Kafedra: Ko’priklar, Tonellar va Yo’lo’tkazgichlar


Tayanchning ko‘ndalang kesimini to‘rtburchak shaklga taxminiy keltirish


Download 0.58 Mb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1003185
1   2   3
Bog'liq
Turg\'unov Behzodbek

Tayanchning ko‘ndalang kesimini to‘rtburchak shaklga taxminiy keltirish
Beton tayanchlarning yadro masofasidan katta bo‘lgan boshlang‘ich hisobiy ekssentrisiteti es bilan siqilgan elementlarini mustahkamlikka hisoblashda, ular markazdan tashqari siqilgan elementlar kabi hisoblanadi.
Yadro masofasi r ning qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda Wred , Ared — keltirilgan kesimning, tegishlicha, qarshilik momenti va ko‘ndalang kesim yuzasi.

Muz oqimining yuqori sathi chegarasida oraliq tayanchlar kesimining shakli muz oqimi yo‘nalishiga qarab tanlanadi: ko‘ndalang kesimda tayanchning burni va quyruq qismi uchburchak yoki yarim doira shakliga ega bo‘ladi. Ularni h (qalinlik, ko‘prik o‘qi bo‘yicha) va b (tayanchning kengligi, ko‘ndalang yo‘nalishda) o‘lchamlarga ega bo‘lgan to‘rtburchak shaklga keltirish mumkin (7.1-rasmga qarang).


Tayanchning keltirilgan kesimi kengligi b ning qiymati vertikal kuch N ning ekssentrisitetiga bog‘liq bo‘ladi. Uning qiymatini taxminan quyidagi formula bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi:


Bu yerda bf va br masofalar (6.1-rasmda ko‘rsatilgan) quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:

d /h nisbatiga bog‘liq bo‘lgan k1 va k2 koeffitsientlarining qiymati esa 7.1 – jadvaldan olinadi.
k1 va k2 koeffitsientlari qiymatlari

Markazdan tashqari siqilgan, to‘rtburchak yaxlit kesimli tayanch (7.2- rasmga qarang) mustahkamlikka quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi:

Bu yerda Rb — betonning siqilishga bo‘lgan hisobiy qarshiligi; Ushbu qarshilik ShNQ 2.05.03-12 dan beton sinfiga bog‘liq qabul qilinadi. Odatda, beton tayanchlar uchun sinfi yuqori bo‘lmagan betonlar qo‘llaniladi: Obыchno dlya betonnыx opor ispolzuyut beton nevыsokix klassov: V20 sinf uchun Rb = 10,5 MPa ga; V22,5 uchun Rb = 11,75 MPa ga teng; b — rkesimning kengligi, metrlarda; x — beton siqilgan zonasining balandligi; Uni quyidagi formula orqali aniqlasa bo‘ladi:

bu yerda h — tayanch kesimining ko‘prik o‘qi bo‘yicha o‘lchami;
η — markazdan tashqari siqilishda ko‘ndalang egilishni inobatga oladigan koeffitsient; Bu koeffitsient quyidagi ifodadan aniqlanadi:

bu yerda Ncr — shartli kritik kuch; uning qiymati ShNQ 2.05.03-12 dagi (45) formula bo‘yicha aniqlanadi.
Tormozlanishdan tushadigan zo‘riqishlarni qabul qilish imkoniyati bor bikir tayanchlarning eskiz hisoblarida η = 1 qabul qilinishi mumkin, baland egiluvchan tayanchlarning hisoblarida esa ushbu koeffitsientning taxminiy qiymati quyidagicha aniqlanadi:

. Beton tayanch tanasining ko‘ndalang kesimlari: a) yaxlit kesim; b) qutisimon kesim
 ixtiyoriy shakldagi kesim uchun quyidagi formula bo‘yicha

bu yerda i — tayanch ko‘ndalang kesimining radius inersiyasi; U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda I min — kesimning minimal inersiya momenti;
 balandligi h bo‘lgan yaxlit to‘rtburchak kesim uchun η ning qiymati quyidagicha aniqlanadi

bu yerda l0 — tayanchning erkin uzunligi;
l0 ning uzunligi quyidagi hollarda tayanch balandligidan 2 marta ortiq qabul qilinadi, ya’ni l0 = 2 H ; (7.11)
 to‘sinli-qirqilgan sistemali ko‘prikning tayanchida qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas tayanch qismlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
 qirqilmagan va haroratli-qirqilmagan ko‘priklarda qo‘zg‘aluvchan tayanch qismlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
 tayanchning ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang yo‘nalishdagi barcha hisoblarida.
Tayanchning erkin uzunligini aniqlashda, uning poydevori bikir massiv konstruksiyaga ega bo‘lsa yoki past joylashgan qoziqli rostverkdan iborat bo‘lsa yoki qiya qoziqli baland joylashgan rostverkdan tashkil topgan bo‘lsa, tayanch ostki uchining qistirilgan sathi poydevor obrezi bo‘yicha bo‘ladi deb hisoblash mumkin

Tayanch kesimining o‘lchamlarini tekshirish


Tayanchning 6.4-misoldagi qabul qilingan o‘lchamlarining yetarliligini tekshirish talab etiladi. Tayanch betonining mustahkamlik bo‘yicha sinfi V20.
Tayanchning ko‘ndalang kesimi 6.4-rasmda ko‘rsatilgan.
Tayanch poydevori obrezi bo‘yicha o‘tkazilgan kesimdagi zo‘riqishlarning qiymatini 6.4 - misol ma’lumotlaridan qabul qilamiz va ular quyidagilarni tashkil etadi:

Tayanchning balandligi uning poydevori obrezidan tayanch qismlarining markazigacha bo‘lgan masofaga teng bo‘lib 12,61 metrni tashkil etadi. Tayanchning suyri shaklini qalinligi h va kengligi b bo‘lgan to‘rtburchak shaklga keltirib olamiz (7.1-rasmga qarang). Bunda tayanchning kengligi b ni quyidagi formula bo‘yicha hisoblaymiz:

Tayanch tanasini markazdan tashqari siqilgan beton sterjni kabi hisoblashning ketma-ketligi: Ab — tayanch kesimining to‘la yuzasi; Wb — kesimning qarshilik momenti; Eb — betonning elastiklik moduli
bu yerda b0 — tayanch kesimidagi aylanalar markazlari orasidagi masofa.
br ning qiymati vertikal yukning ekssentrisitetiga bog‘liq bo‘ladi va vaqtinchalik yuklarning ushbu birikmasi uchun quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:


Hisoblar quyidagi tartibi bo‘yicha olib boriladi. (7.25) formula bo‘yicha e0 ni aniqlaymiz, keyin esa quyidagi formula bo‘yicha br ni hisoblab topamiz:

Bu formulada r — tayanch ko‘ndalang kesimining radiusi, , k ning qiymati esa koeffitsient C ga bog‘liqdir. Ushbu koeffitsientni quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz:

Koeffitsient k ning qiymatlarini 7.3 – jadval bo‘yicha topamiz.

br ning qiymatini (7.26) formula bo‘yicha aniqlab tayanchning keltirilgan kengligini belgilaymiz.
Bizning misolimizning shartlari bo‘yicha

Bu yerdan br = 3,35/2 • 0,785 = 1,32 m, shuning uchun b = bo + 2br = 17,65 + 2 • 1,32 = 20,29 m.
To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi kesimga ega bo‘lgan, markazdan tashqari siqilgan tayanchni hisoblashda uning mustahkamligi (6.5) shart bajarilgandagina ta’minlanadi, ya’ni N < Rbbx shart bajarilishi kerak bo‘ladi, bunda x ning qiymatini (7.6) formulasi bo‘yicha aniqlaymiz:

Bikir tayanchlarning eskiz hisoblari uchun η = 1 ga teng qabul qilishga ruxsat beriladi. To‘rtburchak yaxlit kesimni yanada aniqroq hisoblash uchun η koeffitsientining qiymatini quyidagi (7.10) formula bo‘yicha topish mumkin.

Shunday qilib, tayanch kesimi siqilgan zonasining balandligi quyidagi qiymatga teng bo‘ladi:

(7.5) formulasi bo‘yicha beton kesimining ko‘tarish qobiliyatini (ya’ni kesimning qancha yuk ko‘tara olishligini) aniqlaymiz:

Topilgan vertikal yukning qiymati tayanch 1-1 kesimidagi bo‘ylama zo‘riqish N = 46,02 MN dan anchagina kattadir. Demak tayanch beton kesimining mustahkamligi ta’minlanadi.
Xulosa:
Men bu mavzudan shuni tushundimki beton tayanchlarning yadro masofasidan katta bo‘lgan boshlang‘ich hisobiy ekssentrisiteti es bilan siqilgan elementlarini mustahkamlikka hisoblashda, ular markazdan tashqari siqilgan elementlar kabi hisoblanadi.
Yadro masofasi r ning qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

bu yerda Wred , Ared — keltirilgan kesimning, tegishlicha, qarshilik momenti va ko‘ndalang kesim yuzasi.

Muz oqimining yuqori sathi chegarasida oraliq tayanchlar kesimining shakli muz oqimi yo‘nalishiga qarab tanlanadi: ko‘ndalang kesimda tayanchning burni va quyruq qismi uchburchak yoki yarim doira shakliga ega bo‘ladi. Ularni h (qalinlik, ko‘prik o‘qi bo‘yicha) va b (tayanchning kengligi, ko‘ndalang yo‘nalishda) o‘lchamlarga ega bo‘lgan to‘rtburchak shaklga keltirish mumkin




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling