Kafedra mudiri dots. X. Qobulov javoblar
Download 18.2 Kb.
|
moliya oraliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri dots. X.Qobulov JAVOBLAR
- Imtiyozli aksiya
27-variant Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo’nalishlaridan) biri sifatida qanday tadbirlar kompleksidan iborat bo’lishi mumkin? Nima deb o’ylaysiz imtiyozli aksiya o’zlik kapitalimi yoki majburiyat? Nima sababdan? Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining muhim bo‘g‘inlari sifatida Davlat byudjeti, davlat krediti, nobudjet fondlar va davlat korporatsiyalari moliyasi qanday xarakterli xususiyatlarga ega? Kafedra mudiri dots. X.Qobulov JAVOBLAR 1 .Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning xorijga chiqib ketmasligi va, aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. 2. O‘z korporativ kapitalini shakllantirish aksiyalarga (imtiyozli va oddiy) ochiq yozilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qarz mablag‘lari esa turli muddatli bank kreditlari shaklida, shuningdek, qarz majburiyatlarini emissiya qilish yo‘li bilan jalb qilinadi. Moliyalashtirishning bunday tiplari o‘rtasidagi prinsipial farq qarzdorning kreditorlar oldidagi birinchi darajali javobgarligidadir. Imtiyozli aksiya - dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan katʼiy foizlarda beriladigan aksiya. Lekin bunday aksiya egasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish xuquqiga ega boʻlmaydi. Bunday aksiyalar, qoidaga koʻra, aksiyadorlik jamiyati nizom jamgʻarmasining 10% idan ortiq chiqarilishi mumkin emas. Jamiyat, birinchi navbatda, I.a. egalari bilan hisob-kitob qilganidan keyin qolgan mablagʻ oddiy aksiya egalari ga taqsimlanadi. Aksiyalar egasining oʻzida yoki depozitariylarda saklanadi. 3. Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko‘pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo‘lib, u davlat 100 zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‘sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning ikkinchi bo‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat. Federatsiya a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi masala har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo‘lsa, GFRda asosiy to‘g‘ri (bevosita) soliqlar bo‘yicha tushumlar – aholidan olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘i 50%:50% nisbatda federal byudjet va yerlarning byudjeti o‘rtasida bo‘linadi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi bo‘g‘ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo‘lib, unga ko‘ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik byudjetdan tashqari maxsus fondlarning orasida milliy sug‘urta fondlari alohida o‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari va fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini yo‘qotgan hollar bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo‘yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi yosh bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladi. tadbirkorlarning sug‘urta badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug‘urta Download 18.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling