Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ning maqsadi. Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi


Download 325.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana31.01.2024
Hajmi325.26 Kb.
#1829795
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Pedagogika 20 ta lik



Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsadi

Reja: 
1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. 
2. 
Ta`lim to`g`risidagi Qonun.
 
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
(1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh 
qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar 
kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu 
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan 
o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-
hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga 
ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak 
mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash 
kabi 
vazifalarni 
qo`yadi. 
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim 
tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab 
qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan 
biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning 
madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini 
yaratish 
va 
tatbiq 
etishdir. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.Kasb ta`limi 
metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda esa 1985 yildan 
boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta umumta`lim maktablariga 
«Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetining kiritilishi 
bo`ldi.Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni 


o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. 
Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu 
sohada 
muayyan 
yutuqlarga 
ham 
erishilgan. 
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-hunar 
ta`limining kiritilishi bilan informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari uchun 
informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim 
bo`ladi. 
Bunda 
asosiy 
muammolar: 
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari 
qanday; 
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga 
yetkazilishi 
kerak; 
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va 
vositalardan 
foydalanish 
lozim. 
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar uchligi 
qo`yiladi: 
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 

nimani 
o`rganish 
kerak 
(ya`ni, 
mazmunni 
aniqlash)? 
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)? 
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini 
kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun 
chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, 
o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak 
o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. 
Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli 
va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» 
fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning 
metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga 
tayanadi. 



Download 325.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling