«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro’yobga chiqarishning sifat bosqichida ta’lim
Download 92.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Ro'zimurod Abdisaitov
Kirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro’yobga chiqarishning sifat bosqichida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, ta’lim muassasala- rining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash ishlariga alohida urg’u berilgan. Shu maqsadda barcha oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy usul, texnika va texnologiya yangiliklarini e’tiborga olgan holda fanlarning asosiy mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi ma’ruzalar matnlarini tayyorlashga kirishildi. Shular qatorida I.Shamshidinov, B.Mo’minova, M.Abdullaevlar tomonidan «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni (Namangan, 1999 y.) tayyorlandi. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Bundagi vazifalardan biri o’quv dastur- lari, darsliklar va qo’llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini teran aks ettirish hisoblanadi. Quyilgan vazifalar- dan kelib chiqqan holda zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish yoki yosh avlodga milliy istiqlol g’oyasini yetkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilgor tajriba va texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlaridan boxabar bo’lgan, raqobatbardosh, o’z sohasining ham ilmiy, ham amaliy bilgan muhandis va muhandis- pedagog kadrlarni tayyorlashda ta’lim yo’nalishlari «Matematik va tabiiy fanlar» blokining asosiy fanlaridan biri bo’lgan «Umumiy va noorganik kimyo» fanini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib, ushbu muam- moli ma’ruzalar matni oliy ta’limning bakalavriatura bosqichidagi texnik va kasb-ta’limi yo’nalishlarida o’qitiladigan «Umumiy va noorganik kimyo» fanining amaldagi dasturlari asosida tayyorlandi.
2
yo’nalishlarini hisobga olgan holda yoritilgan bo’lib, kimyoning asosiy qonun va tushunchalari, atom va moddalarning tuzilishi to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlar, davriy qonun va elementlar davriy sistemasi, kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish qonuniyatlari, metallar va ularning xossalari haqida batafsil bayon etilgan. Har bir ma’ruza matni oxirida mavzuga tegishli bo’lgan nazorat uchun savol va mashqlar hamda tayanch so’z va iboralar keltirilgan. Ulardan talabalarning «Umumiy va noorganik kimyo» fani bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishda Download 92.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling