Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish


Download 48.29 Kb.
Pdf просмотр
Sana09.06.2018
Hajmi48.29 Kb.

KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI 

SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 

Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni 

boshqarish 

MAVZU: DAVLAT SANITARIYa-

EPIDYeMIOLOGIYa NAZORATI MARKAZI 

VA UNING TARKIBIY BO'LINMALARI 

FAOLIYaTINI RYeJALAShTIRISh 

• Hozirgi davrda sanitariya-epidemiologiya 

xizmatini faoliyatni samaradorligini oshirish, 

uni ishini tashkil etilishini takomillashtirish 

ko'p jihatdan hududning ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish rejasi bo'yicha, sanitariya -

epidemiologiya xizmatining va uning 

muassasalari faoliyatini rejalashtirish sifatiga 

sanitariya-gigiyenik va sanitariya-epidemiyaga 

qarshi tadbirlarni to'g'ri rejalashtirilishiga va 

olib borilishiga bog'liq. 



• Rejalashtirish qo'yidagi talablarga javob berishi 

lozim: 

• 1. Rejalashtirilayotgan har bir  maqsad va 

vazifalarni aniq belgilash; 

• 2. Rejalashtirilayotgan tadbirlarning realligi, 

kadrlar, moddiy texnik, moliyaviy va boshqa 

imkoniyatlarni har tomonlama hisobga olinishligi. 

• 3. Rejalashtirilayotgan tadbirlarni lozimligi. 

• 4. Bajarilish muddati, mas'ul shaxslarni aniq 

belgilash. 

 


• Rejalashtirish jarayoni 4 bosqichdan iborat: 

•  prognozlash, strategik va joriy rejalashtirish, 

reja vazifalarini bajarilishi ustidan nazorat.  


• Prognozlash bosqichida ma'muriy hududning 

iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish istiqbollari, aholi 

soni va demografik jarayonlar, aholi turli 

guruhlari salomatlik holatining tendensiyasi, 

sanitar-epidemiologik vaziyat, sanitariya  

epidemiologiya xizmatning rivojlanishi, o'tgan 

yilgi reja vazifalarni baholash, tashqi 

muhitning holati va boshqalar hisobga olinadi. 

 


• Strategik reja sog'liqni saqlash tashkilotlari va 

muassasalarini faoliyat yo'nalishlarining asosiy 

maqsad va vazifalarini belgilaydi. U muassasalar  

tuzilishi va vazifalarini o'zgartirish zaruriyatini, kadrlar 

tayyorlash va ularni taqsimlash moddiy bazalarni 

rivojlantirish va boshqa masalalarni kiritish bilan 

qo'yilgan vazifalar maqsadlarga erishish uchun 

ko'proq samarali vazifalarni kiritish mumkin. Strategik 

reja 5-10 va undan ortiq yillarga tuziladi va asosan 

tizimning yuqori tashkilotlari uchun tegishlidir 



(Sanitariya  epidemiologiya Bosh boshqarmasi, 

Sog'liqni Saqlash Vazirligi). 

 


• Joriy (taktik) rejalashtirish (jarayonida) 

bosqichida Qonkret tadbirlar ishlab chiqiladi, 

unda bajaruvchilar, bajarish muddatlari aks 

etgan  bo'ladi. Joriy rejalashtirish mahalliy 

sharoitlarni hisobga olib kelajak rejalarni ayrim 

vazifalarini hal qilish uchun vositalarni 

aniqlaydi. Joriy rejalar tarmoqning barcha 

tashkilot va muassasalarida tuziladi. U asosan 

yil va kvartal uchun tuziladi. 

 


• Rejalarni bajarilishini nazoratini (bo'lim va bo'linmalar 

mudirlari, bosh vrach amalga oshiradi) maxsus 

kartoteka tuziladi va u bajarish muddati bo'yicha 

saqlanadi. 

• Hozirgi davrda Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari faoliyatini rejalashtirishda tizimli 

yondoshish talab etadi, unda maqsad, vazifalar, 

tadbirlar va ularni samaradorligi nazarda tutiladi. 

Rejada Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlari mutaxassislari faoliyati bilan muassasa 

tarmoqlar faoliyati o'rtasida bog'liqlik hisobga olinadi. 



• Rejani tuzish usullari va uning turlari 

•  


Reja tuzishda funksional-tarmoqli, 

muammoviy-mavzuli usullardan 



(prinsiplardan) foydalanish mumkin. 

 


• Funksional-tarmoqli prinsip bo'yicha tuzilgan reja asosan - 

Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlari bo'limi 

va bo'linmalari faoliyatini yig'indisidan iborat. Bunday 

rejalar sodda va qulay  ammo unda asosiy (bosh) va aniq 

Qonkret tadbirlar ajratilmagan, shuningdek unda ishning 

asosiy yo'llanishini ajratib olish imQoniyati yo'q. U o'zining 

hajmi jihatidan ko'p, Qonkret emas, unda Davlat Sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlarining bo'limlari 

tomonidan kompleks ishlarni hal qilish uchun zarur  bo'lgan 

tadbirlarni ilg'ab olish mushkul hamda ularni bajarilishi 

muddatlarini bir-biriga bog'lash imQoniyati ham mavjud 

emas. 


 

• Muammoviy-mavzuli prinsip bo'yicha tuzilgan 

reja umumiy, barcha sanitariya-epidemiologik 

xizmatga tegishli bo'lgan tadbirlarni ajratib 

olish imQonini beradi. Undagi tadbirlar 

tarmoqlar bo'yicha tuziladi. Bu prinsip tashqi 

muhitni muhofazalash, kasalliklarni va 

jarohatlanishlarni oldini olish bo'yicha 

kompleks rejalar tuzishda qo'l keladi. 



• Sanitariya-epidemiologiya xizmati bo'yicha ishlab chiqiladigan 

barcha rejalarni 4-ta asosiy guruhlarga (ajratish) bo'lish mumkin: 

• Muddati bo'yicha (joriy, perspektiv) 

• DSENM rejasi (vazirliklar, tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar, 



muassasalar, Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlarining bo'linmalari faoliyatini rejalashtirishda qatnashish) 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tuzlgan bo'lishi mumkin. 

• Sanitariya-sog'lomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlarning 

kompleks rejasi; 

• Sanitariya  nazorati ostidagi ob'yektlar bo'yicha reja-vazifalar. 

 


• Rejalashtirish jarayonida qo'yidagilar o'rganiladi: 

• 1) Umumiy xalq xo'jalik yo'nalishi bo'yicha tumanning o'ziga 

xos xususiyatlari (tumanning iqtisodiy yo'nalishi,  tuman 

hududidagi Davlat Sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlari tamonidan faoliyat ko'rsatuvchi ob'yektlar)ni 

kelajak istiqboli va uning rivojlanishi. 

• 2) DSENM xizmat ko'rsatadigan hududning sanitariya  

epidemiologik holatiga: 

• 3) demografik ko'rsatkichlarga: 

• 4) aholini kasallanish (umumiy, infeksion, vaqtincha 



mehnatga layoqatsizlik) ko'rsatkichlariga: 

• 5) tibbiy yordam ko'rsatish darajasi va boshqalar. 

 


• Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlariining yillik ish rejasi. 

•  Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlari faoliyatning asosiy rejasi bu - yillik reja 

bo'lib, u Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlari ishining asosiy muammolari va 

yo'nalishlarini o'z ichiga oladi. Uni tuzishda u 

maqsadga muvofiq usul bu muammoviy-mavzuli 

usul hisoblanadi.  



• Yillik reja Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlarining bo'limlari mutaxassislari faoliyatini Davlat 

sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlarining faoliyati 

asosiy yo'nalishlari bo'yicha (tashkiliy jihat 



sog'lomlashtirish, aholi yashash joylarini obodonlashtirish, 

xalq xo'jaligi va maishiy faoliyat uchun qulay sharoitlar 

yaratish, yuqumli va kasb kasalliklari, umumiy va 

vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotishga sabab 

bo'luvchi kasalliklarni oldini olish va kamaytirish, aholining 

turli guruhlari orasida sog'lom turmush tarzini tashviqot 

qilish) sanitar nazorat turlarini (ogohlantiruvchi va joriy) 

amalga oshirishni muvofiqlashtiradi. 



• Yillik rejada ko'rsatilgan tadbirlarni qo'yidagi ko'rinishda guruhlash 

mumkin. Kirish qismi maqsadlarni belgilash, vazifalar kutilajak 

samaradorlikdan tashkil topgan, so'ngra 4 ta bo'limga ajratiladi:  

• 1.Tashkiliy tadbirlar va kadrlar bilan ishlash (hokimiyat 



tashkilotlarida hududning, ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishi, kadrlarni 

o'qitish, tajriba almashish, Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari  ishlarini tahlili bo'yicha yig'ilishlar va 

boshqalar). 

• 2.Kasalliklarni oldini olish kamaytirishga qaratilgan tadbirlar 



(infeksion kasallanish, vatinchalik mehnatga layoqatsizlikka sabab 

bo'luvchi kasallanish, jarohatlanish va eng muhim yuqumli 

kasalliklar). 

 


• 3.Umumiy sanitariya  sog'lomlashtirish 

tadbirlari (ogohlantiruvchi va joriy sanitariya  



nazorat bo'yicha ishlar). 

• 4.Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlarining material (moddiy) - texnik 

ta'minoti asbob uskunalar bilan ta'minoti, 

qurilish, ta'mirlash, ish joyini tashkil etish, 

dezinfeksion vositalar bilan ta'minoti 



• Rejada kirish, maqsad, kutilgan samaradorlik, Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlarining yillik vazifalari ko'zda 

tutilgan bo'ladi. 

• 1. Tashkiliy tadbirlar. 

• 2.Sanitariya-gigiyenik tadbirlar. 

• 3. Epidemiologik, yuqumli kasalliklarni kamaytirish va unga qarshi 

kurashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.   

• 4. Amaliyotga hozirgi zamon fan yutuqlarini tadbiq etish. Davlat 

sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlari ishini 

takomillashtirish. 

• 5.Sog'lom turmush tarzini targ'ib etish,  sanitariya  maorif ishlari va 

sanitariya  faollari  bilan ishlash. 

• 6. Moddiy texnik bazalar, xo'jalik faoliyatini yuritish.  

 


• Birinchi bo'limda quyidagi tadbirlar rejalashtirish lozim: 

• 1. Hokimiyat, kasaba uyushma tashkilotlari masalalarini ko'rib chiqishga 

tayyorlash. 

• 2. Favqulotda epidemiyaga qarshi xayat masalalarni ko'rib chiqishga 

tayyorlash. 

• 3. Sog'liqni saqlash vazirligi kollegiyalarida, tibbiyot kengashlarida Sog'liqni 

Saqlash Tashkilotlariga tegishli masalalarni qo'yish. 

• 4. Sanitar-epidemiologik kengashi, sanitar feldsherlar va laborantlar 

kengashi, jamoatchilik sanitariya  inspektorlar ishini rejalashtirish. 

• 5. Xo'jalik tashkilotlariga talabnomalar takdim etish uchun masalalarni 

tayyorlash. 

• 6. Sanitariya-epidemiologiya xodimlari bilan ishlash ish shaklini turli xil 

usullarini qo'llash. 

• 7. Sanitariya-epidemiologiyani standartizatsiya va meteriologik 

ma'lumotlar bilan ta'minlash ishlari. 


• Ikkinchi bo'limga qo'yidagilar kiradi: 

• 1. Me'yoriy dalolatnomalarni nazorat qilish tartibi bo'yicha 

Sog'liqni Saqlash Vazirligining tegishli rasmiy hujjatlari 

asosida ogohlantiruvchi va joriy sanitar nazoratni olib 

borilishi. 

• 2. Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi faoliyati ko'rsatkichi 

darajasida yaxshilashni rejalashtirish. 

• 3. Laboratoriya va asbob uskunalar bilan tekshirishlar 

o'tkazish.  

• Bu tadbirlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari (kommunal 



gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o'smirlar 

gigiyenasi, mehnat gigiyenasi va boshqalar) bo'yicha ishlab 

chiqiladi. 

 


• Uchinchi bo'limga esa infeksiyalar guruhlari bo'yicha 

faoliyat ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha Davlat 

sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlarining 

sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlari kiritiladi.  

• 2-3 bo'limdagi tadbirlar muassasa ichidagi va tarmoq 

ichidagi hamda tarmoqlar masalalarini o'z ichiga olishi 

lozim. 

• To'rtinchi bo'lim ishni ilmiy tashkil etish masalalariga  



bag'ishlanadi. 

• Beshinchi bo'lim esa aholini gigiyenik o'qitish va 

tarbiyalash bo'yicha  tadbirlarni o'z ichiga oladi. 

 


• Kvartal rejalar butun Davlat Sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari faoliyati uchun tuzilib, u 

bo'limlarning joriy rejalashtirishdagi asosiy shakli 

hisoblanadi. Ular Qonkrent hisoblanib kvartal bo'yicha 

barcha tadbirlarni aks ettiradi. 

• Kvartal rejada belgilangan tadbirlarning bajarilishi bosh 

vrach  tomonidan (oyiga 1 marta) nazorat qilib boriladi 

va rejaning bajarilishi to'g'risidagi axborotlar muntazam 

ma'muriyat va ishlab chiqarish yig'ilishlarida 

muhokama etilib boriladi. 

 


• Individual rejalashtirish: har bir xodim ma'lum bir 

muddatga o'zining shaxsiy ish rejasini tuzadi. 

Rejani tuzishda Davlat sanitariya  Epidemiologiya 

Nazorati Markazi va bo'limlar yillik rejasidagi 

umumiy vazifalar, o'tgan yillardagi tadbirlarni 

bajarish samaradorligi, reja me'yorlarini 

o'zgarilishi, ish rejimi, ob'yektlarni ta'mirlash va 

qayta jihozlash (ta'mirlash) va boshqalarni 

hisobga olish zarur. 

 


• Individual rejalar Qonkret bo'lishi unda 

ob'yektlar, ob'yektlarga rejalashtirilgan 

qatnovlarning umumiy soni, tekshirish 

muddati (vaqti), tekshirish turlari va uni 

qanday asbob uskunalar yordamida o'tkazish 

aks etgan bo'lishi shart. Bundan tashqari 

rejada bajarilganlik to'g'risida belgilar, ilovalar 

bo'lishi kerak. Reja-grafik bo'lim va bo'linmalar 

mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 


 

 

ETIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 



Каталог: uum2 -> JSSSTB -> Aliyeva -> 3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Kafedra: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Fan: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni tashkil etish va boshqarish
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish
Aliyeva -> Sog'lom turmush tarzini targ'ibot etish. Aholi salomatligini muxofaza
Aliyeva -> Jamoat salomatligi va sog'likni saqlashni tashkil
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Mavzu: standartlash usuli
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish
3.%20Amaliy%20mashgulotlar%20taqdimoti -> Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling