Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


)  ijtimoiy  sohada  vujudga  kelgan  global  muammolarlar


Download 4.06 Mb.
Pdf просмотр
bet9/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30

3)  ijtimoiy  sohada  vujudga  kelgan  global  muammolarlar  —  jahon  aholisi 
muttasil  koʻpayib  borishi  natijasida  Osiyo  va  Afrika  mamlakatlarida  oziq-ovqat, 
ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, 
jahon  aholisining  muayyan  qismi  ocharchilikni  boshdan  kechirayotgani,  savodsiz 
ekanligi,  axborot-texnologiya  va  umuman  fan-texnika  inqilobi  samaralaridan 
bahramand  emasligi,  butun  insoniyatga  xavf  tugʻdiruvchi  kasalliklar  (mas,  OITS) 
tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi
 4)  inson  va  tabiat  oʻrtasidagi  munosabatlarning  buzilishi  natijasida  vujudga 
kelgan  global  muammolarlar  —  ular  qatoriga  dengiz  va  suv  havzalarining 
bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining 
yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp 
ishlatilishi natijasida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi  yaroqsiz holatga kelish 
xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida 
Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. 
Oʻzbekiston  Respublikasining  birinchi    Prezidenti  I.  Karimov  oʻz  asarlarida,  turli 
xalqaro 
anjumanlarda  soʻzlagan  nutqlarida  Markaziy  Osiyoda  global 
muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib 
berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning 
muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini qaratdi. 
Global muammolarning soni taxminan o’ntadan qirq-elliktagacha boradi. Lekin 
shularning  ichida  asosiy,  eng  muhim  integral  muammolarning  soni  o’ntadan 
oshmaydi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi. 
2. Tinchlik va quralsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammosi. 
3. Ekologik muammo. 
4. Demografik muammo. 
5. Energetik muammo. 
6. Xomashyo muammosi. 
7. Oziq-ovqat muammosi. 
8. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. 
9. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi. 

97 
 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarni  qoloqlikdan  chiqarish  global  muammolarning 
eng  muhimidir.  Mazkur  muammoning  dolzarbligi  dunyo  siyosiy  xaritasida  qoloq 
mamlakatlar  soni  va  salmog’ining  kattaligi  hamda  mavqeining  sezilarli  holda 
oshganligi bilan bog’langan. 
Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq 
hisoblanadi.  Shularning  3/4  qismi  Afrikada,  1  tasi  Janubiy  Amerikada  va  qolgani 
Osiyoda  joylashgan.  Iqtisodiy  qoloqlik  mazkur  mamlakatlarda  siyosiy  beqarorlik 
hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. 
Urush  va  tinchlik  muammosi  XX  asr  ikkinchi  yarmining  deyarli  40  yili 
mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim  muammosi bo’lib kelgan. 80- 
yillarning  ikkinchi  yarmi  va  90-yillarda  dunyo  siyosiy  xaritasida  bo’lib  o’tgan 
chuqur va miqyosli o’zgarishlar G’arb bilan Sharq o’rtasida vujudga kelishi mumkin 
bo’lgan  global  yadro  urushi  xavfini  amalda  yo’q  bo’lishiga  sabab  bo’ldi.  Bunday 
holat  ushbu  xavfni  tarqatuvchi  mamlakatlar  Rossiya  va  AQSh  hamda  NATO 
davlatlarida harbiy-siyosiy sohada aniq amaliy tadbirlarni hayotga tatbiq etish bilan 
bog’langandir. 
Demografik  muammo  ham  global  muammolarning  eng  muhimi  hisoblanadi. 
Ushbu  muammolar  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  yuqori  darajada  tug’ilish  va 
tabiiy ko’payish bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa juda past darajadagi tug’ilish 
va  tabiiy  ko’payish  bilan  bog’langan.  Buning  oqibatida  birinchi  guruh 
mamlakatlarida  aholi  va  mehnat  resurslari  soni  tez  o’smoqda,  ikkkinchi  guruh 
mamlakatlarda esa aholi va mehnat resurslari soni past sur’atlarda o’smoqdaki, ular 
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
 
Og’zaki nutq:  
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish. 
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.  
Matnni o’zgartirib so’zlab berish.  
Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish.  
 
Yozma nutq:  
Insoniyat oldida turgan global muammolar to’g’risida taqdimot tayyorlash.  
Global muammolardan biriga bag’ishlangan publitsistik maqola yozish.  
 
GRAMMATIKA.  Maqola va uning turlari.  
Maqola  –  publitsistik  uslubga  xos  janr.  Maqolada  kundalik  ijtimoiy 
hayotda  ro‘y  berayotgan  voqea-hodisalar  tahlil  qilinadi;  nazariy,  ommaviy 
jihatdan  umumlashtiriladi;  davlat  siyosati,  iqtisodiyot,texnika,  fan  va 
madaniyatda  erishilgan  yutuqlar  ilg‘or  ish  tajribalari  aks  ettiriladi.  Turli 

98 
 
nuqsonlar  tanqid  qilinadi.  Matbuotda  bosh  maqola,  nazariy  va  targ‘ibot 
maqola,  muammoli  maqola  keng  qo‘llaniladi.  Bosh  maqola  (yoki  tahririyat 
tomonidan  yoziladigan  maqola)  tahririyatning  eng  mas’uliyatli  maqolasi 
hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni 
o‘quvchilarga  yetkazish  –  asosiy  vazifa  hisoblanadi.  Bunday  maqola  ma’lum 
bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kamchiliklarni ochib tashlashi, har 
bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, 
Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat 
va  hukumat  hujjatlari,  qarorlari,  qonunlari  davrning  dolzarb  masalalari  bosh 
maqolada  yoritiladi.  Nazariy  maqola  va  targ‘ibot  maqolaning  asosiy  vazifasi 
mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy 
maqolaning  vazifasi  fan,  madaniyat,  texnika  yutuqlarini  tushuntirish, 
ommalashtirish,  o‘quvchining  g‘oyaviy,  ilmiy  saviyasini  oshirishdan  iborat. 
Muammoli  maqolada  esa  munozara  va  bahs  asosiy  o‘rinda  bo‘ladi  hamda 
muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi. Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, 
jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan 
ham qo‘llaniladi.  
 
“DAVRA SUHBATI” METODI 

Mavzuni moderator boshlaydi, qolganlar aylana bo`ylab 
o`z fikrlarini ketma-ket davom ettiradilar. Barcha 
                                   fikr-mulohazalar tinglab bo`lingach, mavzu muhokama 
qilinadi. Bu esa ishtirokchilarning mustaqil fikrlashiga 
va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. 
                                  Metodning o`g`zaki va yozma shakllari mavjud. 
Mavzu yuzasidan ushbu metodni qo`llang. 
 
Mustaqil ta’lim 
 
«Terrorizm va uning insoniyatga tahdidi» mavzusi bo’yicha elektron taqdimot  
tayyorlash. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
           
  
 
  
  
  
  

99 
 
18-MAVZU. TABIAT VA INSON 
 
Ekologik xavf 
XX  asrda  texnikaning  rivoji,  xalq  xo‘jaligi  va  kundalik  turmushni 
kimyolashtirish, Yer yuzida aholi sonining keskin ko‘payishi oqibatida tabiat bilan 
inson  o‘rtasidagi  muvozanatning  buzilishi,  yer,  suv  va  havoning  inson  hayotiga 
zararli darajada ifloslanishi natijasida ekologik tanglik xavfi paydo bo‘ldi. 
Buning  birinchi  sababi  jamiyatga  motorlarning  keng  ko‘lamda  kirib  kelishi 
bo‘lib,  XIX  asrning  oxiri  -  XX  asrning  ilk  yillaridan  boshlandi;  keyingi  yuz  yil 
ichida dunyo motorlar olamiga aylandi: hozirgi davrda jahon bo‘yicha necha million 
avtomobil, paroxod, parovoz, lokomobil, samolyot, mototsikl, yaxta, kemacha, turli 
yoqilg‘ida  va  yonilg‘ida  ishlaydigan  elektrostansiyalar,  isitish  qurilmalari  va 
hokazolarni  sanab  adog‘iga  yetib  bo‘lmaydi.  Yoqilg‘ida  va  yonilg‘ida  ishlaydigan 
har  bir  motor  yoki  motorli  inshoot,  aslida,  insonga  kerakli  kislorodni  iste’mol 
qiluvchi  raqibdir.  Motorlar  tutab,  bir  tomondan, 
insonga  yengillik  va  qulaylik  tug‘dirsa-da, 
ikkinchi  tomondan,  atrof-muhitni  ifloslantiradi, 
inson  yashayotgan  muhitni  izdan  chiqarib,  uni 
turli kasalliklarga duchor qiladi. 
Ekologik  tanglik  xavfi  yuzaga  kelishining 
ikkinchi  manbai  -  kimyolashtirish,  qishloq 
xo‘jaligida, chorvachilikda, sanoatda, transportda 
yaxshi  ko‘rsatkichlarga  erishish  maqsadida 
kimyoviy  moddalardan  keng  foydalanishdir.  Bu 
jarayon  O‘zbekistonda  ham  namoyon  bo‘ldi, 
sariq kasali bo‘yicha respublikamizning jahonda “yetakchi” o‘ringa chiqishiga olib 
keldi, turli kasalliklarning keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Ekologik tanglik xavfi 
o‘sishining  uchinchi  sababi  -  aholining  talablari  va  unga  ko‘rsatiladigan  maishiy 
xizmatning  takomillashishi  natijasida  paydo  bo‘ladigan  iflos  chiqindilarning 
ko‘payishidir  (turli  ishlatilgan  qog‘oz,  karton,  quticha,  butilka,  flakon,  oziq-ovqat 
qoldiqlari va hokazolar). 
Jamiyat hayoti izchil ilmiy negizda tashkil qilinib, u fan tavsiyalari va tibbiyot 
qonunlari  asosida  olib  borilsa,  ekologik  tanglik  xavfini  kamaytirish  va  asta-sekin 
zaruriy muvozanatga erishish mumkin.  
O‘zbekistonda  ekologik  tanglik  xavfi,  ayniqsa,  katta  e’tiborni  talab  qiladi. 
O‘zbekiston  -  qadimiy  boy  sivilizatsiyaning  markazlaridan  biri.  Uning  aholisi  zich 
joylashgan  va  yil  sayin  o‘sib  bormoqda.  Keyingi  yuz  yil  ichida  (1897-1997) 
O‘zbekistonda  aholi  soni  o‘n  barobar  o‘sdi.  Ammo  suvni  iste’mol  qilish,  aholiga 
xizmat  ko‘rsatish  madaniyati  takomillashishi  bilan,  sug‘oriladigan  yerlar  sathi 

100 
 
kengayishi  sababli,  o‘n  besh  barobar  o‘sdi.  Suv 
beradigan manba esa o‘sha ikkita - Amudaryo va 
Sirdaryo. Ko‘z o‘ngimizda yuzaga kelayotgan bu 
nomutanosiblik 
ekologik 
ahvolni 
yanada 
jiddiylashtirishi mumkin.  
   
Og’zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.  
Matndagi  termin  va  iboralarning  ma’nosini 
izohlash. 
Matndagi asosiy fikrni ajratib so’zlab berish. 
 
Ekologiya  [yun.  oikos  –  vatan,  uy  +  logos  –  fan,  ta’limot]  –  birgalikda 
yashaydigan  tirik  organizmlarning  o‘zaro  va  tevarak-atrofdagi  muhit  bilan  bo‘lgan 
munosabatini,  shuningdek,  odam  va  biosfera  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabat 
masalalarini o‘rganuvchi fan. 
Atrof  [tomonlar,  chekka  joylar]  –Tevarakdagi  yaqin  joy,  yaqin  oradagi 
yerlar.  Motorlar  tutab,  bir  tomondan,  insonga  yengillik  va  qulaylik  tug‘dirsa-da, 
ikkinchi tomondan, atrof-muhitni ifloslantiradi. 
Biologik  –  tirik  organizmlarning  hayoti  va  o‘sishiga,  ya’ni  biologiyaga  oid. 
Biologik jarayonlar. Biologik tadqiqotlar.  
Biologiya  [bio..  +  yun.  logos  -  so‘z,  ta’limot]  –  tirik  organizmlarning  hayoti 
va  rivojlanish  qonuniyatlari  haqidagi  ta’limot,  fan.  Osimliklar  biologiyasi. 
Biologiya darsi.  
Havo  [atmosfera,  havo;  iqlim;  shamol;  ob-havo]  –  yer  atmosferasini  hosil 
qiluvchi,  inson,  hayvon,  o‘simliklar  hayoti  uchun  zarur  bo‘lgan,  asosan  azot  va 
kisloroddan iborat gazlar aralashmasi. Toza havodan nafas olmoq.  
Kimyo  [oddiy  metallarni  asl  metallar  (oltin,  kumush)ga  aylantirish 
tushunchasi]  –  moddalar,  ularning  tarkibi,  tuzilishi,  xossalarini,  shuningdek,  bir 
moddaning boshqa moddaga aylanishini o‘rganuvchi fan. Analitik kimyo. Noorganik 
kimyo. Organik kimyo. Kimyo o‘qituvchisi.  
Texnika  [yun.technike  –  mohir,  usta
jamiyatning inson faoliyatidagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshiruvchi va 
noishlab  chiqarish  ehtiyojlari  uchun  xizmat  qiluvchi  vositalar  yig‘indisi.  Ilg‘or 
texnika. Aviatsiya texnikasi. Paxta terish texnikasi. Texnika fanlari.  
Tibbiyot [tabobat, davolash] – kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, 
umrni  uzaytirish,  kasalliklarning  oldini  olish,  davolash  haqidagi  bilimlar  va  shu 
sohadagi  amaliy  tadbirlar  majmui.  Abu  Ali  ibn  Sino  bundan  ming  yil  ilgari 
o‘simliklardan dori-darmonlar tayyorlab, tibbiyotda qo‘llagan. 

101 
 
Yoqilg‘i – issiqlik energiyasi olish uchun yoqiladigan ashyo. Biz materiallarni, 
yoqilg‘ini, vaqtni tejash bilan juda ko‘p mablag‘  to‘plashimiz  
mumkin. 
Maishiy [a. – hayotiy, hayot, turmushga oid] – maishatga, tirikchilikka oid. 
Maishiy xizmat. Maishiy sharoit. 
 
Yozma nutq:  
Dunyoda  va  O’zbekistonda  mavjud  ekologik  muammolar  haqida  esse  yozish. 
“Orol  fojiasi”  mazuda  taqdimot  tayyorlash.  O’zbekiston  ekologik  harakatining 
faoliyati to’g’risida ma’lumot tayyorlash.  
   
 GRAMMATIKAIntervyu olish va berish qoidalari. 
Ommaviy  axborot  vositalarida  keng  qo‘llaniladigan  axboriy  janrlardan  biri 
intervyu  (qisqa  suhbat)dir.  Bu  so‘z  inglizcha  bo‘lib,  “so‘rab  olish,  surishtirish” 
degan  ma’noni  bildiradi.  Mazkur  janrning  matbuotda  keng  uchrashining  sababi 
shundaki,  hayotdagi  har  bir  fakt,  voqea  va  hodisaning  qanday  bo‘lib  o‘tganligi, 
tafsiloti  odatda,  shu  faktdan  xabardor  bolgan  voqea,  hodisani  ko‘rgan-bilgan 
odamlardan so‘rab-surishtirib bilinadi, keyingina biror janrdagi matbuot materialiga 
asos bo‘ladi. Shu boisdan, so‘rash, surishtirish avallo, hayotni bilish vositasi bo‘lsa, 
uning  matbuotdagi  aksi  esa  axboriy  publitsistikaning  eng  muhim,  keng  tarqalgan, 
ommabop janri hisoblanadi. Bu janr janr ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, 
madaniy-ma’rifiy  hayotining  barcha  sohalarida  qo‘llaniladi.  Shu  bilan  birgalikda  u 
ommaviy  vositalari  –  gazetalar,  jurnallar,  radio,  televideniye,  axborot  agentliklari, 
internetdan  doimiy  joy  olib  keladi.    Avallo,  intervyu  rasmiy  va  norasmiy  xillarga 
bo‘linadi. Rasmiy intervyular asosan hukumat rahbarlarining faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan  biror  muhim  voqea  –  rasmiy  uchrashuv,  safar,  yirik  anjuman  va  zarur 
sanalarga  va  boshqa  davlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  tadbirlarga  bag‘ishlanib 
o‘tkazilgan  matbuot  yig‘inlarida  beriladi.  Norasmiy  intervyu  esa  jurnalistlar 
tomonidan u yoki bu voqea, hodisa haqida yoziladi.  
O‘z  tuzilishi  jihatidan  intervyu  ikki  xil  intervyu-dialog,  intervyu-monolog 
shaklida  ham  bo‘lishi  mumkin.  Intervyu-dialogda  muxbir  va  suhbatdosh  o‘zaro 
savol-javob  qilishadi.  Bu  savol-javob  tayyorlanish  jrayonida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
og‘zaki 
ko‘rinishda 
yoki 
yozma 
savol-javob 
tarzida 
olib 
boriladi. 
Respublikamizning  mashhur  kishilari,  fan  arboblari,  yozuvchilar,  san’atkorlar, 
ishlab chiqarish ilg‘orlari, tadbirkorlardan olingan intervyular matbuotimizda, radio, 
televideniyeda turli ruknlar ostida tez-tez berib boriladi. Ko‘rinib turibdiki, intervyu 
janrining  bu  asosiy  ko‘rinishi  jamiyat  hayotining  barcha  muhim  tomonlari  haqida 
xabar  berishda  keng  qo‘llaniladi.  Intervyu-monologda  muxbir  bergan  birgina 

102 
 
savolga  suhbatdosh  tomonidan  berilgan  javob  o‘z  aksini  topadi.  Bunday  intervyu 
odatda hayotdagi birorta muhim ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy masala yoki 
muammoni  yoritish  uchun  qo‘llaniladi.bunda  suhbatdoshning  javobi  unig  tilidan 
yoki jurnalist tomonidan sharhlanib berilishi mumkin. Bunday intervyu odatda hajm 
jihatdan dialog-intervyudan kichikroq bo‘ladi. 
Ko‘rinib  turibdiki,  intervyu  janri  turli,  rang-barang  ko‘rinishlarga  ega  bo‘lib, 
ular  ijtimoiy  hayotni  keng  va  chuqur  yoritish,  undagi  muhim  fakt,  voqea  va 
hodisaladan  o‘quvchilarni  xabardor  qilish,  jamoatchilik  fikrini  uyg‘otishga  xizmat 
qiladi.Eng ommabop va ta’sirchan bu janr jurnalistdan juda kata mehnat, topqirlik, 
va mahorat talab qiladi.  
 
1-topshiriq.  Intervyu  haqidagi  nazariy  bilimlarni  o‘zlashtirib  intervyu-dialog, 
intervyu-monolog tayyorlang. 
2-topshiriq. Intervyuning rasmiy va norasmiy xillariga qisqa suhbat tayyorlang. 
3-topshiriq.  Respublikamizda  ijtimoy  hayotning  muhim  masalalari  bo‘yicha 
o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida material to‘plang va axborot tayyorlang. 
4-topshiriq.  Tasavvur  qiling.  Siz  “To‘g‘ridan  to‘g‘ri  muloqot”  rukni  ostida 
intervyu  tayyorlashigiz  kerak.  Qaysi  mashhur  insonlardan  intervyu  olgan 
bo‘lardingiz? Suhbatni yozma shaklda bayon eting. 
 
1-mashq. O‘qing. Maqollarni daftaringizga ko‘chirib yozing va eslab qoling. 
 1. Suv – oltindan aziz. 2. Suv – zar, suvchi – zargar. 3. Suv keldi – nur keldi.  
4.  Suvning  qatrasi  –  oftobning  zarrasi.  5.  Elning  hayoti  yer  bilan,  yer  hayoti  suv 
bilan.  6.  Ariqdan  suv  uzilmasa,  savatdan  non  arimas.  7.  Suv  yil  oqar,  olamga  gul 
taqar. 8. Suv taralar tuproqqa, oro berar yaproqqa. 9. Tomchi suvda tol ko‘karar. 9. 
Suvsiz yerda tol bo‘lmas, qovoqarida bol bo‘lmas. 10. Suvsiz yer – mozor, suvli yer 
– gulzor. 11. Suvsiz yer – jonsiz jasad. 12. Suvsiz yerga qush qo‘nmas, o‘tsiz yerga 
yurt  qo‘nmas.  13.  Suvni  qum  tagidan  qidir.  14.  Qum  bor  joyda  suv  bor,  suv  bor 
joyda jon bor. 
 
2-mashq. Quyidagi qiziqarli ma’lumotlarni tarjima qiling. 
Yer ostida juda ko‘p suv zaxiralari bor. Jumladan, 800 metr yer qatlamida to‘rt 
million kub kilometr suv bo‘ladi. Bu  - butun dunyodagi daryolarning suvidan uch 
ming marta yoki ko‘l va dengizlarning suvidan 20 marta ko‘p demakdir. 
Mustaqil ta’lim 
O’zbekistonning hayvonot va nabodot dunyosi haqida referat tayyorlash. 

103 
 
19-MAVZU. INSON VA SALOMATLIK
 
O‘zbеkistоn spоrti 
O‘zbеkistоndа  spоrt  -  dаvlаt  siyоsаti  vа  bunyоdkоrlik  fаоliyatining  muhim 
sоhаlаridаn  biri.  O‘zbеkistоn  -  аlpоmishlаr  еli.  Хаlqimiz  minglаb  pоlvоnlаrni,  еl-
yurtni  hаyrаtdа  qоldirgаn  o‘g‘lоnlаrni  tаrbiyalаgаn.  Ulаrning  dоng‘i  аtrоf 
mаmlаkаtlаrgа  hаm  kеng  tаrqаlgаn. 
Хоrаzmlik  аfsоnаviy  Pаhlаvоn  Mаhmud, 
Аhmаd  pоlvоn,  Mаhkаm  pоlvоn  kаbi 
mаshhur  pоlvоnlаrning  nоmini  хаlqimiz 
chuqur hurmаt bilаn tilgа оlаdi.  
Mustаqillik 
tufаyli 
O‘zbеkistоn 
spоrtidа yangi sаhifа оchildi. Bu mаsаlаgа 
O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
birinchi 
Prеzidеnti  Islоm  Kаrimоv  shахsаn  diqqаt-
е’tibоr  qаrаtdi.  Mustаqil  O‘zbеkistоn 
spоrtchilаri  bu  g‘аmхo‘rlik  vа  оtаlаrchа  mеhribоnlikni  оqlаmоqdаlаr.  Mustаqillik 
yillаridа spоrt sоhаsidа quyidаgi tub o‘zgаrishlаr аmаlgа оshirildi: 
а)  1991-yilgаchа  O‘zbеkistоndа  хаlqаrо  аndоzаlаrgа  jаvоb  bеrаdigаn  birоntа 
spоrt inshооti yo‘q еdi. Еndilikdа bulаr mаvjud vа ulаrning yangilаri yarаtilmоqdа; 
b)  аvvаllаri  yurtimizdа  хаlqаrо  spоrt  musоbаqаlаri  o‘tkаzilmаgаn  bo‘lsа, 
еndilikqdа hаr yili o‘nlаb хаlqаrо vа mintаqаviy musоbаqаlаr uyushtirilmоqdа; 
c) spоrt umumdаvlаt, umumхаlq аhаmiyatigа еgа sоhа dаrаjаsigа ko‘tаrildi; 
d) spоrt yоsh аvlоdni sоg‘lоm qilib tаrbiyalаsh vоsitаsi еkаnligi аsоsiy vаzifа 
sifаtidа bеlgilаndi; 
v)  spоrtning  milliy  turlаrini  tiklаshgа  kаttа  е’tibоr  bеrilа  bоshlаdi  vа  milliy 
o‘zbеk kurаshi хаlqаrо spоrt turlаri qаtоridаn jоy оldi; 
е)  O‘zbеkistоn  spоrtchilаri  хаlqаrо  musоbаqаlаrdа  mustаqil  jаmоа  sifаtidа 
chiqа  bоshlаdilаr  vа  O‘zbеkistоn  nоmini  jаhоngа  оlib  chiqdilаr.  1991-yilgаchа 
O‘zbеkistоndа  fаqаt  bittа  grоssmеystеr  (G.А’zаmоv)  bоr  еdi.  Hоzirgi  kundа  10  tа 
dаn  ziyоd  grоssmеystеr  o‘sib  yеtishdi,  shu  jumlаdаn,  Rustаm  Qоsimjоnоv 
dunyоdаgi  yuzdаn  оshiq  еng  аtоqli  grоssmеystеrlаr  оrаsidа  jаhоn  chеmpiоni 
dаrаjаsigа  ko‘tаrildi.  1992-yildа  O‘zbеkistоn  spоrtchilаri  turli  хаlqаrо 
musоbаqаlаrdа  hаmmаsi  bo‘lib  79  tа  mеdаl  оlgаn  bo‘lsаlаr,  2005-yildа  ulаr  530 
mеdаl sоhibi bo‘ldilаr; 

104 
 
j)  O‘zbеkistоn  tаriхidа  birinchi  bоr 
1998-yildа 
O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоv tаshаbbusi 
bilаn fаqаt buyuk spоrtchilаrgа bеrilаdigаn 
“O‘zbеkistоn  iftiхоri”  fахriy  unvоni  tа’sis 
еtildi  vа  yigirmаgа  yaqin  spоrtchimiz  bu 
fахriy unvоngа sаzоvоr bo‘ldi;  
i)  o‘zbеklаrning  o‘zigа  хоs  jismоniy 
хususiyatlаri  vа  ko‘rsаtkichlаri  inоbаtgа 
оlinib,  spоrtning,  spоrtchining  vаznigа 
qаrаb  tоifаlаrgа  аjrаtаdigаn  vа  оg‘irlik  tоifаlаrigа  qаrаb  оlib  bоrilаdigаn  turlаrigа 
(kurаsh,  sаmbо,  tаеkvandо,  kаrаtе,  bоks,  оg‘ir  аtlеtikа  vа  bоshqаlаr)  birinchi 
nаvbаtdа е’tibоr bеrildi. 
 
Og’zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.  
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. 
Matndagi munosabat bildirib so’zlash. Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok 
etish. 
Chempion  [ingl.  champion  <  fr.  champion  -  jangchi;  kurashchi]  - 
Sportning  biror  turi  bo‘yicha  shahar,  viloyat,  mamlakat  yoki  jahon  birinchiligi 
uchun  o‘tkazilgan  musobaqa  g‘olibi  bo‘lgan  sportchi  yoki  sport  jamoasi.  Bugun 
hammaning  og‘zida  bir  gap:  Rustam  Qosimjonov  -  shaxmat  bo‘yicha  jahon 
chempioni!  
 Boks [ingl. box - musht urish, zarb] - Ikki raqibning maxsus qo‘lqop kiyib, 
ma’lum qoidalar asosida yakkama-yakka mushtlashish musobaqasi. Harbiyda boks 
sportiga qiziqib, razryad ham olibdi.  
Inshoot  [qurilishlar,  binolar]  -  Turli  maqsadlar  uchun  qurilgan  binolar  va 
ularning uskuna-jihozlari. Gidrotexnik inshootlar.  
Taekvando [koreyscha: taz-oyoq, kvon - qol, do-yol: oyoq va qollarning 
harakat yoli, usuli] -   Erkak  va  ayollarning  o‘z  vazn  toifalarida  (yakka  va 
jamoaviy),  belgili  qoidalar  asosida,  oyoq  va  qo‘llar  bilan  zarbalar  berishdan  iborat 
sport kurashi turi. Xalqaro taekvando federatsiyasi.  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling