Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


Интеграция Узбекистана в мировую экономику


Download 4.06 Mb.
Pdf просмотр
bet19/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30

 
Интеграция Узбекистана в мировую экономику 

198 
 
В XXI веке интеграция становится доминирующей тенденцией мирового 
развития.  Фактически  весь  мир  сегодня  –  это  совокупность  региональных 
блоков.  Особенностью  современного  этапа  развития  мировой  экономики 
является  то,  что  регионализация  экономических  процессов  происходит  на 
фоне глобальной интернационализации производства. 
Мировое хозяйство движется к единству путем сближения и объединения 
экономики регионов и отдельных стран в целостный мировой хозяйственный 
комплекс. 
Среди  факторов  и  условий,  способствующих  усилению  интеграционных 
связей Узбекистана в мировую экономическую систему можно выделить: 
-  выгодное  географическое  положение  республики  на  Евразийском 
континенте; 
-  стабильная  политическая  обстановка  в  стране.  Это  является 
существенным  гарантом  притока  иностранного  капитала,  взаимовыгодного 
экономического сотрудничества; 
- значительные запасы земельных, минерально-сырьевых и растительных 
ресурсов.  Также  имеются  уникальные  почвенно-климатические  условия, 
благоприятные для развития сельского хозяйства
- значительный экспортный потенциал; 
-  крупный  производственный  потенциал,  позволяющий  производить 
конкурентоспособную продукцию высокой степени готовности; 
-  наличие  развитой  производственной  инфраструктуры.  Имеются 
автомобильные и железнодорожные магистрали, системы телекоммуникаций, 
связывающие республику с другими государствами.  
О  масштабах  интеграции  Узбекистана  в  мировую  экономику  можно 
судить  на  основе  изучения  географии  глобальных  и  региональных  притоков 
прямых иностранных инвестиций. 
 
5-topshiriq.  Matnni  o‘qing.  Matndan  foydalanib  “Mulk  shakllari”  mavzusida 
diologga kirishing.  
Хususiy mulk 
Xususiy mulk – bu аyrim kishilаrgа tеgishli, fuqаrо dаrоmаd оlish mаqsаdidа 
fоydаlаnаdigаn  mulk  turi.  Mulkdаn  fоydаlаnib,  dаrоmаd  оlish  mаqsаdidа  ishlаb 
chiqаrish,  fuqаrоning  o‘z  mеhnаti  bilаn  yоki  bоshqа  birоvlаrni  yоllаsh  yo‘li  bilаn 
аmаlgа  оshirilishi  mumkin.  O‘zbеkistоn  Rеspublikаsining  “Mulkchilik 
to‘g‘risidа”gi  qоnunining  7-mоddаsigа  binоаn,  хususiy  mulkchilik  mulkni 
o‘zlаshtirish, o‘z mоl-mulkigа хususiy tаrzdа еgаlik qilish, undаn fоydаlаnish vа uni 
tаsаrruf еtish huquqidаn ibоrаtdir. 

199 
 
Хususiy mulk bоshqа mulk shаkllаri kаbi dахlsiz vа dаvlаt tоmоnidаn himоya 
qilinаdi.  Bаrchа  shахslаr,  ulаrning  kim  vа  qаndаy  lаvоzimdа  bo‘lishlаridаn  qаtiy 
nаzаr,  mulkdоrning  huquqini  hurmаt  qilishlаri,  ungа  аsоssiz  hеch  qаndаy  putur 
yеtkаzmаsliklаri lоzim. Mulkdоr o‘z mulkidаn fаqаt qоnundа ko‘rsаtilgаn hоllаrdа 
vа qоnundа bеlgilаngаn tаrtibdаginа mаhrum еtilishi mumkin. 
Хususiy  mulkchilikni  kеng  yоyish,  fuqаrоlаrdа  mulkchilik  tuyg‘usini 
shаkllаntirish  vа  mustаhkаmlаsh  -  O‘zbеkistоnning  hоzirgi  dаvrdаgi  dоlzаrb 
vаzifаlаridаn  biri.  Хususiy  mulk  ishlаb  chiqаrishni  rivоjlаntiruvchi  ichki  kuch  vа 
chеksiz  mаnbаdir.  Shu  bоisdаn  хususiy  mulkning  turli  shаkllаrdа  rivоj  tоpishigа 
kеng  yo‘l  оchib  qo‘ygаn  mаmlаkаtlаr  qаtоridаn  zаmоnаmizning  rivоjlаngаn 
dаvlаtlаri  yеtishib  chiqishi  tаbiiydir  vа  mаntiqаn  аsоslidir.  Хususiy  mulkchilikni 
inkоr еtish - sho‘rо tuzumi bаrbоd bo‘lishining аsоsiy sаbаblаridаn biridir.  
 
6-topshiriq.  “Narx”  so‘ziga  sinkveyn  tuzing  va  umumlashtiruvchi  xulosa 
chiqaring. 
                       
                          “Sinkveyn” (5 qator) texnikasi 
                        Maqsad – kategoriyaga tavfsif berish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-topshiriq. “Iqtisodiyotimiz ravnaqi” mavzusida 200 ta so‘zdan iborat matn 
tuzing. 
 
5-topshiriq.  ”Zanjir  o‘yini”.  Ikki  guruhga  bo‘lining.  Iqtisodiyotga  oid 
atamalardan  foydalanib,  tez  aytish  bo‘yicha  so‘z  zanjiri  tuzing.  Bunda  so‘zning 
oxiridagi tovushga qarab 2-guruh shu tovushdan boshlanuvchi so‘z aytadi. 
 
                        I guruh                                  II guruh 
               divident                                     tovar 
               rentabillik                                 kredit 
               terminal                                    likvidlik 
1-qator    –  1 so‘zdan iborat tushuncha - ot 
2-qator    –  2 so‘zdan iborat sifat 
3-qator    –  3 so‘zdan iborat fe’l 
4-qator    –  4 so‘zdan iborat munosabat 
5-qator    –  1 so‘zdan iborat sinonim 
 

200 
 
               kapital                                      limit 
               to‘lov balansi                           inflyatsiya 
 
7-topshiriq.  Quyidagi  atamalar  asosida  ilmiy  uslubga  xos  matn  tuzing.  Ilmiy 
uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.  
Aksiya,  limit,  inflatsiya,  audit,  sug‘urta, soliq,  sof  foyda,  buxgalteriya,  kredit, 
balans,  avans,  valuta,  auditor,  bank,  sarmoya,  bankrot,  bank  hisobvarag‘i,  budjet, 
valuta bozori, moliya. 
 
Pul nima? 
Pul  –  bu  maxsus  tovar,  u  hamma  boshqa  tovarlar  uchun  umumiy  ekvivalent 
vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham, qiymat ham iste’mol qiymatiga 
ega. Shu ma’noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qilmaydi.  
Pul shunday kuch kasb etadiki, umumiy ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan hamma 
tovarlarni  xarid  qilish  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi.  Pul  tovar  ishlab  chiqarish  va 
ayirboshlash  jarayonida  iste’molchilar  o‘rtasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  ifoda 
etadi.  Shu  sababli  tovar  –  pul  munosabatlari  paydo  bo‘ladi.  Mohiyatan  pul  uchun 
ijtimoiy  mehnat  qaysi  sohada  sarflanganligi  va  qiymat  qayerda  yaratilganligi 
farqsizdir.  Kimning  puli  bo‘lsa  u  ijtimoiy  mehnatning  tegishli  qismini  o‘zi  istagan 
natural  (tovar)  shaklida  olish  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Pulning  hamma  narsadan 
qudratli ekanligi ham shundan kelib chiqadi. 
Umuman pul o‘z taraqqiyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo‘lgan: 
Tovar shaklida “qo‘yma” meloddan avvalgi VII asrgacha 
Tanga pullar – “tanga” meloddan avvalgi VII-XIX asrlar 
Qog‘oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar 
Elektron pullar – “kartochka” XX - asr o‘rtalaridan. 
 
Matn yuzasidan topshiriqlar. 
8-topshiriq: 
a) matnni o‘qing; 
b) matn yuzasidan savollar tuzing va yozma javob bering; 
c) pul so‘zining sinonimlarini toping; 
 d) pul haqida yana qo‘shimcha ma’lumot to‘plang va so‘zlab bering. 
 
 
 
 
 
 

201 
 
9-topshiriq.  Jadvalni  to’ldiring.  Pulning  xususiyatlarini  klaster  yordamida 
yoritib bering. 
 
 
 
 
 
 
10-topshiriq. Matnni o‘qing. Iqtisodiy atamalarni daftaringizga yozing va 
ularni izohlang. 
Bozor iqtisodiyoti  
G‘arbda  bozor  iqtisodiyoti  deganda,  iqtisodiy  yechimlar  asosan 
markazlashmagan  tarzda  qabul  qilinadigan  iqtisodiyot  tushuniladi.  Bozor 
iqtisodiyotining  faoliyat  ko‘rsatishi  asosan  bozor  mexanizmlari  orqali  amalga 
oshiriladi.  G‘arb  adabiyotida  bozorning  ko‘pgina  ta’riflari  mavjud.  Lekin  ularning 
hammasi shundan iboratki, bozor mustaqil ravishda qarorlar qabul qiluvchi alohida 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar,  aloqalar  shakli 
hisoblanadi. Har doim ham bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor bo‘lmay, balki 
raqobatli bozor o‘z faoliytini ko‘rsatadi. Uning faoliyat ko‘rsatishi uchun dastavval 
mulkchilikning  xilma-xil  shakllarini  (xususiy,  kooperativ,  aksiyadorlik,  davlat  va 
boshqalarni)  ro‘yobga  chiqarishini  va  bozor  infrastrukturasini  vujudga  keltirishini 
talab etadi.  
 
11-topshiriq.  Lug‘atdan  foydalanib  mutaxassisligingizga  oid  kichik  atamalar 
lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring. 
 
12-topshiriq. O‘qing. Atamalarni aniqlab qaysi sohaga oidligini ayting.  
Valuta,  depozit,  budjet,  lizing,  marketing,  menejment,  kredit,  kelishik,  kesim, 
huquq,  prezident,  istiqlol,  affiks,  duet,  final,  ring,  sinonim,  dealekt,  tilshunoslik, 
adabiyot, bank, sug‘urta. 
P U L

202 
 
E’tibor bering! 
Toвар. Bu so‘z jonli va jonsiz mol ma’nosida o‘zbek va boshqa turkiy tillarda 
qadimdan ishlatilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” (XI) asarida 
keltirilishicha, tovar o‘g‘uz lahjasida ishlatilgan va tovar shaklida bo‘lgan. 
Turk va ozarbayjon tillarida dovar shaklida yuritiladigan bu “tovar” so‘zi rus 
tiliga ХII-ХIII asrlarda o‘zlashgan.  
Товарищ. Rus tilidagi bu so‘z asli turkiy “tovar” (mol-merek va ish, turkiycha 
“o‘rtoq”,  “yaqin”,  “hamkor”)  so‘zidan  tashkil  topgan  va  dastlab  “savdo  qiluvchi 
o‘rtoq, savdodagi hamkor” ma’nolarini bildirgan. U XIV asrdan ishlatila boshlandi, 
keyinchalik ma’nosi kengaydi. “Товарищ” so‘zi hamkor, hamdam ma’nolarida ham 
ishlatila boshlandi. 
 
13-topshiriq.  Маmlakat  iqtisodiyotida    yuz  bergan  yangiliklar  haqida  xabar 
tayyorlash.  
 
       14-topshiriq. Iqtisodiyotga oid qiziqarli ma’lumotlar to’plang.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

203 
 
37-MAVZU. ISH YURITISH TILI VA USLUBI
 
Hujjat ish yuritishning asosi. Hujjatchilik tarixi. Normativ (me’yoriy) hujjat 
tushunchasi. Hujjat aylanishi. Elektron hujjatlar.
 
 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2012-yilda 
respublikani 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  yakunlari  va  2013-yilgi  iqtisodiy  dasturning  asosiy  ustuvor 
vazifalariga  bag'ishlangan  yig'ilishida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom 
Karimov  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  sohasida  kerakli 
chora-tadbirlarni va loyihalarni  amalga oshirish lozimligini ta'kidlab o'tdi. Yig'ilish 
yakuni  bo'yicha  mamlakatda  “Elektron  hukumat”  tizimini  shakllantirish 
Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish bo'yicha tegishli 
qaror qabul qilindi. 
Elektron hujjat aylanish tizimi «Elektron hukumat» ning asosiy elementlaridan 
biri  hisoblanadi.  Chunki  ushbu  tizimning  muvaffaqiyatli  yo'lga  qo'yilishi  nafaqat 
davlat  hukumati  va  boshqaruvi  organlari,  xususiy  sektor  va  aholi  o'rtasidagi 
samarali  hamkorlikni  ta'minlaydi,  balki 
mamlakatda 
axborot 
jamiyatini 
shakllantirishga yordam beradi. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-maydagi №126-
sonli  «Vazirlar  Mahkamasining  Ijro  etuvchi  apparatida,  davlat  va  xo'jalik 
boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarida  yagona  himoyalangan  elektron 
pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish 
chora-tadbirlari  to'g'risida»  gi  qarorini  qabul  qilinishi  elektron  hujjat  aylanish 
tizimini O'zbekistonda tadbiq etishning muhim bosqichi bo'ldi. Mazkur qarorni ijro 
etish  doirasida  «UNICON.UZ»  markazi  tomonidan  vazirlik  va  idoralarni  yagona 
himoyalangan «e-Hujjat» tizimiga uzviy bog'lash bo'yicha ishlar olib borilib, hozirgi 
kunda 150 dan ziyod tashkilotlar ushbu tizimga bog'landi. 
Yuqorida  zikr  etilgan  Vazirlar  Mahkamasining  qaroridan  kelib  chiqqan 
vazifalarni sifatli ijrosini ta'minlash maqsadida «UNICON.UZ» markazi O'zbekiston 
Respublikasi  Hukumati  va  BMT  Taraqqiyot  Dasturining  «Mahalliy  boshqaruv 
tizimini  qo'llab-quvvatlash:  fuqarolik  ishtiroki  va  hamkorlik»  qo'shma  loyihasi 
ko'magida «e-Hujjat» tizimini takomillantirdi. 
Qo'shma  loyiha  tomonidan  Jizzax  va  Namangan  viloyatlarida  «e-Hujjat» 
tizimini  tadbiq  etish,  eski  tizimda  mavjud  kamchiliklarni  tahlil  qilish,  tizimni 
qo'llash uchun AKT texnik jihozlarini sotib olish va o'rnatish hamda «e-Hujjat» ning 
yangi  versiyasini  yaratish  bo'yicha  tegishli  tavsiyalar  ishlab  chiqishda  amaliy 
yordam ko'rsatildi. 
«e-Hujjat»  tizimining  yangi  versiyasi  zamonaviy  platforma  bazasi  asosida 
sanoat standartlari va texnologiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, 

204 
 
bu  tizim  qonuniy  elektron  hujjatlarni  ayirboshlash,  mavjud  ish  yuritish  tizimi  va 
tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish, 
yagona  qayd  qilish  tizimini  yaratish  hamda  hujjatlarni  tizimlashtirish  va  ularning 
ijrosini nazorat qilishga qaratilgan. 
«e-Hujjat»  tizimi  platformasi  boshqa  elektron  hujjat  aylanish  tizimlariga 
moslikni  hamda  vazirliklar,  davlat  idoralari  va  tashkilotlarida  mavjud  yoki  yangi 
ishga tushirilgan dasturlar bilan uyg'unlikni ta'minlaydi. 
Mustaqil  davlatimizning  asosiy  qonuni  konstitutsiyamizda  “Davlat  tili 
haqida”gi Qonun va boshqa rasmiy  hujjatlarda o‘zbek tilining huquqiy maqomi va 
istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan. 
O‘zbek  tili  Davlat  tili  maqomini  olgach,  hujjatlarning  barchasi  o‘zbek  tilida 
yuritilmoqda.  Endi  O‘zbekistonda  yashovchi  va  faoliyat  ko‘rsatuvchi  fuqorolar 
qanday kasb egasi bo‘lishlaridan qat’i nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida, 
albatta,  o‘zbek  tilidagi  hujjatlarga  duch  keladilar.  «O‘zbekiston  Respublikasining 
davlat tili haqida»gi Qonunning 19-moddasida: «Muassasalar, tashkilotlar va jamoat 
birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi», 
deb  belgilab  qo‘yilganligini  inobatga  olsak,  bu  borada  ko‘pgina  amaliy  ishlarni 
bajarishga to‘g‘ri keldi.  
Bugungi  kunda  iqtisodiy  islohotlarni  jadal  amalga  oshirishda  yozma 
manbalarning, hujjatlarning roli beqiyosdir. 
Bobilning  miloddan  avvalgi  1792-1750-yillardagi  shohi  Xammurapining 
adolatpesha  qonunlar  majmui,  undan  ham  qadimroq  shoh  Ur-Nammu  (miloddan 
avvalgi  2112-2094-yillar)ning  qonunlari  va  boshqa  manbalarning  mavjudligi 
«hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga 
ega  ekanligini  ko‘rsatadi.  Albatta,  kishilik  jamiyatining  taraqqiyoti,  ijtimoiy-
iqtisodiy  tuzumlarning  almashina  borishi,  aniqrog‘i,  kishilar  o‘rtasidagi  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  siyosiy  munosabatlarning  shakllanishi  barobarida  hujjatlar  ham 
takomillashib  borgan.  Bugungi  kunda  fanga  tariximizning  turli  davrlarida  o‘rxun-
enasoy,  so‘g‘d,  eski  uyg‘ur,  arab  va  boshqa  yozuvlarda  bitilgan  juda  ko‘plab 
hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum. 
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, 
vasiqa,  tilxat  yoki  mazmunan  shunga  yaqin  hujjatlar  nisbatan  keng  tarqalgan. 
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash 
va  h.k.  Bu  o‘rinda  To‘xtamishxonning  1393-yilda  polyak  qiroli  Yag‘aylaga 
yo‘llagan  yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning 
otasi  Umarshayx  Mirzoning  marg‘ilonlik  Mir  Sayid    Ahmad  ismli  shaxsga  1469-
yilda  bergan  yorlig‘i,  Toshkent  hokimi  Yunusxo‘janing  1779-yil  2-iyunda 

205 
 
Peterburgga  -  Rossiya  podshosiga  o‘z  elchilari  orqali  yuborgan  yorlig‘i  va 
boshqalarni eslab o‘tish mumkin. 
O‘rta  Osiyo  hududidan  topilgan  qadimgi  madaniy  obidalar,  turli  moddiy 
jismlarga  bitilgan  ma’lumotnomalar  ajdodlarimizning  qadimdan  o‘ziga  xos 
hujjatchilik  an’analariga  rioya  qilganliklaridan  dalolat  beradi.  O‘rta  asrlarda  ish 
yuritish  huquqiy  maqomga  ega  bo‘ldi,  davlat  mahkamasida  munshaot  tizimi 
shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. 
O‘zbek  tilining  rasmiy  idoraviy  til  sifatida  qo‘llanishi  qoraxoniylar 
hukmronligi  davrida  boshlandi.  XX  asrdan  so‘ng  o‘zbek  xonlari  va  amirlari 
saroylarida  yozilgan  turli  xil  hujjatlar  o‘ziga  xos  mazmuni,  muayyan  tartibi  va 
nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida 
ish  yuritish  huquqi  qonunlashtrilgan  bo‘lsa-da,  amalda  o‘zbek  tilining  ijtimoiy 
mavqei  past  edi.  Ma’lumki,  tariximizda  saroy  va  umuman  yirik  mahkamalarda 
yozuv ishlarini olib boruvchilar “munshiy” (arabcha) deyilgan. 
 Hujjat  –  rasmiy  uslubda  yozilgan,  imzolangan,  kelishuv  va  rozilik  belgilari 
olingan,  davlat  standart  talablariga  javob  beradigan  qog‘ozlardir.  Hujjat  matni 
aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi kerak. 
Hujjatlar  matniga  qo`yiladigan  eng  muhim  talablardan  yana  biri  –  xolislik.  Bu 
talablarga  javob  bermaydigan  hujjat  chinakam  hujjat  bo`la  olmaydi,  bunday  hujjat 
ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. 
Hujjatchilik    tilining  o‘ziga  xos  uslubi,  mazmuniy  to‘liqlikdan  iborat  zaruriy 
sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min 
etiladi.  Hujjatlar  o‘ziga  xos  uslubga  ega.  Hujjatda  ot  va  fe’lga  tegishli  so‘zlar 
ko‘proq  qo‘llaniladi.  Sintaktik  xususiyatidan  kelib  chiqib  asosan,  darak  va  buyruq 
gaplar  ishlatiladi.Hujjatlar  tilida  turg‘unlashgan,  qoliplashgan  so‘z  birikmalaridan 
ko‘proq  foydalaniladi.  Masalan,  buyruqda  quyidagicha  qoliplashgan  tuzilmalar 
qo‘llanishi mumkin: 
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 
2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 
3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 
4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; 
5)  “.  .  .  ga  o‘z  bo‘limida  intizomni  bo‘shashtirib  yuborganligi  uchun  hayfsan 
e’lon qilinsin” va h.k. 

206 
 
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish 
mumkin:. 
1)  “Sizga  .  .  .ni  ma’lum  qilamiz”;“Sizga  .  .  .ni  bildiramiz”;        “Sizga  .  .  .ni 
eslatamiz”; 
2) “. . . yordam tariqasida . . .”,     “. . . munosabat bilan . . . ”,  
    “. 


qaroriga muvofiq ravishda . . .” 
3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”;    “. . . ga zavod kafolat beradi” va 
h.k. 
O`zbek  tilidagi  hujjatchilik  takomillasha  borgani  sari,  bunday  qoliplashgan 
birikmalar  ham  ko`payib,  mukammalashib  boradi.  Buning  natijasida  hujjatlarni 
tuzish    va  rasmiylashtirish  ishi  ham  bir  qadar  yengillashadi.Ana  shu  qoliplashgan 
birikmalarning  ishtirokiga  ko`ra,  hujjatchilar  “hujjatlar  yozilmaydi,  balki  tuziladi” 
deydilar. 
 
Yozma nutq:  
“Hujjatlar  tarixi”  mavzusida  matn  tuzish.  Ish  yuritish  terminlarining  lug’atini 
tuzish. 
Mustaqil ta’lim 
 1.Ish yuritish hujjatlarining qanday ahamiyati bor? 
2. Hujjatlar tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
3.  O`zbеkiston Rеspublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni 8-14-moddalarini 
o`qib o`rganing. 
 
 
 
 
 
 
 
 

207 
 
38-MAVZU. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI
 
Hujjatlarning tasniflanishi. Hujjat rekvizitlari. Hujjat tayyorlashning asosiy 
qoidalari.
  
 
Hujjatshunoslikda  hujjatlar  bir  necha  jihatlarga  ko‘ra  tasnif  qilinadi. 
Tasnifnomada  mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni 
bir  qadar  yagonalashgan  holda  guruhlantirish 
mumkin.    Hujjatshunoslikdagi    ana  shu 
an’anaga  ko‘ra  ish  yuritishdagi  hujjatlar 
quyidagicha  tasniflanadi:
 
1.Tuzilish  o‘rniga 
ko‘ra  ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi: 
        Ichki  hujjat  –  muassasa  yoki  korxonani 
o‘zida  tuziladigan  va  shu  korxona  ichida 
foydalaniladigan 
hujjatlardir. 
Bularga  
xodimning shaxsiy varaqasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi. 
Tashqi  hujjat  –  korxonaga,  boshqa  tashkilot  va  ayrim  shaxslardan  keladigan 
hujjatlardir.  Bularga  taklifnoma,  ishonchnoma,  yo‘riqnoma,  kafolat  xati, 
tavsiyanoma va boshqalar kiradi. 
2.Mazmuniga ko‘ra  sodda va murakkabhujjatlar farqlanadi:  
Sodda  hujjat  –  bir  masalani  o‘z  ichiga  oladigan  hujjatdir.  Bularga  ariza,  e’lon, 
tilxat, kafolat xati va boshqalar kiradi. 
Murakkab  hujjat  –  bir  necha  masalani  o‘z  ichiga  olgan  hujjatdir.  Bularga 
shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan  hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi. 
3.Mazmun  bayonining  shakli  jihatidan  xususiy,  namunaviy,  qoliplihujjatlar 
farqlanadi. 
Xususiy  hujjatlar  –  tashkilotlarda  matnning  o‘ziga  xosligi,  betakrorligi, 
mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, 
kafolat, axborot xatlariva boshqalarkiradi.
  
 
Namunaviy  hujjatlar  –  boshqaruvning 
muayyan  bir  vaziyatlari  bilan  bog‘liq,  bir-
biriga  o‘  xshash  va  ko‘p  takrorlanadigan 
masalalar  yuzasidan  tuzilgan    matnlarni  o‘z 
ichiga 
oladigan 
hujjatlardir. 
Bularga 
tavsiyanoma,  ariza,  e’lon,  taklifnoma  va 
boshqalar kiradi. 
Qolipli  hujjatlar  –  odatda,  oldindan 
tayyorlangan 
bosma 
ish 
qog‘ozlariga 

208 
 
yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki 
«to‘ldirmoq»  so‘zi  ishlatiladi.  Bularga  ish  haqi  yoki  yashash  joyi  haqidagi 
ma’lumotnomalar,  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi,  ayrim  dalolatnomalar,  xizmat 
safari guvohnomalari va boshqalar kiradi. 
4.Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling