Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


Download 4.06 Mb.
Pdf просмотр
bet2/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
часть национального дохода страны, обеспечивающая развитие производства. 
Национальное богатство страны – совокупность созданных трудом общества и 
накопленных на ее территории материальных ценностей. В национальном богатстве 
воплощаются накопленные всеми предшествующими поколениями материальные 
блага  и  результаты  текущего  производства.  Чем  выше  уровень  экономического 
развития  страны,  тем  активнее  и  многообразнее  формы  ее  внешнеэкономических 
связей.  Следовательно,  участие  страны  в  международных  экономических 
отношениях отчасти также может характеризовать уровень ее  экономического 
развития. 
 
4-topshiriq. “Milliy urf-odatlar” mavzusida insho yozing. 
 
5-topshiriq.  Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling va sarlavha toping. 
 
Национальный  узбекский  танец  необычайно  выразителен.  Он 
олицетворяет  собой  всю  красоту  узбекской  нации.  Главные  отличия 
узбекского танца от других танцев народов Востока  – это, во-первых, акцент 
на  сложные  и  выразительные  движение  рук,  а  во-вторых  –  богатая  мимика. 
Различают  два  вида  узбекского  танца  -  традиционный  классический  танец  и 
народный (фольклорный) танец. 
Классический  традиционный  узбекский  танец  –  это  искусство,  которое 
культивируется  в  особых  танцевальных  школах,  а  затем  демонстрируется  на 
большой  сцене.  Можно  выделить  три  школы  узбекского  танца:  ферганскую, 
бухарскую  и  хорезмскую.  Танцы  ферганской  группы  отличают  мягкость, 
плавность  и  выразительность  движений,  лёгкий  скользящий  шаг, 
оригинальные движения на месте и по кругу. Бухарский танец также отличает 
резкость  движений,  откинутые  плечи  и  очень  красивый  золотошвейный 
костюм. Оригинальные и самобытные движения отличают хорезмский стиль. 
В  народном  узбекском  танце  представлены  практически  все  регионы, 
здесь  царит  необыкновенное  разнообразие.  Эти  танцы  оживают  на  всех 
семейных,  деревенских,  городских  праздниках.  Эти  танцы  передаются  от 
поколения  к  поколению,  в  них  сохраняются  старинные  танцевальные 
традиции. 
 
 

27 
 
Mustahkamlash uchun savollar 
1. Milliy qadriyat deganda nimani tushunasiz? 
2. O‘zbek milliy urf-odatlari deganda nimani tushunasiz? 
3. Qanday o‘zbek milliy urf-odatlarini bilasiz? 
4. Oilangizda, mahallangizda Navro‘zni qanday nishonlaysiz? 
5. Navro‘z necha ming yillik tarixga ega? 
6. Milliy qadriyatlarimizga qachondan e’tibor berila boshlandi?  
7. Sumalak qanday tayyorlanishini bilasizmi? 
8. Mehmondo‘stlik nima? 
9. Mehmondo‘stlik qanday axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi? 
10. Yusuf Xos Xojib o‘zining qaysi asarida mehmondo‘stlik fazilatiga alohida 
to‘xtalgan? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

28 
 
4-MAVZU. TARIX VA ZAMONAMIZ 
 
  
O‘zlikni  anglash  -  tarixdan  boshlanadi.  Inson  uchun  tarixidan  judo  bo‘lish  -
hayotdan judo bo‘lish demakdir. 
Islom Karimov  
Tаriхiy хоtirа 
Tаriхiy хоtirа - g‘urur vа iftiхоr hissining zаminlаridаn biri. 
Millаt  vа  еlаtlаr  аstа-sеkin,  tаriхаn  tаshkil  tоpаdilаr.  Bu  jаrаyоn,  vаziyatgа 
qаrаb,  bir  nеchа  o‘n  yildаn  bоshlаb  bir  nеchа  аsrgаchа  cho‘zilishi  mumkin.  Аnа 
shundаy  uzоq  dаvr  ulаrgа  o‘zlаrini  аnglаsh,  tilini,  mаdаniyatini,  mа’nаviyat, 
mа’rifаt,  аn’аnаlаr,  urf-оdаtlаr  vа  rаsm-rusumlаrni  butun  bir  o‘zаrо  bоg‘lаngаn 
tizim hоligа kеltirish uchun kеrаk. Dеmаk, xalqning shаkllаnishi, аyni vаqtdа xalq 
tоmоnidаn o‘z o‘tmishini, tаriхini, аjdоdlаrining mеhnаti, qаhrаmоnligi, mа’nаviyat 
vа  mаdаniyatining  bаrchа  yo‘nаlishlаri,  tаrmоqlаri,  хilmа-хilligini  hаmdа  o‘zigа 
хоsligini  o‘rgаnish,  ulаrgа  ishlоv  bеrib,  shu  jаrаyоndа  tаkоmillаnishdir.  Tаriхiy 
хоtirа хаlqning o‘z o‘tmishini bilishi, bu o‘tmishni tаhlil qilish, undаgi bo‘lib o‘tgаn 
vоqеаlаr  vа  hоdisаlаrning  аsl  mоhiyati  vа  tаriхdаgi  o‘rnini  аsоslаb  bеrishni  tаlаb 
qilаdi.  
Xalqning tаriхiy хоtirаsi qаnchаlik bоy, mаzmunli vа uzviy bоg‘lаngаn bo‘lsа, 
bu  xalq  shunchаlik  uyushgаn,  tаdbirkоr,  hаrаkаtchаn,  hаmjihаt  bo‘lаdi.  O‘z 
аjdоdlаri  vа  аvlоdlаrining  shа’nigа  yarаshаdigаn  хizmаtlаrni,  ishlаrni  bаjаrishgа 
intilаdi. Hоzirgi zаmоn vа bоzоr munоsаbаtlаri - xalqlаrning o‘zаrо ijоbiy vа ijоdiy 
musоbаqаsi  dаvridir.  Bu  musоbаqаdа  оldingi  o‘rindа  bo‘lish  uchun  yirik  xalq 
bo‘lish  shаrt  еmаs.  Yirik  bo‘lmаgаn  gоllаndlаr,  shvеdlаr,  finlаr,  singаpurliklаr, 
jаnubiy  kоrеyaliklаr  yirik  millаtlаr  vа  yirik  dаvlаtlаrni  hаmmа  sоhаdа  hаm  lоl 
qоldirmоqdаlаr. Tаriхi bоy o‘zbеk xalqi hаm аnа shundаy ko‘rsаtkichlаrgа еrishish 
yo‘lidаn izchil bоrmоqdа. 
Dеmаk, tаriхiy хоtirаmiz hоzirgi vаziyatdа kаttа аmаliy аhаmiyatgа еgаdir. U 
dаvlаtimizning, хаlqimizning mаnfааtlаrigа хizmаt qilishi lоzim. 
 
Matn yuzasidan topshiriqlar. 
1-topshiriq: 
a)  matnni o‘qing; 
b)  matnni rus tiliga tarjima qiling; 
c)  matn asosida savollar tuzing; 
d)  tuzgan savollaringiz asosida matnni so‘zlab bering. 
 
 

29 
 
 
GRAMMATIKA. Tilning leksik qatlamlari. 
 
Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (so‘z boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy 
taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so’zlarning paydo bo‘lish davri 
va kelib chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug’at tarkibi va 
grammatik  qurilishiga  ega  bo’ladi.  Lekin  xalqlar  o’rtasidagi  uzoq  tarixiy  davrlar 
mobaynida  davom  etadigan  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  aloqalar  bu  xalqlarning 
tillariga ham shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik 
va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta’sir 
etish ayniqsa leksikada bo‘ladi.  
O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, 
madaniy,    siyosiy  aloqada  bo‘lgan  va  bu  xalqlarning  tili  o‘zbek  tiliga  ma’lum 
darajada  o‘z  ta’sirini  qoldirgan.  Xususan,  boshqa  tillardan  o‘zbek  tiliga  ko‘plab 
so‘zlar  o‘zlashganini  shu  ta’sir  bilan  izohlash  mumkin.  Natijada  o‘zbek  tili  lug‘at 
tarkibida  shu  tilning  o‘ziga  xos  leksik  qatlam  bilan  birga  o‘zlashgan  qatlam  ham 
yuzaga kelgan.  
O‘z  qatlamga  o‘zbek  tilining o‘ziniki  bo‘lgan, shuningdek, turkiy  tillar  uchun 
umumiy  bo‘lgan  so‘zlar  kiradi.  O‘zbek  tili  lug‘at  tarkibida  turkey  tillar  uchun 
umimiy bo‘lgan so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar barcha so‘z 
turkumida bor. Masalan: tosh, tog‘, yer, bosh, suv, til, kishi, bola, men, sen, biz, siz, 
bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta, indin, ilgari va boshqalar.  
O‘zbek  tilining  bevosita  o‘zininki  bo‘lgan  asosiy  leksik  qismini  shu  tilning 
taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida 
hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi:  
1) asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar: 
qatnashchi, terimchi, qotishma, qo‘llanma, turg‘un, bolalarcha kabi;  
2) o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar; 
a)  tojikcha  so‘zlardan    yasalgan  so‘zlar:  jangchi,  mardlik,  sabzavotchilk,  do‘stlik, 
pulsiz,  xastalanmoq;  b)  arabcha  so‘zlardan  yasalgan  so‘zlar:  rahbarlik,  qimmatli, 
ovqatlanmoq;  v)  ruscha-baynalmilal  so‘zlardan  yasalgan  so‘zlar:  sportchi, 
betonlamoq;  
3)  boshqa  tillardan  o‘tgan  yasovchi  vositalar  yordamida  o‘z  va  o‘zlashma 
so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, mehnatkash, kitobxon, vagonsoz, ilmiy. 
O‘zlashgan qatlam.  
Forscha-tojikcha  so‘zlar.  Fors-tojik  tilidan  so‘zlar  tovush  o‘zgarishlarisiz 
olingan. So‘z o‘rtasi va oxirida qo‘sh undoshlar keladi, tarkibida no-, ba-, be-, ham- 
kabi  old  qo‘shimchalari  bo‘ladi.  Masalan:  andisha,  barg,  bahor,  daraxt,  farzand, 
daromad, buromad, ozoda, noma’lum, bedarvoza, hamkasb. 

30 
 
Arabcha so‘zlar. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning ko‘pchiligi fan va dinga 
oid bo‘lib, asosiy qismi fors tili orqali kirgan. Masalan: adabiyot, kitob, oila, davlat, 
mehnat, muqaddas, san’at, a’lo, mutolaa, doim, inshoot kabi. 
Ruscha-baynalmilal  so‘zlar.  Rus  tili  va  u  orqali  g‘arb  tillaridan  o‘zlashgan 
so‘zlar fan-texnika, siyosiy-iqtisodiy sohalarga oid.  Bu so‘zlar ikki usulda: aynan 
va kalkalab olish bilan o‘zlashgan. Bunday so‘zlar o‘rtasida undoshlar yonma-yon 
keladi,  so‘z  oxirida  qo‘sh  undoshlar,  qorishiq  tovushlar,  old  qo‘shimchalar 
ishlatiladi.  Masalan:  benzin,  vokzal,  stol,  deputat,  dialect,  diagramma,  budjet, 
sentabr, metal, interaktiv kabi.    
 
 
“Tеmur tuzuklаri” 
“Tеmur  tuzuklаri”  XIV-XV  аsrlаr  vоqеаlаri  vа  hаyоtini  yоrituvchi  qimmаtli 
mаnbа,  Аmir  Tеmurning  hаrbiy  vа  siyоsiy  fаоliyatidаn  mа’lumоt  bеruvchi  аsаr. 
Qаchоn vа kim tоmоnidаn yоzilgаnligi аsаrdа ko‘rsаtilgаn еmаs. 
“Tеmur tuzuklаri”dаgi bаrchа vоqеаlаr Аmir Tеmur nоmidаn hikоya qilinаdi. 
Аsli  еski  o‘zbеk  tilidа  yоzilgаn,  fоrs,  frаnsuz,  ingliz,  urdu,  rus  vа  hоzirgi  o‘zbеk 
tiligа  o‘girilgаn.  Bu  аsаr  ikki  qismdаn  ibоrаt  bo‘lib,  birinchi  qismdа  Аmir 
Tеmurning  Mоvаrоunnаhrdа  sаltаnаtni  qo‘lgа  kiritish  uchun  оlib  bоrgаn  urushlаri 
vа  bu  bоrаdа  o‘z  yaqinlаri  bilаn  o‘tkаzgаn  kеngаshlаri,  аmirlаr  bilаn  оlib  bоrgаn 
muzоkаrаlаri hаqidаgi tаfsilоtlаr diqqаtni jаlb qilаdi.  
Buyuk  sоhibqirоnning  kuchli  mаrkаzlаshgаn  dаvlаt  tuzish  vа  qo‘shni 
mаmlаkаtlаrning o‘z tаsаrrufigа o‘tkаzish bоrаsidаgi fаоliyati hаqidа mufаssаl so‘z 
yuritilаdi. Хususаn, Mоvаrоunnаhrgаginа еmаs, bаlki qаdimiy Rusiyagа hаm хаvf 
sоlib  turgаn  Оltin  O‘rdа  хоni  To‘хtаmishхоngа  Аmir  Tеmurning  jiddiy  zаrbа 
bеrishi  Rusiyaning  mo‘g‘ul  istilоsidаn  qutulishini  yеngillаshtirgаni  diqqаtgа 
sаzоvоrdir.  
“Tеmur tuzuklаri”ning ikkinchi qismidа Аmir Tеmurning dаvlаtni bоshqаrish, 
mаmlаkаtni  idоrа  qilish  uslubi  hаqidаgi  tuzuklаri,  ya’ni  yo‘l-yo‘riqlаri,  qоnun-
qоidаlаri,  pаnd-nаsihаtlаri  o‘rin  оlgаn.  Jumlаdаn,  sаltаnаtni  bоshqаrishdа  Аmir 
Tеmur  islоm  dini  vа  shаriаt  tаlаblаrigа,  аdоlаt,  insоf  vа  hаqiqаtgа  tаyanаdi,  turli 
tаbаqа  vа  tоifаgа  mаnsub  kishilаrni  tеng  ko‘rib,  qilgаn  хizmаtigа  qаrаb,  ulаrni 
hurmаt  qilаdi,  mаmlаkаtni  bоshqаrishdа,  еng  аvvаlо,  оlimu  fuzаlо,  sаyyidlаr, 
shаyхlаr vа оriflаrgа tаyanаdi.  
“Tеmur  tuzuklаri”dа  do‘stlik,  vаfоdоrlik,  iymоn  vа  е’tiqоd,  kаsb-hunаr  vа 
bоshqа  insоniy  fаzilаtlаrgа  riоya  qilish  to‘g‘risidа  fikr  yuritilаdi,  fuqаrоlаrning 
shаriаt  qоnun-qоidаlаrigа  bo‘ysunish  lоzimligi  аytib  o‘tilаdi,  qоzilаrning 
qоnunlаrgа to‘lа аmаl qilish, tаrtibbuzаrlаrni аyamаy jаzоlаsh, sipоhlаr vа аskаrlаrni 
sаqlаsh vа ulаrgа оziq-оvqаt, mаоsh to‘lаsh qоidаsi, vаzirlаr vа ulаrning vаzifаlаri, 

31 
 
аmirlаr,  sipоhlаr  vа  bоshqаlаrni  tаqdirlаsh  tаrtiblаri,  ulаrning  bir-birlаrigа 
muоmаlаsi vа turli bоshqа mаsаlаlаr bo‘yichа mufаssаl mа’lumоt bеrilаdi.  
“Tеmur  tuzuklаri”dаgi  ko‘plаb  fikrlаr  hоzir  hаm  o‘z  аhаmiyatini  yo‘qоtgаni 
yo‘q  vа  mustаqil  O‘zbеkistоnni  mustаhkаmlаshdа  undаgi  fikr,  хulоsа,  pаnd-
nаsihаtlаrdаn fоydаlаnilmоqdа. 
 
Matn yuzasidan topshiriqlar. 
2-topshiriq: 
a)  matnni o‘qing; 
b)  matn yuzasidan savollar tuzing va so‘zlab bering; 
c) matnni rus tiliga tarjima qiling; 
d) matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.  
3-topshiriq. Matnni o‘qing.  
 
Amir Temurning iqtisodiy siyosati 
Sharq  iqtisodiy  tafakkurining  rivojlanishida  Amir  Temurning  iqtisodiy 
g‘oyalari, u ishlab chiqqan va amalda yuritgan iqtisodiy siyosati mislsiz ahamiyatga 
ega.  Temur  iqtisodiy  g‘oyalarining  o‘ziga  xos  ulug‘vorligi  shundaki,  ular  xayoliy 
emas, balki aniq hayotdan kelib chiqqan va unda o‘z ifodasini topgan.  
Temurning iqtisodiy g‘oyalari “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan. Unung 
iqtisodiy  g‘oyalari  va  siyosati  zamirida  inson,  uning  manfaati,  farovon  va  tinch 
hayot  kechirish  tashvishlari  yotadi.  U  odamlarga  kasb-hunar  berish,  ish  bilan 
ta’minlash,  tadbirkorlik  faoliyati  va  tijorat  ishlari  bilan  mashg‘ul  bo‘lish  uchun 
yetarli sarmoya berish, yetarli uy-joylar qurib berish haqida qayg‘uradi.  
Sohibqironning  iqtisodiy  qarashlari  va  yuritgan  yangicha  iqtisodiy  siyosati 
tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim dasturulamal, tarixiy yo‘l-yo‘riq 
bo‘lib xizmat qiladi.  
 
4-topshiriq. Matnni o‘qing.  
Valuta 
Valuta (ital. Valuta, lat. Valere - qadrlamoq, qiymat) - mamlakatning pul birligi 
va  uning  turi  (oltin,  kumush,  qogoz);  pulga  tenglashtirilgan  to‘lov  vositalari;  pul 
hisob  -  kitoblarini  taqozo  etadigan  xalqaro  iqtisodiy  ayirboshlash  va  boshqa 
aloqalarda  qatnashadi.  Valuta  sifatida  milliy  pul  birligi  (masalan:  AQShda  dollar, 
Germaniyada marka) valuta kursida ifodalanadigan xalqaro bahoga ega. Amaliyotda 
valuta  milliy  banknotlar,  shuningdek,  to‘lov  vositalari  va  hisob-  kitobning  kredit 
hujjatlari shaklida qo‘llanadi. Bundan tashqari xalqaro shartnomalar asosida tashkil 
topgan  hisoblarga  yozib  qo‘yish  ham  valutaga  kiritiladi.  Metall  pul  muomalasi 
sharoitida valuta oltin yoki kumushga maydalanadigan milliy pul kreditlari shaklida 

32 
 
namoyon  bo‘lgan  edi.  Valutani  qimmatbaho  metallarga  maydalash  to‘xtatilgandan 
keyin  xalqaro  hisob  -  kitoblarda  foydalanadigan  barcha  milliy  valutalar  qog‘oz 
bo‘lib qoldi. Xalqaro to‘lov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valuta 
fondi  belgilagan  kurs  bo‘yicha  erkin  almashtiriladigan  valuta  bilan  amalga 
oshiriladi.  Cheksiz  konvertlashtirilgan  valuta  boshqa  valutalarga  hech  qanday 
chegarasiz  almashtiriladi.  Ushbu  valuta  yana  “qat’iy  valuta”  deb  ham  yuritiladi, 
chunki u boshqa pullarga qaraganda yetarli stabil kursga ega. 
“Yarim  konvertlashtirilgan  valuta”  deganda  mamlakatning  milliy  valutasi 
faqatgina bir nechta chet el valutasiga almashtirilishi tushuniladi. 
Konvertlashtirilmagan  valuta  deb  faqatgina  bitta  mamlakatning  ichida 
ishlatiladigan va chet el valutasiga almashtirilmaydigan valutaga aytiladi. 
Jahon  iqtisodiyoti  mamlakatlar  orasida  tartibga  solingan  valutalar  aloqa 
tizimlarisiz ish yuritolmaydi. Ular tashqi iqtisodiyot aloqalarining pul formasi bo‘lib 
hisoblanadi,  chunki  valuta  bu  tashqi  savdogarchilik  va  kredit  –  moliya 
operatsiyalarining tayanchi deb hisoblanadi. 
 
5-topshiriq.  Gaplarni  o‘qing.  Rus  tiliga  tarjima  qiling.  So‘zlarning 
bog‘lanishiga e’tibor bering.  
1.  Salima  ukasini  bolalar  bog‘chasiga  olib  ketdi.  2.  Men  kitobni  bir  kechada 
o‘qib  chiqdim.  3.  O‘zbekistonda  chiroyli  joylar  ko‘p.  4.  Shahrimizga  har  kuni 
minglab sayyohlar kelishadi. 5. Tongda boshlangan qor kechga borib ham tinmadi. 
 
6-topshiriq. Matnni o‘qing, rus tiliga tarjima qiling. Tobe bog‘langan gaplarni 
ko‘chiring.
 
Hissadorlik jamiyati 
Hissadorlik  jamiyati  -  bir  guruh  shaxslar  (aksionerlar)  aksiya  va 
obligatsiyalarni  xarid  qilishdan  tushgan  mablag‘lar  hisobidan  tashkil  topgan 
korxona.  
 
Aksiyalar  o‘z  egalariga  daromad  (dividend)  keltirib,  ularga  aksionerlar 
yig‘ilishida ovoz berish huquqini beradi. Obligatsiyalar esa qat’iy foiz orqali faqat 
daromad olib keladi. 
 
Hissadorlik  jamiyati  kengash  majlisida  saylangan  jamoa  orqali  boshqariladi. 
Asosan,  hissadorlik  jamiyatining  boshqaruvi  aksiyalarning  eng  yirik  qismiga  ega 
bo‘lganlar qo‘lida bo‘ladi. Umumiy majlisga jami aksionerlar yig‘ilmasligi sababli, 
ovoz yig‘ish uchun 5-20 foiz aksiya bo‘lishi yetarli. 
 
Aksionerlik  jamiyatining  boshqarish  huquqi  bilan  ta’minlanishi  “Nazorat 
paketi” deyiladi.  
 
Aksiyalar bir necha xil bo‘ladi: oddiy, xususiy, imtiyozli. Aksiyalarni sotish, 
sovg‘a qilish va meros qoldirish mumkin. 

33 
 
 
7-topshiriq. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” mavzusida insho yozing. 
 
8-topshiriq. Biror tarixiy hikoyani ifodali o‘qing, tarixiy so‘zlarning ma’nosini 
izohlang. Ko‘rgan tarixiy joyingiz, muzeyingiz haqida gapirib bering. Hozirgi kunda 
tarixiy obidalarga qanday e’tibor berilyapti? Shu haqda maqola yozing.  
 
 
9 - topshiriq

“Qanday?” sxemasini to‘ldiring.  
 
Q a n d a y ?  
Q a n d a y ?  
 
   
Q a n d a y ?  
 
 
   
Q a n d a y ?  
  Q a n d a y ?  
   
 
  Q a n d a y ?  
 
 
 
 
 
Mustaqil ta’lim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qanday? 
qilib tarixda 
vujudga kelgan 
muammolarni 
bugungi kunda 
oldini olish 
mumkun? 
 

34 
 
5-MAVZU.  ULUG’ AJDODLARIMIZ 
 
 
Biz jahon madaniyati xazinasini boyitgan ulug‘allomalar merosxo‘rimiz. 
Ulkan  madaniy,  ma’naviy  merosga  egamiz. Qonimizda  ana  shunday buyuklar 
qoni  oqar  ekan,  biz  farovon  va  go‘zal  turmush  yaratish  uchun  beqiyos 
imkonimiz bor, desak bo‘ladi.  
Islоm Kаrimоv 
Аbu Rаyhоn Bеruniy 
(973-1048) 
 
Jаhоn,  хususаn,  Shаrq  mаdаniyati  vа  fаnining  yоrqin  siymоlаridаn  biri  Аbu 
Rаyhоn Muhаmmаd ibn Аhmаd аl-Bеruniy 973-yilda Хоrаzmdа tug‘ildi. 
Bеruniy  Хоrаzmshоh  Mа’mun  rаhbаrligidа  Urgаnchdа  vujudgа  kеlgаn  o‘z 
dаvrining yirik ilmiy mаrkаzlаridаn biri - Mа’mun аkаdеmiyasidа fаоliyat ko‘rsаtdi. 
Kеyinchаlik  еsа  hаr  хil  sаbаblаrgа  ko‘rа  G‘аznа  shаhrigа  kеtishgа  mаjbur  bo‘ldi, 
оnа yurtidаn yirоqdа hаm yirik fаn vа jаmоаt аrbоbi sifаtidа kаttа оbro‘qоzоndi. 
Аbu  Rаyhоn  Bеruniyning o‘rtа  аsrlаr  fаnlаrigа, хususаn,  аstrоnоmiya,  fizikа, 
mаtеmаtikа, gеоdеziya, gеоgrаfiya, gеоlоgiya, fаlsаfа, хrоnоlоgiya, fаnlаr tаriхi vа 
bоshqа  fаnlаrgа  qo‘shgаn  ulkаn  hissаsi  uni  butun  dunyоgа  tаnitdi.  U  ilmiy 
tаbiаtshunоslikkа  аsоs  sоlgаn  аllоmаlаrdаn  biri  bo‘lib,  turli  sоhаlаrdа  o‘z  dаvri 
uchun  tааjjubgа  sоluvchi  fikrlаr,  хulоsаlаr  vа  ilmiy  fаrаzlаrni  оlg‘а  surgаn  еdiki, 
ulаr  bir  nеchа  аsrlаrdаn  so‘ng  Yevrоpа  ilmidа  o‘z  isbоtini  tоpdi.  Аniq  ilmiy 
yоndаshuv  аsоsidа  mаshhur  yunоn  mutаfаkkiri  Аristоtеl  qаrаshlаrini  rivоjlаntirdi, 
zаif tоmоnlаrigа еsа tаnqidiy nuqtаi nаzаrdаn yоndаshishgа hаrаkаt qildi. 
Bеruniy  kоmil  insоnpаrvаr  shaxs  sifаtidа  хаlqlаr  do‘st,  inоq  vа  birdаmlikdа 
yashаshi  uchun  kurаshdi,  insоniyatgа,  u  yarаtgаn  fаn  vа  mаdаniyatgа  qirg‘in 
kеltiruvchi  urushlаrni  qоrаlаdi.  Аllоmаning  Hindistоn  vа  bоshqа  mаmlаkаtlаrdа 
аmаlgа  оshirgаn  kеng  ilmiy-tаdqiqоt  ishlаri  хаlqlаr  o‘rtаsidаgi  do‘stlik,  o‘zаrо 
hаmkоrlik, mаdаniy, ilmiy аlоqаlаrni mustаhkаmlаshgа qаrаtilgаn еdi.  
Bеruniy ulkаn mеrоs, o‘z dаvri ilm-fаnining turli sоhаlаrigа оid 160 dаn оrtiq 
аsаrlаr,  bir  nеchа  tillаrdаn  qilingаn  tаrjimаlаr,  turli  yоzishmаlаr  qоldirdi.  Ulаr 
оrаsidа jаhоn fаnidа еng ishоnchli vа muhim mаnbаlаr sirаsigа kiritilgаn “Qаdimgi 
хаlqlаrdаn  qоlgаn  yоdgоrliklаr”,  “Gеоdеziya”,  “Hindistоn”,  “Mаs’ud  qоnuni”, 
“Minеrаlоgiya”  (“Sаydаnа”)  kаbi  аsаrlаri  аlоhidа  o‘rin  tutаdi.  O‘rtа  аsrlаrdаn 
bоshlаb uning аsаrlаri lоtin, frаnsuz, ingliz, nеmis, fоrs, turk tillаrigа o‘girildi. 
O‘zbеkistоn оlimlаri Bеruniy mеrоsini o‘rgаnishgа kаttа hissа qo‘shmоqdаlаr. 
Аsоsiy  аsаrlаrini  qаmrаgаn  ko‘p  jildlik  sаylаnmа  nаshrlаr  o‘zbеk  vа  rus  tillаridа 
O‘zbеkistоn Fаnlаr аkаdеmiyasi tоmоnidаn chоp еtildi. Hоzirgi kundа ulug‘аllоmа 
mеrоsigа  jаhоn  miqyоsidа  qiziqish  tоbоrа  оrtib  bоrmоqdа.  O‘zbеkistоndа  fаn  vа 

35 
 
tехnikа  sоhаsidаgi  еng  yaхshi  аsаrlаr  uchun  bеrilаdigаn  Dаvlаt  mukоfоti  Bеruniy 
nоmi bilаn аtаlаdi. 1973-yilda Yunesko tashabbusi bilan Beruniy tavalludining 1000 
yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. 
 
Matn yuzasidan topshiriqlar. 
1-topshiriq: 
a)  matnni o‘qing;  
b)  rus tiliga tarjima qiling; 
c) matndagi atama va terminlarni izohlang
d) matn mazmunini kengaytirib gapirib bering. 
 
АL-FАRG‘ОNIY 
Al-Fаrg‘оniy Ahmаd ibn Muhаmmаd (Fаrg‘оnа vоdiysidа tug‘ilgаn, tахminаn 
861- yili (ba’zi ma’lumotlarda 865-yili) vаfоt еtgаn, tаvаllud sаnаsi еsа аniq еmаs) 
Al-Хоrаzmiy bilаn bir vаqtdа Bаg‘dоddаgi “Bаyt-ul hikmа” ilmiy mаrkаzidа ilmiy 
ishlаr  bilаn  shug‘ullаngаn.  Kitоblаri  o‘rtа  аsrlаrdа  Yevrоpа  univеrsitеtlаridа 
аstrоnоmiyadаn аsоsiy dаrslik vа qo‘llаnmа hisоblаnib, muаllifning ism-nаsаbi “аl-
Fаrg‘оniy”ni  lоtinchаsigа  “Аlfrаgаnus”  dеb  аtаgаnlаr.  Аl-Fаrg‘оniy  “Аlfrаgаnus” 
nоmi bilаn dunyоdа mаshhur vа mа’lumdir. 
Аl-Fаrg‘оniyning аsоsаn оltitа kitоbi jаhоn bo‘ylаb tаrqаlgаn: 
1)  “Kitоb fy usul ilm аn-Nujum”. Bu risоlаning аsl qo‘lyоzmаlаri mаtni bir хil 
bo‘lib,  bеsh  хil  nоm  оstidа  sаqlаnib  kеlmоqdа.  Chunоnchi,  “Аlmаjisti”gа 
bаg‘ishlаngаn  аstrоnоmik  risоlа,  “Fаlаk  sfеrаlаri  sаbаbiyati”,  “Аyamа-jisti” 
(Аlmаgеst), “Ilm аl-hаyа” (Аstrоnоmiya ilmi). Bu qo‘lyоzmаlаr Аngliya, Frаnsiya, 
АQSH,  Mаrоkаsh,  Misr  vа  Rоssiya  kutubхоnаlаridа  sаqlаnib  kеlinmоqdа.  Аsаr 
1145  yili  vа  1175  yili  lоtin  tiligа  tаrjimа  qilingаn,  chunki  o‘shа  dаvrdа  lоtin  tili 
Yevrоpа  mаmlаkаtlаridа  mushtаrаk  fаn  tili  hisоblаngаn,  hаr  bir  diqqаtgа  sаzоvоr 
yirik ilmiy аsаr shu tildа chоp еtilgаn, lоtin tili оrqаli butun fаn оlаmigа tаrqаlgаn vа 
mа’lum bo‘lgаn. Аsаr 1193, 1533, 1590 vа 1910 yillаrdа аtоqli оlimlаr vа nоshirlаr 
rаhbаrligidа Yevrоpаning turli mаmlаkаtlаridа chоp еtilgаn. 
2)  “Аl-Fаrg‘оniy jаdvаllаri” (qo‘lyоzmаsi Hindistоndа sаqlаnmоqdа). 
3) “Оy  Yerning  ustidа  vа  оstidа  bo‘lgаnidа  vаqtni  аniqlаsh  risоlаsi” 
(qo‘lyоzmаsi Qоhirаdа sаqlаnmоqdа). 
4) “Usturlоb  bilаn  аmаl  qilish  hаqidаgi  kitоb”  (qo‘lyоzmаsi  Hindistоndа 
sаqlаnmоqdа). 
5) “Yetti iqlim hisоbi” (qo‘lyоzmаsi Gеrmаniyadа sаqlаnmоqdа). 
6) “Usturlоb  yasаsh  hаqidаgа  kitоb”  (qo‘lyоzmа  nusхаlаri  Frаnsiya  yоki 
Gеrmаniyadа  tоpilishi  mumkin,  chunki  1919  yildа  аsаrni  Еydеmаn  nеmis  tilidа 

36 
 
nаshr еtgаn). 
Sаmоviy  jismlаr  hаrаkаtini  Nyutоn  vа  Lаplаs  mаssа  hаrаkаtining  dinаmikаsi 
shаklidа,  Kеplеr  еsа  gеоmеtrik  yo‘sindа  bаyоn  еtgаn  bo‘lsа,  аl-Fаrg‘оniy  ulаrdаn 
bir nеchа аsr аvvаlrоq jаdvаllаr qоnuniyati shаklidа izоhlаgаn. Jаdvаlning fаzilаti vа 
imtiyоzi - uning jоnli mushоhаdаgа оchiq еkаnligidir. 
Stеrеоgrаfik  prоеksiyalаr  nаzаriyasining  kаshfiyоtchisi  hаm  аl-Fаrg‘оniydir. 
Quyоsh, Оy, sаyyоrаlаr vа yulduzlаrning, binоbаrin, umumаn оsmоnning bo‘lаjаk 
mаnzаrаsini  bilish  uchun  gеоmеtrik-kinеmаtik  usul  аstrоnоmiya  fаnining  umumiy 
usuli  sifаtidа  qаbul  qilib  оlingаn  bo‘lsа,  jаhоn  munаjjimlik  fаnining  bundаy 
umummахrаjgа 
kеlishidа 
аl-Fаrg‘оniy 
tоpgаn 
vа 
аsоslаgаn 
usturlоb 
(Yevrоpаchаsigа - аstrоlyabiya) аsbоbining аhаmiyati kаttа bo‘lgаn.  
 
Matn yuzasidan topshiriqlar: 
2-topshiriq. 
a) matnni o‘qing, reja tuzing. 
b) reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.  
c) o‘zbеk allomalaridan yana kimlarni bilasiz?  
d)  jahon  sivilizatsiyasiga  o‘z  hissasini  qo‘shgan  o‘zbеk  olimlari  haqida 
taqdimot tayyorlang. 
 
GRAMMATIKA 
Atamalar va ularning vujudga kelishi  
 
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish 
sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus 
so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi. 
Atamalarning  shakllanishi  ham  xalqning  tarixi  qadar  qadimiydir.  To’nyuquq, 
Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga 
oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik 
qo’shiqlarida  ham  mavjud  bo’lgan.  Ularni  mujassam  qilgan  Mahmud 
Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta 
tarixiy vazifani bajargan. 
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi: 
1. 
Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.  
2. 
Hususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar. 
Umumiy  atamalar  sirasiga  bir  terminologik  tizimning  barcha  yo’nalishlari 
uchun  tushunarli  bo’lgan  atamalar  kiradi.  Masalan,  sportdagi musobaqa,  sovrin, 
sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini 
sportning  barcha  turlarida  bemalol  qo’llash  mumkin.  Fizikaga  oid issiqlik, 

37 
 
temperature,  jism,  elektr,  magnit,  gaz,  harakat,  energiya,  maydon singari  atamalar 
haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. 
E’tirof  etish  kerakki,  o’zbek  tilida  chetdan  qabul  qilingan  ilmiy-texnikaviy 
atamalarning  salmog’I  katta.  An’anaga  ko’ra  ularni  quyidagi  yo’nalishlarda 
o’rganamiz:  
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, 
maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, 
ma’rifiy,  muqaddima,  mushohada,  tajriba,  taqriz,  tahlil,  uslub,  fan,  falsafa  va 
hokazo. 
2. Forscha-tojikcha:  bastakor,  duradgor,  zabtkor,  navosoz,  navoxon,  shogird, 
peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi. 
3. Ruscha-baynalmilal:  abzats,  agronomiya,  agrotexnika,  arxeologiya,  gazeta, 
kodeks,  lingvistika,  matematika,  nekrolog,  plenum,  realism,  romantiam,  sessiya, 
syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari: 
1. Lotincha:  abbreviatsiya,  abstrakt  ot,  agglyutinatsiya,  adverbializatsiya, 
adyektivatsiya,  aktualizatsiya,  aksentologiya,  alliteratsiya,  areal,  artikulyatsiya, 
assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi. 
2. Yunoncha:  allegoriya,  allomorph,  allofon,  alfavit,  amorf  tillar,  analitik 
tillar,  analogiya,  anomaliya,  antiteza,  antonym,  antroponim,  apokopa,  arxaizm, 
aforizm singari. 
3-topshiriq. Quyidаgi tаyanch so‘z va iboralаrning ma’nosini izohlang. 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling