Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish


Download 50.86 Kb.

Sana23.05.2017
Hajmi50.86 Kb.

KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI 

SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 

Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni 

boshqa

rish 

 

MAVZU: Sog'liqni saqlashni mablag' 



bilan ta'minlash. 

• O'zbekiston Respublikasi byudjet tizimi deganda turli 

darajadagi byudjetlar va byudjet mablag'lari oluvchilar 

yig'indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish 

prinsiplarini, byudjet jarayonida  ular o'rtasida, shuningdek 

byudjetlar hamda byudjet mablag'lari oluvchilar o'rtasida 

vujudga keladigan o'zaro munosabatlarni o'zida ifodalash 

tushuniladi. Byudjet jarayoni deganda Davlat byudjetini 

tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini 

nazorat qilish, ijrosi to'g'risidagi hisobotni tayyorlash va 

tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi 

byudjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning qonun 

hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni tushuniladi. 

 


• Davlat byudjeti deganda davlat pul mablag'larining (shu 

jumladan davlat maqsadli fondlari mablag'larining) 

markazlashtirilgan fondi bo'lib, unda daromadlar manbalari 

va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yil 

mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar 

sarfining yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.  

• Davlat maqsadli fondlari deganda davlat byudjeti tarkibida 

jamlantiriladigan fondlar bo'lib, ularning har biri uchun 

mablag' manbalari, har bir manbadan mablag' tushumi 

me'yorlari va shartlari, shuningdek shu mablag'lardan 

foydalanilishi mumkin bo'lgan maqsadlar qonun hujjatlari 

bilan belgilanishi nazarda tutiladi. 



Davlat byudjeti: 



Respublika byudjeti deganda Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni 

moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo'lib, unda daromadlar manbalari va 

ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar 

uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.  



Moliya yili deganda esa birinchi yanvardan o'ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha 

bo'lgan vaqtni o'z ichiga oluvchi davr tushuniladi); 

Qoraqalpog'iston Respublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar. Qorqalpog'iston 



Respublikasining byudjeti deganda Davlat byudjetining Qoraqalpog'iston 

Respublikasi pul mablag'lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, byudjetda 

daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili 

mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va 

miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjet deganda Davlat byudjetining tegishli 

viloyat, tuman, shahar pul mablag'lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, unda 

daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili 

mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va 

miqdori nazarda tutiladi) o'z ichiga oladi. 

 


• Mahalliy byudjet deganda Davlat byudjetining tegishli 

viloyat, tuman, shahar pul mablag'lari fondini tashkil 

etuvchi bir qismi bo'lib, unda daromadlar manbalari va 

ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili 

mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan 

mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda 

tutiladi) o'z ichiga oladi.  

• Byudjet tizimiga rahbarlik qilish. O'zbekiston 

Respublikasi byudjet tizimiga rahbarlik O'zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

 


• Byudjet tasnifi: 

• Byudjet daromadlarining tasnifini; 

• Byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan 

tasnifini; 

• Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifini; 

• Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifini; 

• Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish 

manbalari tasnifini o'z ichiga oladi. 

 


• Tibbiy xizmatga to'lov bir necha manbalardan 

amalga oshirilishi mumkin: 

• 1. Yuridik va jismoniy shaxslardan umumiy 

soliqlar hisobiga. Ular hisobidan davlat 

byudjetining daromadlari shakllanadi. Davlat 

byudjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy 

dasturlar ko'lami mamlakat yalpi ichki 

mahsulotining ko'rsatkichiga bog'liq; bu 

mahsulotning qancha qismi davlatning jamoat 

funksiyalari uchun qaratilishiga bog'liq; davlatning 

iqtisodiy va ijtimoiy siyosatiga bog'liq; mamlakat 

moliya tizimining o'ziga xos jihatlari va rivojlanish 

darajasiga bog'liq. 



• 2. Ijtimoiy sug'urtaga badallar tibbiy 

xizmatlarga ko'zda tutilgan xarajatlar uchun 

to'lovlarni bildiradi. Bu maqsadli soliqlar ish 

beruvchilar tomonidan ish haqi fondidan 

ijtimoiy ajratmalar shaklida va yoki ishchilar 

tomonidan individual ish haqidan ijtimoiy 

badal shaklida to'lanadi. Ular davlat 

byudjetidan alohida holda ijtimoiy tibbiy 

sug'urta fondlarida to'planadi va shuning 

uchun ular byudjetdan tashqari fondlar 

deyiladi.  

 


• 3. Xususiy tibbiy sug'urtaga badallar ijtimoiy tibbiy sug'urta 

kabi maqsadli badallar yoki nazarda tutilgan tibbiy 

xarajatlar uchun sug'urtachiga to'lovlar hisoblanadi. Lekin 

ijtimoiy sug'urtalashdan farqli ravishda, xususiy sug'urta 

ixtiyoriy hisoblanadi. Har bir odam u tibbiy yordamni 

qachondir oladimi yo'qmi bundan qat'iy nazar badalni 

to'laydi.  

• 4. Iste'molchilarning tibbiy xizmatni sotib olishga bevosita 

to'lovlari yoki bevosita xarajatlari. Bu bevosita to'lovlar 

tibbiy xizmatni olish vaqtidagi bemorning cho'ntagidan 

amalga oshiriluvchi to'lov hisoblanadi. Masalan, bemor 

shifokor yozib bergan dorilarni olishda uning to'liq qiymatini 

to'lashi (bevosita xarid), to'liq qiymatning faqat 10%ini 

(hamkorlikdagi sug'urta) yoki doriga yuz so'm to'lashi 

(hamkorlikdagi to'lov) kerak. 

 


• Davlat kuyidagi hollarda axolini kafolatlangan, bepul 

birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bilan ta'minlaydi: 

• shoshilinch, tez tibbiy yordam ko'rsatish; 

• sog'liqni  saqlash  birlamchi  zvenoyeida  va bir  qator     

davlat davolash profilaktika   muassasalarida,   birinchi   

navbatda   qishloq   joylarida xizmat ko'rsatish; 

• bir qator yuqumli kasallilarga qarshi aholini emlash va 

immunlash; 

• ijtimoiy   ahamiyatga   molik   kasalliklar   va      

atrofdagilarga   xavf tug'diriruvchi kasalliklar  (sil, saraton, 

ruhiy, narkologik va endokrin kasalliklar bilan xamda kasb 

kasalliklari bilan  xastalangan shaxslar) bilan og'rigan 

bemorlarga ixtisoslashgan yordam ko'rsatish; 

 


• bolalar tekshirish va davolash (pulli 

shifoxonalardan tashqari); 

• 15-17   yoshli   o'smirlarni,   chaqiriq  

komissiyasining   yo'llanmasi   bilan kelgan 

chaqirik yeshidagi (18-27 yosh) shaxslarni 

tekshirish va davolash; 

• tug'ruq xizmatini ko'rsatish (pullik 

muassasalaridan tashqari); 

• imtiyozga   ega   bo'lgan   shaxslarni   (nogironlar,   

urush   qatnashchilari, yetimlar) davo topadilar.  

Ularga    asosan ixtisoslashgan  shahar,  viloyat  va 

respublika tibbiyot muassasalari kiradi. 

 


• Aralash moliyalashtirish quyidagi hollarda qo'llaniladi. 

• bepul tibbiy yordam  ko'rsatishga mo'ljallanmagan (Tibbiyot 

va Ilmiy tekshirish     institutlari     klinikalarida,     ko'p     

tarmoqli     davolash profilaktika      muassasalarida,      

shaxar      tuman      shifoxonalarida) bemorlarni tekshirish 

va davolash uchun (imtiyozli shaxslardan tashqari). 

• Imtiyozga   ega   bo'lgan   shaxslarni   (nogironlar,   urush   

qatnashchilari yetimlar) davolash uchun. 

• Ayrim ko'p tarmoqli bolalar shifoxonalari uchun. 

• Sog'liqni saqlashning sanitariya va farmakologiya soxasida 

amaliy ilmiy tadqiqot o'tkazish uchun. 

• Davlat grantida belgilangan miqdordan tashqari tibbiyot 

xodimlarini tayyorlash uchun. 

 


• Xususiy moliyalashtirish 

• Nodavlat tibbiyot muassasalari  shu jumladan 

xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi vrachlar 

tomonidan ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar 

xususiy moliyalashtiriladi. Uning asosiy qismini 

bevosita olingan tibbiy xizmat uchun jismoniy 

shaxslarning to'lovlari tashkil etadi. Xusuiy 

moliyalashtirishni erkin tibbiy sugurta tizimi 

orqali ham shakillantirish mumkin. 

 


• Byudjetni tuzish bosqichlari quyidagilardan iborat: 

• O'tgan moliyaviy yil bo'yicha hisobot ma'lumotlarining 

tahlili 

• Joriy yilda moliyaviy xarajatlarning bajarilishini 

baholash. 

• Rejalashtirilayotgan moliyaviy yil uchun byudjet 

loyihasini tuzish. 

• Shifoxona smetasini tuzishda quyidagilarga aloxida 

e'tibor berish kerak. 

• a)  iqtisod rejaga qat'iy rioya qilish; 

• b)  byudjet mablag'laridan xo'jaliklarcha va tejamkorlik 

bilan foydalanish; 

• v)  muassasa rezervlaridan (ichki resurslardan) 

maksimal foydalanish. 

 


• Hozirgi  kunda davlat tibbiyot muassasalari 4  guruxdan iborat sarf 

xarajatlarga asosan moliyalashtiriladi. 

• Birinchi gurux: Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar (bolali 

oilalarga nafaqalar kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, 

stipendiyalar va boshqalar) 

• Ikkinchi gurux: Ish haqi hisobiga ajratmalar 

• Uchinchi gurux: kapital mablag' (davlat investi uchun dasturda 

ko'rsatilgan, adreslar ro'yxatiga muvofiq) 

• To'rtinchi guruh: Boshqa sarf xarajatlar 

• To'rtinchi guruxga kiruvchi xarajatlar quyidagi tartibda ketma -ket 

sarflanadi. 

• Oziq - ovqat; 

• Dori-darmon; 

• Kommunal xizmatlar; 

• Boshqa xarajatlar. 

 


• Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish 

uchun mablag'lar bir necha moliya 

mexanizmlari orqali to'planar ekan, 

mutaxassislar bu mablag'larni korxona va 

muassasalar, shuningdek tibbiyot xodimlari 

o'rtasida taqsimlash muammosiga duch 

keladilar. 

•  Masalan, mustaqil amaliyot o'tayotgan 

shifokor faoliyatiga haq to'lash.  

 


• Xizmatga haq to'lash – bu xodim yoki muassasa aniq 

biron-bir tibbiy xizmatni ko'rsatgandagi xarajatlarni 

qoplashdir (masalan, shifokorga murojaat etish, tashxis 

tekshirishlari, jarrohlik muolajasi). Xizmatga haq to'lash 

tamoyili muassasaga resurslar berishda, ham xodimga 

haq to'lashda qo'llanilishi mumkin.  

• Tashxis asosida to'lov yoki tashxis guruhlari bo'yicha 

to'lov (klinik-tashxis yoki klinik-statistik guruhlar) – bu 

shunday mexanizmki, bunda tibbiyot muassasasi 

muayyan kasalga chalingan bemorni davolaganligi 

uchun oldindan belgilangan, qayd etilgan to'lov 

summasini oladi (masalan, yurak hastaligi, shamollash, 

suyakning ochiq sinishi). Har bir tashxis guruhi uchun 

to'lov oldindan belgilanadi.  


• Jon boshiga qarab haq to'lash – to'lovning shunday 

usuliki, buning vositasida muassasa har bir vaqt davri 

uchun (oy, yil) tegishli tibbiy xizmat ko'rsatishni 

ta'minlashi kerak bo'lgan, har bir biriktirilgan bemorga 

oldindan belgilangan qayd etilgan summani oladi.  

• Global byudjet – bu moliyalashtirishning shunday 

mexanizmiki, unda tibbiyot muassasasi belgilangan 

davr uchun umumiy byudjetni oladi. Global byudjet 

faqat fondlarni o'tkazilishi uchun ishlatilishi mumkin va 

turli tamoyillar asosida belgilanadi, masalan, bir necha 

yillardagi xarajatlarga qarab, ko'rsatilayotgan xizmat 

hajmiga qarab, xizmat ko'rsatiladigan aholi soniga 

qarab va h.k.  


• Moddalar bo'yicha byudjet global byudjetning 

ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Moddalar 

bo'yicha byudjet deganda, tibbiyot 

muassasalariga xarajatlarning ma'lum 

moddalari ( ish haqi, kommunal xarajatlar, 

dori-darmonlar va bog'lama materiallar, joriy 

ta'mirlash va boshqalar) bo'yicha beriladigan 

byudjet tushuniladi. 



• Sog'liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish xududiy 

bo'limlari  (shu'balari) ning vazifalari va majburiyatlari 

• - Tibbiyot muassasalarining xarajat smetalarini ko'rib 

chiqish va ro'yxatdan o'tkazish, xududiy moliya organining 

mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlangan  va muxrlangan  

xarajatlar smetalarining bir nusxasini g'aznachilik 

bo'linmalariga  taqdim etish; 

• - G'aznachilik bo'linmalari bilan kelishilgan holda tibbiyot 

muassasalarining xarajat smetalariga belgilangan tartibda 

o'zgartirishlar kiritish; 

• -Tibbiyot muassasalaridan byudjet mablag'larining  xarajat 

smetalari va byudjetdan tashqari mablag'larning daromad 

va xarajat smetalari ijrosi yuzasidan yillik, kvartal va oylik 

xisobotlarni taqdim etish; 

 


• Sog'liqni saqlash massasalari tomonidan smeta – 

shtat va byudjet intizomiga rioya etilayotgani 

ustidan nazorat qilish; 

• - Tegishli byudjetda bo'lgan tibbiyot 

muassasalarida moliya xo'jalik faoliyati yuzasidan 

o'tkazilayotgan tekshiruvlarda qatnashish; 

• - Qorakalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, 

Toshkent shahar va viloyat moliya boshkarmalari, 

tuman (shaxar) bo'linmalari sog'liqni saqlash 

muassasalarini moliyalashtirish sektorlarining 

boshqa vazifalari va majburiyatlari O'zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligining tegishli 

buyruqlari bilan tartibga solinadi. 

 


 

 

 



E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling