Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


Download 4.06 Mb.
Pdf просмотр
bet17/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30

Kitobda nima haqda 
so‘z boradi? 
 
Kitobda nima 
haqda so‘z boradi? 
 
Kimlarga 
mo‘ljallangan? 
- kitob bag‘ishlangan… 
-  muallif muammolarni … 
-  kitobda quyidalar bayon.. 
-  muallif tomonidan… 
- Muallifning maqsadi (kitob, 
maqola) … 
- kitob mo‘ljallangan… 
-  maqolalar tavsiya… 
-  keng o‘quvchilar 
ommasiga mo‘ljallangan. 
- qo‘llanma qiziqtirishi 
mumkin… 
- Kitobda 
ko‘zga 
tash-
lanadi… 
-  Ish …dan tashkil… 
-  kitob 
(maqola)ning 
mazmuni… 
-  kitobning  bo‘limlari  o‘z 
ichiga… 
-  biz 
ko’rib 
turibmiz, 
qancha… 
 

176 
 
  обязательное медицинское страхование; 
  страхование военнослужащих; 
 
 
страхование пассажиров; 
  страхование автогражданской ответственности; 
  страхование  профессиональной  ответственности  для  некоторых 
специалистов (например, нотариусов). 
Обязательное  страхование  устанавливается  законом,  согласно  которому 
страховщик обязан застраховать соответствующие объекты, а страхователи  –
вносить причитающиеся страховые платежи. 
Обязательное  страхование  предусматривает,  как  правило,  сплошной 
охват  указанных  в  законе  объектов.  Например,  если  предусмотрено 
обязательное страхование пассажиров соответствующих видов транспорта, то 
обязаны застраховаться абсолютно все, кто собирается совершить поездку. 
Добровольное  страхование  действует  в  силу  закона  на  добровольных 
началах.  Закон  может  определять  подлежащие  добровольному  страхованию 
объекты  и  наиболее  общие  условия  страхования.  Конкретные  условия 
регулируются 
правилами 
страхования, 
которые 
разрабатываются 
страховщиком. 
Добровольное  участие  в  страховании  в  полной  мере  характерно  только 
для  страхователей.  Например,  при  заключении  договоров  личного 
страхования  страховщик  не  имеет  права  отказаться  от  страхования  объекта, 
если  волеизъявление  страхователя  не  противоречит  условиям  страхования. 
Это  гарантирует  заключение  договора  страхования  по  первому  требованию 
страхователя.  Вместе  с  тем  страховщик  не  обязан  заключать  договор 
страхования на условиях, предложенных страхователем. 
Добровольное  страхование  всегда  ограничено  по  срокам  страхования. 
Есть  начало  и  окончание  срока  в  договоре.  Непрерывность  добровольного 
страхования  можно  обеспечить  только  путем  повторного  (иногда 
автоматического) перезаключения договора на новый срок. 
 
Tushunchalar tahlili metodi 
Tushunchalar 
Tushunchalar tahlili 
majburiy sug‘urta 
 
 
 
ixtiyoriy sug‘urta 
 
 
 

177 
 
10-topshiriq.  O‘qing.  Nuqtalar  o‘rniga  mos  qo‘shimchalarni  qo‘yib 
annotatsiyani ko‘chiring. 
Lug‘at  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili…  keng  iste’mol…  bo‘lgan  80  ming…  ortiq 
so‘z  va  so‘z  birikmalari…,  fan,  texnika,  san’at  va  madaniyat  sohalari…  oid 
terminlar…,  bir  necha  sheva…  qo‘llanadigan  so‘zlar…,  ba’zi  tarixiy  va  eskirgan 
atamalar…  o‘z  ichi…  oladi.  Lug‘at…  berilgan  qo‘llanadigan  so‘zlar…  amal… 
qo‘llanishi  XX  asr  o‘zbek  adabiyoti  va  matbuoti…  olingan  misollar  bilan 
dalillangan.  Lug‘at  o‘zbek  tilshunosligi  va  turkiyshoslik  bo‘yicha  mutaxassislar, 
tarjimonlar,  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlari,  oily  ta’lim  muassasalari… 
o‘qituvchilari  va  talabalari,  shuningdek,  keng  o‘quvchilar  ommasi  uchun 
mo‘ljallangan. 
 
 
Mustaqil ta’lim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

178 
 
 33-МАVZU. NUTQ ODOBI
 
NUTQ ODOBI НИМА? 
Nutq – tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir.  
Nutq,  nutq  odobi  insonning  ma’naviyatini  –  ma’rifatini  belgilovchi  asosiy 
mezondir. Demak kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi 
nima?  Nutq  odobi  deganda  aytilishi  zarur  bo‘lgan  xabarlarni  tinglovchini  hurmat 
qilgan  holda,  uning  ko‘ngliga  mos  holda  adabiy  me’yordagi  ifodalar  bilan 
yetkazishdir.  Xunuk  xabarni  ham  tinglovchiga  beozor  yetkazish  mumkin.  Buning 
uchun so‘zlovchi tilni  mukammal  bilishi kerak. Muloyim,  yoqimli,  odobli so‘zlash 
ham  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lmaydi.  Unga  yoshlikdan  ibratli  kishilarga  taqlid  qilish, 
ulardan  o‘rganish  orqali  erishiladi.  O‘quvchi  uchun  eng  yaxshi  namuna  
o‘qituvchidir. Buni o‘qituvchi har doim his qilib turishi kerak.     
Nutq  odobi  salomlashishdan  boshlanadi.  Salomlashishdagi  xushmuomalalik 
undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo 
qiladi. Salomlashishning ahamiyati boshlanadi.  Salomlashishning ahamiyati haqida 
hindlarda shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsaga – o‘zini yengil sezish, 
shon-shuhrat  topish,  qut-barakali,  ilmli  bo‘lish  va  nihoyat  uzoq  umr  ko'rishga 
erishiladi”.  Ha,  salomda  gap  ko‘p,  salomlashish,  salom  berishning  ham  o‘ziga 
yarasha qonun-qoidalari bor. 
Madaniyatli  kishi  o‘z  aybini  bo‘yniga  ola  bilishi,  aybi    uchun  kechirim 
so‘rashni  ham  bilishi  lozim.  O‘z  aybi  uchun  uzr  so‘rash  o‘z  g‘ururini  yerga  urish 
emas, balki odoblilik va xushmuomalalik  alomatidir.  
Yetuk  kishiga  yana  xos  fazilatlardan  biri  xayrlashuv  odobidir.  Tilimizda 
xayrlashganda  ishlatiladigan  “xayr”,  “sog‘  bo‘ling”,  “xayr,  ko‘rishguncha”,  “xayr, 
omonlikda  ko‘rishaylik”  kabi  ta’sirchan  iboralar  mavjud.  O‘qituvchi  xonadan 
chiqayotganda  “xayr,  “sog‘  bo‘linglar”,  “xayr,  yaxshi  qolinglar”  kabi  iboralarni 
ishlatsa o‘rinli bo‘ladi. 
 
Og‘zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.  
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. 
Matnga  munosabat  bildirib  so‘zlash.  Kasbiy  faoliyatda  nutq  madaniyatining 
ahamiyati haqida gapirib berish. 
 
Yozma nutq:  
Yuqoridagi matnni lotin alifbosiga o‘girib ko‘chiring. 

179 
 
“Mutaxassisning  nutq  madaniyati”  mavzusida  matn  tuzish.  Ish  jarayonidagi 
muomala  madaniyati  haqida  kasbiy  o‘yin  senariysini  tuzish  va  uni  insenirovka 
qilish. 
   GRAMMATIKA. Me’yor tusunchasi. 
Me’yor  -  jamiyat  a’zolari tomonidan  qabul  qilingan,  ma’qullangan  va  ularga 
tushunarli  bo’lgan  til  birliklarining  nutq  jarayonida  qo’llanish  holati  va 
imkoniyatidir. 
Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq 
jarayonida  xizmat  qila  boshlagan  lahzalardanoq  uni  me’yorlashtirish  jamiyat 
ehtiyojiga aylangan.
 M
e’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, 
ming  yillar  davomida  shakllangan  an’anaviylikka  ega  bo’ladi.  Tildan 
foydalanishdagi  an’anaviy  me’yorlarning  davrlar  o’tishi  bilan  o’zgarib,  yangilanib 
turishi ham tarixiy jarayondir. 
Anglashiladiki,  til  me’yorini  belgilash  muammolarini  hal  qilish  har  bir  milliy 
til  madaniyatini  rivojlantirishning  uzviy  qismiga  aylanadi.  Shuning  uchun  ham 
me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. 
Qo'llangan til birligi to'gri yoki noto'g’ri deyilganda, albatta ma'lum bir o'lchov 
(mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o'lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til 
me’yori  deb  yuritiladi.  Ma'lum  bir  hududda  tarqalgan  uzus  imkoniyatlari  o'sha 
hududda  yashovchi  aholi  uchun  istisnosiz  tushunarli  bo'ladi,  ya'ni  aloqani  yengil 
amalga  oshuviga  imkon  beradi.  Bu  tilning  o'zi  me'yordan  iboratligini  ko'rsatadi. 
Me’yor  –  tilning  yashash  shaklidir.  Adabiy  me’yor  adabiy  til  bilan  birga  tug’iladi, 
badiiy  adabiyotning,  xalq  madaniyati  taraqqiyoti  bilan  rivojlanib  o'z  qonun-
qoidalarini mustahkamlab boradi. 
O'zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Leksik-semantik me’yor 
2. Talaffuz – (orfoepik) me’yori 
3. Yozuv (grafika) me’yori 
4. Fonetik me’yor 
5. Aktsentologik (urg’uni to’g’ri qo’yish) me’yor 
6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor  
7. So’z yasash me’yorlari 
8. Imloviy (orfografik) me’yor 
9. Uslubiy me’yor 
10. Punktuatsion me’yor 
1-topshiriq.  Urgusi  bilan  farqlanuvchi  so’zga  20  ta  misol  yozing  va 
tushuntiring. 

180 
 
2-topshiriq. Me’yor  haqidagi nazariy bilimlarni  o’zlashtirib o'zbek adabiy tili 
me’yorlari bo’yicha klastr tuzing. 
 
 
3-topshiriq. Quyida berilgan so’zlarning urg’usini to’g’ri qo’yib o’qing va gap 
tuzing.  
Albatta,  ammo,  allakim,  dotsent,  barcha,  lekin,  ruchka,  leksiya,  respublika, 
mashq,  hamma,  muhit,  muhim,  zero,  radio,  ahil,  atom,  aslo,  lampa,  hatto,  nafis, 
munis, qip-qizil, hamisha, garchi, kuldir, doim, gazeta, tonna, mudir.
 
4-topshiriq. Berilgan gaplardagi har bir so’zni fonetik tahlil qiling.  
1. Kaykovusning  “Qobusnoma”  asari  turkiy  xalqlar  adabiyoti  tarixida  muhim 
o‘rin egallagan. 2. Abu Rayhon Beruniy Sharq uyg‘onish davrining buyuk qomusiy 
olimlaridan  biridir.  3
.
 
Mehr  go‘zallikdan  ustundir.  4.
 
Yarim  kechada  uyqusi 
qochgan  Tugalboy  muallim  ko’rpani  siltab  ustidan  uloqtirdi.  (ADilmurod.)  5. 
Munavvar eng yaqin do’stini to’satdan uchratganday o’rnidan turib ketdi. (S.Ahmad
6. Sog‘lom odam tabiatning eng bebaho asaridir.(T. Karleyl) 7. Inson — tabiatning 
yer  yuzidagi  oliy  mahsulidir.  Biroq  tabiat  yaratgan  mo‘jizalardan  bahra  olmoq 
uchun inson sog‘lom, baquvvat hamda zukko bo‘lmog‘i zarur.(I. Pavlov 
 
Mustaqil ta’lim 
Nutq  etiketiga  rioya  qilgan  holda  “So‘zlashish  odobi”  mavzusida  nutq 
tayyorlang. 
 
 
O'zbek 
adabiy tili 
me’yorlari 

181 
 
34-MAVZU. SAN’AT VA MA’NAVIYAT
 
Kamoliddin Behzod  
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri.  
U  1455-yilda  Hirotda  kambag‘al  hunarmand  oilasida  tug‘ilib,  ota-onasidan 
juda  erta  yetim  qoldi.  Behzodning  musavvirlikdagi  iste’dodini  payqagan  Amir 
Ruhillo (Mirak Haqqosh) uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzod musavvirlikni Pir Said 
Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono 
Hakim  Muhammad  kabi  Behzod  ham  Alisher  Navoiyning  rahnamoligidan 
bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470-yillarda boshlangan. 
Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 
1512-yilda  esa  Eron  shohi  Ismoil  I  bosib  oldi.  Ko‘p  san’atkorlar  Hirotdan  chiqib 
ketdi.  1520-yillarning  boshida  shoh  Ismoil  I  Behzodni  Tabrizga  chaqirtirib,  katta 
imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod 
Tahmosga  musavvirlikni o‘rgatadi.  Lekin  shoh  Behzodning san’atini qadrlamaydi. 
Rassom ona yurti Hirotga qaytadi.  
Shayx Sa’diyning “Bo‘ston”iga ishlagan miniaturalari (1478) musavvirning ilk 
asarlaridir.  1488-yilda  Sulton  Husayn  buyurmasi  bilan  u  4  ta  miniatura  ishlagan. 
Behzod  asarida  hayot  manzaralarini  jo‘shqin  tasvirlaydi.  Turli  ranglar  bir-biriga 
mos,  asarlaridagi  shaxslar  harakatchan,  tabiatan  jonli.  Ilk  asarlaridayoq  Behzod 
mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlandi. 
Nizomiy  Ganjaviyning  “Xamsa”,  “Layli  va  Majnun”,  Xisrav  Dehlaviyning 
“Majnun va Layli” asariga ishlagan miniaturalari butun dunyoga mashhur. 
Behzod  miniatura  san’ati  tarixida  maxsus  -  “Behzod  maktabi”ni  yaratdi. 
Darvesh  Muhammad,  Maqsud  Muzahhib  kabi  rassomlar  uning  maktabida  ta’lim 
olganlar.  Behzod  ustoz  san’atkor  sifatida  Markaziy  Osiyo,  Eron,  Ozarbayjon  va 
boshqa  o‘lkalar  tasviriy  san’atining  taraqqiyotiga  samarali  ta’sir  etdi.  Miniatura 
san’atini  yangi  bosqichga  ko‘tardi,  uning  tarixida  yangi  davr  yaratdi.  Behzod 
miniaturalari uning tirikligidayoq bu san’atning oliy yutug‘i deb tan olingan. 
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535-yilda Hirotda vafot etgan.  
 
Og’zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.  
Matndagi terminlarning ma’nosini izohlash. 
Matnni ijodiy so’zlash. 
 
2-topshiriq. Quyidаgi tаyanch so‘zlаrni yod оling: 

182 
 
Istе’dоd  [mоyillik]  -  nihоyatdа  zo‘r  ijоdiy  qоbiliyat,  lаyoqаt.  Istе’dоdli 
rassom.  
Miniаturа  [umal.  miniature  -  nаfis,  nоzik  qilib  ishlаngаn  rаsm  <lоt. 
minium  -  qizil yoki  qizg‘ish-jigаrrаng  bo‘yoq]  -  O‘rtа  аsr  qo‘lyozmа  аsаrlаri  vа 
kitоblаrdа bo‘yoqlаr bilаn chizilgаn nаfis rаsm, surаt. Bеhzоd ishlаgаn miniаturаlаr 
o‘rtа аsr tаsviriy sаn’аtining qimmаtbаhо durdоnаlаridаndir. 
Musаvvir  [rаssоm]  -  turli  tаsvirlаr  ishlоvchi,  rаsm  chizuvchi  ijоdkоr. 
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri.  
Mоhir [mаhоrаtli, mаlаkаli, ustа] - yuksаk mаhоrаtgа egа bo‘lgаn, mаhоrаt 
qоzоngаn, ustа. Mоhir rassom. 
Kаmbаg‘аl  [qаshshоq,  yo‘qsil]  -  muhtоjlikdа  yashоvchi,  tirikchilik  uchun 
kеrаkli nаrsаsi yеtаrli bo‘lmаgаn; qаshshоq, fаqir, bеchоrа. Kаmbаg‘аl hunarmand 
oilasida tug‘ilgan.  
Sаn’аtkоr  [sаn’аt  bilаn  shug‘ullаnuvchi]  -  sаn’аt  sоhibi,  sаn’аtning  birоr 
sоhаsini  egаllаgаn  ijоdkоr.  Yuksаk  mаhоrаtgа  egа  bo‘lgаn  yarаtuvchi.  Mashxur 
san’atkor. 
Bаhrаmаnd bo‘lmоq - bаhrа оlmоq; birоr fоydа, nаf ko‘rmоq. Behzod Alisher 
Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. 
Ijоd  [yarаtish,  kаshf  etish;  vujudgа  kеltirish]  -  bаdiiy,  ilmiy,  sаn’аtgа  оid 
аsаr  yoki  mоddiy  bоylik  yarаtish,  vujudgа  kеltirish;  yarаtuvchilik  fаоliyati. 
Kamoliddin Behzod ijodi. 
Qаdrlаmоq  -  оbro‘-e’tibоrigа,  qаdr-qimmаtigа  yarаshа  izzаt-hurmаt 
ko‘rsаtmоq. Ustоzlаrini qаdrlаmоq.  
Yetim  [оtа-оnаsiz,  yakkаyu  yagоnа]  -  оtаdаn,  оnаdаn  yoki  hаr  ikkоvidаn 
аjrаlgаn. Ota-onasidan juda erta yetim qoldi 
Hunаrmаnd  -  uyidа  yoki  o‘z  do‘kоnidа  mаhsulоt  ishlаb  chiqаrish  bilаn 
shug‘ullаnuvchi kаsb-hunаr egаsi, kоsib. Hunarmand oilasi. 
 
GRAMMATIKA. Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari. 
 
 
 

183 
 
3-topshiriq. Xalq amaliy san’ati haqida taqdimot tayyorlang. 
 
4-topshiriq. “Nima uchun?” sxemasini chizib, javoblaringizni yozing. 
 
 
 
 
 
 
 
Yunus Rajabiy 
O‘zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq 
olimlari  qoldirgan  asarlar  hali  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotgani  yo‘q.  Bular  fan  va 
madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir etmoqda. 
Boshqa  ilmlar  qatorida  musiqa  ilmi  ham  fanning  yirik  tarmog‘i  -  xalq 
merosidir. 
Xalq yaratgan kuy va qo‘shiqlar avloddan-avlodga o‘tib hozirgi kungacha yetib 
keldi. 
O‘zbek  musiqasining  bilimdonlaridan  biri  bastakor  va olimYunus  Rajabiy  bu 
sohada faol ish olib bordi. U o‘zbek musiqasini o‘rgandi, to‘pladi. 
1960-yilda  Yunus  Rajabiyning  ”O‘zbek  xalq  musiqasi”  nomli  besh  tomlik 
kitobi  nashr  etildi.  Bu  besh  tomlik  kitob  o‘zbek  musiqa  madaniyatida  katta  voqea 
bo‘ldi. 
Xalq madaniy merosini hurmat bilan saqlab kelgan, o‘zbek musiqasini yanada 
rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy olim edi. 
 
6-topshiriq. Quyidаgi tаyanch so‘zlаrni yod оling: 
Tаrmоq - аsоsiy yo‘l, оqimdаn bo‘linib, аjrаlib chiqqаn qism. Аsоsiy tаshkilоt 
yoki birlаshmа shaхоbchаsi. Fanning yirik tarmog‘i. 
Kuy - mа’lum  musiqа аsаri. Ashulа, qo‘shiq hоsil qiluvchi musiqiy tоvushlаr 
birligi, оhаng. Quvnоq kuy.  
Bаstаkоr  [ish,  mаshg‘ulоt]  -  аn’аnаviy  mumtоz  musiqа  аsаrlаri  ijоdchisi; 
kоmpоzitоr. O‘zbek bastakorlari. 
Ozbek san’ati 
tarixini nima uchun 
organishimiz 
kerak?
 
Nima uchun? 
Nima uchun? 
 
Nima uchun? 
 
Nima uchun? 
 

184 
 
Dunyo [jаhоn, оlаm] - butun bоrliq, kоinоt. Dunyoga mashxur. 
Jаhоn - yеr yuzi vа undаgi butun bоrliq, dunyo, оlаm. 
Yodgоrlik  -  esdаlik,  eslаb  yurilаdigаn  nаrsа;  sоvg‘а.  Yodgоr  bo‘lаdigаn, 
esdаlik sifаtidа sаqlаnаdigаn nаrsа. Ulkan yodgоrlik. 
Qo‘shiq - kеng mа’nоdа shе’riy-musiqiy jаnr, аshulа. Хаlq qo‘shiqlаri.  
9-topshiriq. B/B/B jadvalini toldiring. 
Matnni belgilash tizimi 
(v) - Bilaman (-) - Bilishni xohlayman (+) - Bilib oldim 
Tushunchalar 



Musiqa san’ati 
 
 
 
 
Xalq amaliy hunarmandchiligi 
 
 
 
 
Kino san’ati 
 
 
 
 
Teatr san’ati 
 
 
 
 
 
Mustahkamlash uchun savollar 
1. San’atning qanday turlarini bilasiz? 
2. Musiqa san’ati tarixi haqida qanday ma’lumotga egasiz? 
3. Hunarmandchilikning qanday turlarini sanay olasiz? 
4. O‘zbekistonda naqqoshlik san’ati qaysi hududlarda ayniqsa rivojlangan? 
5. Milliy zargarlik buyumlariga bugungi kunda talab qay darajada? 
6. Bizga zamondosh rassomlardan kimlarni bilasiz? 
7. Kamoliddin Behzodning nomi nima uchun asrlar osha yashab kelayapdi? 
8. O‘zbek xalqi dunyo sivilizatsiyasiga qanday hissa qo‘shgan? 
9. Madaniy yodgorliklar rivojlanishga qanday yordam bermoqda? 
10. Yunus Rajabiy kim edi? 
11. 1960-yilda Yunus Rajabiyning qanday kitobi nashr etildi? 
12. Nima uchun Yunus Rajabiyni haqiqiy olim deymiz? 
 
Yozma nutq: 
“San’at  mening  hayotimda”  mavzusida  esse  yozish.  San’atkorlarni  ta’riflab, 
reklama  matnini  tayyorlash.  O’zbek  kinosining  mavzulari  va  muammolari  haqida 
publitsistik maqola yozish. Madaniy hordiq odobi qoidalarini yozish. 

185 
 
Mustaqil ta’lim 
“San’at mening hayotimda” mavzusida taqdimot tayyorlash. 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

186 
 
 35-MAVZU. MEN SEVGAN ASAR
 
Abdulla Oripov  
Abdulla  Oripov  hozirgi  o‘zbek  she’riyatining  yirik  vakili,  mohir  tarjimoni  va 
jamoat arbobidir.  
U 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. 
1958-yili  o‘rta  maktabni  bitirib,  shu  yili  Toshkent  davlat  universitetining  o‘zbek 
filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi.  
A.Oripov  o‘quvchilik  yillaridayoq  she’rlar  yozishni  mashq  qila  boshlagan. 
Uning ilk she’rlari dastlab tuman gazetalarida e’lon qilinadi.  
Talabalik  yillarida  esa  she’rlari  respublika  matbuotida  bosilib  chiqib,  adabiy 
jamoatchilik e’tiborini tortdi.  
Shoirning  ilk  to‘plami  1965-yili  “Mitti  yulduz”  nomi  bilan  nashr  qilingan. 
Shundan  so‘ng  1966-yilda  “Ko‘zlarim  yo‘lingda”,  1969-yili  “Onajon”,  “Ruhim”, 
70-yillarda  “Buloq”,  “O‘zbekiston”,  “Yurtim  shamoli”,  “Hayrat”,  “Yuzma-yuz”, 
80-yillarda esa “Najot qal’asi”, “Yillar armoni” kabi qator to‘plamlari chop etildi.  
1968-yil  Abdulla  Oripov  Oybek,  Uyg‘un,  Mirtemir  tavsiyalari  bilan 
O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi  a’zoligiga  qabul  qilinadi.  U  avval  “Yosh 
gvardiya”  nashriyotida,  keyinroq,  G‘afur  G‘ulom  nomidagi  adabiyot  va  san’at 
nashriyotida bo‘lim muharriri, “Sharq yulduzi” jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri, 
O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasining  adabiy  maslahatchisi,  Yozuvchilar 
uyushmasi  Toshkent  bo‘limi  mas’ul  kotibi,  “Gulxan”  jurnali  bosh  muharriri, 
O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimlarida ishladi.  
Abdulla  Oripov  O‘rta  asr  italyan  shoiri  Dantening  “Ilohiy  komediya”sidan 
“Do‘zax”  dramasini,  venger  dramaturgi  Xeltonning  “Soqov  ritsar”  nomli  she’riy 
dramasini, Pushkin, Nekrasov she’riyatini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
 A.Oripov  1983-yili  Hamza  nomidagi  Respublika  Davlat  mukofotiga  sazovor 
bo‘ldi. U adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun 1989-yili “O‘zbekiston Xalq shoiri”, 
1999-yilda  esa  “O‘zbekiston  Qahramoni”  yuksak  unvonlari  bilan  taqdirlandi. 
Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabrda vafot etdi. 
 
Og’zaki nutq: 
Sevimli asar haqida so’zlab berish. 
Zamonaviy o’zbek adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni gapirib berish.  
Mashhur o’zbek shoirlari ijodidan namunalar yod olish. 

187 
 
Unvоn  [nоm,  bеlgi,  rаmz]  -  birоr  ish-fаоliyat  sоhаsidаgi  аlоhidа  хizmаtni 
yoki mutахаssislik dаrаjаsini rаsmаn e’tirоf etаdigаn, vаkоlаtli оrgаnlаr tоmоnidаn 
bеlgilаnаdigаn vа bеrilаdigаn nоm. Хаlq shoiri unvоni.  
Kоtib  [yozuvchi,  ko‘chiruvchi]  -  ro‘yхаt  tuzish,  qo‘lyozmаlаrni  ko‘chirish 
bilаn  shug‘ullаngаn  shахs,  mirzа.  2.  Idоrа  vа  muаssаsаlаrdа,  lаvоzimlik  ishlаr, 
yozuvchilаr  huzuridа  yozuv-chizuv  ishlаri  vа  yozishmаlаrni  оlib  bоruvchi  хоdim. 
Yozuvchilar uyushmasi Toshkent bo‘limi mas’ul kotibi. 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling