Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


Tasdiq xati- ma’lum bir muassasa  tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga  javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi.  Farmoyish  xati


Download 4.06 Mb.
Pdf просмотр
bet23/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30

Tasdiq xati- ma’lum bir muassasa  tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga 
javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi. 
Farmoyish  xati-  bir  tarmoqqa  tegishli  quyi  muassasalarning  barchasiga 
yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Ularning asosiy vazifasi ayni bir mazmundagi xabarni 
bir necha manzilga yetkazishdir. 
Eslatma  xati  –  jo‘natilgan  iltimos  va  so‘rov  xatlariga  javob  olinmasa, 
shuningdek, tuzilgan  shartnomalar  muddati  buzilganda  yoki  unga  amal  qilinmagan 
hollarda eslatma xati yuboriladi. 
Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo`lmaydi. Ular mazmun va hajm 
jihatdan  telegrammalarga  yaqin  turadi.  Odatda,  eslatma  xat  bir  yoki  bir  necha 
jumladan iborat bo`lib, kotib yoki referent tomonidan tasdiqlanadi. 
 
Yozma nutq:  

239 
 
Xizmat xatlarining matnlarini tuzish. 
 
Mustaqil ta’lim 
 
1. Mavzuga oid so’zlardan krossvord tuzish.  
2. Nazariy  ma'lumotlar bilan tanishib chiqing.  So’rov xati. Iltimos xati. Javob 
xati.  Ilova  xat.  Da’vo  xati.  Talab  xati.  Axborot  xati.  Kafolat  xati  namunasini 
tayyorlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

240 
 
Асосий ва қўшимча ўқув адабиётлар ҳамда ахборот манбаалари  
Асосий адабиётлар 
1.  Азизов  О.  ва  б.  Ўзбек  ва  рус  тилларининг  қиёсий  грамматикаси.  – Т.: 
Ўқитувчи, 2007. 
2. Муҳитдинова Х. С., Салишева З., Пўлатова Х. Ўзбек тили. – Т.: Ўқитувчи, 
2006.  
3. Рафиев А., Маҳмудов Н., Юлдашев И.  Культура речи и делопроизводство 
на узбекском языке. – Т.: 2011.  
4. Лафасов У., Ўзбек тили. – Т.: ТошДШИ, 2009. 
5.  Қаҳҳорова Ҳ., Муҳаммедова С. Ўзбек тили. – Т.: Университет,  2004. 
6.  Рафиев  А.,  Маҳмудов  Н.,  Юлдашев  И.    Nutq  madaniyati  va  davlat  tilida  ish 
yuritish. – T.: 2013. 
7.  Ҳусанов  Н.А.,  Хужакулова  Р.Ш.,  Дилмуродова  Н.А.,  Ўзбек  тили  –  Т.: 
LESSON PRESS, 2017. 336 б. 
                                                Қўшимча адабиётлар: 
8.  “Ўзбекистон  Республикасини  янада  ривожлантириш  бўйича  ҳаракатлар 
стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 
7 февралдаги ПФ-4947-сонли 
Фармони

9.  Мирзиёев  Ш.М.  Буюк  келажагимизни  мард  ва  олижаноб  халқимиз  билан 
бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 488 б. 
10.  Мирзиёев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил,  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий 
жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 
– Т.: Ўзбекистон, 2017. – 104 б. 
11.  Мирзиёев  Ш.М.  Эркин  ва  фаровон,  демократик  Ўзбекистон  давлатини 
биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 56 б. 
12. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – 
юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 48 
б. 
13. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – 
176 б. 
14.  Ўзбекистон  РеспубликасинингКонституцияси  –  Т.:  Ўзбекистон,  2014.  -    
46 б. 
15.  Ўзбекистон  Республикасининг  “Давлат  тили  ҳақида”ги  қонуни  // 
Ўзбекистоннинг янги қонунлари: Тўплам. – Т.: 1996, 20-30- б.  

241 
 
16. А.Исмоилов, У.Лафасов. Ўзбек тили (машқлар тўплами) – T.: Ўзбекистон, 
2002. 
17. Мадвалиев А., Маҳмудов Н., ва б. Ўзбек тилида иш юритиш (муншоот). – 
Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1990. - 223 б. 
18.  Расулов  Р.,  Миразизов  А.  Ўзбек  тили.  Ўрта  мaхсус  касб-ҳунар  таълими 
муассасаларининг  таълим  бошқа  тилларда  олиб  бориладиган  гуруҳлари  учун 
ўқув қўлланма. – Т.: Фан ва технология, 2006.  
19.    Рафиев  А.  ва  бошқалар.  Чет  элликлар  учун  ўзбек  тили.  II-қисм.(CД 
кассетали) – Т.: Ўзбекистон , 2001. 
20.    Рафиев  А.  ва  бошқалар.  Ўзбек  тили.  Касб-ҳунар  коллежларининг  рус 
гуруҳлари учун ўқув қўлланма. – Т.: Илм Зиё, 2006. - 160 б.  
21.  Рафиев  А.,  Қурбонова  Г.  Ўзбек  тили  (тиббиёт  мутахассисликлари  учун). 
Ўқув қўлланма. – Т.: 2008. 
22.  Русча - ўзбекча луғат. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2014. 
23.  Ўзбек  тилининг  изоҳли  луғати.  1-5  жилд.  –  Т.:  Ўзбекистон  миллий 
энциклопедияси, 2005 - 2008. 
24. Ҳожиев А., Муҳитдинова Х. Ўзбекча-русча расмли луғат. –Т.: Ўқитувчи,  
25. Iskandarova G. O’zbek tili grammatikasi. – T.: 2009. 
26.  Iskandarova  G.,  Gulibonu  Keybatuli.  O’zbek  tili  darsligi  (xitoyliklar  uchun).  - 
Pekin, 2016. 
27. Usmonova Sh. O’zbek tili (koreyslar uchun). – Pusan, 2005. 
Интернет сайтлари 
28. 
www.gov.uz
 – Ўзбекистон Республикаси хукумат портали. 
29. 
www.lex.uz
 – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари 
миллий базаси. 
30. 
www.mf.uz
 – Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги расмий сайти. 
31. 
www.cbu.uz
 – Ўзбекистон Республикаси Марказий банки расмий сайти. 
32. 
www.soliq.uz
  –  Ўзбекистон  Республикаси  Давлат  Солиқ  қўмитаси  расмий 
сайти.  
33. 
www.stat.uz
 – Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика қўмитасининг 
расмий сайти. 
34. 
www.thinsan.com
 
35. www.dersimiz.com 
36. 
www.altinmiras.com
 
37. www. ziyonet.uz 

242 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS  
TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
«O‘ZBEK VA RUS TILLARI» KAFEDRASI 
 
 
 
«O‘ZBEK TILI» FANIDAN   
MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISH BO‘YICHA 
USLUBIY KO‘RSATMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2018 
 

243 
 
Tuzuvchi: 
N.Dilmurodova             - TMI, O‘zbek va rus tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Taqrizchilar: 
Xujamkulov U.           - TMI, O‘zbek va rus tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi,  f.f.n. 
Qurbonova Y.             -  TDIMI, Tillar kafedrasi dotsenti,  f.f.n. 
 
 
 
 
Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar kafedra yig‘ilishida muhokama etilgan (2018-yil 29-
iyundagi 38-sonli bayonnoma) va institut o‘quv-uslubiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilingan. 
 
Kafedra mudiri                                                                N.Xusanov  
 
 
 
Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar institut o‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan 
(2018-yil 21-avgustdagi 1-sonli bayonnoma) va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.  
 
 
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor                                   I.Qoziyev 
 
 
 
 
 
 
 
 

244 
 
Kirish 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”,  “Davlat  tili  haqida”gi 
Qonunlari  hamda  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”da  respublikadagi  oliy  ta’lim 
muassasalarida  o‘zbek  tilini  ikkinchi  til(davlat  tili)  sifatida  o‘qitishni  yanada 
takomillashtirish ko‘zda tutilgan. 
Ushbu  konsepsiya  ta’lim  rus  va  boshqa  mahalliy  tillarda  olib  oriladigan  oily 
ta’lim  muassasalarida  davlat  tilini  o‘rgatish  uchun  me’yoriy  hujjat  sanaladi.  U 
bakalavriat  bosqichida  talabalar  o‘zbek  tilidan  egallashlari  shart  bo‘lgan  bilim, 
ko‘nikma,  malaka  va  ma’naviy,  madaniy  dunyoqarashning  zaruriy  me’yorini 
asoslovchi ta’limiy – tarbiyaviy hujjatdir. 
Ta’lim  rus  va  boshqa  mahalliy  tillarda  olib  boriladigan  oliy  ta’lim 
muassasalarining  birinchi  bosqichida  o‘zbek  tili  o‘quv  fani  bo‘yicha  shu  bosqich 
uchun belgilangan nutqiy ko‘nikmaga, leksik-grammatik bilimlarga ega bo‘lishlari, 
mustaqil ravishda o‘zbek tilida fikr yurita olish uchun til materiali va vositalaridan 
bakalavriat  bosqichi  hajmida  va  ungacha  bo‘lgan  davrda  o‘rganilgan  materiallar 
hajmida to‘g‘ri va mustaqil foydalana bilishlariga erishishlari lozim. 
O‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Ta’limning  oliy  bosqichida  o‘zbek  tilini  o‘qitishning  mazmuni  yanada 
takomillashtiriladi.  Bunda  ilgaridek  maktabda  olingan  bilimlarni  mustahkamlash 
yo‘lidan borilmaydi, aksincha talabalarning litsey va kollejlarda egallagan bilimlari 
asosida, oladigan ixtisosliklari doirasida bog‘lanishli nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi.  
O‘zbek  tili  ta’limi  mazmunini  talabalarning  nutqiy  savodxonligini 
grammatikani  o‘qitish  orqali  emas,  balki  turmush  va  mehnat  faoliyatidagi  nutq 
mavzulari  doirasini  yanada  kengaytirgan  hamda  ixtisoslikka  moslashtirgan  tarzda 
o‘zbekcha  nutqni  tinglash,  so‘zlash,  o‘qish  va  yozish  amallarini  uyg‘unlashtirib 
o‘rgatish bilan ajralib turadi. 
Bunda  ilmiy  -  badiiy  adabiyotlarni  o‘qib  tushunish,  ixtisoslik  sohasida  matn 
yaratish va hujjat tuzish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq 
uslubiga  ko‘chira  olish  kabi  murakkab  talablar  qo‘yiladi.  Bu  o‘z  navbatida 
talabalarning  o‘zbek  tili  imkoniyatlaridan  qanchalik  to‘g‘ri  va  keng  foydalana 
bilishlariga,  xususan,  leksik  va  uslubiy  imkoniyatlardan  o‘rinli  foydalanishni 
qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning 
yuqori  bosqichida  o‘zbek  tilidan  tavsiya  etilayotgan  bilimlarning  hayotiyligi, 
kengligi  va  qiziqarliligi,  tanlagan  kasbi,  mutaxassisligiga  muvofiqligi,  o‘qitish 
metodlari  va  usullarining  zamonaviyligi,  audiovizual  vositalarning  samarali 
qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. 

245 
 
Fanni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
O‘zbek  tili,  eng  avvalo,  O‘zbekistonda  yashaydigan(millatdan  qat'I  nazar) 
barcha  uchun  davlat  tili  sanaladi.  Bundan  tashqari  nutqiy  savodxonlik  har  bir  oliy 
ma’lumotli  mutaxassis  uchun  muhim  ahamiyatga  egadir.  Talabalar  o‘zbek  tilidan 
litsey  va  kollejda  egallagan  bilimlarini  tanlagan  ixtisosliklari  sohasidagi  leksik 
vositalar  bilan  boyitishlari,  turli  muloqot  mavzulariga  oid  ko‘nikmalarini 
mustahkamlashlari, ixtisoslikka oid matnni tushunish, so‘zlab berish, shunday matn 
tuza olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.  
Har bir mashg‘ulotda talabalarning faolligiga erishish uchun mavzu yuzasidan 
bajariladigan  ishlar  oldindan  rejalashtirilib,  talaba  bu  ishlardan  xabardor  etilishi 
lozim. Shunda  zarur nutqiy  vaziyat  ham,  savol  -  javob  ham,  mashq va topshiriqlar 
ham  yuksak  mas’uliyat  bilan  bajariladi.  Mavzuga  oid  grammatik  bilimlarni  esa 
imkon  qadar  talabaning  mustaqil  bilim  olishi  va  mustaqil  ravishda  o‘z  ustida 
ishlashi uchun vazifa qilib berish maqsadga muvofiqdir. 
O‘qituvchi  bilimlarni  izoh  tarzida  anglatishi,  xatolarni  tuzatishi,  mavzuning 
matn tilida ifodlanish xususiyatini ochib berishi mumkin. Bu orqali talablarni o‘zbek 
tilida mustaqil fikrlash, til materiali, vositasini nutqda mustaqil qo‘llashga o‘rgatish 
oson  kechadi.  Asosiy  e’tibor  matn  ustida  ishlash,  matn  tuzishga  qaratilgani  uchun 
ham talabaning o‘z nutqi ustida ishlashga majbur qilish, uning xatolarini o‘z vaqtida 
tuzatish,  zarur  o‘rinlarda  yordamlashish  hamkorlik  texnologiyasi  asosida  olib 
borilgani ma’quldir. 
Tilni mukammal o‘rganishda, avvalo, hayotiy mavzulari bo‘yicha savol-javob, 
suhbat, bahs uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Tavsiya etilgan mavzulardan kelib 
chiqib, ularga har xil sharhlar berish (fonetik, leksik, grammatik) asosida darsni olib 
borish  maqsadga  muvofiqdir.  Savol-javob,  suhbat,  bahslashuv  orqali  mustaqil 
yozma  ishlar  uyushtirish,  matn  tuzdirish,  qo‘llanadigan  interfaol  usullarning 
samaradorligini  ta’minlash,  talabalarning  o‘zbek  tilidan  hosil  qiladigan  malaka  va 
ko‘nikmalarini  uzluksiz  o‘stirishga  erishiladi.  Bunda  nofilologik  ixtisosliklarga  til 
o‘rgatishni  o‘sha  soha  fanlariga  moslashtirish  ham  talab  qilinadi.  Masalan,  yozma 
ishlar o‘tkazish, so‘zlashuv, bahs-munozara darslarini o‘qituvchi har bir fakultetning 
ixtisosligiga  mos  ravishda  belgilanishi  maqsadga  muvofiqdir.  o‘qitishning 
kommunikativ tamoyiliga asoslangan holda ish ko‘rishni shart qilib qo‘yadi. Buning 
uchun o‘qituvchi tavsiya etilgan nutq mavzulari bo‘yicha keng dunyoqarashga ega 
bo‘lishi  bilan  birga  talabalarning  shu  mavzularda  erkin  suhbatlashishlari  mumkin 
bo‘lgan  barcha  imkoniyat  va  vositalarni  ishga  solishi  zarur,  har  bir  mashg‘ulotda 
talabalarning  faolligiga  erishish  uchun  mavzu  yuzasidan  bajariladigan  ishlar 
oldindan  rejalashtirilib,  talaba  bu  ishlardan  xabardor  etilishi  lozim.  Shunda  zarur 

246 
 
nutqiy  vaziyat  ham,  savol  -  javob  ham,  mashq  va  topshiriqlar  ham  yuksak 
mas’uliyat  bilan  bajariladi.  Mavzuga  oid  grammatik  bilimlarni  esa  imkon  qadar 
talabaning  mustaqil  bilim  olishi  va  mustaqil  ravishda  o‘z  ustida  ishlashi  uchun 
vazifa qilib berish maqsadga muvofiqdir. 
Mustaqil  ish    o‘qituvchining  talabalarga  avvalda  berib  qo‘yiladigan  fanning 
mavzulari  asosida  tashkil  etiladi.Talaba  mustaqil  ishni  tayyorlashda  o‘zbek  tilini 
o‘zlashtirishning  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  quyidagi  shakllardan 
foydalanish tavsiya etiladi: 
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; 
- tarqatma materiallar bo‘yicha mashg‘ulotlar mazmunini o‘zlashtirish; 
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 
-  nutq  mavzulari  O‘zbekiston  tarixi,  fan  va  madaniyati,  milliy  qadriyatlari 
to‘g‘risida  qo‘shimcha  adabiyotlarni  o‘rganish  va  mavzu  bo‘yicha  referat 
tayyorlash
- radio va televideniye orqali mavzuga oid eshittirishlar asosida matn yozish; 
- masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etish. 
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR 
 
1.  Buyuk Ipak yo‘li va uning insoniyat tarixidagi o‘rni.  
2. Tomaris va Shiroq haqidagi afsonalar.  
3. Qomusiy olim Al Xorazmiy.  
4. Ahmad al Farg‘oniy va uning merosi.  
5. Abu Nasr Forobiy va uning buyuk asarlari.  
6. Ibn Sinoning "Tib qonunlari".  
7. "Temur tuzuklari".  
8. Mirzo Ulug‘bek - olim va davlat arbobi.  
9. Alisher Navoiy - ¢zbek adabiy tilining asoschisi.  
10. Jadidchilik harakati namoyandalari.  
11. Birlashgan Millatlar Tashkiloti.  
12. Milliy madaniy markazlar.  
13. O‘zbekiston muzeylari.  
14. Dunyoning mashxur universitetlari.  

247 
 
15. Terrorizm va uning insoniyatga taqdidi.  
16. Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati.  
17. O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali.  
 
Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:  
- mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;  
- mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;  
- mavzu bo‘yicha elektron taqdimot (RRT) tayyorlash;  
- mavzu bo‘yicha albom tayyorlash;  
- mavzu bo‘yicha loyiha yaratish;  
- mavzu bo‘yicha dialogik matn tuzish;  
- mavzu bo‘yicha monologik matn tuzish;  
- terminlar lug‘atini tuzish;  
- matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish;  
- bad’iiy asarni mutolaa qilish;  
- she’r yodlash;  
- mavzu bo‘yicha baqs-munozaraga tayyorlanish;  
- esse yozish;  
- maqola yozish;  
- maqolaga taqriz yozish;  
- hikoya tuzish;  
- ommabop maqola tayyorlash;  
- reportaj tayyorlash;  
- berilgan mavzuda klaster tuzish;  
- mavzuga oid so‘zlardan krossvord tuzish;  
- ma’lumotlardan jadval tuzish;  
- ish yuritish hujjatlaridan namunalar tayyorlash. 
 
 

248 
 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Mustaqil  ta’lim  uchun  o‘quv  va  ishchi  o‘quv  rejada    5230600-Moliya; 
5230900-Buxgalteriya  hisobiva  audit  (tarmoqlar  bo’yicha)  ta’lim  yo’nalislari 
uchun  30  soat,    5230200-Menejment  (xizmatlar  sohasi);    5230200-  Bank  ishi; 
ta’lim yo’nalislari uchun  30 soat mustaqil ta’lim ajratilgan. 
Mustaqil ishlarni baholash tartibi 
Mustaqil  ta’lim  talabaning  bajaradigan  ilmiy  izlanishi  bo‘lib,  mustaqil  ishni 
bajarishdan  maqsad,  talabaning  o‘qishi  davomida  olgan  bilimini  mustahkamlash, 
chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir. 
Mustaqil  ish  uchun  ajratilgan  soatlarni  talaba  o‘zlashtirish  uchun  ularga 
referat  yoki  mustaqil  ish  shaklida  mavzular    taqsimlab  beriladi.  Mustaqil 
ta’limning  mavzulari  talabalar  uchun  mustaqil  o‘zlashtirishlari  shart  bo‘lgan 
mavzulardan tashkil topgan. U talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va 
kengayishiga,  o‘qitilayotgan    va  o‘tilgan  mavzularni  kengroq  va  chuqurroq 
o‘rganishda  hamda  dunyoqarashini  yana  ham  kengayishiga  yordam  beradi. 
Shuningdek,    mustaqil  ta’limga  mo‘ljallangan  topshiriqlar    seminar 
mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rishga  qaratilgan.  Bundan  tashqari  talabalar, 
ayrim  nazariy  mavzularni  o‘quv  adabiyotlari  yordamida  mustaqil  o‘zlashtirishlari 
natijasida  ilmiy  maqolalar  tayyorlashlari  mumkin,  hamda  ilmiy-amaliy 
konferentsiyalarda  ilmiy  ma’ruzalar  qilishlari  mumkin.  Referat,  taqdimot, 
ma’ruzalar  kafedra  tomonidan  belgilab  berilgan  hajmda  bo‘lishi    kerak.  Talaba 
mustaqil ishni tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini  hisobga  olgan holda 
quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; 
- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish; 
-  talabaning  o‘quv,  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; 
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; 
- masofaviy ta’lim. 
Mustaqil ta’limni baholash mezonlari 

249 
 
Baho 
Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi 
 
 
5 baho –  
“a’lo” 
Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilgan, olingan ma’lumotlar 
tahlil  etilib,  izchil  va  tizimli  ravishda  muammoning  yechimiga 
qaratilgan  loyihalash  jarayoni  amalga  oshirilgan,  mustaqil  ishni 
bajarishga 
ijodiy 
yondashilgan, 
muammoga 
tegishli 
adabiyotlardan  unumli  foydalanilgan,  internet  ma’lumotlari 
ijodiy tahlil asosida aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 
 
4 baho -    
“yaxshi” 
     Axborotlar  ahamiyatiga  ko‘ra  tabaqalashtirilgan,  mustaqil 
ishni  bajarishga  qisman  ijodiy  yondashilgan,  muammoga 
tegishli 
adabiyotlardan 
unumli 
foydalanilgan, 
internet 
ma’lumotlari aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 
 
3 baho -          
“qoniqarli” 
Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart-sharoitlar 
va 
imkoniyatlardan 
to‘liq 
foydalanilmagan, 
berilgan 
namunalarga  asoslanib,  mantqiy  yechimlar  keltirilgan,  mustaqil 
ishni  bajarishga  ko‘rsatmalar  asosidagi  tayyor  ma’lumotlardan 
foydalanilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi. 
 
2 baho - 
“qoniqarsiz” 
Mustaqil ishlar  yetarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida 
bajarilmagan, 
namunalarga 
o‘xshash 
tarzda, 
ijodiy 
yondashilmagan,  muammoga  tegishli  adabiyotlardan  unumli 
foydalanilmagan, internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan mustaqil 
ishlarga qo‘yiladi. 
 
 
 
 
GLOSSARIY
Atamaning 
o‘zbek tilida 
nomlanishi 
Atamaning rus 
tilida nomlanishi 
Atamaning 
ingliz tilida 
nomlanishi 
Atamaning ma’nosi 
Иmlo [yozish, 
to‘g‘ri yozish] 
Орфографический  Orthographical, 
orthography 
Yozuv, yozuvgа, tog‘ri 
yozuvgа оid; imlоviy.  
Imlо qоidаlаri. Imlо хаtоlаri. 
Bоshqаruv 
Управление 
Management 
Dаvlаtni idоrа qilish usuli.  
Prеzidеntlik bоshqаruvi. 
Dаvlаt 
[mаmlаkаt] 
Государство 
State 
O‘z fuqаrоlаrining ijtimоiy-
siyosiy huquqlаrini himоya 
qiluvchi, bungа qаrshi 

250 
 
turuvchi kuchlаrning 
qаrshiligini sindiruvchi 
hоkimiyat оrgаnlаri vа 
siyosiy tаshkilоtlаri tizimigа 
egа bo‘lgаn mustаqil 
mаmlаkаt.  
O‘zbеkistоn dаvlаti. 
Mаdаniy 
[shаhаrlik; 
mаdinаlik] 
Культурный  
Cultural 
Mаdаniyatgа оid, mаdаniyat, 
ilm-mа’rifаt bilаn bоg‘liq, 
mаdаniyatni egаllаgаn; 
mаdаniyatgа erishgаn, 
mаdаniyat tаlаblаrigа jаvоb 
bеrаdigаn.  
Mаdаniy mеrоs. 
Amаliy 
Практический 
Practical 
1. 
Kishining 
kundаlik 
fаоliyatigа оid.  
2. 
Bеvоsitа 
аmаlgа 
оshirilаdigаn, 
аmаldа 
ko‘rilаdigаn, qilinаdigаn.  
3.  Аmаldа  tаtbiq  etilаdigаn, 
tаjribаdа 
qo‘llаnаdigаn. 
Аmаliy natijalar. 
Yozmа 
Письменный 
Written, 
writing 
Хаt, yozuv vоsitаsidа 
ifоdаlаngаn, yozilgаn.  
Yozmа mа’lumоt. 
Nаzаriy 
[mushоhаdаgа 
аsоslаngаn, 
mаvhum, 
fikriy] 
Теория 
Theory 
Nаzаriyagа оid, nаzаriya 
mаsаlаlаrigа bоg‘liq bo‘lgаn, 
nаzаriyagа аsоslаngаn. Birоr 
sоhаning nаzаriyasi bilаn 
shug‘ullаnаdigаn.  
Nаzаriy tаdqiqоtlаr. 
Istilо [qo‘lgа 
kiritish, bоsib 
оlish] 
Завоевание, 
захват 
Conquest 
Qurоl kuchi bilаn o‘zgа 
mаmlаkаtni bоsib оlish.  
Аrаblаr istilоsi. 
Fаlsаfiy 
Философский 
Philosophical 
Fаlsаfаgа оid. Tаbiаt vа 
jаmiyat hаqidаgi tеrаn 
dunyoqаrаshni o‘zidа ifоdа 
etgаn.  
Fаlsаfiy оqim. 
Tilshunоslik 
Языкознание 
Linguistics 
Tilshunоs ishi, kаsbi. Til 
hаqidаgi fаn, lingvistikа.  
Tilshunоslik mаsаlаlаri. 
 
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling