Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadi ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, o‗quv yurtlarini yangi


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/22
Sana02.04.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

 

 
 

 

 
 

KIRISH 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  maqsadi  ta‘lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  o‗quv  yurtlarini  yangi 
yo‗nalishga solish vа zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlashdir.  
Hozirgi kunda ta‘lim tizimida yangi bosqich bo‗lgan kasb-hunar ta‘limini zarur mе‘yoriy hujjatlar, o‗quv 
metodik  materiallar,  zamonaviy  tеxnika  va  tеxnologiyalar  bilan  ta‘minlash  borasida  bir  qator  ishlar  amalga 
oshirildi  va  oshirilmoqda.  Jumladan,  O‗zbеkiston  Rеspublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bilan  «O‗rta 
maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standarti» va «O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining umumta‘lim 
fanlari  davlat  ta‘lim  standarti»  tasdiqlandi.  Ularda  ko‗rsatib  o‗tilganidеk,  o‗rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi 
muassasalarining  bitiruvchilariga  qo‗yiladigan  fundamеntal  fanlar  va  aniq  kasb  sohasi  doirasida  nazariy  va 
amaliy bilimlarga ega bo‗lish, kompyutеr va tеlеkommunikatsiya vositalaridan foydalana olish,  o‗quv fanlari 
bo‗yicha oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olish uchun zarur bo‗lgan bilimlar majmuasiga ega bo‗lish vazifasi 
qo‗yilgan. Shu talablardan kеlib chiqqan holda, akademik litsey va kasb-hunar kollеjlari uchun «Informatika» 
fanidan yangi takomillashtirilgan va uzviylashtirilgan namunaviy o‗quv dasturi ishlab chiqildi va O‗zbеkiston 
Rеspublikasi Oliy  va  o‗rta maxsus  ta‘lim vazirligining  O‗rta maxsus, kasb-hunar  ta‘limi  Markazi tomonidan 
2010- yil 1-iyulda tasdiqlandi. 
Ushbu ma‘ruzalar matni ana shu na‘munaviy dastur asosida yaratilgan bo‗lib, u akademik litsey va kasb-
hunar  kollеji  o‗quvchilarining  informatika  asoslarini  o‗zlashtirishlari  va  kompyutеrlardan  o‗z  kasbiy 
faoliyatlarida  foydalana  olish  malaka  va  ko‗nikmasini  hosil  qilishga  qaratilgan  materialni  o‗z  ichiga  oladi. 
Uning mazmuni o‗rta umumta‘lim maktablarida o‗qitiladigan informatika o‗quv fanining uzviy davomi bo‗lib, 
unda chuqurlashtirilgan, kengaytirilgan va kasbga yo‗naltirilgan holda o‗rganish uchun axborot, axborotlashgan 
jamiyat, kompyuter qurilmalari, Chip WindowsXP 2010 operatsion tizimi, kompyuter grafikasi, hujjatlar bilan 
ishlash  (Microsoft  Office  Word2003),  elektron  jadvallar  bilan  ishlash  (Microsoft  Office  Excel2003), 
prеzеntatsiya  (taqdimot)  yaratish  tеxnologiyasi  (Microsoft  Office  PowerPoint2003),  Page  Maker  dasturi, 
dasturlash tillari, Web-sahifalar  yaratish (HTML), Makromedia Flash haqidagi mavzular va nazorat savollari 
o‗z aksini topgan. 
Mazkur ma‘ruza matnini yaratishda bir qator mualliflarning o‗quv-uslubiy qo‗llanmalaridan foydalanildi. 
Ularga o‗z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
 
 
 
 

 
 

1- BОB. АXBОRОT VА JАMIYAT 
1.1. Аxbоrоt hаqidа tushunchа va ular ustida amallar 
Reja: 
1.  Аxbоriy jаrаyonlаr.  
2.  Аxbоrоtning sifаt ko‗rsаtkichlаri. 
 
Mavzunnig maqsadi: Talabalarda axborot tushunchasini, uning xossalari va sifat ko‘rsatkichlari va 
axborotni qabul qilish usullarini shakillantirish. 
Inson  yashaydigan dunyo turli moddiy  va nomoddiy  obyektlar, shuningdek, ular o‘rtasidagi o‘zaro  
aloqa  va  o‘zaro  ta'sirlardan,  ya'ni  jarayonlardan  tashkil  topgan.  Sezish  a'zolari,  turli  asboblar  va 
hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma'lumotlar deb ataladi.  
Ma'lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa — axborotga aylanadi.  
Demak, ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta 
ishlanilayotgan,  saqlanayotgan,  uzatilayotgan  belgilar  yoki  yozib  olingan  kuzatuvlar  sifatida  qarash 
mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish 
imkoniyati  tug‘ilsa,  ma'lumotlar  axborotga  aylanadi.  Demak,  amaliyotda  foydali  deb  topilgan,  ya'ni 
foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma'lumotlarnigina axborot deb atasa bo‘ladi. 
 
 
1.1- rasm  
Masalan,  qog‘ozga  telefon  raqamlarini  ma'lum  tartibda  yozib,  birovga  ko‘rsatsangiz,  u  buni  biror 
axborot  bermaydigan  ma'lumot  sifatida  qabul  qiladi.  Biroq  ana  shu  har  bir  telefon  raqami  qarshisiga 
muayyan  korxona  yoki  tashkilot  nomi,  uning  faoliyat  turi  yozib  qo‘yilsa,  avvalgi  ma'lumot  axborotga 
aylanadi.  
 «Axborot»,  «ma‘lumot»,  «bilim»  tushunchalari  ko‘pincha  bir-biriga  o‘xshatiladi.  Bu  qisman  shu  bilan 
izohlanadiki,  bir  darajada  axborot  sifatida  amal  qiluvchi  dalillar  boshqa  darajada  ma‘lumotlar  sifatida  amal 
qilishi  mumkin.  Masalan,  radio  yoki  televidenie  muxbiri  intervyu  jarayonida  muayyan  axborot  oladi.  Bu 
axborot jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi uchun ma‘lumot bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur markaz tomonidan 
e‘lon qilingan axborotdan, o‘z navbatida, yuqori idora tahlil uchun ma‘lumot sifatida foydalanishi mumkin.  
Ma‘lumotlar muayyan xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilishga xizmat qiladi. Ular saqlanishi, uzatilishi 
va  berilishi  mumkin,  ammo  axborot  sifatida  amal  qilishi  mumkin  emas.  «Ma‘lumotlar»  tushunchasi  o‘zaro 
bog‘liq bo‘lmagan dalillar majmuini aks ettiradi. Ma‘lumotlarni tahlil qilish, aloqalarini aniqlash, eng muhim 
dalillarni  ajratish  va  ularni  sintez  qilish  yo‘li  bilan  axborotga  aylantirish  mumkin.  Shu  bois  axborot 
ma‘lumotlarga  qaraganda  ko‘proq  qimmatga  ega  bo‘ladi.  Axborot  bu  oqilona  foydalanish  uchun  muayyan 
shaklga solingan ma‘lumotlardir. O‘z navbatida, axborot bloklarini tegishli tarzda ishlov berish yo‘li bilan yaxlit 
bilim korpusiga aylantirish mumkin. 
Umuman  olganda,  axborot  tushunchasi  bilim  tushunchasidan  kengroq.  Masalan,  so‘qmoqda  yotgan 
singan daraxt shoxi axborot beradi – yo‘lovchining harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi, ammo yo‘l haqida – uning 
og‘irligi, uzunligi, relefi, so‘qmoqdan o‘tish uchun qulay kun vaqti yoki yil mavsumi va hokazolar to‘g‘risida 
bilim  bermaydi.  Bilim  –  bilish  faoliyatining  natijasi,  mazkur  faoliyat  yordamida  olingan  borliq  haqidagi 
tushunchalar tizimi. Binobarin, har qanday bilim ham axborot beravermaydi. 

 
 

Axborotdan  foydalanish  imkoniyati  va  samaradorligi  uning  reprezentativligi,  mazmundorligi, 
etarliligi,  aktualligi,  o‘z  vaqtidaligi,  aniqligi,  ishonarliligi,  barqarorligi  kabi  asosiy  iste'mol  sifat 
ko‘rsatkichlari bilan bog‘likdir: 
a) axborotning reprezentativligi — obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to‘g‘ri 
tanlash va shakllantirish bilan bog‘likdir. 
b) axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi. 
c) axborotning  etarliligi  (to‘laligi)  —  qaror  qabul  qilish  uchun  minimal,  lekin  etarli  tarkibga 
(ko‘rsatkichlar  jamlamasiga)  ega  ekanligini  bildiradi.  To‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  uchun  to‘liq 
bo‘lmagan,  ya'ni  etarli  bo‘lmagan,  xuddi  shuningdek,  ortiqcha  bo‘lgan  axborot  ham 
foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi. 
d) axborotning aktualligi  (dolzarbligi)  — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun 
qimmatliligi  saqlanib  qolishi  bilan  belgilapadi  va  uning  xususiyatlari  o‘zgarishi  dinamikasi  hamda 
ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi. 
e) axborotning  o’z  vaqtidaligi  —  uning  avvaldan  belgilab  qo‘yilgan  vazifani  hal  etish  vaqti  bilan 
kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. 
f) axborotning aniqligi — olinayotgan  axborotning obyekt, jarayon, hodisa va  hokazolarning real 
holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. 
g) axborotning ishonarliligi — axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish 
xususiyati bilan belgilanadi. 
h) axborotning  barqarorligi  —  axborotning  asos  qilib  olingan  ma'lumotlar  aniqligini  buzmasdan 
o‘zgarishlarga ta'sir qilishga qodirligini aks ettiradi. 
Informatika  uchun  axborotni  qabul  qilish,  saqlash,  unga  ishlov  berish  va  uzatishda  axborot 
texnologiyalari  vositalaridan  qanday  foydalanish  kerakligi  muammosi  eng  asosiy  bo‘lgani  uchun 
axborotlarning  tasnifi  ham  o‘ziga  xosdir.  Jumladan,  informatikada  analogli  va  raqamli  axborotlar 
ishlatiladi. Inson sezgi a'zolari analogli (uzluksiz) axborot bilan ish ko‘rishga moslashgan bo‘lsa, hisoblash 
texnikasi asosan raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi. 
Tayanch iboralar: texnosfera, ergosfera, infosfera, axborot, ma‘lumot   
Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish 
 
1.2. Аxbоrоtlаshgаn jаmiyat hаqidа tushunchа 
Reja: 
1.  Аxbоrоtlаshgаn jаmiyatning mоddiy, tеxnоlоgik vа huquqiy аsоslаri. 
2.  Аxbоriy mаdаniyat. Jаmiyatning аxbоrоt rеsurslаri, tа‘limiy аxbоrоt  rеsurslаri.  
 
Mavzunnig maqsadi: Iinformatika fanining vazifalari va predmeti, axboriy jarayonlar va axborot 
texnologiyalari vositalari haqida ma‘lumot berish. 
XX  asr  oxiri  va  XXI  asr  boshlariga  kelib  axborotga  talab  va  ehtiyoj  shu  darajada  oshdiki,  bu  talabni 
qondirish  uchun  barcha  davlatlarda  maxsus  qarorlar  qabul  qilindi.  Lokal,  mintaqaviy  va  global  kompyuter 
tarmoqlari  vujudga  keldi.  Kompyuterlarning  paydo  bo‗lishi  bilan  bog‗liq  informatika  fani  ham  gurkirab 
rivojlana boshladi. 
Informatika atamasi lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, 
bayon  etish  ma'nosini  anglatadi.  Ingliz  tilida  bu  atamaga  Computer  science  (kompyuter  texnikasi 
haqidagi fan) sinonimi mos keladi. 
Informatika  kompyuter  texnikasining  rivojlanishi  tufayli  yuzaga  keldi,  unga  asoslanadi,  usiz 
mavjud bo‘la olmaydi va o‘z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. 
Xullas,  informatika  hisoblash  texnikasini  yaratish  va  qo‘llash,  axborot  va  unga  ishlov  berish 
texnologiyalari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  narsalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Informatikaning  asosiy  resursi 
— axborotdir. 
Informatika fani axborotga hodisalar yoki obyektlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, 
o‘zaro  bog‘liq  ma'lumotlar,  ko‘rsatkichlar,  negizlar  va  tushunchalar  sifatida  qaraydi.  Shunning  uchun 
informatikaga quyidagicha ta'rif berish mumkin. 
Informatika — axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, 
saqlash,  unga  ishlov  berish,  uzatish  usullarini,  ya'ni  axboriy  jarayonlarni  va  axborot  texnologiyalari 

 
 

vositalarining  faoliyat  ko‘rsatish  tamoyillarini,  ularni  boshqarish  usullarini  sistemali  ravishda 
o‘rganuvchi fandir.  
Informatikaning vazifasi axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni 
amaliyotda  qo‗llashdan  iboratdir.  Informatika  fani  ham  boshqa  fanlar  kabi  insonga  xizmat  qilishi,  uni  bir 
maromdagi, takrorlanuvchi ishlardan ozod qilishi, murakkab va katta hajmdagi hisoblash ishlarini o‗z bo‗yniga 
olishi, inson hayoti va sog‗ligi uchun zarur bo‗lgan texnik vositalar yaratishi kerak.  
Infоrmаtikаning аsоsiy vаzifаlаri quyidаgilаrni o‗z ichigа оlаdi:  
– istаlgаn xususiyatdаgi аxbоrоt jаrаyonlаrini tаdqiq etish; 
– axbоrоt jаrаyonlаrini tаdqiq etishdаn оlingаn jаrаyonlаr nеgizidа аxbоrоtni qаytа ishlаydigаn аxbоrоt 
tizimini ishlаb chiqish vа yangi tеxnоlоgiyalаrni yarаtish; 
–  jаmiyat  hаyotining  bаrchа  sоshаlаri  kоmpyutеr  tеxnolоgiyasidаn  sаmаrаli  fоydаlаnishning  ilmiy  vа 
muhаndislik muаmmоlаrini yarаtish vа tаtbiq etish vа tа‘minlаshni hаl etish. 
Infоrmаtikа o‗z-o‗zichа mаvjud bo‗lmаy, bаlki bоshqа sоhаlаrdаgi muаmmоlаrini hаl etish uchun yangi 
аxbоriy tеxnikа vа tеxnolоgiyalаrini yarаtishgа qаrаtilgаn kоmplеks ilmiy-tеxnik sоhаdir. 
Hisoblash  tеxnikasi  va  aloqa  vositalarining  kеng  rivojlanishi  axborotni  ilgari  hayolga  ham  kеltirib 
bo‗lmaydigan hajm va tеzlikda yig‗ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, ya‘ni avtomatlashtirilgan holda ishlov 
bеrish imkoniyatini yaratib bеrdi. Axborot tеxnologiyalari tufayli inson faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi 
dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma‘naviy qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham 
bеhad kеngaymoqda. Bu esa o‗z navbatida jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan bo‗lishini talab etadi.  
Axborotlashgan  jamiyat  haqida  olimlar  turlicha  fikr  yuritadilar.  Masalan,  yapon  olimlarining 
hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyutеrlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan 
foydalanish,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  sohalarda  axborotni  qayta  ishlashni  avtomatlashtirishning  yuqori 
darajasini ta‘minlashga imkon bеradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot 
emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‗lmog‗i lozim. 
Axborotlashgan  jamiyatda  nafaqat  ishlab  chiqarish,  balki  butun  turmush  tarzi,  qadriyatlar  tizimi  ham 
o‗zgaradi.  Barcha  harajatlar  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  istе‘mol  etishga  yo‗naltirilgan  sanoat  jamiyatiga 
nisbatan axborotlashgan jamiyatda intеllеkt, bilimlar ishlab chiqariladi va istе‘mol etiladiki, bu hol aqliy mеhnat 
ulushining oshishiga olib kеladi. Insondan ijodkorlik qobiliyati talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi. 
Axborotlashgan  jamiyatning  moddiy  va  tеxnologik  nеgizini  kompyutеr  tеxnikasi  va  kompyutеr 
tarmoqlari, axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.  
Axborotlashgan  jamiyat  –  ko‗pchilik  a‘zolarining  faoliyati  axborotni  ishlab  chiqarish,  saqlash,  qayta 
ishlash va amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan jamiyatdir.  
XX  asr  oxirlarida ilg‗or  mamlakatlarda  fan va  tеxnika  rivojlanishining  rеal amaliyotida nazariyotchilar 
yaratgan  axborotlashgan  jamiyat  manzarasining  chizgilari  sеkin-asta  namoyon  bo‗lmoqda.  Butun  dunyo 
makonining  elеktron  kvartira  va  kottеjlarida  yashovchi  kishilar  yagona  kompyutеrlashgan  va  axborotlashgan 
jamiyatga  aylanishi  kutilmoqda.  Istalgan  turar  joy  turli  elеktron  uskunalar  va  kompyutеrlashgan  moslamalar 
bilan  jihozlanadi.  Odamlar  faoliyati  asosan  axborotni  qayta  ishlashga  qaratiladi,  moddiy  ishlab  chiqarish  esa 
mashinalarga yuklanadi.  
Axborotlashgan jamiyatiga  o‗tishda  kompyutеr va  tеlеkommunikasiya  axborot tеxnologiyalari nеgizida 
yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga kеladi.  
Axborotlashgan  jamiyatda  «axboriy  mahsulot»,  «axboriy  xizmat»,  va  «xizmatlar  bozori»,  «axboriy 
madaniyat» degan tushunchalar paydo bo‗ldi.  
Axboriy  mahsulot  insolarning  axboriy  faoliyati  mahsuloti  bo‗lib,  biror  ko‗rinishda  tarqatish  uchun 
mo‗ljallangan ma‘lumotlar to‗plamidir.  
Axboriy xizmat – axboriy mahsulotlarni olish va foydalanuvchi ehtiyoriga berish. Tor ma‘noda axboriy 
xizmat deganda axborot texnologiyalari asosida kompyuterdan olinadigan xizmatlar tushuniladi.  
Axboriy  mahsulot  va  xizmatlar  bozori  bu  intellektual  mehnat  mahsulotlarini  sotishdagi  iqtisodiy, 
huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimi. Axboriy bozor ham boshqa bozorlarga o‗xshaydi, lekin u o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‗lib, bozor munosabatlarida quyidagi qatnashchilarni ko‗rish mumkin: 

 
xomashyo  yetkazib  beruvchilar  –  bozorga  kitob,  jurnal,  gazetalar  va  h.k.  yetkazib  beruvchi 
boshlang‗ich nashrchilar; 

 
sanoatchilar (ikkilamchi nashrchilar) – ikkilamchi, shu bilan bir vaqtda asosiy mahsulot (dastur 
mahsulotlari, ma‘lumotlar bazasi, spravochniklar, kataloglar, to‗plamlar va h.k) ishlab chiqaruvchilar; 

 
 


 
chakana savdo qiluvchilar – kutubxonalar, do‗konlar, axborot va provayder markazlari, internet 
kafelar; 

 
xaridorlar – axborotning so‗nggi foydalanuvchilari va iste‘molchilari. 
Tabiiyki, bunday rivojlangan axboriy bozorda muvaffaqiyatli ish olib boorish uchun ishlab chiqaruvchilar 
va iste‘molchilar mos axboriy madaniyatga ega bo‗lishlari kerak.  
Axboriy madaniyat axborot bilan maqsadli ishlash va uni olish, saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun 
zamonaviy  kompyuter,  axborot  texnologiyalardan,  iqtisodiy-matematik  usullardan,  texnik  vositalar  va 
tizimlardan foydalanish demakdir.  
Аxbоrоt rеsurslаri vа аxbоrоt tizimlаri. O‗zbеkistоn Rеspublikаsining 2003- yil 11-dеkаbrdаgi 560-II 
sоn «Аxbоrоtlаshtirish to‗g‗risidа»gi Qоnunigа binоаn quyidаgichа tа‘rif bеrish mumkin.  
Аxbоrоt  rеsurslаri  –  аlоhidа  hujjаtlаr,  hujjаtlаrning  аlоhidа  to‗plаmlаri,  аxbоrоt  tizimlаridаgi 
(kutubxоnаlаrdаgi,  аrxivlаrdаgi,  fоndlаrdаgi,  mа‘lumоtlаr  bаnklаridаgi  vа  bоshqа  аxbоrоt  tizimlаridаgi) 
hujjаtlаr vа hujjаtlаrning to‗plаmlаri. 
Оmmаviy  аxbоrоt  –  bungа  chеklаnmаgаn  dоirаdаgi  shаxslаr  uchun  mo‗ljаllаngаn  hujjаtlаshtirilgаn 
аxbоrоt, bоsmа, аudiо, аudiоvizuаl hаmdа bоshqа xаbаrlаr vа mаtеriаllаr kirаdi. 
Аxbоrоt  tizimi  –  аxbоrоtni  to‗plаsh,  sаqlаsh,  izlаsh,  ungа  ishlоv  bеrish  hаmdа  undаn  fоydаlаnish 
imkоnini bеrаdigаn, tаshkiliy jihаtdаn tаrtibgа sоlingаn jаmi аxbоrоt rеsurslаri, аxbоrоt tеxnоlоgiyalаri vа аlоqа 
vоsitаlаridir. 
Axborot  texnologiyalari  faqat  fan  va  texnika  hodisasi  bo‘lmasdan,  iqtisodiy  rivojlanishning  muxim 
omiliga  aylanmoqda.  Axborot  bilan  qamrab  olinmagan  biror  muxim  xo‘jalik  sektorini  (ishlab  chiqarish, 
transport,  kredit-moliya  sohasi,  savdo)  misol  keltirish  qiyin.  Ayni  paytda  kompyuterlar  va  aloqa  vositalari 
asosida axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va 
xizmatlarni  sotish  (tarqatish)  maqsadlarida  ishlab  chiqarish  mustaqil  tarmoq  sifatida  shakllandi  va  ajralib 
chiqdi. Shunday qilib, xalq xo‘jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o‘tish demakdir. 
Bizning mamlakatimizda ham informatika va axborot texnologiyalariga katta e‘tibor berilmoqda.  
O‗zbеkiston axborot tеxnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish uchun talay intеllеktual imkoniyat va 
axborot  zaxiralariga  ega.  Fanlar  Akadеmiyasi,  oliy  va  o‗rta  maxsus  o‗quv  yurtlari,  ishlab  chiqarish  va 
firmalarda  kompyutеr  tеxnikasi,  aloqa,  dasturiy  va  axborot  ta‘minoti,  axborot  tizimlari  bo‗yicha  malakali 
xodimlar ishlamoqda. 
2001-  yil  23-mayda  Vazirlar  Mahkamasining  «2001-2005-  yillarda  kompyutеr  va  axborot 
tеxnologiyalarini  rivojlantirish,  «Intеrnеt»ning  xalqaro  axborot  tizimlariga  kеng  kirib  borishini  ta‘minlash 
dasturini  ishlab  chiqishni  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida»gi  Qarorini  amalga  oshirish  uchun  2001- 
yilning may oyida rеspublikamizda birinchi marta «Internet» fеstivali o‗tkazildi. 
Bundan  tashqari  mamlakatimizda  bir  necha  marotaba  yangi  axborot  texnologiyalari  ko‗rgazmalari 
o‗tkazib kelinmoqda. 
Tayanch iboralar: Informatika, axborotlashgan jamiyat 
Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish 
 
 
 
 

 
 

2-BОB. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI, ULARNING JAMIYATDAGI 
O‘RNI VA AHAMIYATI 
 
2.1 Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Axborot texnologiyalarining axborotlashgan 
jamiyatdagi o‘rni 
Reja: 
1. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha 
2. Axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari 
3. Axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni 
Mavzunnig  maqsadi:  Talabalarda  axborot  texnologiyasi  fanining  vazifalari  va  predmeti,  axboriy 
jarayonlar va axborot texnologiyalari vositalari haqida ma‘lumot berish. 
Axborot  texnologiyalari  haqida  tushuncha.  Yangi  o‘quv  fani  bo‘lgan  «Axborot  texnologiyalari» 
fanida  axborotlar,  ularning  xossalari,  axborot  tizimlari  va  vazifalari,  axborotlarni  qayta  ishlash, 
axborotlarning  amaliy  ahamiyati  va  boshqa  xususiyatlari  o‘rgatiladi.  «Axborot  texnologiyasi»  fani 
matematikafizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liq. 
«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so‘zi lotincha «thexnos» — san‘at, hunar, soha 
va  «logos»  — fan degan ma‘noni bildiradi.  ya‘ni texnologiya — biror vazifani bajarishda uning turli xil 
usullari ko‘rinishini bildiradi. 
Axborot  texnologiyalari  axborotlarni  yig‘ish,  saqlash,  uzatish,  qayta  ishlash  usul  va  vositalari 
majmuidir. 
Axborot  texnologiyasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishini  belgilovchi  ichki  va  tashqi  omillar 
mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 
Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli 
amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.  
Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan 
turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.  
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. 
Siz  biror  ma‘lumot  haqida  boshqa  bir  viloyat  (respublika,  qit‘a)da  yashovchi  o‘rtog‘ingiz  bilan  fikr 
almashmoqchisiz,  deylik.  Buni  turli  yo‘llar  orqali  amalga  oshirishingiz  mumkin.  Siz  o‘rtog‘ingizga  o‘z 
fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali etkazishingiz mumkin: 
1.  aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda); 
2.  telefon tarmoqlari orqali (og‘zaki); 
3.  zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali. 
Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab, 
qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida,  albatta,  biror  yumushni  bajarishdan  oldin  uni  amalga  oshirish  uchun 
ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. 
Albatta,  yuqorida  ko‘rsatilgan  usullardan  foydalanish  uzatilayotgan  axborot  mazmuni  va  mohiyatiga 
bog‘liq. 
Pirovardida,  o‘zingiz  uchun  iqtisodiy  jihatdan  eng  arzon  (hech  bo‘lmaganda  arzonrog‘i)  va  sifati 
yuqori bo‘lgan usulni belgilab olasiz. 
Axborotni  uzatish  usullariga  kelsak,  1-  va  2-bandda  ko‘rsatilgan  usullar  bilan  yoshligingizdayoq 
tanishib  olgansiz  va  undan  foydalanishni  yaxshi  bilasiz.  Zamonaviy  telekommunikatsiya  vositalaridan 
foydalanish esa ular bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy 
telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak. 
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga «Informatika va 
hisoblash  texnikasi  asoslari»  fanidan  ma‘lum  bo‘lgan  kompyuter,  multimedia  vositalari,  kompyuter 
tarmoqlari,  internet,  intranet  kabi  tushunchalardan  tashqari  qator  yangi  tushunchalar  ham  kiradi.  Bularga 
axborot  tizimlari,  axborot  tizimlarini  boshqarish,  axborotlarni  uzatish  tizimlari,  ma‘lumotlar  ombori, 
ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. 
XX  asrning  90-yillaridan  boshlab  axborotlashtirish  sohasi  keskin  rivojlanib  ketdi.  Bizning  asrimiz, 
ya‘ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va 
uning  vazifalariga  nimalar  kiradi,  uning  asosiy  xususiyatlari  qanday,  degan  savollar  hozirgi  zamon 
jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin. 

 
 

Hozirgi  kunda  har  bir  tashkilot,  o‘quv  muassasasi,  firma  va  ishlab  chiqarishning  barcha  sohalarida 
rahbar  va  xodimlar  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  maqsadida  boshqaruv  jarayonlarini  ma‘lum 
darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni echish bilan shug‘ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning 
mutaxassislari  bilan  uchrashadi,  ularning  faoliyati  bilan  yaqindan  tanishadi,  ular  ishlab  chiqaradigan 
mahsulotlarni  ko‘radi  va  pirovardida  o‘zida  avtomatlashtirish  uchun  kerak  bo‘ladigan  texnik  jixozlarni 
xarid  qiladi.  Albatta,  tashkilotlarga  o‘rnatilgan  avtomatlashtirish  jihozlari  yildan-yilga  yangilanib,  texnik 
jihatdan takomillashtirib boriladi. 
XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. 
Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib 
bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a‘zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari 
sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. 
Respublikamiz  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng,  axborotlashtirish  va  axborot  texnolgiyalaridan 
foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta‘lim 
to‘g‘risida»gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so‘nggi 5—6 yil ichida bu 
sohada  qabul  qilingan  qator  hujjatlar  axborotlashgan  jamiyatni  qurish  eng  oliy  insoniy  orzu-niyatga 
aylanganligidan dalolat beradi. 
Endi «Axborot texnologiyasi» fanining mohiyatini yoritishga o‘tamiz. 
«Axborot  texnologiyasi»  fani  axborotlarni  jamlash,  saqlash,  uzatish  va  shu  jarayonlarni  amalga 
oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rgatuvchi fan. 
Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), 
rasmli,  video  va  boshqa  axborotlar  bilan  ishlashga  to‘g‘ri  keladi.  Har  bir  turdagi  axborot  bilan  ishlash 
(yig‘ish,  saqlash  va  h.k.)  uchun  har  xil  texnik  xarakteristikalarga  ega  bo‘lgan  axborot  qurilmalari  kerak 
bo‘ladi. 
Mikroelektronika  ishlab  chiqarish  texnologiyasining  rivojlanishi  va  o‘ta  kuchli  protsessorli 
kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi tashqi 
qurilmalardan  kiritiladigan  ma‘lumot  (signal)larni  kompyuterda  qayta  ishlash  uchun  qulay  holga 
keltirishdan iborat. 
Hozirgi  kunda  ta‘lim  sohasida  o‘qitishni  avtomatlashtirishga  katta  e‘tibor  berilmoqda.  Chunki 
zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni 
avtomatlashtirish  (axborotlashtirish)  yoki  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  dasturiga  quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
a)  ta‘lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishning etakchi bo‘g‘inligini ta‘minlash; 
b)  barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish 
(monitoring), resurs markaz  tizimi
v)  axborotlashtirish  sohalarida  me‘yoriy  bazalarni  yaratish  (koordinaciyalar,  metodlar,  ilmiy-
metodik birlashmalar va h.k.); 
g)  texnik  ta‘minotni  —  kompyuterlar,  axborot  texnologiyasining  boshqa  qurilmalari 
(fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish; 
d)  telekommunikatsiya  (havo  orqali,  erning  sun‘iy  yo‘ldoshlari  va  boshqa  aloqa  kanallari) 
tarmoqlari; 
e)  ta‘minot  resurslari  (dasturiy  ta‘minot,  internetdagi  axborotlar  majmui,  ma‘lumotnomalar  va 
h.k.)- 
Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o‘z ichiga qator vazifalarni 
oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat ob‘yektlari xaqida gap yuritamiz. 
Bunday  ob‘yektlarga  sonlar  (o‘lchash  va  modellashtirish  natijalari),  matnlar,  tasviriy  axborotning 
statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa 
va boshqalar) kiradi. 
Foydalanuvchining  mustaqil  va  ongli  ravishda  olib  boradigan  faoliyatiga  axborot  ob‘yektlarini 
yaratish,  kerakli  axborot  ob‘yektlarini  izlash,  axborotlarni  yig‘ish,  taxlil  qilish  va  ajratib  olish, 
tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash, axborot ob‘yektlarini (matn, suhbat, rasm, o‘yin va boshqa 
ko‘rinishda)  uzatish,  modellashtirish,  loyihalash,  ob‘yektlarni  rejalashtirish  va  boshqalar  kiradi.  Axborot 
texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi.  
Axborot texnologiyasining axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni 

 
 
10 
Hozirgi  kunda  axborot  va  kompyuter  texnologiyalari  iboralari  kundalik  turmushda  eng  ko‘p 
qo‘llaniladigan  tushunchalar  desak  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Chunki  hayotning  qaysi  sohasini  olmaylik, 
qanday  amallarni  bajarmaylik,  albatta,  axborotlar  bilan  ish  ko‘ramiz.  Yahni  axborotlardan  foydalanish, 
axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. 
Hozirgi  kunda  axborot  texnologiyasi  jamiyatning  jadal  rivojlanishiga  ta‘sir  etuvchi  eng  muhim 
omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsada, 
hozirgi  zamon  axborotlashgan  jamiyatining  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  civilizaciya  tarixida  birinchi 
marta  bilimlarga  erishish  va  ishlab  chiqarishga  sarflanadigan  kuch  energiya,  xom  ashyo,  materiallar  va 
moddiy iste‘mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmokda, ya‘ni axborot texnologiyalari 
mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rinni egallamoqca. 
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma‘lumotlar ombori, bilimlar 
ombori  va  u  bilan  bog‘liq  faoliyat  sohalari  tashkil  qiladi.  Axborot  texnologiyalari  soxasida  bevosita 
ishlamaydigan  odamlar  ham  kundalik  ishlarida  uning  imkoniyatlaridan  foydalanadi.  Axborot 
texnologiyalari turmushning barcha soxalariga borgan sari ko‘proq singib  borib, uning harakatlantiruvchi 
kuchiga aylanmokda. 
Bugungi  kunda  axborot  texnologiyasini  shartli  ravishda  saqlovchi,  ratsionallashtiruvchi,  yaratuvchi 
turlarga  ajratish  mumkin.  Birinchi  turdagi  texnologiyalar  mehnatni,  moddiy  resurslarni,  vaqtni  tejaydi. 
Ratsionallashtiruvchi  axborot  texnologiyalariga  chiptalar  buyurtma  qilish,  mehmonxona  hisob-kitoblari 
tizim-lari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan 
foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat. 
Axborot  texnologiyalarining  hozirgi  zamon  taraqqiyoti  hamda  yutuklari  fan  va  inson  faoliyatining 
barcha  sohalarini  axborotlashtirish  zarurligini  ko‘rsatmoqda.  Chunki  aynan  mana  shu  narsa  butun 
jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo‘ladi. 
Jamiyatni  axborotlashtirish  deganda,  axborotdan  iqtisodni  rivojlantirish,  mamlakat  fan-texnika 
taraqqiyotini,  jamiyatni  demokratlashtirish  va  intellektuallashtirish  jarayonlarini  jadallashtirishni 
ta‘minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. 
Darxaqiqat,  jamiyatni  axborotlashtirish  —  inson  hayotining  barcha  jabhalarida  intellektual 
faoliyatning rolini oshirish bilan bog‘liq ob‘yektiv jarayon hisoblanadi. 
Jamiyatni  axborotlashtirish  respublikamiz  xalqi  turmush  darajasining  yaxshilanishnga,  ijtimoiy 
ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o‘sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat 
qiladi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin: 
1. 
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish. 
2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish. 
3. Tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish. 
4. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish. 
5. 
Ta‘lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish. 
Har  qanday  fan  borliqning  Ba‘zi  tushunchalarini  umumlashgan,  bir-biriga  bog‘langan  holda 
o‘rganadi.  Masalan,  fizika  tabiatdagi  voqealar,  hodisalar,  ularning  kelib  chiqish  shart-sharoitlari,  ulardan 
inson hayotida foydalanish kabilarni o‘rganadi. Fizikani o‘qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. 
Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o‘zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har 
ikkala  holda  ham  materialni  o‘zlashtirishda  ma‘lum  darajadagi  axborotlar  majmui  o‘quvchilar  ongiga 
etkaziladi. 
Korgazmali qurol: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish 
Тayanch iboralar: Axborotlar, axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari, axborot uzatish 
usullari, o‘qitishda axborot texnologiyalari 
 
Adabiyotlar: 
1. 
Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. T.: O‘qituvchi. 2003.256 b. 
2.  Абдуқодиров  А.А.,  Ҳайитов  А.Ғ.,  Шодиев  Р.Р.  Ахборот  технологиялари.  Т.:  Ўқитувчи.  2002. 
144 б. 
3.  Кенжабаев  А.Т.  ―Ахборотлаштириш  миллий  тизимини  шакллантириш  муаммолари‖.  Т.:  Ибн 
Сино, 2004.  

 
 
11 
4.  Ғуломов С.С. ва бошқалар. Axборот тизимлари ва технологиялари. Тошкент, "Шарқ", 2000. 
5.  Fayziyev  R.  A.,  Tillashayxova  M.  A.  Microsoft  Access  ma‘lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimida 
ishlash. O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Fan va texnologiya. 2004. — 140 b. 
 
2.2 Axborot texnologiyalarining ta‘minoti va turlari.  
Multimedia texnologiyasi 
Reja: 
1. Axborot texnologiyalarining ta‘minoti 
2. Axborot texnologiyalarining turlari 
3. Multimedia texnologiyasi 
Mavzunnig maqsadi: Talabalarda axborot texnologiyalarining ta‘minoti va turlari haqida ma‘lumot 
berish. 
Skaner  bu  ma‘lumotlarni  qog‗ozli  hujjatdan  bevosita  kompyuterga  kiritish  qurilmasidir  (2.1.-  rasm). 
Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. 
Skaner  nusxa  ko‗chirish  apparatiga  o‗xshab  qog‗ozli  hujjatning  tasviri  nusxasini  qog‗ozda  еmas,  balki 
еlektron ko‗rinishda yaratadi - tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi. 
Skanerlar  hujjatlarni  qayta  ishlash  еlektron  tizimining  muhim  bo‗g‗ini  va  istalgan  «еlektron  stol»  ning 
kerakli еlementidir.  
 
 
2.1- rasm. Skanerlar.  
 
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi:  

 
Dastakli skanerlar  

 
Planshetli skanerlar 

 
Rolikli skanerlar.  
Dastakli skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo‗l bilan tasvir bo‗ylab siljitiladi. Ular yordamida 
bir  marta  o‗tishda  tasvir  satrlarining  ozgina  miqdori  kiritiladi  (ularning  qamrab  olishi  odatda  105  mm  dan 
oshmaydi).  Dastaki  skanerlarda  qayd  qiluvchi  chiroq  bo‗lib,  u  skanerlashning  ruxsat  еtiladigan  tezligi 
oshganligini operatorga bildirib turadi.  
Planshetli  skanerlar  еng  ko‗p  tarqalgan;  ularda  skanerlovchi  kallak  asl  nusxaga  nisbatan  avtomatik 
siljiydi;  ular  ham  varaqli,  ham  risolalangan  hujjatlarni  (kitoblarni)  skanerlash  imkonini  beradi.  Skanerlash 
tezligi: bir betga (A4 o‗lchamli) 2-10 sekund. 
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik 
siljiydi, ko‗pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli. 
Modem  (Modulyator-Demodulyator)  –  telefon  tarmog‗i  orqali  boshqa  kompyuterlar  bilan  axborot 
almashishni ta‘minlaydi (2.2- rasm).  
Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to‗g‗ri (modulyator) va teskari 
(demodulyator) o‗zgartirish qurilmasidir. 
Modem –  axborotni  uzatishda  raqamli signalni  analogli  signalga,  axborotni  qabul  qilishda  esa  analogli 
signalni raqamli signalga o‗zgartiradi.  

 
 
12 
Ko‗pgina  modemlar  ma‘lumotlarni  uzatish  jarayonini  ta‘minlashdan  tashqari,  telekommunikatsiya 
tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan: 
 
tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari; 
 
faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish; 
 
chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA); 
 
avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b. 
 
 
2.2- rasm. Modem.  
Multimediya vositalari – kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma‘lumotlarni ko‗rsatishni ta‘minlaydi 
(2.3- rasm).  
Multimediya  vositalari  -  bu  kompyuter  texnologiyasining  turli  xil  fizik  ko‗rinishga  еga  bo‗lgan  (matn, 
grafika, rasm, tovush,  animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o‗.) va  yoki turli xil tashuvchilarda  mavjud 
bo‗lgan  (magnit  va  optik  disklar,  audio-  va  video-lentalar  va  h.k.)  axborotdan  foydalanish  bilan  bog‗liq 
sohasidir.  
Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlarni audio - (nutqli) va videokiritish va chiqarish 
qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), 
ular  videomagnitofondan  yoki  videokameradan  tasvirni  oladi  va  uni  kompyuterga  kiritadi;  yuqori  sifatli 
kuchaytirgichli,  tovush  kolonkali,  katta  videoеkranli  akustik  va  videoqabul  qiladigan  tizimlar,  naushnik, 
mikrofon, proyektor, videoglaz, Web-kamera.  
 
2.3- rasm. Multimediya.  
Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) kompyuterdan qog‗ozli 
yoki boshqacha ko‗rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir (2.4- rasm).  
Ish tamoyili bo‗yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo‗ladi.  
 
2.4- rasm. Plotter.  
 
Planshet  –  kompyuterga  biror  chizma  va  tasvirni  maxsus  qalam  yordamida  kirituvchi  qurilma  (2.5- 
rasm).  

 
 
13 
 
2.5- rasm. Planshet. 
Kompyuterlаr  –  аxbоrоtga  ishlоv  beruvchi  univеrsаl  mаshinаlаrdir.  Kompyuterlаrni  ishlаtish  uchun 
ulаrgа  tushunаrli  bo‗lgаn  tildа  bаjаrilishi  lоzim  bo‗lgаn  ishlаr  hаqidа  аniq  vа  bаtаfsil  ko‗rsаtmаlаr  kеtmа-
kеtligini  kiritish  kеrаk.  Bundаy  ko‗rsаtmаlаr  kеtmа-kеtligi  dаstur  (prоgrаmmа)  dеyilаdi.  O‗zichа  kompyuter 
hеch qаndаy ishni bаjаrа оlmаydi, u fаqаt bеrilgаn dаstur bo‗yichа tеgishli ishni bаjаrishi mumkin. 
Korgazmali qurol: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish 
Тayanch iboralar: Axborotlar, axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari, axborot uzatish 
usullari, o‘qitishda axborot texnologiyalari 
 
2.3 Axborot tizimlari haqida tushuncha. Axborot tizimlarida ma‘lumot almashish. Bilimlar 
ombori. Sun‘iy intellekt tushunchasi  
Reja: 
1. Axborot tizimlari haqida tushuncha 
2. Axborot tizimlarida ma‘lumot almashish 
3. Bilimlar ombori va sun‘iy intellekt tushunchasi 
Mavzunnig maqsadi: Axborot tizimlari va ularni tzish haqida ma‘lumot berish. 
Axborot  tizimlari  haqida  tushunchaKatta  hajmdagi  axborotni  saqlash  -  u  izlanganda  tez 
topiladigan  va  undan  foydalanganda  samara  beradigan  bo‘lgan  taqdirdagina,  o‘zini  amaliy  jihatdan 
oqlaydi.Axborot tizimidan oldin "Tizim nima?" degan savolga javob beraylik. 
Tizim  (sistema)  deganda,  yagona  maqsad  yo‘lida  bir  vaqtning  o‘zida  ham  yaxlit,  ham  o‘zaro 
bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi. 
Turli  elementlardan  tashkil  topgan  va  turli  maqsadlarga  xizmat  qiluvchi  tizimlarga  misollar 
keltiramiz: 
  
 
Tizim turi 
Tizim elementlari 
Tizimning asosiy maqsadi 
1.  Korxona 
Odamlar, qurilmalar, materiallar,    bino 
va h.k 
Maxsulot ishlab chiqarish 
2.  Kompyuter 
Elektron va elektromexanik qurilmalar 
Ma'lumotlarni qayta ishlash 
3. 
Telekommunikatsion 
tizim 
Kommunikatsiya vositalari, elementlar, 
aloqa kanallari,  
Qurilmalar 
Aloqa kanallarini o‘zaro bog‘lash 
va ma'lumot almashinuvini 
ta'minlash 
4.  Axborot tizimi 
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, 
odamlar, axborot, dasturiy ta'minot va 
boshqalar 
Axborotlarni avtomatlashgan 
holda qayta ishlash 
Informatikada  "tizim"  tushunchasi  ko‘proq  texnik  vositalar  va  dasturlar  to‘plamiga  nisbatan 
ishlatiladi. 
Kompyuterning  texnik  qismini  "tizim"  deb  tasavvur  etish  mumkin.  Shuningdek,  hisobotlarni 
tayyorlash  va  elektron  xujjatlar  oqimini  boshqarish  kabi  amaliy  vazifalarni  hat  qilishga  mo‘ljallangan 
dasturlar to‘plamini ham "tizim" deb hisoblash mumkin. 
Xo‘sh, bunday vaziyatda "Bu axborotlardan qanday foydalanish kerak?" degan tabiiy savol turadi. 
Bunday  savolga  javob  berishda  ma'lum  ketma-ketlikda  ish  yuritishimiz  lozim  bo‘ladi.  Shuning 
uchun ishni axborotni olish, uni saqlash va bir joydan boshqa joyga uzatishdan, ya'ni axborot tizimlaridan 
boshlaymiz.  Belgilangan  maqsadga  erishish  uchun  axborotlarni  shakli  va  mazmuniga  ko‘ra  turlarga 
ajratish,  ularni  saqlash,  izlash  va  qayta  ishlash  prinsiplariga,  qayta  ishlashda  qo‘llaniladigan  usullar, 
shaxslar hamda vositalarning o‘zaro bog‘langan majmuiga axborot tizimi (AT) deyiladi. 

 
 
14 
Axborot tizimining asosiy  vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni  qayta ishlash va qisqa 
vaqt  ichida  kerakli  joyga  uzatish  masalalarini  xal  qilish  kiradi.  Kompyuter  axborot  tizimi  bilan  samarali 
ishlaydigan elektron qurilmadir. 
Shaxsiy  kompyuterlar  hisoblash  texnikasining  yangi  turdagi  vositasi  xisoblanadi.  Ular  yuqori 
darajada pishiqligi, ixcham 
   
 
 
  
 
 
 
a)  
 
       2.6-rasm.   
 
b) 
  
 
ko‘rinishi,  kam  energiya  sarflashi  va  mobilligi  bilan  ajralib  turadi.  Axborot  tizimida  qo‘llaniladigan 
vositalar namunalari a) CD-ROM, b) Video adapter) 2.6- rasmda keltirilgan. 
Ularning  bu  xususiyati  avtomatlashtirilgan  ishchi  joylari  yaratish  imkonini  beradi.  Bunday 
avtomatlashtirilgan  ishchi  joylari  davlat  boshqaruv  organlari,  loyixa-konstruktorlik  byurolari,  sanoat  va 
qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, tibbiyot va ukuv muassasalarida keng qo‘llaniladi. 
XX asrning ikkinchi yarmi, xususan 60-yidlarda fan-texnika tarak.kiyoti misli qurilmagan darajada 
tezlashib ketdi. Bu esa, o‘z  o‘rnida axborot oqimining ko‘payishiga olib keldi. Masalan, XX asrning oxirgi 
yillariga  kelib,  dunyoda  bir  kunda  chop  etiladigan  gazeta  va  jurnallar  soni  100000  dan  oshib  ketadi. 
Tasavvur etish qiyin emaski, bo‘larni uqib chiqishga inson umri yetmaydi. Kompyuterlar esa axborotlarni 
o‘qish, eshitish, ko‘rish va qayta ishlashda foydalanuvchiga maksimal qulayliklar yaratadi. 
Kompyuterlarning  takomillashuvi  dunyodagi  barcha  o‘zgarish-larni  o‘z  ichiga  qamrovchi  yagona 
axborot tizimini yaratishga imkoniyat yaratdi. Agar o‘tgan asrning 60-70- yillarida axborotlar turiga qarab 
alohida-alohida qayta ishlangan bo‘lsa, 80-yillar oxiriga kelib ular yaxlit bir ko‘rinishda - integrallashgan 
axborot  tizimlariga  birlashtirildi.  1983-85-  yillarda  yaratilgan  va  xozirda  keng  tarqalgan  integrallashgan 
tizimlar - Symphony, Framework, Lotus 1, 2, 3 va boshqalar bunga misol bo‘ladi. 
Korxonaning  ma'lumotlar  omborida  korxonaning  shtat  ro‘yxati,  ishchi  va  xizmatchilar  haqidagi 
ma'lumotlar,  ish  jadvallari,  moddiy  boyliklar,  xom  ashyo  va  kerakli  qismlarni  keltirish,  ombordagi 
jamg‘armalar,  tayyor  mahsulotlarni  chiqarish,  buyruqlar,  farmoyishlar  va  boshqa  ma'lumotlar  saqlanadi. 
Agar  ma'lumotlar  bir  omborda  bo‘lsa,  ularni  ma'lumotlar  omborini  boshqarish  tizimlari  yordamida  kayta 
ishlash  mumkinligi  oldingi  bobda  aytib  o‘tildi.  Lekin  ma'lumotlar  bir  nechta  kompyuterlarda,  xatto  turli 
joylardagi  kompyuterlarda  joylashgan  bo‘lsa-chi?  Bunda  biror  ma'lumotdagi  kichiq  o‘zgarish  boshqa 
joydagilarining  keskin  o‘zgarishiga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  biror  ishchi  mansabini  ko‘tarish 
haqidagi  buyruq,  nafaqat  shu  ishchining  shaxsiy  ishidagi  o‘zgarishga,  balki  ish  qakini  to‘lash 
qaydnomalari, korxonaning ish haqlaridagi ma'lumotlar, dam olish ta'tili grafiklari va shu kabi xujjatlarning 
o‘zgarishiga olib keladi. 
Axborotlar  turli  joylardagi  kompyuterlarda  saqlanganda  taqsimlangan  ma'lumotlar  omboridan 
foydalaniladi. Bunda biror axborotdan foydalanish uchun kompyuterlar bir-biri bilan axborot tarmoq deb 
ataluvchi aloqa tizimlari orqali birlashtiriladi. Barcha axborot tizimlarida axborotlarni saqlash, o‘zgartirish 
va qayta ishlash uchun oldingi bobda o‘rganilgan ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Axborot tizimlari 
va ma'lumot omborlari o‘rtasida kat'iy chegara yuq. Har qanday axborot tizimida biror-bir maqsad uchun 
yaratilgan ma'lumotlar ombori ishlatiladi. Ma'lumotlar omborini yaratishning eng muhim xossalaridan biri 
axborotning aniqligidir. Albatta,  
kompyuterga  kiritilayotgan  ma'lumotlarda  xatoliklar  ro‘y  berishi  mumkin.  Shu  bois,  axborot  tizimi 
xatolarni tuzatish va tashxis qilish vositalariga ega bo‘ladi. 
Ko‘pgina ma'lumotlar bir yoki bir necha faylga kiritilishiga qaramay, o‘zaro mantiqan bog‘lanishga 
ega  bo‘ladi.  Har  bir  axborot  tizimida  standart  nazariy  vositalar  mavjud  bo‘lib,  ularning  vazifasiga 
kiritilayotgan  ma'lumotlardagi  mantiqiy  va  sintaktik  xatolarni  aniqlash  va  ular  xaqida  foydalanuvchiga 
xabar berish kiradi. 

 
 
15 
Axborotlar  tizimida  muayyan  satrga  kiritiladigan  ma'lumotlar  uchun  u  qabul  qiladigan 
qiymatlarning  shartlari  ko‘rsatiladi.  Kiritiladigan  elementlar  ushbu  shartni  qanoatlantirmasa,  tizim  bu 
haqda ma'lumot beradi va uni omborga kiritmaydi. Bunday holga ma'lumotlarni chegirish deyiladi. 
Bundan  tashqari,  arifmetik  xatoliklar  ham  uchrab  turadi.  Arifmetik  xatoliklar  darajasini  belgilash 
ancha  murakkab  ish  hisoblanadi.  Biror  amal  natijasini  hisoblashda  uning  aniqlik  darajasi  (kasr  qismi, 
verguldan  so‘ng  nechta  raqam  olinishi)ni  belgilash  foydalanuvchining  xohishiga  bog‘liq  va  u  tez-tez 
o‘zgarib turadi. Shuningdek, matnli ma'lumotlarni kiritilayotganda, Muhamedov A.T. o‘rniga Muhamedov 
A.P.  yozib  ketilishi  mumkin.  Bunday  holda  axborot  tizimining  ishonchliligi  pasayishi  mumkin.  Bunday 
xollarning oldini olish uchun maxsus dasturlarni qo‘llashga to‘g‘i keladi. 
Bilimlar ombori 
Bilimlar  ombori   jamiyatning   ajralmas   qismi  bo‘lib,  uning  o‘tmishi,  bugungi   kuni  va  kelajagi  
haqidagi  bilimlarni  o‘zida  mujassamlashtiradi.   
    Bilimlar  omborida  jamlanadigan  ma‘lumotlar  matn,   belgi,  raqam,  jadval,  grafik,  rasm  va  boshqa  
ko‘rinishlarda  bo‘lishi  mumkin.    
    Ma‘lumotlar   bilimlar   omborining  berilgan  qismlariga  joylashtiriladi  va  bu  qismlar  sektorlar    deb  
ataladi  .     Har  bir  sektorda  sektorga  ma‘lum  qoidalarga  ko‘ra  ishlatiladigan  bilim (ma‘lumot)lar  
bo‘laklari    joylashadi.      Har    bir    sektordagi    ma‘lumotlardan    yakka    holda    olib    borish    mumkin. 
Sektorlarni    quyidagicha    taqsimlash    mumkin  :  A-  matnli      axborotlar;    B-    grafikli    axborotlar  ;    C-  
jadvallar;  D- diagrammalar.  Berilgan sohadagi bilimlar omboridan foydalanish har bir foydalanuvchidan 
ma‘lum  darajadagi  ko‘nikma  va  malakalarni  talab  qiladi.  Bunday  ko‘nikmalarga  turli  shakldagi  aqliy 
faoliyat  turlari:  tahlil,  sintez,  umumlashtirish,  abstraktlashtirish,  qiyoslash,  modellashtirish,  strukturalash, 
o‘xshashlik darajalarini o‘rnatish va boshqalar kiradi.  
«Sun'iy  intellekt»  tushunchasi  dastlab  AQSHda  paydo  bo'ldi  va  sekin-asta  boshqa  davlatlarda  ham  keng 
qo'llanila boshlandi. 
1956-yili  AQSHda  kompyuter  va  dasturlash  sohasidagi  10  na-far  amerikalik  yetakchi  mutaxassisning 
birinchi  uchrashuvi  bo'lib  o'tdi.  O'sha  paytda  mutaxassislardan  ko'pchiligi  yaqin  o'n  yil  ichida  sun'iy  aql 
yaratilishi  mumkinligini  taxmin  qilardi.  Chorak  asrdan  keyin,  ya'ni  1981-yili  sun'iy  intellekt  bo'yicha 
Kanadada  bo'lib  o'tgan  Xalqaro  konferensiyada  birinchi  uchrashuvning  o'nta  qat-nashchisidan  beshtasi 
qilingan  bashoratlar  o'ta  optimistik  bo'lgan-ligini,  muammolar  esa  anchagina  murakkab  ekanligini  tan 
olishdi.  Shunday  bo'lsa-da,  bu  yo'nalishda  ko'pgina  ilmiy  va  amaliy  natijalarga  erishilgani  qayd  etildi. 
Hozirgi kunda sun'iy intellektni yaratish bo'yicha ilmiy ishlar ko'pgina davlatlarda olib borilyapti. Intellekt 
—  insonning  tafakkur  yuritish  qobiliyati.  Sun'iy  intellekt  —  inson  intellektining  ba'zi  vazifalarini  o'zida 
mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyati. 
Sun'iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo'lgan, masa-lan, axborotni qabul qilish va undan ma'lum 
masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. 
 
Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish. 
Тayanch  iboralar:  Axborot  tizimlari,  axborotni  saqlash,  izlash,  turlarga  ajratish,  qayta  ishlash 
printsipi, usullari, vositalar,  axborotlarni ko‗rib chiqish va indeksli fayllar, axborot tizimlarida ma‘lumot 
almashish,  xabar,  analog  va  dikret  signallar,  signal  kodi,  bilimlar  ombori,  bilimlar  omborini  boshqarish 
tizimlari, sun‘iy intelekt tushunchasi, intelektual tizim, ekspert tizimlari, interfeys tushunchasi.  
 
Nazorat  savollari 
1. 
Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?' 
2. 
Axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari va vazifalarini aytib bering. 
3. 
Taqsimlangan ma‘lumotlar ombori haqida gapirib bering. 
4. 
Ma‘lumotlarni chegirish deb nimaga aytiladi? 
5. 
Axborotning aniqligi nima ? 
6. 
Ma‘lumotlarii tartiblash haqida gapirib bering. 
7. 
Axborotni avtomatik izlashning xususiyatlari haqida gapirib bering. 
8. 
Axborot tizimlari qanday masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan? 
9. 
Axborot tizimlarida axborotni qayta ishlash qanday amalga oshiriladi ? 
10. 
Axborotni izlash andozalari haqida gapirib bering. 

 
 
16 
 
Adabiyotlar: 
1.  Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. T.: O‘qituvchi. 2003.256 b. 
2.  Абдуқодиров А.А., Ҳайитов А.Ғ., Шодиев Р.Р. Ахборот технологиялари. Т.: Ўқитувчи. 2002. 144 б. 
3.  Кенжабаев А.Т. ―Ахборотлаштириш миллий тизимини шакллантириш муаммолари‖. Т.: Ибн Сино, 
2004.  
4. 
Ғуломов С.С. ва бошқалар. Axборот тизимлари ва технологиялари. Тошкент, "Шарқ", 2000. 
5. 
Fayziyev R. A., Tillashayxova M. A. Microsoft  Access  ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida 
ishlash. O‗quv qo‗llanma. — Toshkent: Fan va texnologiya. 2004-140 b. 

 
 
17 
3-BOB. ZAMONAVIY SHAXSIY KOMPYUTERLAR VA ULARNING DASTURIY 
TA‘MINOTI.  
3.1. Kompyuter аxbоrоtgа ishlоv bеruvchi vоsitа sifаtida. Shаxsiy kompyuterlаr tаsnifi vа tаrkibi 
Reja: 
1. Kompyuter аxbоrоtgа ishlоv bеruvchi vоsitа sifаtida 
2. Shаxsiy kompyuter (ShK)lar  tаsnifi 
3. Shаxsiy kompyuterlаrning tаrkibi 
Mavzunnig maqsadi: Yangi informatsion texnologiyalar va zamonaviy informatsion 
texnologiyalar haqida umumiy tushuncha. 
Kompyuterlar  katta  kompyuterlar  va  kichik  kompyuterlar  sinfiga  bo‗linadi.  Katta  kompyuterlar  sinfiga 
serverlar  va  superkompyuterlar  kiradi.  Kichik  kompyuter  sinfiga  esa  shaxsiy  kompyuterlar  (ShK),  portativ 
kompyuterlar kiradi.  
Server  kompyuteri  deb  kompyuter  tarmog‗ida  asosiy  axborotlar  bazasini  saqlovchi  maxsus  ajratilgan 
kompyuterga aytiladi.  
Superkompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni  yechish uchun 
mo‗ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi 
va maxsus amallarni bajaradi.  
Shaxsiy  kompyuterlar  (ShK)  hammabop  va  qo‗llashda  turli  xil  talablarni  qondiruchi,  bir  kishi 
foydalanadigan  kompyuterlardir.  Shaxsiy  kompyuterlarga  kundalik  ishlarimizda  qo‗llaydigan,  uyda,  ish 
joylarida joylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi. 
 
 
 
3.1- rasm. Pоrtаtiv kompyuterlar 
Pоrtаtiv kompyuterlar yo‗lda olib yurishga mo‗ljallangan ko‗chma shaxsiy kompyuterlardir (3.1- rasm). 
Pоrtаtiv  kompyuterlarga  Lap  Top,  Note  Book,  Palm  Top,  Elеktrоn  kоtiblаr  (PDA),  organizer  kabi 
kompyuterlarni kiritishimiz mumkin.  
«Lap  Top»  turidаgi  pоrtаtiv  kompyuterlаr  «diplоmаt»  hаjmidаgi  kichiq  chеmоdаnchаlаr  ko‗rinishidа 
tаyyorlаnаdi.  Аppаrаt  vа  dаsturiy  tа‘minоt  ulаrning  eng  yaxshi  ko‗chmаs  ShKlаr  bilаn  muvаffаqiyatli 
rаqоbаtlаshishigа imkоn bеrаdi. 
Kompyuter-blоknоtlаr (Note Book vа Sub Note Book, shuningdеk, ulаrni Omni Book –  «hаr  yеrdа 
hоzir»  dеb  hаm  аtаshаdi)  stоldа  fоydаlаnilаdigаn  ShKlаrning  bаrchа  vаzifаlаrini  bаjаrаdi.  Ulаr  unchа  kаttа 
bo‗lmаgаn  kitоb  hаjmidаgi  chеmоdаnchа  ko‗rinishidа  tаyyorlаnаdi.  O‗z  xususiyatlаrigа  ko‗rа  ko‗p  jihаtdаn 
Lap Topgа mоs kеlаdi, fаqаt o‗lchаmi vа bir qаtоr kichik hаjmdаgi оpеrаtiv vа diskli xоtirаsi bilаn fаrqlаnаdi. 
Kompyuter-blоknоtlаrning ko‗pginа mоdеllаri  аlоqа  kаnаligа vа  shungа muvоfiq  hisоblаsh  tаrmоg‗igа 
ulаnish  uchun  mоdеmlаrgа  egа  аlоqаni  tа‘minlаydi.  Ulаr  unchа  kаttа  bo‗lmаgаn  hаjmdаgi  suyuq  kristаlli 
mоnоxrоm  vа  rаngli  displеylаrgа  egа.  Klаviаturаsi  hаr  dоim  qisqа,  Tpack  Point  vа  Tpack  Pad  turidаgi 
mаnipulyatоrlаrgа egа. 
Cho‗ntаk kompyuterlаri (Palm Top, bu «kаftdаgi» dеgаn mа‘nоni bildirаdi) 300 grаmm оg‗irlikkа egа. 
Ulаr  to‗lаqоnli  shаxsiy  kompyuterlаr  bo‗lib,  mikrоprоtsеssоr,  оpеrаtiv  vа  dоimiy  xоtirа,  оdаtdа  mоnоxrоm 
suyuq kristаlli displеy, ixchаm klаviаturа, ko‗chmаs ShKgа аxbоrоt аlmаshuv mаqsаdlаridа ulаnish uchun pоrt 
bo‗limlаrigа egа. 
Elеktrоn kоtiblаr (PDA-Personal Digital Assistent, ulаrni bа`zаn Hand Help – qo‗l yordаmchisi dеb 
аtаshаdi) cho‗ntаk kompyuteri shаkligа egа (оg‗irligi 0,5 kg dаn оrtiq emаs), birоq Palm Top gа nisbаtаn kеng 
funksiоnаl  imkоniyatlаrgа  egа  (xususаn:  nоmlаr,  mаnzilgоhlаr  vа  tеlеfоn  rаqаmlаrini  sаqlоvchi  elеktrоn 

 
 
18 
mа‘lumоtnоmаlаr,  kun  tаrtibi  vа  uchrаshuvlаr,  jоriy  ishlаr  ro‗yxаtlаri,  hаrаjаtlаr  yozuvlаri  vа  bоshqаlаr 
hаqidаgi аxbоrоtni tаshkil qilishgа yo‗nаltirilgаn аppаrаt vа mаxsus dаsturiy tа‘minоt), mаxsus mаtnli, bа`zаn 
esа grаfik muhаrrirlik, elеktrоn jаdvаllаr tаyyorlаydi. 
Elеktrоn  yozuv  dаftаrchаlаri  (organizer  –  оrgаnаyzеrlаr)  ixchаm  kompyuterlаrning  «eng  yеngil 
sinfi»gа  kirаdi  (bu  sinfgа  ulаrdаn  tаshqаri  kаlkulyatоrlаr,  elеktrоn  tаrjimоnlаr  vа  bоshqаlаr  kirаdi);  ulаrning 
оg‗irligi 200 grаmmdаn оshmаydi. Оrgаnаyzеrlаr fоydаlаnuvchi tоmоnidаn dаsturlаshtirilmаydi, birоq sig‗imli 
xоtirаgа egа. Ungа zаrur аxbоrоtni yozish vа uning yordаmidа mаxsus mаtnni tаhrir qilish, ish xаtlаri, bitim, 
shаrtnоmаlаr mаtnlаri, kun tаrtibi vа ish uchrаshuvlаrigа tеgishli mаtnlаr sаqlаnishi mumkin. 
Kompyuter ikkita tarkibiy qismdan iborat. Ular asosiy va qo‗shimcha qurilmalardir.  
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha. 
1. 
Tizimli blok (Protsessor). 
2. 
Ekran (Monitor). 
3. 
Klaviatura. 
4. 
Sichqoncha.  
Tizimli  (Sistemaviy)  blok  (Protsessor)  –  kompyuterning  asosiy  qismi  bo‗lib,  o‗z  ichiga  quyidagi 
elementlarni jamlaydi (3.2- rasm). Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ xotira (OZU), 
CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar kontrolleri, shinalar, elektr ta‘minoti bloki va 
boshqalar.  
 
3.2- rasm. Protsessor  
Ona plata – asosiy elektron sxema bo‗lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga 
mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar to‗plami, ikkinchi pog‗ona kesh-hotira 
(kesh  L2),  shina  razyomlari,  tizimli  soat  hamda  CMOS  uchun  elektr  manbai  (batareya),  kiritish-chiqarish 
mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o‗rnatiladi (3.3- rasm).  
 
 
3.3- rasm. Ona plata 
Mikroprotsessor  (CPU)  arifmetik-mantiqiy  qurilma  bo‗lib,  kompyuterning  «yuragi»  hisoblanadi  (3.4- 
rasm).  
Dаstur yordаmidа bеrilgаn mа‘lumоtlаrni o‗zgаrtirаdigаn, hаmmа hisоblаsh jаrаyonlаrini bоshqаrаdigаn 
hаmdа hisоblаsh ishlаrigа tеgishli mоslаmаlаrning o‗zаrо аlоqаsini o‗rnаtаdigаn qurilmа – mikroprоtsеssоr dеb 
аtаlаdi. Аrifmеtik vа mаntiqiy аmаllаrni bаjаrish, hоtirаgа murоjааt qilish, dаsturdаgi ko‗rsаtmаlаrning bеrilgаn 
kеtmа-kеtlikdа bаjаrilishini bоshqаrish vа bоshqа аmаllаr mikroprоtsеssоr zimmаsidаdir.  

 
 
19 
 
3.4- rasm. Mikroprotsessor 
Mikroprotsessor sekundiga millionlab har xil amallarni bajaradi. Kompyuterlarda INTEL, AMD, IBM va 
boshqa firmalarning mikroprotsessorlari ishlatilmoqda.  
Qattiq  disk  (Vinchester.  HDD)  tashqi  xotira  hisoblanib,  kompyuterda  asosiy  axborot  saqlovchi 
qurilmadir (3.5- rasm). Unda barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan 
ferromagnetik  qatlam  bilan  qoplangan  alyuminiyli  va  karamikali  disklardan  iborat  bo‗lgani  uchun  ko‗pincha 
qattik disk deb ataladi. Qattiq disk o‗lchamlari turlicha bo‗lishi mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-
1000 Gb dan 1 Tb gacha bo‗lgan o‗lchamdagi turlari mavjud.  
 
3.5- rasm. Vinchester 
Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha dastur va 
ma‘lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‗pincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va 
ma‘lumotlar  faqat  kompyuter  yoqiqligida  yoki  kompyuter  qayta  yuklangunicha  saqlanadi.  Kompyuter 
o‗chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma‘lumotlar saqlab qo‗yilishi lozim. Operativ xotiraning 
256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb li turlari mavjud (3.6- rasm).  
 
3.6- rasm. Operativ (tezkor) xotira 
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Disklardagi ma‘lumotlarni o‗qish 
va ularga ma‘lumotlar yozish uchun xizmlat qiluvchi qurilma. Dastlab bunday tashuvchilar ma‘lumotlarni faqat 
o‗qish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ulardagi ma‘lumotlarni o‗zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo‗q edi. 
Hozir  disk  va  disk  yurituvchilarning  ma‘lumotlarni  yozadigan  (writeable)  va  ko‗p  marotaba  yozadigan 
(rewriteable) modellari mavjud (3.7- rasm).  
 
3.7- rasm. CD-ROM 

 
 
20 
Kоntrоlеrlаr  (mаxsus  elеktrоn  sxеmаlаr)  kompyuter  tаrkibigа  kiruvchi  turli  qurilmаlаr  (mоnitоr, 
klаviаturа vа bоshqаlаr) ishini bоshqаrаdi. 
Kiritish-chiqаrish pоrtlаri оrqаli prоtsеssоr tаshqi qurilmаlаr bilаn mа‘lumоt аlmаshаdi. 
Ichki  qurilmаlаr  bilаn  mа‘lumоt  аlmаshuvi  uchun  mаxsus  pоrtlаr,  umumiy  pоrtlаr  va  USB  portlar 
mаvjud. 
Umumiy pоrtlаrgа printеr, sichqоnchа ulаnishi mumkin. Umumiy pоrtlаr 2 xil bo‗lаdi: pаrаllеl – LPT1-
LPT4 dеb bеlgilаnаdi vа kеtmа-kеt – COM1-COM3.  
USB pоrtlаr kirish-chiqish harakatini tеzrоq bаjаrаdi. 
 
 
 3.8 rasm  Kiritish-chiqаrish pоrtlаri 
Elektr ta‘minoti bloki. Elektr ta‘minoti blokidan shaxsiy kompyuterning har bir alohida komponentiga 
elektr toki uzatiladi (3.9- rasm). Elektr tokisiz hech narsa ishlamasa ham, foydalanuvchi elektr manbaiga kam 
etibor  beradi.  Elektr  ta‘minoti  blokining  asosiy  vazifasi  o‗zgaruvchan  tokni  (110  yoki  220  B)  kompyuter 
komponentlari ishlashi uchun zarur bo‗lgan elektr tokiga o‗zgartirishdir (3.3, 5 va 12 B). 
 
 
3.9- rasm. Elektr ta‘minoti bloki.  
Monitor – kompyuterdagi grafikli va matnli axborotlarning tasvirini ekranda hosil qiladi (3.10- rasm).  
Monitor  еkranining  o‗lchami  odatda  uning  diagonali  kattaligi  bilan  dyuymlarda  beriladi:  SHK  larda 
еkranlarning quyidagi tipik o‗lchamlari qabul qilingan: 17, 19 va 21 dyuym.  
 
3.10- rasm. Monitorlar.  
Monitorlarning quyidagi turlari mavjud: 
1. Rangli monitorlar. 
2. Monoxromli monitorlar.  
3. Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) 
Rangli monitorlar  
Hamma  boy  ranglar  gammasini  uzatish  imkonini  beradi  (65536  tagacha  rangli  tuslarni  –  High  Color 
standarti) va shuning o‗zi hamma gapni aytib turibdi. 
Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi: 
•  kompozitli  rangli  monitorlar  va  televizorlar,  ular  rangni  ham,  grafikani  ham  ta‘minlaydi,  lekin  ancha 
past o‗tkazish qobiliyatiga еga; 

 
 
21 
• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o‗tkazish qobiliyatiga еga bo‗lgan еng yuqori 
sifatlidir  (RGB  –  qizil-yashil-havo  rang,  bu  rangli  xabarlarning  har  biri  uchun  o‗zining  simi  ishlatiladi, 
kompozitlida еsa - uchala rang signali bitta sim bo‗ylab boradi); 
• RGB-monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi. 
Uch tipdagi videomonitorlar: CD  (Color Display),  ECD  (Enhanced CD) va  PGS  (Professional  Grafics 
System) keng qo‗llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat 
oxirgisi е`tiborga loyiqdir. 
Monoxromli monitorlar 
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori 
o‗tkazish  qobiliyatiga  еga,  «qo‗l  rangni»  o‗nlab  tuslarini  aks  еttirish  imkoniyatini  beradi,  inson  salomatligi 
uchun zararsizroqdir. Shuning uchun ko‗plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko‗radilar. 
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko‗proq ishlatiladi: 

 
bevosita  boshqariladigan  monoxromli  monitorlar,  ular  matnli  va  psevdografik  belgilarni  aks 
еttirishda  yuqori  o‗tkazish  qobiliyatini  ta‘minlaydi,  lekin  ular  alohida  piksellardan  tashkil  topgan  grafik 
tasvirlarni shakllantirish uchun mo‗ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda 
ishlaydi; 

 
kompozitli  monoxromli  monitorlar,  ular  rangli  grafikli  adapter  bilan  birgalikda  ishlaganda  ham 
belgili,  ham  grafikli  ma‘lumotlarni  yaxshi  sifat  bilan  aks  еtgirishni  ta‘minlaydi  (lekin,  tabiiyki,  ko‗proq 
monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).  
Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar 
Suyuq  kristalli  indikatorlardagi  monitorlar  (SKI,  LCD  -  Liquid  Cristal  Display)  -  bu  raqamli  tekis 
monitorlardir. 
Bu monitorlar maxsus, me`yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir 
еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug‗lik nurlarining 
sinish  koеffitsientlari  o‗zgaradi.  Ana  shu  еffektlar  tasvirni  shakllantirish  uchun  ishlatiladi.  Tuzulish  jihatdan 
bunday  displey  ikkita  еlektr  o‗tkazuvchan  shisha  plastina  ko‗rinishda  bajarilgan  bo‗lib,  ularning  orasiga  ana 
shunday  kristallanadigan  suyuqdikning  juda  yupqa  qatlami  joylashtiriladi.  Bunday  еkranlarni  orqa  yoki  yon 
tomondan  yoritish  uchun  yoruyutik  manbai  sifatida,  odatda,  sovuq  katodli  flyuorescent  lampalar  yoki 
еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi. 
Kompyuterning qo‗shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat: 
1. 
Printer. 
2. 
Skaner. 
3. 
Modem. 
4. 
Multimedia vositalar.  
5. 
Plotter. 
6. 
Planshet.  
Printer - kompyuterdagi ma‘lumotlarni qog‗ozga yozib chiqaruvchi qurilma. Printerlar ishlash prinsipiga 
qarab quyidagilarga bo‗linadi (3.13- rasm). 
1. Matrichniy. 
2. Sepuvchi. 
3. Lazerli. 
 
3.13- rasm. Printerlar.  

 
 
22 
Matritsali  printerlarda  tasvir  nuqtalardan  zarbli  usul  bilan  shakllanadi,  shuning  uchun  ularni  «zarbli-
matricali printer» deb atash to‗g‗riroqdir. Ignali (zarbli) matricali printerlarda nuqtalarni bosish, bo‗yovchi lenta 
orqali qog‗ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.  
Purkagichli  printerlar  bosuvchi  kallakda  ignalar  o‗rniga  ingichka  naychalar  -  soplolarga  (konus 
naychalarga) еga, u orqali qog‗ozga bo‗yoq rangning (siyoxning) mayda tomchilari purkaladi. 
Lazerli  printerlarda tasvirni shakllantirishning  еlektrografik usuli ishlatilib, bu usul  shu  nomdagi nusxa 
ko‗chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o‗ta ingichka yorug‗lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur 
oldindan tayyorlab quyilgan yorug‗likka sezgir baraban sirtida ko‗rinmaydigan nuqtali еlektron tasvir konturini 
chizadi  –  еlektr  zaryad  lazer  nuri  bilan  yoritilgan  nuqtalardan  baraban  sirtiga  oqib  tushadi.  Еlektron  tasvir 
tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo‗yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi – 
tonerni barabandan qog‗ozga olib o‗tiladi va tasvirni qog‗ozda tonerni qizdirib, u еrib ketguncha qotiriladi.  
Tayanch iboralar: kompyuter texnologiyalari, tarmoqlar, Internet, multimedia 
 Ko‘rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda 
devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish. 
 

Каталог: sites -> default -> files
files -> O 'zsan oatq u rilish b an k
files -> Aqshning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (uscirf) Davlat Departamentidan alohida va
files -> Created by global oneness project
files -> МҲобт коди Маъмурий-ҳудудий объектнинг номи Маркази Маъмурий-ҳудудий объектнинг
files -> Last Name First Name Middle Initial Permit Number Year a-card First Issued
files -> Last Name First Name License Number
files -> Ausgabe 214 Freitag, 11. Mai 2012 37 Seiten Die Rennsaison 2012 ist wieder in vollem Gan
files -> Uchun ona tili, chet tili, tarix, jismoniy tarbiya fanlaridan yakuniy nazorat imtihon materiallari va metodik
files -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
files -> Sequenced by Last Name


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling