligida moddiy resurslar (bino, inshoot, texnologik liniya, stanoklar, xomashyo va materiallar)ga talab qolgan tadbirkorlik turlariga nisbatan yuqori bo‘ladi. Moliyaviy resursga bo‘lgan talab ham ahamiyatli darajada, biroq tijorat, moliyaviy va sug‘urta tadbirkorligiga nisbatan pastroq bo‘ladi. Shu tarzda har bir tadbirkorlik turning xususiyatli belgilari bo‘yicha hosil qilingan ballar yig‘indisi ular murakkabligining turli darajalarini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, siz ham xususiyatli belgilarini baholash orqali o‘zingiz shug‘ullanishingiz mumkin bo‘lgan tadbirkorlik turini tanlashingiz mumkin.

Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllarini faqlash uchun birozga tasavvur olamingizni ishga solish talab etiladi. Oldimizda qurilishi kutilayotga uy chizmasi turibti. Boshqaruvchi o`z imkoniyatlardan kelib chiqib uy to`laligicha g`ishtdan qurishi yoki betondan yoki shu kabi materiallardan . Lekin baribir uy quriladi. Ana shunda biz uyni tadbirkorlik faoliyatining biror turi deb qarasak uning asosida yotgan poydevor yoki asosiy hom ayshoni tadirkorlikning shakli sifatida qabul qilishimiz mumkin . Shu kabi tadbirkorlik faoliyatining turlari ham turli shakllarda nomoyon bo`ladi.

Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. Tadbirkolik shakllari turli adabiyotlarda turlicha farqlanadi. Shu sababli barchasi haqida mavzu davomida to`xtalib o`timiz.



Tadbirkorlik qaysi sektorda amalga oshirilishiga qarab asosiy 2 qismga ajratiladi: davlat tadbirkorligi va xususiy tadbirkorlik. Ayrim manbalarda keltirilishicha tadbirkorlik mulk shakllariga ko`ra davlat, nodavlat, shu jumladan xususiy , aralash shakllarda namoyon bo`ladi. Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: yakka tartibdagi tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi va aralash tadbirkorlik.8

Nodavlat shakllariga xususiy -yakka va xususiy - jamoa tadbirkorligi kiradi. O’z navbatida xususiy – yakka tadbirkorlik subyektining o’z mexnatiga va yollanma mehnatga asoslangan bo’ladi9.

Xususiy - jamoa tadbirkorlikka sheriklik, paychilik jamoalari, aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Aralash tadbirkorlik qo’shma, aralash va ijara korxonalari shaklida namoyon bo’ladi.10

Xususiy tadbirkorlik Biror xususiy korxona yoki tadbirkor nomidan iqtisodiy faollikni amalga oshirishdir. Bu ikki tadbirkorlik turi o`zining farqli xususiyatiga ega bo`lsa-da , o`z navbatida amalga oshirilish tamoyillari asosan bir-biri bilan mos tushadi.

Davlat tadbirkorligi deganda davlat mulkini amaldagi qonunlar asosida boshqarish huquqiga ega bo`lgan davlat boshqaruv organlari, mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari tomonidan ta`sis etiligan korxonalar nomidan iqtisodiy faollikni amalga oshirish shaklidir.

Uyushish darajasiga ko’ra, yakka tartibdagi va jamoa tadbirkorlik shakllari mavjud. Yakka tartibdagi tadbirkorlikka yakka tartibda mexnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi, o’z mexnatiga, xususiy va yollanma mexnatga asoslangan xususiy tadbirkorlik, oilaviy korxonalar kiradi.

Tadbirkorlikning jamoa shakliga davlat, shirkat, sheriklik, paychilik, mexnat jamoasi korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va hokazolar kiradi.

Faoliyat sohasiga ko’ra, tadbirkorlik ishlab chikarish, xizmat ko’rsatish, tijorat ishi va tijoratda vositachilik qilish shakllariga ega bo’ladi. Tadbirkorlik korxonasida ish bilan band bo’lgan xodimlar miqdoriga ko’ra kichik, yirik tadbirkorlik shakllarida o’z ifodasini topadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli yakka tartibdagi tadbirkorlik bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o’z navbatida ikki turga bo’linadi: shaxsiy tadbirkorlik va birgalikdagi tadbirkorlik.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya. Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.11

Jismoniy va yuridik shaxs

Yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan ta’rifda jismoniy shaxs va yuridik shaxs tushunchalari uchraydi. Shunday ekan, mazkur tushunchalarning ma’nosini bilib olish tadbirkorlik shakllari to‘g‘risida kengroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Yuridik shaxs- fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib, ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.

Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lgan alohida fuqaroni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z nomidan ish yuritadi , faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikning

Afzalliklari

Kamchiliklari

O‘z faoliyatini mustaqil boshqarish hu
quqiga egaligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik murakkab boshqaruv tuzilmasiga ega emas. Ya’ni, unda korxonadagi singari direktor, buxgalter kabi lavozimlarni tashkil etish shart emas. Ushbu vazifalarning barchasini yakka tartibdagi tadbir korning o‘zi bajaradi



O‘z faoliyati natijalari uchun cheklanmagan shaxsiy javobgarlikka ega
ligi. Deylik, siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida zararga kirib qoldingiz. Bu qanday holda ro‘y berganidan qat’i nazar, siz ushbu faoliyatga sarflangan mablag‘larni o‘z mol-mulkingiz bilan qoplashga majbursiz



Faoliyat yuritishning nisbatan yengilli
gi. Masalan, yuridik shaxs ko‘rinishidagi korxonalar zarur hollarda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish imkoniga ega emas. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun esa tegishli soliq idorasiga murojat qilish orqali o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatib turish va bu davr uchun soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasligi ruxsat etiladi.



Faoliyatni kengaytirishda yollanma mehnatdan foydalanishning cheklanganligi. Ya’ni, qonunchilikka ko‘ra, faoliyat turiga qarab, bir nafardan uch nafargacha xodimni yollashga ruxsat
etiladi. Bu esa, yakka tartibdagi tadbirkorga o‘z faoliyatida ko‘p ishchilarni talab qiluvchi texnologiyani joriy qilishga imkon bermasligi mumkin


Ustav fondini shakllantirishning talab etilmasligi. Ya’ni, siz hech qanday mablag‘ni alohida jamg‘armasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri faoliyatingizni boshlashingiz mumkin



Shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlarining cheklanganligi. Siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishingiz mumkin



Alohida yuridik manzilning talab etilmasligi. Siz o‘zingizning doimiy yashash manzilingizni ko‘rsatgan holda yakka tartibdagi tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.


Mablag‘larning u qadar katta bo‘lmasligi yirik loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi. Siz aksiyadorlik kompaniyasi singari qo‘shimcha aksiya chiqara olmaysiz, yirik hamkorlar, qo‘shimcha mablag‘larini jalb eta olmaysiz


Hisobotlar topshirishning yengillashtirilgan tartibi qo‘llanilishi. Masalan, qonunchilikka ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi





Yakka tartibdagi tadbirkorlikning asosiy xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turi va uni yuritish joyiga qarab eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda qat’iy belgilangan soliq to‘lovlarini amalga oshiradilar.

Eng kam ish haqi davlat tomonidan mamlakatda muayyan vaqt davri (masalan, soat, kun, hafta, oy yoki yil) uchun mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdori.

Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom bunga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xodimlar yollangan taqdirda har bir xodim uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatildi. (2020-yilga kelib bu ko`rsatkich o`zgarishi ehtimoli ham bor). Shuningdek, hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir.12

Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir vaqtda bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohidaalohida to‘laydilar.

Oilaviy tadbirkorlik

Siz yakka tartibdagi tadbirkorlikning ayrim kamchiliklarini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali hal etishingiz mumkin. oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyatidir.

Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.13

O‘z faoliyatingizni oilaviy tadbirkorlik shaklida tashkil etish siz uchun maqbul tanlov hisoblanadi. Chunki, oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish orqali o‘zingiz yashab turgan hududda faoliyat yuritishingiz hamda ishlab chiqarilgan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishingiz mumkin. Bunda siz o‘z turarjoyingizni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga aylantirishingiz
shart emas. Shuningdek, siz tadbirkorlik faoliyatini o‘z uyingizda tashkil etsangiz, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti kabi kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan tariflarda to‘lashingiz mumkin. Bu esa, boshqa shakldagi korxonalarga nisbatan yengillik va katta imtiyoz demakdir.

Ma`lumot sifatida aytib o`tishim joizki jahonning ko‘plab ko‘zga ko‘ringan yirik kompaniyalarining faoliyati oilaviy biznesga asoslangan. Masalan, «Walmart» (AQSH), «Samsung Group» (Janubiy Koreya) va «Tata Group» (Hindiston) kabi yirik kompaniyalar shular jumlasidandir.



Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.

Oilaviy korxona aksiz solig‘i14 to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek, yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.

Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni ko‘p kvartirali uyning turarjoylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan va yuridik shaxs tashkil etgan holda yo‘lga qo‘yish mumkin. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy tadbirkor (OT), yuridik shaxs tashkil etgan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy korxona (OK) deb nomlanadi. Tadbirkorlik faoliyatining har qanday shaklida bo‘lgani singari oilaviy
tadbirkorlikda ham afzallik va kamchilik jihatlari mavjud. Ularning asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz.

Afzalliklari:

- Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamkorlikdagi faoliyatning yuqori samaradorligini ta’minlaydi

- Har bir oila a’zosining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilish samarali mehnat taqsimotidan foydalanishga zamin yaratadi

- Tadbirkorlik faoliyatida oiladagi mavjud qo‘shimcha resurs va imkoniyatlardan foydalanish natijaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

- Oiladagi yoshlarning tadbirkorlik sirlarini o‘rganib borishiga imkon yaratadi



- Oilaviy tadbirkorlikni meros qoldirish imkoniyati orqali avlodlarning kelajagini ta’minlaydi
Kamchiliklari:

  • Oilaviy munosabatlarning ish bilan bog‘liq munosabatlarga salbiy ta’sirining mavjudligi

  • Ayrim hollarda oila a’zolarining mutaxassis sifatidagi malaka va ko‘nikmalarining yetarli bo‘lmasligi

  • Oilaviy tadbirkorlikni yirik korxona shaklida tashkil etish imkoniyatining cheklanganligi

Oilaviy tadbirkor shaklidagi faoliyatni amalga oshirish qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Oilaviy tadbirkor o‘z faoliyatida faqat oila a’zolaridan foydalanish mumkin bo‘lib, tashqaridan xodimlarni yollash huquqiga ega emas. Bu o‘rinda oila a’zolari bo‘lib, asosan, er-xotin, otaonalar va farzandlar hisoblanadi. Oilaviy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi hisoblanadi. Oilaviy tadbirkor oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda, oilaning boshqa a’zolari esa eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badallarini to‘laydilar.

Oilaviy korxona – yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik shakli. Oilaviy korxona ishtirokchilarining soni ikki kishidan kam bo‘lmay, ular korxona faoliyatini yuritishda shaxsiy mehnatlari bilan qatnashishlari shart. Oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i, bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxonaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.

Oilaviy korxona ishtirokchilari va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki
negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.15

Oilaviy korxonaning ta’sis hujjati bo‘lib ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Oilaviy korxona ustav fondining minimal miqdori eng kam ish haqining o‘n barobaridan kam bo‘lishi mumkin emas. Oilaviy korxona yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin oilaviy korxona ishtirokchilari ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmaydi. Qonunchilikka asosan oilaviy korxona shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari ham mavjud. Masalan, u aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, yerosti foydali qazilmalarini qazib olish kabi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Xususiy korxona tushunchasi

Ayrim tadbirkorlar o‘z faoliyatining miqyosiga emas, balki uning mustaqil ekanligiga katta e’tibor qaratadilar. Chunki boshqarish, xo‘jalik qarorlari chiqarish va daromadni taqsimlashdagi mustaqillik tadbirkorning manfaatlariga to‘liq mos kelishi mumkin. Bunday holatda tadbirkorlikning xususiy korxona shakli har tomonlama muvofiqdir. Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.16



Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida amalga oshiriladi. Siz mamlakatimizdagi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni osongina ajratib olishingiz mumkin. Chunki mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotda firma nomidan keyin «xususiy korxona» degan so‘z yoki «XK» abbreviaturasi yozilgan bo‘ladi.

Xususiy korxona faoliyatining o‘ziga xos jihati shuki, u boshqa ta’sischilarning aralashuvisiz, bir kishining yagona rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. E’tiborli jihati, xususiy korxona faoliyatiga boshqa ta’sischilarning aralashuvi man etilsa-da, mazkur xususiy korxonaning boshqa korxonalar faoliyatida ishtirok etishi ruxsat etilgan. Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.17
Xususiy korxona yagona jismoniy shaxs tomonidan tashkil etilgani uchun uning ustav fondi ulushlarga bo‘linmaydi. Shuningdek, ustav fondining hajmini mulkdorning o‘zi belgilaydi. Agar siz xususiy korxona ochmoqchi bo‘lsangiz, uning ustav fondiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni kiritishingiz mumkin. Bunda xususiy korxonaning ustav fondiga kiritadigan mol-mulkingizni mustaqil baholash huquqiga egasiz. Oilaviy korxonalar singari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmaydi.

Xususiy korxonaning

Afzalliklari

Kamchiliklari

Xususiy korxonaning yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilishi va boshqarilishi


Xususiy korxonalar faqatgina jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilishi, yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi


Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqarishi natijasida qarorlar qabul qilish tezligining oshishi

Yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi natijasida qo‘shimcha mablag‘larni jamlash orqali korxonani kengaytirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yilganligi

Korxona rahbarining o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatga rahbarlik vazifasini boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash mumkinligi


Xususiy korxona mulkdori korxonaning

mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq to‘liq javobgar bo‘lishi



Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmasligi


Korxona kasodga uchraganda barcha qarzlarni va boshqa to‘lovlarni ta’sischining
o‘zi to‘laydi. Bu esa tadbirkorga cheklanmagan mas’uliyat yuklaydi


Soliqqa tortishning umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq to‘lovi)dan birini tanlash huquqiga egaligi


Xususiy korxona egasiga korxonani to‘lig‘icha mulk majmuasi sifatida sotishi yoki hadya etishi yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish huquqi berilganligi


Ma`suliyati cheklangan jamiyat

Siz nomidan keyin MCHJ degan qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi» nomidan keyin MCHJ (inglizcha LTD – limited) qisqartmasi mavjud bo‘lib, bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni anglatadi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladigan jamiyat. U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.18

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulushlarini qo‘shish orqali shakllantiriladi. U eng kam ish haqining 40 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni 50 nafardan oshmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni belgilangan chegaradan oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak bo‘ladi.

Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgina kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos. Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan dividend summalariga nisbatan soliq hisoblanadi.

Ma`suliyati cheklangan jamiyatning afzalliklari

Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega. Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi bo‘lishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy
korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega. Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi
bo‘lishi mumkin.

Ma`suliyati cheklangan jamiyatning kamchiliklari

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.

Ma`suliyati cheklangan jamiyatda dividendga soliq

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividenddan 10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.

Misol. «SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
– birinchi ta’sischi – 45%;
– ikkinchi ta’sischi – 25%;
– uchinchi ta’sischi – 18%;
– to‘rtinchi ta’sischi – 12%.
Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:
– birinchi ta’sischi – 47000000× 45%= 21 150 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 47000000×25% =11 750 000 so‘m;

uchinchi ta’sischi – 47000000×18%=8 460 000 (soliq summasi 8460000 ×10% = 846 000) so‘m;


– to‘rtinchi ta’sischi – 47000000×12% =5 640 000 (soliq summasi 5640000 ×10% =564 000) so‘m.
Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miqdorda hisoblanadi:
– birinchi ta’sischi – 21 150 000× 10%= 2 115 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 11 750 000 ×10% =1 175 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 8 460 000 ×10%= 846 000 so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 5 640 000×10% =564 000 so‘m.

Aksiyadorlik jamiyati

Siz uchun tadbirkorlik shakllari orasida nisbatan ko‘proq tanish bo‘lganlaridan biri – aksiyadorlik jamiyatidir. Chunki u eng yirik shakllardan biri hisoblanib, ayrim hollarda korporatsiya deb ham yuritiladi. Bugungi kunda jahonda yetakchi bo‘lgan «Apple inc.», «Microsoft» kabi kompaniyalar shular jumlasidandir. Aksiyadorlik jamiyati (aJ) – muassislar (aksiyadorlar)ning ixtiyoriy hissalari asosida tashkil etilgan biznes yuritish shakli. Shuningdek mamlakatimizdagi «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» kabi kompaniyalar ham aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan. Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.19

Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo‘lishi lozim. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni
chegaralanmaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan oshmasligi zarur.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati – ishtirokchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati – aksiyalari faqat uning ta’sischilari yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi jamiyat.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi yangi tahrirdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalarni ochiq va yopiq obuna yo‘li bilan joylashtirish mumkinligi belgilab berildi. Mazkur qonunga muvofiq, yopiq aksiyadorlik jamiyati mazmunan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘xshashligi bois aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari ochiq va yopiq turlarga ajratilmasdan, ular umumiy holda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladigan bo‘ldi.



Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish

Jamiyatni yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalining minimal miqdori 1 600 mln. so‘mni tashkil etadi. Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi.

Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. Aksiyaning nominal qiymati – aksiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan
qiymati.

Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin. Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs
aksiyaning egasi – aksiyador deb yuritiladi. Aksiyador – aksiyaning egasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ular egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan
dividendlar olish huquqini beradi. Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya.

Aksiyadorlik jamiyatining

Afzalliklari

Kamchiliklari

Katta hajmdagi mablag‘ni osonlik bilan jamlay olishi. Chunki buning uchun yetarli miqdordagi aksiyani chiqarish kifoya

Aksiyadorlar sonining ko‘pligi jamiyat faoliyatini mulkdorlar tomonidan boshqarilishni qiyinlashtirishi. Shunga ko‘ra aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv kengashi tashkil etiladi va direktor tayinlanadi

Aksiyadorlik jamiyati joriy faoliyatini bosh qarish shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga top shirilishi mumkin bo‘lgan biznesning yagona shakli ekanligi

Asosiy faoliyat yoki boshqaruvga oid biron-bir qarorni qabul qilish uchun uning aksiyadorlar yig‘ilishida muhokama qilinishi mazkur jarayonning cho‘zilishiga olib keladi

Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar turiga bog‘liqligi

Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar turiga bog‘liqligi

Imtiyozli aksiyalar esa o‘z egalariga, birinchi navbatda, dividendlarni olishga hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan mablag‘larini olishda ustunlik beradi

Imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi bor
yo‘qligidan qat’i nazar, ma’lum bir divi
dendlar olish huquqini ham taqdim etadi


Aksiyadorlarga e’lon qilingan dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortiladi. Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun solinadigan daromad solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani xarid qilish va sotish orasidagi farqdan hisoblab chiqiladi. Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan uning aksiyalarini xarid qilishni so‘rash bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi masalalar esa, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Dividend (lotincha dividendus – bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga to‘lanadigan daromad.

Yuqorida qo`ldan kelgancha tadbirkorlik shakllari haqida ma`lumot berdim deb o`ylabman. Endilikda qiladigan ishingiz o`zingiz xulosangizga ko`ra o`z tadbirkorlik faoliyatingizni amalga oshirishdan iboratdir.

3. Tadbirkorlik rivoji uchun yangi imkoniyatlar

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatimizning, taraqqiyotimiz va farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo‘lishi shart, deb ta’kidlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon ana shu maqsadlarning amalda to‘liq ro‘yobga chiqishiga yangi imkoniyatlar yaratadi. Mazkur farmon kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash uchun qulay sharoit yaratadi. Sohani qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchayayotgani bejiz emas. Mazkur tarmoq nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, farovonlikka erishishning muhim omiliga aylandi. Zero, tadbirkorlarimiz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash bilan birga, davlatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga ham salmoqli ulush qo‘shmoqda.

– Tadbirkorlarning safi kengayib borayotgani, iqtisodiyotdagi hissasi jadal o‘sayotgani ularning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilayotgani tufaylidir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi kotibi Erkin Jo‘rayev. – Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tizimi yildan-yilga takomillashmoqda.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi va joylarda uning hududiy komissiyalari tashkil etilgani, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilayotgan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi joriy etilgani shu yo‘nalishda uchrayotgan muammolarga barham berishga zamin yaratdi. Bu bilan nazorat qiluvchi idoralarning istagan paytda xohlagan korxonada tekshirish o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning tartibga solinishi barobarida tekshirishlar soni yildan-yilga qisqartirilmoqda. Xususan, 2009-yildan keyingi davrda rejali tartibda tekshirilayotgan korxonalar salmog‘i ular umumiy sonining 1 foizidan oshmayapti. O‘z navbatida, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tekshirishlarni yanada qisqartirish choralari ko‘rilmoqda. 2016-yilda tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan rejali tekshirishlar 2015-yilga nisbatan 10 foizga qisqargani buning yaqqol dalilidir.

Tekshirishlarning kamayishi tadbirkorlarning vaqtini behuda olish, kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish kabi holatlarga barham berib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada kengroq imkoniyat yaratayotir. Yangi farmon bilan endilikda tadbirkorlarning bu boradagi imkoniyatlari yanada ortdi. Chunki shu asosda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan.

Bu xususiy mulkni xuquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishiga yo‘l ochadi. Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keladi. Bu ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilayotganidan dalolatdir. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyili soha vakillarini huquqiy himoya qilishda muhim o‘rin tutib kelmoqda. Farmon bilan bu tamoyilni to‘liq ro‘yobga chiqarish mexanizmi yanada mustahkamlandi. Davlat organlari, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar bu tamoyilning so‘zsiz amalga oshirilishiga bevosita mas’ul etib belgilandi.

Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirildi. Tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar bevosita aybdorlardan undirilishi ta’minlanadi. Bu noqonuniy tekshirishlar barham topishi, davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati asossiz to‘xtatilishi va zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka olib keladi. Farmonning eng muhim jihatidan biri – 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinishi belgilanganidir. Yuridik shaxsning tugatilishi bilan bog‘liq tekshirishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno, albatta. Farmonga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonunlar ijrosi ustidan parlament nazorati shakllarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti tashkil etiladi. Bu institut tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlashda, davlat tuzilmalari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalashda muhim o‘rin tutishi shubhasiz. Farmon qoidalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo‘yicha 42 aniq chora-tadbir amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Bu kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu xalqimiz farovonligi oshishi, mamlakatimiz taraqqiyoti yanada yuksak pog‘onalarga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 7-noyabr kuni davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.



Hozirgi kunda tadbirkorlar, oʻrta va kichik biznes jahon mamlakatlarida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik subyektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortigʻini ish bilan taʼminlaydi. Jumladan, Yaponiyada 71,7 %, Germaniyada 69,3 %, AQSHda 53 % fuqarolar oʻrta va kichik korxonalarda faoliyat yuritadi. 2018-yilgi holatga koʻra, Oʻzbekistonda mehnat bilan band aholining 76,3 foizi shu sohada ishlaydi. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari taraqqiy etgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham salmoqli oʻringa ega. Xususan, Xitoyda bularning ulushi 60 foizni, Germaniyada – 57 foiz, Singapurda – 53, AQSH va Buyuk Britaniyada – 52, Yaponiyada 51,6 foizni tashkil etadi. Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotida mazkur soha ulushi 59,4 foizdir. Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning soʻzlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.

Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish – 2020” hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi boʻyicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻringa koʻtarildi. Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-yilgiga nisbatan 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali soha rivoji yoʻlida qilinadigan ishlar ham koʻp. “Biznes yuritish – 2020” hisobotida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni roʻyxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois bugungi videoselektor yigʻilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan mustaqil oʻtkazishga masʼul alohida tuzilma tashkil etish taklifi bildirildi. Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar bunga befarqlik va masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi. Buni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin boʻlsa-da, muammolar joyida yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur boʻlayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi. Bunday holatlar Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ancha yuqori. Shuning uchun, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ikki kun muddatda Tadbirkorlarga murojaat qabul qilishi boʻyicha koʻrsatma berildi. Murojaatda tadbirkorlar oldida bundan keyin hech qanday toʻsiqlar boʻlmasligi, hududdagi barcha rahbarlar ularga yaqindan koʻmakchi boʻlishi, har kuni doimiy ravishda tadbirkorlar masalalari bilan shugʻullanishi toʻgʻrisida hokimlar shaxsan kafolat beradi. Murojaatning bosh mazmuni hamma narsa tadbirkor uchun ekanligini xalqimizga yetkazishdan iborat. Shuning uchun Murojaatni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va aholi gavjum joylardagi bannerlarda eʼlon qilib, unda hokimlar, sektorlar va mutasaddi idoralar rahbarlarining telefon raqamlari ham koʻrsatilishi shartligi belgilandi. Bundan tashqari, hududiy ishchi guruhlar joylarda yurib, hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi. Maʼlumki, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobank masʼul etib belgilanib, ularga yetarlicha resurslar ajratib berilgan. Yigʻilishda mazkur moliya tashkilotlari hamda hududiy ishchi guruhlar rahbarlari joylarda tadbirkorlikning yangi imkoniyatlarini topish va hayotga tatbiq etish borasidagi saʼy-harakatlar boʻyicha hisobot berdi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, tijorat banklari va boshqa vakolatli idoralarning oʻzaro hamkorligi joylarda hali sezilmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Sohadagi barcha masalalar hokimliklar, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va banklarning oʻzaro hamkorligida yechilishi zarurligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari joylarda tadbirkorlar ishtirokida yangi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish quvvatlarini yaratishga kuchli turtki berish kerakligini taʼkidladi. Bugungi kunda 49 tumanda ishlab chiqarish va 63 tumanda xizmat koʻrsatish hajmining juda pastligi – ulardagi mavjud salohiyat, yer, xomashyo va mehnat resurslari toʻliq safarbar qilinmaganidan dalolat beradi. Shuning uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbarlari boshchiligida joylarda sanoat va xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha doimiy ishchi guruhlar tashkil qilindi va ularga tarmoqlar biriktirildi. Ushbu tuzilmalarga tarmoqlar bilan birga har bir tuman va shahar salohiyatini oʻrganib, 2020-yilda yangi quvvatlar tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Bunda respublika boʻyicha qariyb 1,5 mingta davlat mulki va davlat ulushi mavjud obyektlarini sotish hamda 70 mingta tadbirkor faoliyatini tiklash muhimligi qayd etildi. Davlat bojxona qoʻmitasiga kelgusi yil 1-yanvardan boshlab eksport-import operatsiyalari uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda olinishini yoʻlga qoʻyish topshirildi. Biznes-ombudsman boshchiligida tuzilgan maxsus ishchi guruhga oxirgi uch yilda tadbirkorlar tomonidan import qilinib, bugungi kunda ishlatilmay turgan 305 million dollarlik uskunalarni toʻliq ishga tushirish yuzasidan koʻrsatma berildi. 2020-yilda “Biznes yuritish” reytingida mamlakatimiz oʻrnini yanada yaxshilash, jumladan, ruxsatnoma berish va sertifikatlash tizimini soddalashtirish boʻyicha ham vazifalar belgilandi. Yurtimizning barqaror rivoji, ijtimoiy sohalarning uzluksiz qoʻllab-quvvatlanishi uchun davlat byudjeti va uni shakllantiradigan tushumlar muhim rol oʻynaydi. Shu nuqtayi nazardan videoselektor yigʻilishida Soliq qoʻmitasiga noyabr-dekabr oylarida salohiyatiga nisbatan soliq tushumlari yetarli boʻlmagan Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Urganch, Qoʻqon shaharlari hamda Zangiota, Gʻijduvon, Urgut, Xazorasp va Toshkent shahrining oʻn bitta tumanida soliqlarni toʻliq undirish boʻyicha yangi tizim joriy qilish topshirildi. Xabaringiz bor, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, xorijiy va milliy ekspertlar ishtirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yil 1-oktyabrdan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Soliq siyosatida olib borilayotgan islohotlarning keyingi bosqichi soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishdir. Shu munosabat bilan, zamonaviy usullar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, yashirin faoliyat yuritish orqali soliqdan qochishning oldini olish choralarini koʻrish zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Binobarin, barcha sohalarda “ xufiyona iqtisodiyot” koʻlamlarini keskin qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqib, ijrosi taʼminlanadi. Jumladan, qurilish sanoatida soliqdan qochishning oldini olish uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini aniq hisoblash tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz boʻylab ishga tushirilayotgan yangi 145 ta yirik quvvatlarda shu yilning oʻzida mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, ular byudjetga qoʻshimcha daromad olib kelishini nazoratga olish zarurligi qayd etildi. Maʼlumki, davlat byudjetining barqarorligini taʼminlashda aholi va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan toʻlovlar ham muhim rol oʻynaydi. Avval xabar qilganimizdek, 2020-yildan boshlab mahalliy byudjetni shakllantirish tartibi tubdan oʻzgaradi, hududlar oʻz sarf-xarajatlarini mustaqil ravishda hal qiladi. Shu munosabat bilan, endi hokimlar mahalliy byudjet daromadlarini koʻpaytirish uchun koʻproq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etishi, soliqlarni mustaqil ravishda yigʻishi va bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirishi kerak boʻladi. Videoselektor yigʻilishida muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.

XULOSA

Hozirda barcha davlatlarning rivojlanishida shubhasiz tadbirkorlarning o`rni juda kattadir. Mamlakat rivojini asosan yirik va o`rta biznes egalari ta`minlab kelmoqda. Shu sababli hozirda aholining quyi qatlamidan to yuqori qatlamigacha biznes treninglar olib borish lozim deb hisoblayman. Aksariyat, o`z ishini boshlagan tadbirkorlar ko`p o`tmay muavaffaqiyatsizlikka uchraydi va sababi sifati “tabirkorlik omadga bog`liq, barcha harakatlar tavakkaliga ketadi” deb javob berishadi. Men unday fikrda emasman agar inson o`z kasbi ustida astoydil bosh qotirsa hech qanday muammoga uchramaydi. Tadbirkorlikda hech qanday tavakkalchilik yo`q deb o`ylayman. Inson shunchaki kerakli darajada bilimga ega bo`lmaganliklari sabab barchasini tavakkalchilikga to`nkaydi. Har qayday inson tadbirkorlik faoliyati yo`lga qo`ymoqchi ekan birinchi navbatda “har kim qo`lidan kelgan ishni qilsin” degan amalga rioya qilsin. Qo`lidan kelmaydigan, bilimi , tajribasi yo`q sohalarga hech qacho qo`l urmaslik kerak. O`zingiz uchun mos yo`nalish va sohani aniqladingizmi ? Ikkinchidan tadbirkorlik qonun qoidalarini chuqur o`rganish kerak, bozorni o`rganish va talabni o`rganish va eng asosiysi o`z kasbingizga ishtiyoq bilan yondashishingiz kerak. Shunga qarab kerak miqdorda , talab darajasidagi xizmat va tovarlarni bozorga taqdim etiladi. Bilasizmi nega insonlar tadbirkorlikni risk(tavakkalchilik ) bilan uzviy bog`liq deb hisoblaydi ? Chunki shunday fikrdagi insonlar va tadbirkorlar dastlab hech qanday tajribasiz, bilimsiz o`z ishini boshlagan. Bu esa noto`g`ri yo`l hisoblanadi. Ular bozorni yetarli darajada o`rganmaganlar va yetarli darajada reja tuzilmagan . Shu sababli yuqorida ta`kidlaganimdek aholi barcha qatlamiga tadbirkorlik to`g`risida aniq va kerakli ma`lumotlar berib borilsa, tadbirkorlar o`z faoliyatida hech qanday to`siqga uchramaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. Iqtisodiyot nazariyasi (2017) B.Y.Xodiyev, Sh.Sh.Shodmonov

2. Tadbirkorlik va biznes asoslari (2015) Z.Xudoyberdiyev

3. Tadbirkorlik asoslari (2012) S.Salayev , N.Fayzullayev

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (2015) I.Salamov, T.Qudratov

5. Tadbirkorlik asoslari (2018) U.G`ofurov, Q.Sharipov

6. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2017)

7. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

8. O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuni

9. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni

10. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327- sonli «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni

11. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli yangi tahrirdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni

12. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik Xodiyev.B.Y (2010)

13. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (2008) Samadov. A.N

14. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari (2006) Do`stjanov T.D, Salayev S.K.

15. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tendensiyalari. (2012) Tursunov I. E., Qurbonov

16. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yuksaltirish omili (2011) B.K.G`oyibnazarov

17. “Kichik biznes va tadbirkorlik”.(2011) M.P.Boltaboyev, M.S.Kosimova

18. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. (2007) Razzoqov A.A., Toshmatov Sh.X.

19. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. (2008) Sh.Sh.Shodmonov, U.V. G‘afurov.

Internet saytlar ro`yxati:

20. https://uz.wikipediya.org

21. www.stat.uz

22. www.uza.uz

23. www.lex.uz

24. www.mf.uz

25. my.gov.uz

26. library.ziyonet.uz

27. www.el.tfi.uz

28. www.standart.uz

29. www.mail.pharmi.uz

30. www.nuu.uz



1 Do`stjanov T.D., Salayev S.K. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari. – Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2006. (4bet)

2 Do`stjanov T.D., Salayev S.K. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari. – Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2006. (6bet)

3 Shamxalov F.. Rol prеdprinimatеlya v rinochnoy ekonomichеskoy sistеmе. – M.: Markеting, 1997.

4 Abalkin L.I. Zamеtki o rossiyskom prеdprinmatеlstvе.-Progrеss-Akadеmiya, 1994

5 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 28-modda

6U.G`afurov, Q.Sharipov Tadbirkorlik asoslari (6-bet)

7 U.G`afurov , Q.Sharipov Tadbirkorlik asoslari (10-bet)

8 O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunining 5-moddasiga

9 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik I.Salamov,T.Qudratov

10 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik I.Salamov,T.Qudratov

11 O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonliyangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda

12 O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda

13 O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327- sonli «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda

14 Keng iste`mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga , shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo`shimcha soliq turi.

15 O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni, 4-modda

16 O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda

17 O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 558-II-sonli «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuni, 9-modda

18 O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda

19 O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli yangi tahrirdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni 3-modda


Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling