Kafedrasi bitiruv malaka ishini bajarish bo`yicha uslubiy qo’llanma
Download 381.06 Kb.
|
BMI majmua
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI «TO’QIMACHILIK VA YЕNGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI BITIRUV MALAKA ISHINI BAJARISH BO`YICHA USLUBIY QO’LLANMA 5320900 -Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo’nalishidagi bakalavriatura talabalari uchun GULISTON-2023 Annotatsiya Uslubiy qo’llanma 5320900 -Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida ta'lim oladigan bakalavriyat talabalarining bitiruv malaka ishini bajarish uchun mo’ljallangan. Uslubiy qo’llanmada bitiruv malaka ishining maqsadi, tarkibi, asosiy bo’limlarining bajarilishi bo’yicha yo’nalishlar, bitiruv malaka ishining hajmi va bajarilishiga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. Tuzuvchilar: “To`qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi o`qituvchilari: Sherqulova.N.R. : “To`qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi. dotsent (PhD) Isayeva.R.M. : “To`qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi. Taqrizchilar: : “To`qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi mudiri professor Maksudov.R.X. “To`qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi” kafеdra majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. Bayonnoma № « » fevral 2023y. Uslubiy qo’llanma GulDu ilmiy-uslubiy kеngashida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Bayonnoma №___ “_____ ” _____________ 2023 y. Bugungi kunda tikuvchilik sanoatining asosiy vazifasi O`zbekiston xalqini yuqori sifatli keng assortimentdagi zamonaviy kiyimlar bilan ta'minlashdir. Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish korxonalarini va firmalarni tashkil qilishni kengaytirish, tikuv korxonalarni ixtisoslashtirishni amalga oshirish, yangi texnika va texnologiyaga ega tayyorlov-bichish va pardozlash sexlarini tashkil qilish, tikuv buyumlarini tayyorlash bo`yicha yuqori unumli kompleks mexanizatsiyalashgan oqimlarni sanoatga tadbiq etish, texnologik konstruktsiya bo`yicha buyum ishlab chiqarishni tashkil etishni talab etadi. Texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy shakllari esa texnologik jarayonlarni yarimavtomat va avtomat mashinalarini keng qo`llab, kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun sharoit yaratadigan ko`p fasonli oqimlar hisoblanadi. Bozor sharoitida modelning sifati va ishlab chiqarishga tayyorlash muddatlari alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun hozirda tikuvchilik sanoatining asosiy vazifalaridan biri moslanuvchan ishlab chiqarishni ta'minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish va tadbiq etish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, buyum assortimentini tezda almashtirish imkoniyati, ularni tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Insonlarning zamonaviy va sifatli kiyiimga bo`lgan ehtiyojining doimiy o`sib borishi korxonalar tomonidan ularning assortimentini ko`paytirish va yaxshilash, sifatini oshirishni talab etadi. Bu vazifani bajarish tikuv korxonalari samaradorligini oshirish va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini qo`llash asosida kiyim tayyorlash jarayonini modellashtirish va loyihalashni takomillashtirish bilan uzviy bog’liq. Fan va texnikaning rivojlanishi texnologik jarayonlarni EXM ni qo`llab loyihalashni takomillashtirish vazifalarini yechish bo`yicha ushbu muammolarni hal qilish imkoniyatini beradi. “Yengil sanoat mahsulotlari tеxnologiyasi» yo’nalishi boyicha bakalavrlarning diplom loyihasi yuqorida qayd etilgan vazifalarni yechishga yo’naltirilgan. Diplom loyihasi bakalavrlarning oliy o’quv yurtidagi yakunlovchi ta'lim olish bosqichi bo’lib hisoblanadi. Diplom loyihasini bajarishda iqtisodiy va ijtimoiy siyosat xususiyatlari va kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hisobga olinadi. Download 381.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling