Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


Download 4.06 Mb.
Pdf просмотр
bet11/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30

 
Q a n d a y ?  
Q a n d a y ?  
 
   
Q a n d a y ?  
 
 
   
Q a n d a y ?  
  Q a n d a y ?  
   
 
  Q a n d a y ?  
 
 
 
4-topshiriq. Matn qaysi nutq uslubida tuzilganligini aniqlang. 
 
 Fuqаrоlаrning аsоsiy huquq va burchlаri 
Fuqаrоlаrning  аsоsiy  huquqlаri  -  jаhоndаgi  rivоjlаngаn,  mа’rifаtpаrvаr, 
dеmоkrаtik dаvlаtlаrdа хаlqlаrning huquqiy vа hаqiqiy tеngligini, hаr bir fuqаrоning 
еrkinligini  tа’min  еtish  bo‘yichа  tаjribаsini  o‘rgаnish  nаtijаsidа  O‘zbеkistоndа 
fuqаrоlаrning  huquqlаri  vа  burchlаri  аniqlаndi.  Mustаqil  O‘zbеkistоnning 
dеmоkrаtik  mоhiyati,  аvvаlо,  uning  хаlq  mаnfааtlаrini  himоya  qilishidа  nаmоyоn 
bo‘lmоqdа.  Insоn  huquqlаrini  vа  еrkinliklаrini  rivоjlаntirish  vа  tаkоmillаshtirish 
mаmlаkаt  ijtimоiy-siyоsiy  hаyоtining  аsоsiy  tаmоyilidir.  Shu  mа’nоdа,  Prеzidеnt 
I.А.Kаrimоv:  “O‘zbеkistоn  -  kеlаjаgi  buyuk  dаvlаtdir.  Bu  insоnpаrvаrlik 
qоidаlаrigа  аsоslаngаn,  millаti,  dini,  ijtimоiy  аhvоli,  siyоsiy  е’tiqоdlаridаn  qаtiy 
nаzаr  fuqаrоlаrning  huquqlаri  vа  еrkinliklаrini  tа’minlаb  bеrаdigаn  dаvlаtdir”, 
Davlatimiz 
qurayotgan 
huquqiy, 
demokratik 
jamiyatni 
mustahkamlash 
uchun “Qanday?” 
chora-tadbirlarni 
amalga 
oshirishimiz 
kerak?
 

115 
 
dеydi. O‘zbеkistоn fuqаrоlаrining o‘z mustаqil dаvlаtigа mаnsubligi, ungа nisbаtаn 
O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitutsiyasidа vа qоnunlаridа bеlgilаngаn huquq, 
еrkinlik  vа  burchlаrning  jоriy  еtilishi,  ulаrning  qоnuniy  huquq  vа  mаnfааtlаrini 
dаvlаt tоmоnidаn qo‘riqlаnishidа o‘z ifоdаsini tоpаdi vа ulаr uch guruhgа bo‘linаdi: 
I. Ijtimоiy-iqtisоdiy  huquqlаr:  mеhnаt  qilish,  dаm  оlish,  bilim  оlish,  mоddiy 
tа’minоt kаbi huquqlаrdаn ibоrаt. 
II.Siyоsiy  huquq  vа  dеmоkrаtik  еrkinliklаr:  fuqаrоlаrning  jаmоаt 
birlаshmаlаrigа, siyоsiy pаrtiyalаrgа uyushish huquqi, sаylаsh vа sаylаnish huquqi, 
so‘z  vа  mаtbuоt  еrkinligi,  mаjlis  vа  mitinglаr,  nаmоyishgа  chiqish  huquqlаridаn 
ibоrаt. 
III. Uy-jоy dахlsizligi, shахsiy huquqlаr. 
Bu huquq vа еrkinliklаr O‘zbеkistоn dаvlаtidа fuqаrоlаr еrkin rivоjlаnishining 
аsоsiy оmilidir. 
 
Eslab qoling! 
Huquqiy  mаdаniyat—  bu  qоnunni  tushunish,  bilish,  hаyоtgа  tаtbiq  еtish, 
ijrоsini tа’minlаsh, hаr bir shахsning, fuqаrоning ijtimоiy hаyоtdа fаоl ishtirоki vа 
bundаy fаоllikni bоshqаlаrdаn hаm tаlаb qilish jаrаyоnidir. 
 
5-topshiriq.O‘z  huquq  va  erkinliklaringizni  bilasizmi?  Shu  haqda  o‘rtog‘ingiz 
bilan suhbatga kirishing. 
 
6-topshiriq. “Baxtimiz qomusi” mavzusida insho yozing. 
 
7-topshiriq.  Venn  diagrammasi  asosida  G‘arb  va  Sharq  demokratiyasining 
o‘xshash va farqli jihatlarini taqqoslang va tahlil qiling. Fikrlaringizni daftaringizga 
yozing. 
 
8-topshiriq. Mаtnni o‘qing, yozma tarjima qiling. 
Burch vа sаdоqаt quyidа аyniqsа nаmоyоn bo‘lаdi:  
- Onа Vаtаnni himоya qilish - fuqаrоlik burchi; 
- fidоyilik ko‘rsаtib mеhnаt qilish - vаtаnpаrvаrlik burchi; 

116 
 
-  yurt  chirоyigа  chirоy  qo‘shish,  uning  bоyligi  yo‘lidа  fidоyilik  ko‘rsаtib 
mеhnаt qilish - vаtаnpаrvаrlik burchi; 
- оtа-оnаgа sаdоqаt vа ulаrgа хizmаt qilish - fаrzаndlik burchi. 
Sаdоqаt  bilаn  burchni  tаriхdа  yashаb  o‘tgаn  ulug‘kishilаr  bаg‘оyat 
qаdrlаgаnlаr, kishidаgi еng оlijаnоb fаzilаt dеb bilgаnlаr. Mаsаlаn: 
“O‘z burchingni аdо еt, o‘shа zаhоti o‘zingni аnglаysаn”. (I.Gyоtе). 
Burchingni unutmа, u yagоnа dil nаvоsidir. Burchsiz hаyоt hаm, еhtirоs hаm 
yo‘q. (А. Blоk). 
 
9-topshiriq. 
Mаtnni  o‘qing,  matnda  ajratib  korsatilgan  so‘zlarni 
Tushunchalar tahlili metodidan foydalanib tahlil qiling. 
Soliq qo‘mitasi qachon tashkil qilingan? 
1991-yil 
12-avgustda 
Vazirlar 
Mahkamasi 
217-sonli 
“O‘zbekiston 
Respublikasining  davlat  soliq  organlari  to‘g‘risida”gi  qarorini  qabul  qildi.  Shu 
kundan  e`tiboran  “soliq  inspektori”,  “soliq  to‘lovchi”  degan  tushunchalar 
hayotimizga  kirib  keldi.  Respublikada  tuman  soliq  inspeksiyalarining  butun  bir 
tarmog‘i  vujudga  keldi,  viloyat  soliq  boshqarmalari  tuzildi.  Davlat  soliq  bosh 
boshqarmasi tashkil etildi. 
Yil sayin soliq munosabatlarining kengayib borishi, soliq tizimiga yangi-yangi 
shahobchalarning  qo‘shilib  borishi,  soliq  idoralari  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarning 
tobora kengayib borishi davlat soliq Bosh boshqarmasining Davlat soliq qo‘mitasiga 
aylantirish zaruriyatini tug‘dirdi. Natijada 1994-yilda respublikamizda yagona soliq 
va  bojxona  qo‘mitasi  tuzildi.  Bugungi  kunda  u  yerda  band  bo‘lgan  xodimlarning 
soni 17 ming kishidan oshib ketdi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  qo‘mitasi  o‘z  faoliyatini  O‘zbekiston 
Respublikasi  konstitutsiyasiga,  O‘zbekiston  Oliy  majlisi  tomonidan  chiqarilgan 
qonunlar,  qarorlar,  Respublika  prezidenti  farmonlariga,  Prezident  huzuridagi 
Vazirlar  mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga  amal  qilgan  holda  olib 
boradilar.  Davlat  soliq  qo‘mitasi  respublikaning  soliq  siyosatini  ishlab  chiqishda 
faol qatnashib, uning ijrosini hamda soliq qonunchiligini bajarilishini ta`minlaydi. 
 
Tushunchalar tahlili metodi 
Tushunchalar 
Tushunchalar tahlili 
Soliq tizimi 
 
Soliq to‘lovchi 
 
Soliq inspektori 
 
Soliq inspeksiyalari 
 
Davlat soliq bosh boshqarmasi 
 

117 
 
Viloyat soliq boshqarmalari 
 
Soliq va bojxona qo‘mitasi 
 
Soliq siyosati 
 
Soliq qonunchiligi 
 
 
10-topshiriq. Umumxalq leksikasiga kirgan huquqiy terminlar lug’atini tuzing.
 
 
 
Mustahkamlash uchun savollar 
1. O‘zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? 
2. Konstitutsiyamizdagi 
qaysi 
modda 
boshqa 
hech 
bir 
mamlakat 
konstitutsiyasida berilmagan? 
3. Demokratiya nima? 
4. O‘z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi? 
5. El-yurt oldidagi burchingiz nimalardan iborat? 
6. Ota-ona oldidagi burchingizchi? 
7. Huquqiy madaniyat nima? 
8. Dushmandan xavfliroq kim? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

118 
 
 
21-MAVZU. O’ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM
 
 
O’zbekistonda Oliy ta’lim 
O’zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’lim 
jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar 
tayyorlashda  oliy  o’quv  yurtlarining  o’rni  muhimligini  ta’kidlagan  edi.“Ta’lim 
to’g’risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  ijodkor,  ijtimoiy  faol, 
ma’naviy  jihatdan  boy  shaxsni  shakllantirish  hamda  yuqori  malakali, 
raqobatbardosh 
 
malakali 
kadrlarni 
tayyorlashdan  iborat  strategik  maqsadga 
erishish uchun nazariy asos bo’ldi va zamin 
yaratdi. 
 Kadrlar  tayyorlash  tizimida  ta’limni 
tubdan  isloh  qilish  hamda  zamonaviy 
innovatsion 
texnologiyalarni 
samarali 
qo’llash 
yo’lida 
oliy 
ta’lim 
muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini 
mustahkamlash, zamonaviy texnika, o’quv-
laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, 
yangi  o’quv  adabiyotlarini  yaratish,  eng  asosiysi,  kadrlarning  kasb  malakasi  va 
mahoratini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida samarali ta’lim 
tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish zaruriyati ortmoqda. 
Milliy ta’lim tizimini isloh etishda innovatsion jarayonlarni qo’llashni faollashtirish 
va  samaradorlikni  oshirish  masalasini  hal  etmay  turib  muvaffaqiyatga  erishib 
bo’lmaydi.  
Respublikamizda  uzluksiz  ta’limning  joriy  etilishi  ta’lim  sohasining 
boshqaruvi  organlari  zimmasiga  bir  qator  vazifalarni  hal  etish  va  ularni  doimo 
takomillashtirib, rivojlantirib borishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda ta’lim jarayonini 
sifatli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan o’z vaqtida ta’minlash muhim ahamiyat kasb 
etadi.  O’tgan  davr  ichida  quyidagi  sohalarda  qonunchilikka  oid  va  me’yoriy 
hujjatlar qayta qabul qilindi: 
– Ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish; 
– Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish; 
– Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot; 
– Pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
– Ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish; 
– Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro aloqalar; 

119 
 
– Chet tillarini o’rganish; 
– Elektron kutubxonalar yaratish va yagona tarmoqqa birlashtirish; 
–  Ta’lim  sohasida  ijtimoiy  va  moliyaviy  davlat  yordamini  ta’minlash  va 
boshqalar.  
O’zbekiston 
Respublikasi 
birinchi 
Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid qator 
farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 
60  dan  ortiq  qaror  va  farmoyishlari, 
shuningdek,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 
vazirligi 
vakolatiga 
kiruvchi 
masalalar 
yuzasidan  me’yoriy-uslubiy  hujjatlar  qabul 
qilindi.  Oliy  ta’lim  sohasida  orttirilgan 
tajribalar  asosida  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligidagi  me’yoriy-huquqiy 
hujjatlari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. 
Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi 
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha vazifalar echimi belgilangan: 
–  oliy  ta’lim  tizimini  isloh  qilishning  zamonaviy  bosqichida  innovatsion 
jarayonlarni  qo’llash  va  amalga  oshirishning  iqtisodiy  mexanizmlarini 
takomillashtirish; 
–  respublikada  oliy  ta’lim  muassasalarini  samarali  boshqarishning  jaxon 
standartlariga asosan ta’limda sifat menejmenti usullarini samarali qo’llash; 
– globallashuv va milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion 
texnologiyalarni  qo’llash  asosida  ta’lim  tizimi  sifatini  oshirish  va  raqobatbardosh 
kadrlarni  tayyorlashda  oliy  ta’lim  muassasalarining  samarali  innovatsion 
strategiyalar yo’nalishlarini ishlab chiqish; 
–  respublika  oliy  ta’lim  muassasalarida  innovatsion  jarayonlarni  rivojlantirishda 
samarali  xorijiy  tajribalarni  o’rganishning  ijobiy  natijalarini  respublikada  qo’llash 
bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; 
– oliy ta’lim tizimida me’yoriy-huquqiy xujjatlarni takomillashtirishda erishilgan 
tajribalarni  yanada  ommalashtirish  asosida  ta’lim  sifatini  oshirish  bo’yicha 
tavsiyalar va ishlanmalar ishlab chiqish
–  milliy  ta’lim  tizimini  modernizatsiyalashtirish  sharoitida  respublikada  oliy 
ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’lim xizmatlari turlarini kengaytirish; 
– oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish asosida fan va 
ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani yanada kuchaytirish; 
–  respublika  oliy  ta’lim  muassasalari  faoliyatiga  innovatsion  mexanizmlarni 
tatbiq etish asosida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash 
va amalga oshirish kabilar. 

120 
 
    Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  bugungi  kunda  oliy  ta’lim  tizimida 
malakali  va  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlash  dolzarb  ijtimoiy-iqtisodiy  masala 
bo’lib,  oliy  ta’lim  tizimida  mutaxassislarni  tayyorlash  jarayoniga  o’quv-tarbiya 
faoliyatini  tashkil  etishning  yangicha  yondashuvlarini  joriy  etish,  “Ta’lim 
to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq  ta’limni  boshqaruv  organlarining  vakolat  sohalari 
aniqlanmoqda.  Ta’limning  me’yoriy-huquqiy  asoslari  rivojlanmoqda.  Ta’lim 
muassasalarining ta’lim jarayonini tashkillashtirish va moliyaviy-xo’jalik faoliyatini 
yuritishdagi huquq va erkinligini kengaytirish ta’minlanmoqda. 
     O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  2017  yil 20  apreldagi  PQ-2909-son 
qarorini  ijro  etish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2017/2018 
o’quv  yilida  O’zbekiston  Respublikasining  oliy  ta’lim  muassasalariga  o’qishga 
qabul qilish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 
     Ushbu  qarorga  binoan  2017/2018  o’quv  yili  uchun  oliy  ta’lim  muassasalariga 
o’qishga  qabul  bo’yicha  umumiy  kvota  bakalavrlar  uchun  66316  nafar,  shu 
jumladan,  davlat  grantlari  bo’yicha  18194  ta  va  to’lov-kontrakt  asosida 48122  ta, 
magistrlar  uchun  5000  nafar,  shu  jumladan,  davlat  grantlari  bo’yicha  1556  ta  va 
to’lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilandi. 
      Shuningdek,  ushbu  hujjatda  maxsus  sirtqi  bo’lim  negizida  ishlab  chiqarishdan 
ajralmagan  holda  bilim  olishni  ta’minlash  maqsadida  Toshkent  axborot 
texnologiyalari  universitetining  maxsus  sirtqi  bo’limida  100  nafar,  shu  jumladan, 
davlat  grantlari  bo’yicha  15  ta  va  to’lov-kontrakt  asosida  85  ta,  Navoiy  davlat 
konchilik  institutida  to’lov-kontrakt  asosida  90  nafar  va  Toshkent  temir  yo’l 
muhandislari  institutida  -to’lov-kontrakt  asosida  80  nafar  bakalavrni  tayyorlash 
nazarda tutilgan. 
        Bundan  tashqari,  ushbu  qaror  bilan 2017/2018  o’quv  yilidan  boshlab 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri 
hokimliklari  buyurtmalariga  binoan,  yuqori  malakali  tibbiyot  kadrlariga  ehtiyoj 
katta  bo’lgan  hududlar  uchun  O’zbekiston  Respublikasining  tibbiyot  oliy  ta’lim 
muassasalariga 
davlat  grantlari  asosida  bakalavriat  yo’nalishi  bo’yicha 
mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi. 
Ushbu  qarorda  belgilab  berilgan  maqsad  va  vazifalar  yuqori  malakali 
mutaxassislarni  tayyorlashga  xizmat  qiladi.  Shuningdek,  2017-2021-yillarga 
mo’ljallangan  O’zbekiston  Respublikasining  strategik  rivojlanishining  beshta 
ustuvor yo’nalishi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga 
zamin yaratadi. 
 
Og’zaki nutq:  
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.  

121 
 
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.  
Matnni kengaytirib so’zlab berish.  
Yozma nutq:  
O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot tayyorlash. 
 Oliy ta’lim muammolariga bag’ishlangan ilmiy maqola yozish.  
Oliy ta’lim terminlari lug’atini tuzish.  
O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining nomlarini qisqartma otlar shaklida 
ifodalash.  
 
GRAMMATIKA: Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlar. 
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlar. Tilimizda barcha uslublarda teng 
qo‘llanadigan  so‘zlar  bo‘lishi  bilan  birga,  faqat  ayrim  nutq  uslublari  uchun 
xoslangan  so`zlar  ham  mavjud.  Shuning  uchun  so‘zlar  ana  shu  belgiga  ko`ra  ikki 
guruhga  bodinadi:  1)  uslubiy  betaraf  so`zlar  (m.,  so`zlamoq,  gapirmoq,  uy,  daftar, 
ovqat  va  boshqalar);  2)  uslubiy  xoslangan  so`zlar  (mazkur,  binobarin, dudoq, erin, 
qaroq, nigoh, tashlamoq, bayortnomanota va boshqalar). 
Adabiy  tilning  ijtimoiy  hayotdagi  ma’lum  soha  doirasiga,  ma’lum  nutqiy 
vaziyatga  xoslangan  ko`rinishi  nutq  uslubi  hisoblanadi.  So`zlar  ma’lum  nutq 
uslubiga  xoslanish-xoslanmaslik  belgisiga  ko`ra  uslubiy  xoslangan  va  uslubiy 
betaraf so`zlarga bo`linadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy 
xoslangan  so`zlar,  bunday  xususiyatga  ega  bo`lmagan  so`zlar  esa  uslubiy  betaraf 
so`zlardir. 
        Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, 
o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi. Us lub - so`zlovchi 
va  yozuvchining  ifodalanayotgan  fikrga,  voqea,  hodisaga  Shaxsiy  munosabatidir. 
Shu  yo`l  bilan  ayni  bir  jumlada  qo`shimcha  uslubiy  (modal)  mazmun  ham 
ifodalanadi.  Masalan:  Ol,  jiyan,  yo`l  yurib  kelgansan.  Bu  jumlada  so`zlovchi 
suhbatdoshga  qarindoshligini  bildirishi  bilan  birga,  unga  o`z  mehribonligini  ham 
ko`rsatmoqchi. Odatda, so`zning asl, tub (denotativ) ma’nosi va uning qo`shimcha, 
ko`chma (konnotativ) ma’nosi bo`ladi. Uslubshunoslik, uslub, sinonimiya, so`z, so`z 
birikmasi  va  gapning  ana  shu  qo`shimcha  (modal)  ma’nosini  o`rganadi.  Gapda 
uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar, 
frazeologik  birlik  va  gaplar,  sheva,  biror  kasbga  oid  so`zlar  va  h.k.)  orqali 
ifodalanadi.  Hamma  so`z,  ibora  va  sintaktik  qurilmalar  ham  ma’lum  bir  nutq 
uslubini  yaratishga  xizmat  qilavermaydi:  qalam,  kitob,  daraxt  va  shunga  o`xshash 
so`zlar o`z asl ma’nosida biror uslubga betaraf so`zlardir. Ular nutqning biror turini 
tashkil etishi uchun ko`chma ma’noda qo`llanishi kerak. Qalami o`tkir. Hasratim bir 
kitob bo`ladi. Daraxt bir joyda ko`karadi kabi. 
 

122 
 
Keys 
 
Talaba o‘qituvchiga shunday dedi: «Mashg‘ulotlarda aytayotgan fikrlaringiz va 
himoya qilayotgan g‘oyalaringiz menga yoqmaydi. Menga an’anaviy ta’lim usullari 
ko‘proq ma’qul. Men interfaol metodlarda dars o‘tishingiz biror natijaga olib kelishi 
mumkin, deb hisoblamayman. Talabalar baribir o‘qimaydi».  
Bu vaziyatda siz talabaga qanday javob qaytargan bo‘lar edingiz?  
Javob variantlari: 
a) «Bu juda yomon»; 
b) «Siz balki ularning mohiyatini tushunmasangiz kerak?»; 
s)  «Men  keyingi  mashg‘ulotlar  davomida  sizning  fikringiz  o‘zgaradi,  deb 
ishonaman»; 
d) «O‘qimaydigan emas, o‘qishni xohlamaydigan talabalar bo‘ladi». 
 
Mustaqil ta’lim 
 
Jadidchilik harakati namoyandalaridan biri  haqida  maqola yozish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

123 
 
22-MAVZU. ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN
 
Kuch - bilim va tafakkurda. 
Islom Karimov 
Toshkent moliya instituti 
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra Toshkent 
xalq  xo‘jaligi  institutining  moliya-kredit  va  hisob-iqtisod  fakultetlari  negizida 
Toshkent  moliya  instituti  tashkil  etildi.  Institut  hozirgi  davrda  O‘zbekiston 
Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy 
dasturi”ning ijrosini amalga oshira borib, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos moliya, 
bank,  soliq,  sug‘urta,  qimmatli  qog‘ozlar  va  fond  birjasi,  investitsion  loyihalarni 
moliyalashtirish,  buxgalteriya  hisobi,  audit,  menejment,  kasbiy  pedagogik 
tayyorgarlik  kabi  qator  ta’lim  yo‘nalishlari  bo‘yicha  bakalavr  va  magistrlar 
tayyorlab kelmoqda.  
Institutda 
kadrlar 
tayyorlashning 
ko‘p 
bosqichli 
uzluksiz 
tizimini 
ta’minlovchi modeli ishlab chiqilib, u o‘z 
ichiga  moliya,  soliq  litseylari,  bank 
kolleji, 
bakalavriatura, 
magistratura, 
malaka  oshirish  instituti,  doktorantura 
bosqichlarini  qamrab  olgan.  Mutaxassis 
kadrlar tayyorlash modelini hayotga tatbiq 
qilish, ularni bugungi kun zamon talablari 
va jahon andozalariga mos bo‘lishi uchun 
institutning  6    ta  fakulteti  tasarrufidagi  26  ta  kafedrada  400  dan  ortiq  professor-
o‘qituvchilar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Shuningdek,  institut  qoshida  mutaxassislar  va 
iqtisodchi pedagoglarning, eng avvalo, kollej o‘qituvchilarining malakasini oshirish 
va qayta tayyorlash tizimi yangidan tashkil qilingan. Institut kafedra va bo‘limlarida 
40  ga  yaqin  fan  doktorlari  va  professorlar,  150  ga  yaqin  fan  nomzodlari  va 
dotsentlar mehnat qilmoqda. 
Hozirgi kunda institut chet el turdosh universitetlari, elchixonalari bilan ilmiy-
amaliy,  o‘quv-uslubiy  hamkorlik  o‘rnatgan.  Jumladan,  AQSHning  Texas  qishloq 
xo‘jaligi  va  mashinasozlik  universiteti,  Yaponiya  davlatining  Ritsumeykan  Trast, 
Osiyo  Tinchokeani  universiteti,  Angliya  davlatining  Sterling  universiteti, 
Rossiyaning Moskva moliya akademiyasi, Moskva davlat universiteti, S.V.Plexanov 
nomli  Rossiya  iqtisodiyot  akademiyasi,  Sankt-Peterburg  iqtisodiyot  va  moliya 
universiteti,  Lomonosov  nomli  davlat  universiteti,  Belgiya  davlatining  Atervepen 
universiteti, Germaniyaning Manxeym texnologiya instituti, Gamburg informatsion 

124 
 
texnologiya  universiteti,  Passav  universiteti,  Hindistonning  Hindiston  moliya 
instituti,  Qirg‘iziston  Respublikasining  Bishkek  bank-moliya  akademiyasi  bilan 
o‘zaro  foydali  shartnomalar  asosida  ilmiy-amaliy  ishlar  olib  borilmoqda.  Institut 
professor-o‘qituvchilarining  mazkur ta’lim  muassasalari bilan stajirovka va  malaka 
oshirishlari yo‘lga qo‘yilgan. 
Institut o‘quv jarayoniga bozor iqtisodiyotiga oid yangi fanlar kiritilgan va ular 
yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  o‘qitilmoqda.  Xorijiy  tillarni  chuqurroq 
o‘rgatishga, komputer texnikasidan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda.  
Institutda  talabalarning  madaniy  dam  olishi,  sport  bilan  shug‘ullanishi  va 
yashashlari  uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratilgan.  Jumladan,  institutda 
"Ma’naviyat  va  ma’rifat"  xonalari,  “Moliyachi”  sport-sog‘lomlashtirish  majmuasi 
hamda  3  ta  zamon  talablari  darajasida  ta’mirlangan  va  jihozlangan  talabalar  turar 
joylari ishlab turibdi. 
Ilm-fan  -  taraqqiyot  manbai,  jamiyat  rivojini  olg‘a  siljituvchi  kuchdir.  Uning 
vazifasi,  yurtboshimiz  aytganlaridek,  kelajagimizning  shakl-shamoyilini  yaratish, 
ertangi  kunimizning  yo‘nalishlarini,  qonuniyatlarini,  uning  qanday  bo‘lishini 
ko‘rsatib berishdan iborat. Bugungi kunda institut olimlari “Bozor munosabatlarini 
tartibga  solishning  moliya-kredit  mexanizmi”  muammosi  ustida  ilmiy  izlanish 
ishlarini  olib  borish  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  fan  va  texnika  Davlat 
qo‘mitasi  fundamental  tadqiqotlari  sohasidagi  muammolarni  hal  qilishda  faol 
ishtirok etib kelmoqda. 
 
Matn yuzasidan topshiriqlar. 
1-topshiriq: 
a)  matnni o‘qing; 
b)  matnning mazmunini gapirib bering; 
c)  Institutda o’tkaziladigan ma’naviy-ma]rifiy tadbirlardan reportaj tayyorlash. 
d) turdosh oily o‘quv yurtlari haqida taqdimot tayyorlang. 
 
GRAMMATIKA. So’zlashuv uslubi va uning xususiyatlari.
  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling