Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish


Download 58.96 Kb.

Sana15.05.2019
Hajmi58.96 Kb.

KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI 

TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 

Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish 

MAVZU: SANITARIYa-

EPIDYeMIOLOGIYa XIZMATIGA 

RAHBARLIK QILISh VA BOShQARISh 

 


• Xozirgi vaqtda sog'liqni saqlash tizimining 

turli sohalari kabi Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlarining 

faoliyati va boshqaruv tizimida ham chuqur 

islohatlar amalga oshirilmoqda. Bu jixatdan 

boshqaruv organlari oldida turgan birlamchi 

vazifa boshqaruv tizimini yanada 

takomillashtirishdan iborat. Bu masalada 

muxim urinni sanitariya -epidemiologiya 

xizmati egallaydi. 

• Boshqaruv jarayoni ilmiy yo'nalish sifatida 4 

ta vazifalarni  o'z ichiga qamrab oladi: 

• 1.Sharoitni o'rganish, ahborotni yig'ish, qayta 

ishlash. 

• 2.Ahborotni o'rganish, muammoni aniqlash, 

qaror qabul qilish. 

• 3.Qabul qilingan qarorni amalga oshirish. 

• 4.Uni bajarish ustidan nazorat qilish. 

 


• Boshqaruv–bu maqsadga erishish yo'lida 

odamlar faoliyatini tashkil qilish va nazorat 

qilishdir.  

• Boshqaruv–bu maqsadga erishish uchun 

tizimni samarali ishlashini ta'minlash 

jarayonidir.  

 


• Sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'tkazishni bir 

butun tizimini yaratish va koordinatsiyalash-

muvofiklashtirish, sanitariya-epidemiologiya xizmati 

tizimini isloh qilish maqsadida «O'zbekiston 



Respublikasida  Sog'liqni Saqlash tizimini isloh 

qilishning Davlat Dasturi»ga (1998 yil 10-noyabr PF-

2107-sonli) muvofiq va O'zbekiston Respublikasi 

Sog'liqni Saqlash Vazirligining 1999 yil 12-dekabr 710-

sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «O'zbekiston 

Respublikasi Davlat sanitariya - epidemiologiya 

xizmati» muassasalarining faoliyati  haqidagi Nizomga 

muvofiq  



• Respublika Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari tashkil etildi va unga 

metodik jihatdan Respublika ortirilgan immun 

tankisligi sindiromga (SPID) qarshi kurash 

markazi, Respublika o'latga qarshi stansiya, 

Respublika dezinfeksiya stansiyasi 

bo'ysundirildi. Ularning viloyat, shahar va 

tumanlardagi filiallari esa tegishli Davlat 

sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlariga bo'ysundirildi. 

 


• O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash 

Vazirligi qoshida Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasi 

tashkil etildi. Bosh boshqarma bevosita 

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash 

Vazirligiga bo'ysunadi, sanitariya-

epidemiologiya faoliyati bo'yicha esa 

Respublika Sog'liqni Saqlash Vazirligidagi Vazir 

muovini, Bosh Davlat sanitariya  vrachiga 

bo'ysunadi. 

 


• Bosh boshqarmani tarkibida: sanitariya-

gigiyena va epidemiologiya bo'limlari mavjud. 

Bosh boshqarma boshlig'i Sog'liqni Saqlash 

Vaziri, Bosh Davlat sanitariya  vrachi bilan 

kelishgan holda bo'lim mudirlarini tayinlaydi, 

Bosh boshqarmani qoshida sanitariya-

epidemiologik kengash faoliyat ko'rsatadi. 

Unga Bosh Davlat sanitariya  Vrachi rahbarlik 

qiladi. 

 


• Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 

• Bosh boshqarmasining asosiy funksiya va 



vazifalari: 

• Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Bosh 

boshqarmasi O'zbekiston Respublikasida Davlat 

sanitariya  epidemiologiya nazorat markazlarini 

tashkil etish va aholi salomatligini hamda uning 

yashayotgan muhitini nazorat qilish, sanitariya-

epidemiologiya xizmati muassasalari ustidan 

umumiy rahbarlik qilish kabi funksiyalarni 

bajaradi. 

 


• Davlat sanitariya  epidemiologiya  nazorati Bosh boshqarmasining asosiy 

vazifalariga quyidagilar kiradi: 

• 1. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, profilli Ilmiy tadqiqot 

instituti, Tibbiyot Oliy uquv yurtlari, tibbiyot bilim yurtlari ustidan ilmiy 

rahbarlik qilish. 

• 2. Respublikada sog'lom  sanitariya-epidemiologik muhitni yaratishga 

qaratilgan qisqa va uzoq muddatli milliy va Davlat dasturini ishlab chiqish 

hamda ularni bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish. 

• 3. Sanitariya  va epidemiologiya sohasini ustivor yo'nalishlarini aniqlash va 

ular asosida Ilmiy tadqiqot institutlarini va oliy o'quv yurtlarini ilmiy 

yo'nalishlari bo'yicha ijtimoiy talabni shakllantirish. 

• 4. Respublikada sanitariya-gigiyenik va  epidemiologik monitoring tizimini 

ishlab chiqishni tashkil etish, koordinatsiyalash va amalga tadbiq etish. 

• 5. Yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash va immunlash tizimini 

strategik va taktik rejasini ishlab chiqish. 

 


• 6. Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari hamda mulkchilik 

shaklidan, faoliyat turidan qat'iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar 

uchun me'yoriy va instruktiv hujjatlarni ishlab chiqishda va ularni 

tasdiqlashda ishtirok etish. 

• 7. Yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, 

O'zbekiston Respublikasi aholisining salomatligini saqlash bo'yicha 

Davlat milliy siyosatini hayotga tadbiq etish bo'yicha chora tadbirlar 

ishlab chiqish. 

• 8. O'zbekiston xududida yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklarni  

profilaktikasi bo'yicha vazirliklar, davlat va nodavlat tashkilotlar 

faoliyatini koordinatsiyalash, muvofiqlashtirish. 

• 9. Tegishli direktiv organlariga, belgilangan tartibda Davlat sanitariya 

-epidemiologiya nazorati markazlarini moddiy texnik bazasini  

takomillashtirish, kadrlar bilan ta'minlashni yaxshilash bo'yicha 

takliflar ishlab chiqish va tavsiya etish. 


• 10. Odamlar hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin   

bo'lgan yangi kimyoviy moddalar, turmushda qo'llaniladigan 

kimyoviy xom-ashyolar, biologik mahsulotlar, yangi ozuqa 

qo'shimchalari, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat  xom-

ashyosini ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi, oziq-ovqat 

maxsulotlari, shuningdek oziq-ovqat xom-ashyosini bevosita solib 

qo'yiladigan idishlarning yangi turlarini, kosmetik parfyumeriya va 

boshqa yangi mahsulotlarni akkreditatsiyadan o'tgan laboratoriyalar 

tomonidan laboratoriya tekshiruviga asoslangan holda ko'rib chiqish 

va ularni qo'llash bo'yicha gigiyenik sertifikatsiya berish. 

• 11. Sanitariya-epidemiologiya masalalari bo'yicha aholining xatlari, 

shikoyatlarini ko'rib chiqish, ularni qabul qilish. 

• 12. Chet el investitsiyasini va texnologiyasini sanitariya-

epidemiologiya sohasiga jalb etish bo'yicha xalqaro aloqalarda va 

tender komissiyasida ishtirok etish.  

 


• Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati 

Bosh boshqarmasida ishlovchi mansabdor 

shaxslarning huquqlari: 

• Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorati 

Bosh boshqarmasi mansabdor shaxslarining 

huquqlari «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash», 



«Davlat sanitariya  nazorati to'g'risida»gi 

qonunlar va O'zbekiston Respublikasining 

boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan. 

 


• Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorati Bosh 

boshqarmasini boshqarish va uni boshlig'ining huquqlari. 

• Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorati Bosh 

boshqarmasini bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi 

bosh Davlat sanitariya  vrachining muovini–Davlat 

sanitariya  epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasi 

boshlig'i boshqaradi. 

• Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Bosh 

boshqarmasi boshlig'ini, vazir muovini-Bosh Davlat 

sanitariya  vrachi bilan kelishilgan holda O'zbekiston 

Respublikasi sog'liqni saqlash Vaziri tayinlaydi va vazifasidan 

ozod etadi. 

 


• Davlat Sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlarini boshqarish. 

• Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 

markazi (tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpog'iston 

avtonom Respublikasi), hududiy davlat sanitariya-

epidemiologiya nazorati markazlari faoliyatini 

muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi boshqaruv 

organi hisoblanib, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni 

saqlash vaziriga bo'ysunadi, sanitariya-epidemiologiya 

nazorati masalalari bo'yicha Vazir muovini-O'zbekiston 

Respublikasi Bosh Davlat sanitariya  vrachiga hamda 

Vazirlik qoshidagi Davlat sanitariya epidemiologiya 

nazorati Bosh boshqarmasiga bo'ysunadi. 

 


• Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasi Davlat 

sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, 

Toshkent shahar va viloyatlar davlat sanitariya-

epidemiologiya nazorati markazlari Respublika 

davlat sanitariya -epidemiologiya nazorati 

markaziga hamda Davlat sanitariya 

epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasiga 

bo'ysunadi. 

•  Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat 

markazlari huquqiy mustaqil tashkilot bo'lib, 

davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. 

 

 



• Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat 

markazlari boshqarilish darajasiga qarab, 

Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya 

nazorat markazi (III daraja), Qoraqalpog'iston 

avtonom Respublikasi Davlat sanitariya 

epidemiologiya nazorat markazi, Viloyatlar Davlat 

sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari va 

Toshkent shahar Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazi (II daraja), shahar (rayonlarga 

bo'linmagan) va tuman Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlariga (I-daraja) 

bo'linadi. 

 


• Ma'muriy munosabatlar bo'yicha II darajali 

boshqaruv Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari Viloyatlar va Toshkent 

shahar hokimligiga, Qoraqalpog'iston avtonom 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, I darajali 

boshqaruv Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari ma'muriy munosabatlar 

bo'yicha shahar va rayon hokimligiga 

bo'ysinadi. 

 


• Barcha Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlari, Davlat sanitariya  nazorati faoliyati 

bo'yicha o'zidan yuqori turuvchi ma'muriy 

xududning bosh davlat sanitariya  vrachiga 

bo'ysunadi. 

• II-I darajali boshqaruv Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlari ishiga bosh 

vrachlar rahbarlik qilib, bir vaqtning o'zida ular 

ma'muriy hududning bosh davlat sanitariya  vrach 

hisoblanadi. 

 


• Respublika Davlat sanitariya  epidemiologiya 

nazorat markazlari bosh vrachini O'zbekiston 

Respublikasi Bosh Davlat sanitariya  vrachi, 

O'zbekiston Respublikasi Soglikni Saqlash Vaziri 

bilan kelishgan holda tayinlaydi va ishdan 

bo'shatadi. 

• Viloyat, shahar va tumanlar Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlari bosh 

vrachlarini O'zbekiston Respublikasi Bosh Davlat 

sanitariya  vrachi tegishli hokimliklar bilan 

kelishgan holda tayinlaydi va ishdan bo'shatadi.  

 


• Barcha darajadagi boshqaruv Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlarining bosh vrachlari 

etib, Oliy tibbiyot o'quv yurtini tugatgan  va sanitariya  

epidemiologiya xizmatida amaliy ish tajribasiga ega 

bo'lgan, gigiyena va epidemiologiya sohasida 

mutaxassis hisoblangan shaxs tayinlanadi. 

• Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari 

bosh vrachlari tasdiqlangan smeta chegarasi doirasida 

kreditlarni boshqaradi va Davlat sanitariya  

epidemiologiya nazorat markazlari xodimlarini ishga 

yollash, vazifasidan ozod etish huquqidan foydalanadi. 


• Davlat sanitariya  epidemiologiya nazorat 

markazlari boshqaruv darajasiga qarab 

markazlashgan holda Respublika, viloyatlar 

byudjetidan alohida paragraflar orqali mablag' 

bilan ta'minlanadi va ular o'zlarining harajatlar 

smetasiga, asosiy foydalariga va aylanma 

mablag'lariga, shu jumladan, byudjetdan tashqari 

mablag'lariga, bankda o'z hisob raqamiga. 

O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi va o'zining 

nomlari tushirilgan muhr, xizmat yozishmalari 

uchun blankalarga ega. 

 


• Davlat  sanitariya  epidemiologiya  nazorat  markazlari 

Bosh vrachining asosiy vazifasi: 

• 1.Hujalik va nazorat organlari bilan o'zaro 

munosabatlar tizimini yaratish. 

• 2.Kadrlarni tanlash, joylashtirish, komplektlashtirish 

masalalarini yechish. 

• 3.Strategik va joriy rejalashtirishni  boshqarish va 

barcha kompleks sanitariya-epidemiologi tadbirlarni 

muvofiqlashtirish. 

• 4.Aholi salomatligi, tashqi muhitni muhofazalash 

bo'yicha seminar, Qonferensiya, ilmiy – amaliy 

Qonfrensiyalarni tashkil qilish. 


• 5.Mehnatni ilmiy tsashkil etish, yangi ish uslublari, 

formalarini amaliyotga tadbiq etish. 

• 6.Moliyaviy-xujalik faoliyat   ustidan rahbarlik qilish. 

• 7. Davlat anitariya  epidemiologiya nazorat markazlari 

moddiy-texnik bazasini rivojlantirish. 

• 8.Sog'lomlashtirish ishlarini to'g'ri bajarilishi ustidan 

nazorat qilish, strategik hisobotlarni tashkil etish. 

• 9.Davriy kundalik rejalarni amalga oshirishni tashkil qilish, 

sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi ishlarni olib borish. 

• 10.Aholi orasida sanitariya – maorifi ishlarini tashkil etish. 

• 11.Aholining xatlari, arizalari va shikoyatlarini ko'rib chiqish. 


• Boshqaruvning barcha faoliyati qo'yidagi 

asosiy bo'limlardan iborat: 

• 1. Axborotni qabul qilish va qayta ishlash (30-



40 %). 

• 2. Aniq qarorni qabul qilish (25-20 %). 

• 3. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish va 

bajarish (15-10 %). 

• 4. Qarorni bajarilishini nazorat qilish (20 %).

 

 


• Rahbarlar jamoada ishni tashkil qilishda  

qo'yidagi usul va uslublardan foydalanadilar: 

• 1. Ma'muriy topshiriq. 

• 2. Mehnatni rag'batlantirish. 

• 3. Uslubiy raxbarlik. 

• 4. Nazorat funksiyasi. 

 


•   

• Sog'liqni saqlashda boshqaruv o'ziga xosligi bilan 



ajralib turadi: 

• 1. Qabo'l qilingan qarorning o'ta ma'sulligi, 

zararning qoplanmasligi. 

• 2. Kutilayotgan natijalarni oldindan aytishning 

qiyinligi, o'zining tez silliqlanmasligi. 

• 3. Yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilashning qiyinligi, 

ba'zan mumkin emasligi. 

 


• Foydalanilgan adabiyotlar :                                    

• Serenko A.F., Yermakov V.V. «Sotsialnaya gigiyena i organizatsiya 

zdravooxraneniya», Moskva, 1984 g. 

• Lisitsin Yu.P., Kopit N.Ya. «Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam 

po sotsialnoy gigiyene i organizatsii zdravooxraneniya», Moskva, 

1984 g. 


• Ukaz Prezidenta Resubliki Uzbekistan ot 2.03.1998g. «Ob usilenii 

otvetstvennosti za narusheniye sanitarnogo nadzora». 

• Prikaz Minsterstvo zdrovooxraneniya Respubliki Uzbekistan «O 

merax po povisheniyu effektivnosti Gosudarstvennogo sanitarnogo 

nadzora». 16 aprelya 1998g.g.Tashkent. 

• O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining buyrug'i.№ 

710. 02.12. 1999 y. Toshkent. 

• O'zbekiston Respublikasining «Davlat Sanitariya  Nazorati 

to'g'risidagi» qonuni. Toshkent.1992 y. 

 


 

 

ETIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling